Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
AMD korporatsiyasi ingl.: AMD corporation rus.: корпорация AMD Kompyuter tarkibiy qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya. AMD kompaniyasi AQSHda (Sanniveyl sh.) 1969 yilda yaratilgan. AMD protsessorlar, flesh-xotira qurilmalari, dasturlashtiriluvchi mantiqiy matritsalar, mikronazoratchilarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. AMPS qisq.: Advanced Mobile Phone Service Yaxshilangan uyali telefon xizmati uchun AMPS standarti. Analogli uyali
telefon aloqasining dastlabki tizimlaridan biri. FDMA ni ishlatadi. Rossiyada AMPS-800, 800 MGs chastotali oraliq, AQSH da - N-AMPS ishlatiladi. Asta-sekin, sifatliroq aloqani, hamda gap
poylashdan va
«qiyofadoshlar»dan muhofazalanishni ta’minlaydigan raqamli
standartlar siqib chiqarmoqdalar. analog ingl.: analog rus.: аналоговый Uzluksiz shaklda aks etuvchi to‘xtovsiz o‘zgaruvchi fizikaviy kattaliklar yoki
ma’lumotlar hamda ushbu ma’lumotlardan foydalanuvchi jarayonlar va
funksional qurilmalarga tegishli ta’rif. analog kompyuter ingl.: analog computer rus.: аналоговый компьютер Harakatlari ma’lum tizimning harakatlariga mos va o‘xshash ma’lumotlarni olib, ularni ishlab berib taqdim etuvchi kompyuter. analog modem ingl.: analogue modem rus.: аналоговый модем Ma’lumotlarni uzatish uchun
telefoniya foydalanadigan chastota ko‘lamidan (4 KGsgacha) foydalanuvchi modem. Nisbatan arzon va ulash osonligi tufayli eng keng tarqalgan modem. Analog modem yordamida ma’lumotlarni uzatishning eng katta tezligi 56 Kbit/s bilan cheklangan. Modem orqali ulanish paytida telefondan foydalanish mumkin emas (qo‘ng‘iroq qilish yoki qo‘ng‘iroqqa javob berish uchun ulanishni uzish lozim). Analog modemni ulash abonent yoki ATSda maxsus jihozlarni o‘rnatishni talab qilmaydi. Shunday qilib, aloqa sifati va qo‘shimcha xizmatlardan ALU
17
foydalanish telefon
stansiyasiga bog‘liq
(raqamni aniqlash, chaqirishni kutish va h.k.). analog signal ingl.: analog signal rus.: аналоговый сигнал To‘xtovsiz o‘zgaruvchi elektr kuchlanish yoki elektr toki shaklidagi axborot tashuvchisi. Vaqt davomida o‘zgaruvchan analog
signal amplitudasi u tashuvchi axborotning miqdoriga mos bo‘lib, odatda o‘lchangan fizikaviy kattalikni bildiradi, masalan, harorat, tezlik va h.k. Analog
signal tashuvchi axborotga kompyuterda ishlov berish uchun analog- raqamli o‘zgartgich zarur.
Kommunikatsiya tarmoqlarini yaratuvchi va ishlatuvchi kompaniya. Andrew kompaniyasi 1937 yili AQSHda yaratilgan, Yevropa, Rossiya, Meksika, Avstraliyada vakolatxonalarga ega. Andrew koaksial kabellar, optik kanallar, yo‘ldosh tarmog‘i kanallari, radiokanallar, hududiy va mahaliy tarmoqlarni yaratish uchun zarur bo‘lgan apparaturani taklif etadi.
Bir necha tasvir yoki kadrlarni ko‘rsatish orqali yaratiladigan harakat taqlidi. Televideniyedagi multfilmlar animatsiyaning bir
turidir. Kompyuterlardagi animatsiya ko‘ptashuvchili taqdimotlarning eng
asosiy tarkibiy qismlaridandir. Kompyuter monitorida ko‘rish mumkin
bo‘lgan animatsiyalarni yaratish imkonini beruvchi ko‘plab
dasturiy qo‘llanmalar mavjud. Animatsiya va video o‘rtasidagi farqqa e’tibor bering. Video davom etuvchi harakatdan iborat bo‘lib, diskret kadrlarga bo‘lingan bo‘lsa, animatsiya mustaqil rasmlar bilan boshlanib, ularni davom etuvchi harakat tasavvurini yaratish uchun birlashtiradi. animatsiyalangan GIF ingl.: animitated GIF rus.: анимированный GIF Tezda aks ettirilib, harakatlanuvchi tasvirni yaratuvchi GIF formatidagi tasvirlardan iborat fayl.
ANN qisq.: Artificial Neural Network Sun’iy neyron tarmog‘i. ANSI qisq.: American National Standards Institute Amerika milliy standartlashtirish instituti. Standartlashtirish masalalari bo‘yicha AQSH dagi bosh tashkilot. antenna ingl.: antenna rus.: антенна Radiochastota signallarini uzatish va/yoki qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan qurilma. Antennalar alohida chastota uchun ishlab chiqilib, odatda dizayni, tuzilishi va joylashishi bo‘yicha katta farq qiladi. Masalan, mobil telefonlarda antenna ichiga o‘rnatilgan (apparat qobig‘i ichida yashirilgan) yoki tashqi (qobiq chegaralaridan tashqari chiquvchi) bo‘lishi mumkin.
AO qisq.: Analog Output Analogli chiqish. AOL qisq.: America On-Line AOL xizmati. AQSH dagi Internet provayderi. APC qisq.: 1. Asynchronous Procedure Call – Tartibotlarni asinxron chaqirish. Chaqirayotgan dastur,
chaqirilgan amalni bajarilishini yakunlanishini kutmay o‘z ishini davom ettiraveradi. Misol tariqasida, xabarlar jo‘natishni ko‘rsatish mumkin. 2. American Power Conversion – APC firmasi. To‘xtovsiz ozuqa manbalari (UPS) ning ishlab chiqaruvchisi. API qisq.: Application Programming Interface Amaliy
dasturlash interfeysi. O‘zlarining dasturlarini tegishli operatsion tizimlar bilan uyg‘unlashuvi uchun dasturiy ta’minot ishlab
API
18
chiquvchilar amal qilishlari kerak bo‘lgan vazifalar yig‘masining spetsifikatsiyasi. APL qisq.: A Programming Language APL dasturlash tili. XX asrning 60-yillarida ishlab chiqilgan.
Hisoblash tizimi tarkibiga kiruvchi uning faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan jami apparat
vositalari. Apparat
ta’minotiga kompyuter, tashqi qurilmalar, aloqa tarmoqlari va h.k. kiradi. Ular texnik nuqtai nazardan tizimning samarali ishini,
uning foydalanuvchiga ma’lum xizmat
turlarini ko‘rsatishni ta’minlaydi. Ushbu atama hisoblash tizimining dasturiy ta’minot bo‘lmagan qismini bildiradi. apparat vositalar ingl.: hardware tools rus.: аппаратные средства 1. Axborotga ishlov berish tizimining barcha fizikaviy tarkibiy bo‘laklari yoki ularning qismi. 2. Hisoblash tizimining moddiy qismini tashkil qiluvchi elektr, elektron va mexanik tizimlar, bo‘laklar, moslama va qurilmalar. Apparat vositalar, masalan, kompyuterning o‘zi va uni tashkil qiluvchi mikrosxemalar, shuningdek, displey, disk yurituvchi va printerlar ham kiradi.
Diskret
signallarga ishlov
berishga mo‘ljallangan qurilmalarni modellash, ishlab chiqish va
testlash jarayonlarining ixtisoslashgan tili. U ishlab chiquvchilarga, shajaraviy tuzilmalarni yaratishga, xilma xil funksiyalarni amalga oshirish hamda murakkab arifmetik amallar va mantiqiy solishtirishlarni bajarishga imkon beradi.
Axborot tutib olishning maxsus elektron qurilmasi. U muhofaza qilinayotgan axborotni ruxsatsiz olish maqsadida axborotlashtirish obyekti (ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i)ga maxfiy tarzda o‘rnatiladi yoki ulanadi. Apple Computer korporatsiyasi ingl.: Apple Computer corporation rus.: корпорация Apple Computer Mikroprotsessor va shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. Apple Computer AQSHda 1976 yili Steven Jobs va Steve Wozniak tomonidan yaratilgan va shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqarishning asoschisi va yetakchilaridan biri hisoblanadi. Apple Computer, shuningdek, ular uchun keng ko‘lamdagi amaliy tizim va dasturiy ta’minot ishlab chiqaradi. Apple kompyuterlari katta imkoniyatlari va ularga xizmat ko‘rsatish osonligi bilan farqlanadi. Elektron idoralar va o‘rgatuvchi tizimlarda ayniqsa mashhur. Applening asosiy
yangi tomonlari quyidagilardan iborat: - ilk bor 1983 yili Lisa kompyuterida taqdim etilgan foydalanuvchining grafik interfeysi. - rang. 1977 yilda ishlab chiqarilgan Apple II kompyuteri birinchi rangli monitorli kompyuter bo‘lgan. - ichiga o‘rnatilgan tarmoqni qo‘llab-quvvatlash. 1985
yilda Apple
kompaniyasi ichiga
o‘rnatilgan tarmoqni qo‘llab-quvvatlash (LocalTalk)ga ega Macintosh kompyuterining yangi rusumini ishlab chiqargan. - “Plug-and-play” texnologiyasi. - QuickTime. 1991 yilda Apple kompaniyasi QuickTime, video, audio
va boshqa
ko‘ptashuvchili qo‘llanmalar uchun ko‘pmaslakli standartni taqdim etgan. - ichiga o‘rnatilgan teleko‘rsatuv. 1993 yilda Apple kompaniyasi Macintosh TV, ichiga o‘rnatilgan teleko‘rsatuv va stereo CD aks ettiruvchiga ega birinchi shaxsiy kompyuterni ishlab chiqargan. - RISC. 1994 yilda Apple kompaniyasi RISC mikroprotsessoriga asoslangan Power Mac kompyuterini taqdim etgan. applet ingl.: applet rus.: апплет Amaliy dastur. Applet atamasi oxirgi paytlarda ayniqsa Umumjahon o‘rgimchak to‘ri WWW texnologiyalarining rivojlanishi tufayli keng tarqalgan. Ushbu texnologiyalar interaktiv veb- sahifalarini yaratish maqsadida appletlarni veb- APL
19
hujjatlariga qo‘shish imkonini beradi. Bunday appletlarni yaratishda odatda Java dasturlash tili qo‘llaniladi, shuning uchun ham ular odatda Java appletlari deyiladi. aqliy mulk ingl.: intelligent property rus.: интеллектуальная собственность 1. Aqliy faoliyat natijalariga alohida huquqlar. 2. Ijodiy faoliyat va xususiylash vositalari natijalariga bo‘lgan jami alohida huquqlarni ifoda etuvchi jamlovchi tushuncha. Aqliy mulk adabiy, badiiy va ilmiy asarlar, artistlarning ijrochilik faoliyati, ovoz yozish, radio va televizion dasturlar, ixtiro, sanoat mahsulotlari, savdo belgilari, firma nomlari va h.k.larga tegishli huquqlarni ham qamrab oladi. Aqliy mulk tushunchasi birinchi bor 1967 yilda Xalqaro aqliy mulk tashkilotini ta’sis etuvchi Konvensiya bilan kiritilgan.
Jamiyatning aqliy sohasi, uning kognitiv tuzilmalari (ilmiy
maktablar, tadqiqot markazlari, laboratoriyalar, universitetlar va h.k.) hamda inson aqliy qobiliyatlarining zararli ta’sirlardan muhofaza qilinganlik holati.
Foydalanuvchining kompyuter bilan tabiiy tilda o‘zaro aloqada bo‘lishni ta’minlovchi interfeys. Aqlli interfeys, odatda, foydalanuvchining kasbiy tilini o‘giruvchi muloqot protsessori va vazifa tavsifini bilimlar bazasida saqlanuvchi axborot asosida uni bajarish dasturiga qadam- baqadam o‘giruvchi loyihalashtirgichni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumotlarni uzatishdan tashqari murakkab axborot xizmatlarining rang-barang turlarini taqdim qiluvchi kommunikatsiya tarmog‘i. qarang: tafakkurli tarmoq aqlli o‘rgatuvchi tizim ingl.: intelligent learning system rus.: интеллектуальная обучающая система Avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi tizim.
U o‘rganuvchiga o‘rganish jarayonida muloqot olib borish, savollarga javob berish va vazifalarni tabiiy tilda bajarish imkonini beruvchi aqliy interfeysga ega.
1. Advanced RISC Architecture – Yaxshilangan RISC-arxitektura. 2. Automatic Rate Adaptation – Uzatish tezligini avtomatik sozlash.
O‘zida elektron savdo vazifalari va an’anaviy ma’lumotnoma xizmatlarini mujassamlantirgan portal.
ARIB qisq.: Association Radio Industry and Broadcasting ARIB
uyushmasi. Yaponiyadagi radio eshittirish uyushmasi. ARLL qisq.: Advanced RLL Takomillashtirilgan RLL. Qattiq
magnit disklarga yozish usuli. ARP qisq.: Address Resolution Protocol Manzilni aniqlash (ruxsat berish) bayonnomasi, ARP bayonnomasi. TCP/IP oilasiga mansub, IP-manzilni tarmoqdagi qurilmaning manziliga o‘zgartirib beradigan bayonnoma (masalan, tarmoq kartasining MAC- manzili). ARPA qisq.: Advanced Research Projects Agency (xuddi shunday DARPA ham) Istiqbolli tadqiqot loyihalari bo‘yicha agentlik. Harbiy sohadagi ilmiy-tadqiqotlarni muvofiqlash- tiruvchi, AQSH
mudofaa vazirligiga bo‘ysunuvchi tuzilma. ARPA nomi bilan TCP/IP bayonnomalari oilasi ishlab chiqilgan va ARPAnet tarmog‘i yaratilgan.
ARPAnet tarmog‘i. Paketlarni uzib-ulaydigan ma’lumotlar uzatishga oid dastlabki global tarmoqdan biridir. ARPA tashabbusi Bilan 1968 A ARPAnet
20
yili hozirgi Internet tarmog‘ining tajribaviy nusxasi namuna sifatida yaratilgan. arxitektura ingl.: architecture rus.: архитектура Murakkab obyektning tuzilishi, bajarilayotgan vazifalari va tarkibiy bo‘laklarining o‘zaro bog‘liqligini belgilovchi konsepsiya. Tarmoq me’moriy tuzilmasi uning asosiy elekmentlari va
ularning o‘zaro
ishlash tavsifi
va topologiyasini belgilaydi. Axborot
tizimi tarkibiy tuzilmasi uning umumiy mantiqiy tuzilishi, dasturiy-apparat ta’minotini, kodlash uslublarishi ta’riflaydi va foydalanuvchining tizim bilan interfeysini belgilaydi.
Arxivator yordamida ochish mumkin bo‘lgan, tarkibida bir
yoki ko‘p
(odatda kompressiyalangan) fayllar va axborot bo‘lgan fayl. Arxivlar odatda dasturiy mahsulotlar yoki rezerv nusxalarni tarqatish uchun yaratiladi. tar, gzip formatidagi arxivlar UNIX; zip, rar, arj formatidagi arxivlar esa Windows amaliy tizimlarida ishlatiladi.
O‘zaro tarixiy va mantiqiy bog‘liq bo‘lgan jami arxiv hujjatlar.
1. Axborot tashuvchisi turidan qat’iy nazar davlat va jamiyat uchun ahamiyatliligi sababli saqlanayotgan yoki saqlanishi lozim bo‘lgan, hamda mulkdori uchun tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy qiymatga ega bo‘lgan hujjat. 2. Jamiyat
uchun ahamiyatliligi sababli saqlanayotgan yoki saqlanishi lozim bo‘lgan, hamda mulkdori uchun qiymatga ega bo‘lgan hujjat.
arxiv ishi ingl.: archive business rus.: архивное дело Arxiv hujjatlarini saqlash, ro‘yxatga olish va ulardan foydalanishni tashkil qilish faoliyati.
Tashqi qurilmada ixcham va uzoq muddatli saqlash uchun fayllarni zichlash (arxivlash) va zichlangan fayllarni dastlabki shaklga qaytarish (arxivsizlash) uchun mo‘ljallangan dastur yoki dasturlar majmui. Shaxsiy kompyuterlarda eng keng tarqalgan axrivatorlar – PKZIP, ARJ, RAR. Ularning barchasi fayllarni ixchamroq saqlash imkonini berishdan tashqari quyidagilarga imkoniyat yaratadi: - ish katalogining barcha, ba’zi yoki muayyan qolipga mos fayllarini arxiv fayliga qo‘shish; - fayllarni arxiv fayliga qo‘shish; - fayllarni arxiv fayldan o‘chirish; - arxiv fayli tarkibini ko‘rish; - arxiv faylidan alohida fayllarni olish yoki barcha fayllarni arxivsizlash; - boshqa
tizimda arxivsizlash dasturi mavjudligini talab qilmaydigan o‘zi ochiladigan arxiv fayllarni yaratish.
1. As Soon As Possible – Iloji boricha tezroq. 2. Automatic Switching And Processing – [ma’lumotlar paketlarini] Avtomatik uzib-ulash va ularga ishlov berish.
Superkompyuterli strategiviy tashabbusi, ASCI dasturi. AQSH energetika vazirligining yerosti yadro
portlashlarini modellashga qodir superkompyuterni yaratishga qaratilgan uzoq muddatli dasturi. ASCII qisq.: American Standard Code for Information Interchange Axborot almashuvi uchun amerika standart kodi, ASCII kodi.
Ixtisoslashgan mikrosxema. asinxron uzatish ingl.: asynchronous transmission rus.: асинхронная передача Ma’lumotlarni bittama-bitta belgi bilan uzatish uchun qo‘llaniladigan uzatish uslubi. Bunda arxitektura
21
belgilarni uzatish orasidagi muddat teng bo‘lmasligi mumkin. Har bir belgidan oldin boshlanish bitlari keladi, belgi uzatishning tugashi esa to‘xtash bitlari bilan belgilanadi. Ba’zan ushbu uzatish uslubini boshla-to‘xta uslubi deyiladi (start-stop transmission). Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling