Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


axborot muhofazasining sug‘urta shakli


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103

 

axborot muhofazasining sug‘urta shakli 

ingl.: insurance form of information protection 

rus.: страховая форма защиты информации 

Sug‘urta 

jamiyatlari 

tomonidan 

axborot 

munosabatlari subyektlariga axborotning sizishi 

(maxfiysizlashtirilishi), 

uning 


o‘zgartirilishi 

yoki  jismoniy  yo‘q  qilinishi  holatida  moddiy 

zararni  to‘ldirish  bo‘yicha  kafolatlar  berishga 

asoslangan 

axborot 

muhofazasi. 

Axborot 

muhofazasining  sug‘urta  shakli  moddiy  mulk 

sug‘urtasi  bilan  bir  xil  bo‘lib,  iqtisodiyotning 

xususiy  sohasida  katta  muvaffaqiyat  bilan 

qo‘llanilishi mumkin. 

 

axborot mulkdori 

ingl.: information owner 

rus.: собственник информации 

1.  Axborotga  egalik  qilish,  undan  foydalanish, 

tasarruf  etish  vakolatlarini  qonuniy  aktlarga 

muvofiq tarzda to‘la amalga oshiruvchi subyekt. 

2. Axborot resursiga egalik qilish, tasarruf etish 

va  foydalanishning  yuridik  huquqiga  ega 

bo‘lgan 

axborot 


munosabatlari 

subyekti. 

Axborot resursiga egalik qilish, tasarruf etish va 

foydalanishning 

yuridik 

huquqiga 

ushbu 

axborot  resursini  meros  qilib  olgan  shaxslar 



egadir.  Kashfiyot,  ixtiro,  ilmiy-texnikaviy 

ishlanmalar, ratsionalizatorlikka  oid takliflar  va 

h.k. 

mualliflari 



o‘zlari 

manbai 


bo‘lgan 

axborotga  egalik  qilish,  tasarruf  etish  va 

foydalanishning yuridik huquqiga ega.  

qarang: Axborot egasi. 

 

axborot  munosabatlari  subyektlarining 

xavfsizligi 

ingl.: security of subjects of information relations 

rus.:  безопасность  субъектов  информационных 

отношений 

Axborot 


munosabatlari 

subyektlarining 

muhofazalanganligi.  Bunda  axborotga  va/yoki 

uni  qayta  ishlash  va  uzatish  vositalariga  ta’sir 

qilish  yo‘li  bilan  yetkaziladigan  moddiy, 

ma’naviy 

va 

o‘zgacha 



zarardan 

muhofazalanganlik tushuniladi. 



 

axborot obyekti 

ingl.: information object 

rus.: информационный объект 

Xohlagan  kompyuter  yoki  telekommunikatsiya 

tizimi, axborotga ishlov  berish uchun  bitta  yoki 

jami  apparatli  va  (yoki)  texnika  vositalari, 

axborotga ishlov  berish  va (yoki) uzatish tizimi 

yoki 


vositalari 

o‘rnatilgan 

yoki 

maxfiy 


muzokaralar o‘tkazilayotgan xona. 

 

axborot 

obyektlarinining 

muhofaza 

qilinganligini shahodatlash tizimi 

ingl.: information security certification system 

rus.:  система  аттестации  информационных 

объектов на защищенность 

Axborot 


obyektlarinining 

muhofaza 

qilinganligini  shahodatlash  ulardan  foydalanish 

sharoitlarining  ishlov  berilayotgan  axborotning 

huquqiy  maromiga  muvofiqligini  aniqlash 

maqsadida  o‘tkaziladi.  Davlat  mulki  bo‘lmish 

maxfiy  axborotga  ishlov  beriladigan  axborot 

obyektlarning 

muhofaza 

qilinganligini 

shaxodatlash  ularni  ishga  tushirishdan  oldin 

shartli 


ravishda 

o‘tkaziladi. 

Muhofaza 

qilinganlikka 

shahodatlash 

tarkibi 


tekshirilayotgan 

axborot 


obyektidan 

foydalanayotgan tegishli davlat organi, tashkilot, 

muassasa  rahbari  tomonidan  tasdiqlanayotgan 

hay’atlar  tomonidan  amalga  oshiriladi  va 

axborot  muhofazasi  bo‘yicha  vakolatli  davlat 

organi 


bilan 

kelishib 

olinadi. 

Davlat 


mulkchiligida 

bo‘lgan 


axborotga 

ishlov 


bermaydigan  axborot  obyektlarini  shahodatlash 

uchun  axborot  muhofazasi  bo‘yicha  vakolatli 

davlat  organi  tomonidan  bunday  faoliyat  uchun 

litsenziya 

berilgan 

ixtisoslashtirilgan 

tashkilotlar jalb qilinishi mumkin. 

 

axborot olishning osonligi 

ingl.: information accessibility 

rus.: доступность информации 

axborot muhofazasining... 



 

35 


Axborotning (erkin) olinish xususiyati. 

 

axborot oqimi 

ingl.: information flow 

rus.: информационный поток 

Makon va zamonda uzaladigan axborot. 



 

axborot qadrsizlanishi 

ingl.: discredit of information 

rus.: компрометация информации 

Pinhoniy  axborotni  chiqib  ketishi  yoki  oshkor 

bo‘lishi,  yo  mualliflashtirilmagan  subyektlar 

tomonidan olinishi. 



 

axborot qonunchiligi 

ingl.: information legislation 

rus.: информационное законодательство 

1.  Axborot  aylanishi  va  axborotni  ishlab 

chiqarish 

va 


axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalaridan  foydalanish  sohasiga  oid 

jami  qonunlar,  me’yoriy  aktlar  va  boshqa 

huquqiy rostlash shakllari. 

2.  Axborot  muammolariga  to‘liq  bag‘ishlangan 

qonunchilikning  ba’zi  sohalarini  ham,  butunlay 

maxsus  me’yoriy  aktlarni  ham,  shuningdek, 

qonunchilikning  boshqa  sohalari  uchun  alohida 

axborot-huquqiy  me’yorlarni  ham  o‘z  ichiga 

oluvchi yaxlit soha. 



 

axborot quroli 

ingl.: information weapons 

rus.: информационное оружие 

1.  Axborot  infratuzilmasiga  qarshi  qaratilgan 

jami  ixtisoslashtirilgan  (fizikaviy,  axborot, 

dasturiy,  radioelektron)  uslublar  va  vositalar. 

Ular  infratuzilmaning  butunlay  yoki  uning 

alohida 


elementlarining 

vazifalari 

va 

xizmatlarining  vaqtinchalik  yoki  tiklab bo‘lmas 



darajada ishdan chiqarish uchun mo‘ljallangan. 

2.  Axborot  urushida  dushmanga  axborot 

ta’sirlarini o‘tkazishni amalga oshirish imkonini 

beruvchi vosita va uslublar. 

3.  Zarar  yetkazish  kuchi  mamlakatning  axborot 

sohasi  obyektlari  va  uning  qurolli  kuchlarini 

vayron 

qilish, 


bostirish, 

(muhofazasini) 

yengishga asoslangan maxsus qurol. 

 

axborot resursi 

ingl.: information resource 

rus.: информационный ресурс 

1. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi 

axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi. 

(qonun) 

2.  Alohida  hujjatlar  va  hujjatlar  massivlari, 

axborot 

tizimlaridagi 

(kutubxona, 

arxiv, 


jamg‘arma  va  ma’lumotlar  banklari,  boshqa 

axborot 


tizimlari) 

hujjatlar 

va 

hujjatlar 



massivlari. 

3.  Axborot  tizimlaridagi  (kutubxona,  arxiv, 

jamg‘arma  va  ma’lumotlar  banklari  hamda 

depozitariy,  muzey  va  boshqalar)  hujjatlar  va 

hujjatlar massivlari. 

4.  Ma’lumotlar  va  bilimlar  bazalari,  axborot 

tizimlaridagi  boshqa  axborot  massivlarini  o‘z 

ichiga 


oluvchi 

tashkillashtirilgan 

jami 

hujjatlashtirilgan axborot. 



 

axborot resurslarining egasi 

ingl.: owner of information resources 

rus.: владелец информационных ресурсов 

Qonun  bilan  yoki  axborot  resurslarining 

mulkdori  tomonidan  belgilangan  huquqlar 

doirasida  axborot  resurslariga  egalik  qiluvchi, 

ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi 

yuridik yoki jismoniy shaxs. (qonun) 



 

axborot resurslarining mulkdori 

ingl.: owner of information resources 

rus.: собственник информационных ресурсов 

Axborot  resurslariga  egalik  qiluvchi,  ulardan 

foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik 

yoki jismoniy shaxs. (qonun) 



 

axborot sanoati 

ingl.: information industry 

rus.: информационная индустрия 

Eng 


zamonaviy 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalari  (gazeta,  jurnal  va  kitoblardan 

tortib  kompyuter  o‘yinlari  va  tarmoqlarning 

axborot  to‘ldirilishi)  asosida  turli  xil  axborot 

mahsulot  va  xizmatlarini  keng  ko‘lamda  ishlab 

chiqarish.  U  muhim  farq  qiluvchi  ikki  qismdan 

iborat:  axborot  texnikasini  (mashinalar  va 

asbob-uskunalar)  ishlab  chiqarish  va  bevosita 

axborotni ishlab chiqarish. 



 

axborot sifati 

ingl.: information quality 

rus.: качество информации 

Obyektlar  va  ularni  o‘zaro  bog‘lanishlari 

haqidagi 

muayyan 


axborotni 

yaroqliligini 

ifodalovchi xossalar majmui. U foydalanuvchi u 

yoki  bu  turdagi  faoliyatni  amalga  oshirishi,  o‘z 

oldida turgan maqsadlarga erishishi uchun zarur. 

Eng  umumiy  parametrlar  qatoriga  ma’lumot 



axborot sifati 

 


 

36 


ishonchliligi, 

mavridiyligi, 

yangiligi, 

qimmatliligi, foydaliligi, olish qulayliligi kiradi. 



 

axborot sohasi 

ingl.: information sphere 

rus.: информационная сфера 

1.  O‘z  tarkibiga  axborotni  yaratish,  to‘plash, 

unga  ishlov  berish,  taqdim  etish,  undan 

foydalanish 

hamda 

ushbu 


jarayonlarni 

ta’minlovchi  infratuzilmani  yaratishni  oluvchi 

faoliyat sohasi. 

2.  Axborotni  izlash,  olish,  uzatish,  ishlab 

chiqarish  va  tarqatish  bo‘yicha  faoliyat  sohasi, 

shuningdek,  jami  axborot  resurslari  va  ularni 

ta’minlovchi axborot infratuzilmasi. 

3.  Subyektlarning  axborot  yaratish,  o‘girish  va 

iste’mol qilish bilan bog‘liq faoliyat sohasi. 

4.  Axborot  to‘plash,  shakllantirish,  tarqatish  va 

unga  ishlov  berishni  amalga  oshiruvchi  jami 

axborot,  axborot  infratuzilmasi  va  subyektlar, 

shuningdek,  ushbu  jarayonda  paydo  bo‘luvchi 

ijtimoiy munosabatlarni rostlash tizimi. 

5.  Axborot  sohasi  o‘z  ichiga  zamonaviy 

jamiyatda  insonlar  atrofidagi  inson  tomonidan 

sun’iy  ravishda  yaratilgan  belgilar  muhitini 

oladi. 


 

axborot tahdidi 

ingl.: information threat 

rus.: информационная угроза 

Jamiyat  axborot  sohasining  faoliyatiga  xavf 

tug‘dirayotgan jami omillar va omillar guruhlari. 

 

axborot tahlili 

ingl.: information analysis 

rus.: информационный анализ 

Hujjatlarni o‘rganish va shakllanayotgan hamda 

foydalanilayotgan  axborot  hajmini  aynanlash, 

shuningdek,  hujjatlar  aylanishi  sxemasini  va 

axborot aloqalari modelini ishlab chiqish. 

 

axborot tarmoqlari mulkdori 

ingl.: information network owner 

rus.: собственник информационных сетей 

Qonunga  muvofiq  tarzda  axborot  tarmoqlariga 

to‘la  egalik  qilish,  foydalanish  va  tasarruf 

etishni  amalga  oshiruvchi  davlat,  ma’muriy-

hududiy birlik, jismoniy yoki yuridik shaxs. 

 

axborot tarmog‘i 

ingl.: information network 

rus.: информационная сеть 

Aloqa  kanallari  bo‘yicha  ma’lumotlarni  uzatish 

va  ularga  ishlov  berish  uchun  dasturli-

texnikaviy vositalar majmui. 



 

axborot tashuvchisi 

ingl.: information carrier 

rus.: носитель информации 

Jismoniy  shaxs  yoki  moddiy  obyekt.  Moddiy 

obyekt  jumlasiga  axborot  ramzi,  timsol,  signal, 

texnik  yechimlar  va  jarayonlar  shaklida  aks 

ettirilgan  moddiy  obyekt,  shu  jumladan  fizik 

maydonlar kiradi. 



 

axborot texnikasi sohasi 

ingl.: information technology sphere 

rus.: информационная техносфера 

Jamiyatning  asbobiy-texnologik  muhiti.  U 

jamiyatni  axborotlashtirishning  jami  texnikaviy 

vositalari  va  ularnining  ijtimoiy  foydalanilishi 

imkoniyatlarini 

ta’minlovchi 

axborot 

texnologiyalaridir. 



 

axborot texnologiyalari 

ingl.: information technologies 

rus.: технологии информационные 

qarang: axborot texnologiyasi 

 

axborot 

texnologiyalari 

sohasida 

tadqiqotlar 

va 

rivojlanish 

bo‘yicha 

Yevropa strategik dasturi 

ingl.: European strategic program of IT research 

rus.:  европейская  стратегическая  программа 

исследований 

и 

развития 

в 

области 

информационной технологии 

Informatikani  tadqiqot  qilish  va  rivojlantirish 

bo‘yicha  Yevropa  strategik  rejasi.  Axborot 

texnologiyalarini  rivojlantirishni  muhimligini 

hisobga 

olgan 


holda, 

Yevropa 


Ittifoqi 

tomonidan uning tuzilishi haqida qaror qilingan. 

 ESPRIT  rejasi  quyidagi  bosh  maqsadlarni 

ko‘zlaydi: 

-  Yevropa  sanoatini  asos  soluvchi  axborot 

texnologiyalari bilan ta’minlash; 

-  Yevropa  ilmiy  va  sanoat  kooperatsiyasini 

rag‘batlantirish; 

xalqaro 


standartlarni 

tatbiq 


qilishga 

ko‘maklashish. 



 

axborot texnologiyasi 

ingl.: information technology 

rus.: информационная технология 

1.  Axborotni  to‘plash,  saqlash,  izlash,  unga 

ishlov 

berish 


va 

uni 


tarqatish 

uchun 


axborot sohasi 

 


 

37 


foydalaniladigan  jami  uslublar,  qurilmalar, 

usullar va jarayonlar. (qonun) 

2. Ma’lumotlarni to‘plash,  ularga ishlov  berish, 

saqlash, 

uzatish 

va 


ulardan 

foydalanish 

jarayonida  hisoblash  texnikasidan  foydalanish 

yo‘llari, usullari va uslublari. 

3.  Hujjatlashtirilgan  axborot,  jumladan  dasturli 

vositalarga  ishlov  berishning  jami  uslublari, 

yo‘llari,  usullari  va  vositalari  hamda  ulardan 

foydalanishning belgilangan tartibi. 

4.  Inson  faoliyatining  turli  sohalarida  axborot 

mahsulotini 

ishlab 

chiqarishda 



axborot 

jarayonlarini amalga oshirishning jami usullari. 

5. Insonlar tomonidan axborotni yig‘ish, saqlash, 

ishlov 


berish 

va 


tarqatish 

uchun 


foydalaniladigan  jami  uslublar,  qurilmalar  va 

ishlab  chiqarish  jarayonlari.  Keng  ma’noda 

axborot  texnologiyasi  misoli  sifatida  idora 

cho‘tidan  foydalanish  va  kitoblarni  bosishni 

ko‘rsatish  mumkin.  Tor  ma’noda  «axborot 

texnologiyasi»  atamasi  axborotga  ishlov  berish 

uchun 

ushbu 


axborotdan 

foydalanuvchi 

jarayonlarning  sermehnatligini  kamaytirish  va 

ularning  ishonchliligini  va  tezkorligini  oshirish 

maqsadida  zamonaviy  elektron  texnikasidan 

foydalanish bilan bog‘liq. 



 

axborot texnologiyasining xavfsizligi 

ingl.: information technology security 

rus.: безопасность информационной технологии 

Axborotni 

qayta 

ishlash 


texnologik 

jarayonining muhofazalanganligi. 



 

axborot tizimi 

ingl.: information system 

rus.: информационная система 

1.  Axborotni  to‘plash,  saqlash,  izlash,  unga 

ishlov  berish  hamda  ulardan  foydalanish 

imkonini  beradigan,  tashkiliy  jihatdan  tartibga 

solingan  jami  axborot  resurslari,  axborot 

texnologiyalari va aloqa vositalari. (qonun) 

2.  Tashkiliy  (jumladan,  axborot  jarayonlarini 

amalga  oshiruvchi  hisoblash  texnikasi  va  aloqa 

vositalaridan 

foydalangan 

holda) 

tartibga 



solingan  jami  hujjatlar  (hujjatlar  massivlari)  va 

axborot texnologiyalari. 

3.  Bir  butunni  tashkil  qiluvchi tartibga  solingan 

jami  axborot  texnologiyalari,  obyektlar  va  ular 

orasidagi  munosabatlar.  Obyektlar  sifatida 

axborot tizimi tarkibiga  aniq axborot  jarayonini 

bajarish  uchun  kerakli  xodimlar,  axborot, 

moddiy-texnikaviy  va  boshqa  resurslar  kirishi 

mumkin. 

4. Tartibga solingan funksional nuqtai nazardan 

o‘zaro  bog‘liq  jami  dasturiy-apparat  vositalari 

va  axborotni  to‘plash,  unga  ishlov  berish, 

saqlash va uzatish texnologiyalari. 

5.  Axborotni  yig‘ish,  saqlash  va  unga  ishlov 

berish  bilan  bog‘liq bo‘lgan istalgan tizim.  Shu 

nuqtai nazardan tizimlashtirilgan kartoteka ham, 

ma’lumotlar 

banki 


ham 

axborot 


tizimi 

hisoblanadi. 

6. Foydalanuvchilar (inson va dasturlar) so‘rovi 

bo‘yicha  axborotni  saqlash,  izlash  va  berish 

uchun  mo‘ljallangan  hisoblash  tizimi.  Odatda 

axborot  tizimi  o‘z  ichiga  katta  va  murakkab 

ma’lumotlar bazalari va bilimlar bazalarini olib, 

bir  necha  tashkilot  foydalanuvchilarini  axborot 

bilan ta’minlaydi. 

 

axborot tizimlari egasi 

ingl.: owner of information systems 

rus.: владелец информационных систем 

Qonun 


bilan 

yoki 


axborot  tizimlarining 

mulkdori  tomonidan  belgilangan  huquqlar 

doirasida  axborot  tizimlariga  egalik  qiluvchi, 

ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi 

yuridik yoki jismoniy shaxs. (qonun) 

 

axborot tizimlari mulkdori 

ingl.: information system owner 

rus.: собственник информационных систем 

Axborot  tizimlariga  egalik  qiluvchi,  ulardan 

foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik 

yoki jismoniy shaxs. (qonun) 



 

axborot 

tizimlari 

tillari 

bo‘yicha 

konferensiya 

ingl.:  Conference  On  Data  SYstem  Language 

(CODASYL) 

rus.:  конференция  по  языкам  информационных 

систем 

AQSH  mudofaa  vazirligi  tomonidan  tashkil 

qilingan 

va 


ma’lumotlar 

bilan 


ishlash 

standartlarini 

ishlab 

chiqish 


bilan 

shug‘ullanadigan 

tashkilot. 

1959 


yilda 

yaratilgan  CODASYL  tarkibiga,  dasturlash 

tillarini va ma’lumotlarga ishlov berish dasturiy 

ta’minotini  ishlab  chiquvchi  jamoalarning 

vakillari 

bo‘lmish 

informatika 

sanoatini 

mutaxassislari  kirgan.  CODASYL  tashkiloti 

tomonidan COBOL tili yaratilgan. 



 

axborot tizimlari till... 



 

38 


axborot 

tizimlari 

va 

vositalarini 

muhofazalangan tarzda bajarish 

ingl.:  protected  version  of  information  systems  and 

tools 

rus.:  защищенное  исполнение  информационных 

систем и средств 

Axborot tizimlarini va vositalarini loyihalash va 

yasash.  Bunda  ishlov  berilayotgan  axborotga 

xavfsizlik  bo‘yicha  qo‘yilgan  talablar  hisobga 

olinadi. 

 

axborot tizimlarini klonlash 

ingl.: cloning of information systems 

rus.: клонирование информационных систем 

Replikant-dasturlar 

asosida 

yangi  axborot 

tizimlarini 

qurish. 


Tizimlar 

axborot 


ifodalashning 

yagona 


standartlariga 

mos 


keladigan,  kesishib  o‘tadigan  ma’lumotlar 

bazasiga,  umumiy  axtaruvchi tizimga,  o‘xshash 

interfeyslarga ega bo‘ladi. 

 

axborot turlanishi 

ingl.: information modification 

rus.: модификация информации 

Texnik  vositalar  tomonidan  ishlov  berilganda 

tashuvchilarda 

axborot 


mazmuni 

yoki 


hajmining ruxsatsiz o‘zgartirilishi. 

 

axborot urushi 

ingl.: information war 

rus.: информационная война 

1.  Dushman  axboroti,  axborotga  asoslangan 

jarayonlar 

va 


axborot 

tizimlariga 

zarar 

yetkazish harakatlari. Ayni paytda o‘z axboroti, 



axborotga  asoslangan  jarayonlari  va  axborot 

tizimlarini  muhofaza  qilish  orqali  axborot 

ustunligiga erishish ko‘zlanadi. 

2.  Tizimlarning  moddiy,  harbiy,  siyosiy  yoki 

mafkuraviy  sohada  ma’lum  yutuqqa  erishishga 

qaratilgan 

bir-biriga 

ochiqdan-ochiq 

yoki 

yashirincha qaratilgan axborot hujumlari. 



 

axborot vositachisi 

ingl.: information intermediary 

rus.: информационный посредник 

Boshqa  shaxs  nomidan  elektron  hujjatlarni 

jo‘natuvchi, oluvchi yoki saqlovchi, yoki ushbu 

hujjatlarga 

nisbatan 

boshqa 


xizmatlar 

ko‘rsatuvchi shaxs. 



Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling