Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103

 

avtomatlashtirilgan 

tizimning 

texnik 

ta’minoti 

ingl.: hardware of automated system 

rus.: 

техническое 

обеспечение 

автоматизированной системы 

Avtomatlashtirilgan  tizim  ishini  ta’minlashga 

mo‘ljallangan texnik vositalar majmuasi. 

 

avtomatlashtirilgan tizimning xavfsizligi 

ingl.: automated system security 

rus.: безопасность автоматизированной системы 

Avtomatlashtirilgan 

tizimning 

me’yoriy 

faoliyati  jarayoniga  ruxsatsiz  aralashishdan, 

hamda  o‘g‘irlash,  uni  tarkibiy  qismlarini 

noqonuniy 

takomillashtirish 

yoki 

barbod 


qilishdan muhofazalanganligi. 

 

avtomatlashtirilgan shifrni buzib ochish 

ingl.: automatized deciphering 

rus.: автоматизированное дешифрование 

Ma’lumotlarni  kompyuterda  qayta  ishlash 

jarayonining  bosqichlaridan  biri.  U  raqamli 

tasvirlar 

shaklida 

taqdim 


etiladigan 

ma’lumotlarni 

masofadan 

zondlashdir. 

Tasvirlarni 

kompyuterga 

kiritish, 

mavzu 


bo‘yicha  shifrni  buzib  ochish  va  ma’lumotlarni 

ekspert baholashlarni o‘z ichiga oladi. 



 

avvalgi iz 

ingl.: cookies 

rus.: куки 

Foydalanuvchi  brauzerini,  veb-serverga  tashrif 

buyurganda 

veb-server 

qo‘yib 

chiqadigan 



belgidan  iborat  ma’lumotlar  (katta  bo‘lmagan 

blok).  Foydalanuvchi  keyin tashrif  buyurganda, 

server  bu  yerda  uning  avval  bo‘lganini  biladi. 

Shuni  hisobga  olib,  masalan,  o‘tgan  gal 

ko‘rsatgan  bannerni  bu  gal  unga  ko‘rsatmaydi. 

Takomillashgan tizimlarda, cookies-texnologiya 

yordamida tashrifchining qiziqishlarini o‘rganib 

va  uni  har  tashrifida  tegishli  reklamani 

ko‘rsatish  mumkin.  Avvalgi  iz,  misol  uchun 

loginlarni,  «shopping  cart»  ma’lumotni  va 

boshqalarni eslab qolishga qodir. 

 

AWK 

qisq.: Aho, Weinberger, Kernighan 

AWK  tili.  UNIX  muhitida  ishlatiladi.  Tilning 

nomi uning ijodkorlari familiyalarining birinchi 

harflaridan iborat. 



 

AWT 

qisq.: 

1.  Abstract  Windowing  Tollkit  –  Mavhum 

darchalarni  boshqarish  uchun  uskunalar,  AWT 

paketi.  Grafik  interfeysni  dasturlash  uchun 



AWT 


 

 

26 


xizmat  qiladigan  Java  maslagining  standart 

paketlaridan biri. 

2. Average Work Time – O‘rtacha ishlash vaqti. 

 

axboriy dasturiy qurol 

ingl.: information software weapon 

rus.: информационно-программное оружие 

Maxsus  qurol.  U  apparatli,  dasturiy-matematik 

ta’minot,  axborot  (ma’lumotlar),  jumladan 

axborot  kompyuter  tizimlari  (tarmoqlari)ni 

muhofaza  qilish  vositalariga  vayron  qiluvchi 

dasturiy ta’sir ko‘rsatishga asoslangan 



 

axboriy huquqiy me’yorlar 

ingl.: information legal norms 

rus.: информационно-правовые нормы 

qarang: axboriy huquqiy normalar 

 

axboriy huquqiy munosabatlar 

ingl.: information legal relation 

rus.: информационное правоотношение 

Axborot-huquqiy me’yor bilan tartibga solingan 

axboriy 

ijtimoiy 

munosabat. 

Munosabat 

tomonlari 

axborot-huquqiy 

me’yor 

bilan 


belgilangan  va  kafolatlangan  o‘zaro  huquq  va 

majburiyatlari tashuvchilari sifatida qatnashadi. 



 

axboriy huquqiy normalar 

ingl.: information legal norms 

rus.: информационно-правовые нормы 

Axborot 


sohasida 

axborot 


huquqlari 

va 


erkinliklarini  amalga  oshirish  va  axborotning 

aylanishida  axborot  jarayonlarning  amalga 

oshirilishi  tufayli  paydo  bo‘luvchi  ijtimoiy 

munosabatlarning  alohida  guruhlarini  tartibga 

soladi. 

 

axboriy huquqiy tizim 

ingl.: information legal system 

rus.: информационно-правовая система 

Kompyuterga o‘rnatiladigan va maxsus dasturiy 

majmua  yordamida  turli  izlash  vazifalarini 

(aktlarni  hujjat  nomi,  qabul  qilingan  sanasi, 

me’yoriy  akt  turi  va  h.k.  bo‘yicha  izlash) 

bajarishi  mumkin  bo‘lgan  huquqiy  axborotning 

avtomatlashtirilgan 

ma’lumotlar 

banki. 

Zamonaviy  axboriy  huquqiy  tizimlar  odatda 



dasturiy 

qobiq 


va 

unga 


qo‘shiladigan 

ma’lumotlar  bazalaridan  (masalan,  huquq 

sohalari bo‘yicha) iborat bo‘ladi. 

 

axboriy tabaqalanish 

ingl.: information divide 

rus.: информационное неравенство 

1. 


Eng 

yangi 


axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalaridan 

foydalanishda 

bir 


xil 

imkoniyatlar  yo‘qligidan  kelib  chiqqan ijtimoiy 

tabaqalanishning yangi turi. 

2.  Axborot  tuzilmalari,  vositalari  va  ularning 

fuqarolar  orasida  tekis  taqsimlanish  jarayonlari 

taqdirini  fuqarolik  huquqlari  va  farovonlik 

masalalari 

bilan 


bog‘lovchi 

tamoyillarni 

qo‘llab-quvvatlovchilar uchun tavsif atamasi. 

3. 


Sivilizatsiya 

rivojlanishining 

yangi 

muammosi. 



Uning 

mazmuni 


shundaki, 

jamiyatni  axborotlashtirish  jarayonida  paydo 

bo‘layotgan  yangi  yuqori  avtomatlashtirilgan 

axborot 


muhitidan 

foydalanish 

imkoniyatlarining 

jahon 


hamjamiyatining 

alohida  kishilari,  tashkilotlari,  mintaqalari  va 

mamlakatlari 

uchun 


bir 

xil 


darajada 

bo‘lmasligidir. 



 

axboriy yondashuv 

ingl.: information approach 

rus.: информационный подход 

Ilmiy  bilishning  tag-zaminli  uslubi.  Uning 

ma’nosi  shundaki,  tabiat  va  jamiyatdagi 

xohlagan  obyekt,  jarayon 

yoki  hodisani 

o‘rganayotganda  birinchi  navbatda  ularning 

faoliyati  va  rivojlanishini  belgilovchi  eng 

namunali  axborot  xususiyatlari  aniqlanib  tahlil 

qilinadi. 

 

axborot 

ingl.: information 

rus.: информация 

1.  Taqdim  etilish  shaklidan  qat’iy  nazar  shaxs, 

predmet,  dalil,  voqea,  hodisa  va  jarayonlar 

haqidagi ma’lumotlar. 

2.  Dalil,  voqea,  hodisa,  predmet,  jarayon  kabi 

obyektlar  haqidagi  bilim  (ma’lumotlar)  hamda 

tushunchalar yoki buyruqlar. 

3.  Ma’lum  xos  matnda  aniq  ma’noga  ega 

bo‘lgan  tushunchalarni  ichiga  oluvchi  dalil, 

voqea,  hodisa,  predmet,  jarayon,  taqdimot  kabi 

obyektlar haqidagi bilim (ma’lumotlar). 

4.  Qiziqish  uyg‘otishi  mumkin  bo‘lgan  va 

saqlanishi  va  qayta  ishlanishi  lozim  bo‘lgan 

jami  dalil  va  ma’lumotlar.  Kitob  matni,  ilmiy 

formulalar,  bank  hisob  raqamidan  erkin 

foydalanish  va  to‘lovlar,  dars  jadvali,  o‘lchash 

majmualarining 

Yer 


va 

fazo 


stansiyasi 

o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi xabarlar va h.k. 

axborotlar 

bo‘lishi 

mumkin. 

Hisoblash 

mashinasi  ishi  uchun  zarur  bo‘lgan  axborot 

axboriy dasturiy qurol 

 


 

27 


qayta  ishlanishi  lozim  bo‘lgan  ma’lumot  va 

dasturdan 

iborat 

bo‘lib, 


dastur 

ushbu 


ma’lumotlar  bilan  nima  va  qaysi  tartibda 

bajarilishi 

lozimligini 

belgilaydi 

(yoki 

foydalanuvchiga  belgilash  imkonini  beradi). 



Axborot  nur,  tovush  va  radio  to‘lqinlari,  elektr 

toki 


yoki 

kuchlanishi, 

magnit 

maydoni, 



qog‘ozdagi  belgilar  shaklida  yaratilishi  va 

tashilishi  mumkin.  Umuman  olganda,  xohlagan 

moddiy  tuzilma  yoki  energiya  oqimi  axborotni 

tashishi  mumkin.  Axborotdan  foydalanish 

ko‘lamlari 

jamiyat 


rivojlanishi 

darajasini 

belgilaydi. 

5.  Turli  obyektlarning  o‘zaro  ishlashida  ro‘y 

beruvchi aks etish jarayonining faol harakatlarni 

ta’minlash uchun yaroqli natijalari. Shuningdek, 

birov, biror narsa to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 

6. Aks etgan xilma-xillik. 



 

axborot agentligi 

ingl.: information agency 

rus.: информационное агентство 

Matbuot, 

radio, 

kino, 


televideniye, 

telefotografiya  sohasidagi  ixtisoslashtirilgan 

tashkilot. U axborot materiallarini to‘plash bilan 

muntazam  shug‘ullanadi  va  bir paytning  o‘zida 

tahririyat,  nashriyot  va  tarqatuvchi  statusiga 

egadir. 


 

axborot asosida o‘zaro ishlash 

ingl.: information interaction 

rus.: информационное взаимодействие 

Ma’lumotlar  (axborot)  oluvchilardan  kamida 

birining  bilimi  o‘zgarishiga  olib  keluvchi 

ma’lumotlar (axborot) almashish jarayoni. Tirik 

va  texnik  tizimlarda  axboriy  aloqada  o‘zaro 

ishlashlarning  murakkab  pog‘onalar  shajarasi 

mavjud  bo‘lib,  ular  ko‘pincha  ikkita  sxemaga 

asoslanadi: 

uzatuvchi  –  kodlash  qurilmasi  –  aloqa  kanali  – 

dekodlash 

qurilmasi 

– 

qabul 



qiluvchi 

(K.Shennonning an’anaviy sxemasi); 

N.Vinerning  boshqaruv  sxemasi,  unda  to‘g‘ri 

axborot  oqimi  bilan  birga  teskari,  ya’ni 

boshqarilayotgan 

obyekt 


(tizim) 

haqidagi 

axborotni uzatuvchi oqim ham mavjud bo‘ladi. 

Amaliy  masalalarni  yechishda  foydalanuvchilar 

orasida  axboriy  aloqada  o‘zaro  ishlashlari 

uchun  optimal  sharoitlarni  tashkil  qilish  aslida 

Internetning asosiy vazifasidir. 

 

axborot balansi 

ingl.: information balance 

rus.: баланс информационный 

Axborotning  miqdor  va  sifat  turlarining 

muayyan  munosabati.  U  axborot  makonining 

uyg‘unlik holatini belgilaydi. 



 

axborot biznesi 

ingl.: information business, infobusiness 

rus.: информационный бизнес, инфобизнес 

Biznesda  axborot  texnologiyalari.  Jamiyatning 

ish  faoliyatidagi  yangi  yo‘nalish.  U  axborot 

bozorida  savdo  va  oraliq  vazifalarini  amalga 

oshirish, 

shuningdek 

jamiyatni 

ommaviy 


axborotlashtirish  vositalarini  ishlab  chiqarish, 

xizmat ko‘rsatish, ijaraga berish, sug‘urta qilish, 

moliyaviy  va  ish  kuchi  bilan  ta’minlashlarni 

tashkil qilish bilan bog‘liq. 



 

axborot bozori 

ingl.: information market 

rus.: информационный рынок 

1.  Jamiyatda  iqtisodiy,  huquqiy  va  tashkiliy 

munosabatlar  tizimi.  U  axborot  texnikasi 

vositalari,  axborot  texnologiyalari,  axborot 

mahsulotlari 

savdosini 

hamda 

foydalanuvchilarga  tijorat  asosida  axborot 



xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlaydi. 

2.  Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari, 

axborot mahsulotlari va xizmatlari bozori. 

 

axborot bozori makoni 

ingl.: marketspace 

rus.: рыночное информационное пространство 

Axborot  texnologiyalariga  asoslangan  va  ular 

tomonidan boshqariladigan bozorlar. 

 

axborot but saqlanganligi 

ingl.: information safety 

rus.: сохранность информации 

Axborotning, 

uning 

mazmunining 



o‘zgarmasligi  va  uning  butun  mavjudlik  vaqti 

davomida tasodifiy yoki atayin qilingan ta’sirlar 

sharoitida  bir  xil  ma’noda  talqin  qilinishini 

nazarda tutuvchi xususiyati. 



 

axborot butunligi 

ingl.: information integrity 

rus.: целостность информации 

1.  Axborot  va  uni  tashuvchining  holati. 

Butunlay  axborot  va  uning  alohida  tarkibiy 

qismlari  bo‘linmasligini  ta’minlash  hamda 

ularni  ruxsatsiz  qasddan  yo‘q  qilish,  buzib 

talqin  qilish,  sizib  chiqib  ketish,  o‘g‘irlash, 



axborot butunligi 

 


 

28 


qalbakilashtirish  va  almashtirib  qo‘yishni, 

oldindan bartaraf qilishni nazarda tutiladi. 

2. 

Hisoblash 



texnikasining 

yoki 


avtomatlashtirilgan  tizimning  tasodifiy  va 

(yoki)  qasddan  qilingan  g‘alati  qilib  qo‘yish 

(barbod 

qilish) 


sharoitida, 

axborotning 

o‘zgarmay  qolishini  ta’minlash  qobiliyati. 

Axborot  butunligini  ta’minlash  uchun  uch 

uslubdan foydalaniladi: 

- yopiq kanallarni yaratish; 

- yo‘naltirilishni kuzatib borish; 

ma’lumotlardan 



erkin 

foydalanishni 

boshqarish. 

Butunlik 

kriptografiya 

yordamida 

ham 

ta’minlanishi  mumkin.  Bundan  tashqari  boshqa 



usullar  ham  mavjud.  Masalan,  chop  etilgan 

ma’lumotlarga  elektron  imzo  qo‘shib  qo‘yish, 

ma’lumotlarni  takrorlash,  nazorat  qiymatini 

qo‘shib qo‘yish. 



 

axborot egasi 

ingl.: information owner 

rus.: владелец информации 

1.  Qonun  va/yoki  axborot  egasi  tomonidan 

belgilangan  huquqlar  doirasida  axborotga  ega 

bo‘lgan  va  undan  foydalanayotgan  hamda 

foydalanish  vakolatlarini  amalga  oshirayotgan 

subyekt. 

2.  Axborot  uzatishni  va  tarqatishni,  yaratilgan 

axborotni 

iste’molchiga 

eltib 


berishni 

ta’minlaydigan 

alohida  huquqlarni  qo‘lga 

kiritgan shaxs yoki shaxslar. 

3. 

Axborot 


ishlab 

chiqaruvchilari 

va 

iste’molchilari orasidagi vositachi. 



 

axborot ehtiyojlari 

ingl.: information needs 

rus.: информационные потребности 

Nomoddiy  ehtiyojlar  turi.  Aniq  vazifani 

bajarish  yoki  muayyan  maqsadga  erishish 

uchun zarur bo‘lgan axborotga ehtiyoj. 



 

axborot  erkinligi  to‘g‘risidagi  1966  yil 

Qonuni 

ingl.: Freedom of Information Act 1966 (FOIA) 

rus.: Закон о свободе информации 1966 года 

Axborotlashgan  jamiyat  rivojlanishi  tarixida 

muhim  voqea.  Bu  qonunga  ko‘ra,  AQSH  ning 

barcha  federal  muassasalari  fuqarolarni  milliy 

xavfsizlik huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar, 

moliya  va  shaxsga  oid  hujjatlardan  tashqari 

barcha 

axborotlardan 



erkin 

foydalanishni 

ta’minlashlari shart. 

 

axborot eskirishi 

ingl.: information ageing 

rus.: старение информации 

Axborotning  vaqt  o‘tishi  bilan  o‘zining  amaliy 

qiymatini yo‘qotish xususiyati. U ushbu axborot 

aks 


ettiruvchi 

fan 


sohasi 

ahvolining 

o‘zgarishiga bog‘liq. 

 

axborot foydalanuvchisi 

ingl.: information user 

rus.: пользователь информации 

1.  Axborotni  yoki  unga  ishlov  berish  imkonini 

oluvchi subyekt. 

2.  Axborot  tizimi  yoki  vositachiga  kerakli 

axborot  olish  uchun  murojaat  qiluvchi  yoki 

undan foydalanuvchi subyekt. 



 

axborot huquqi 

ingl.: information law 

rus.: информационное право 

1.Huquq  subyektlarining  axborot  sohasidagi 

faoliyatini  tartibga  soluvchi  jami  huquqiy 

me’yorlar. 

2. Axborot sohasida (ishlab chiqarish, axborotni 

o‘zgartirish  va  iste’mol  qilish  sohasida)  paydo 

bo‘luvchi, 

davlat 


tomonidan 

muhofaza 

qilinuvchi  ijtimoiy  me’yorlar  va  munosabatlar 

tizimi.  Bu  yerda  huquqiy  rostlashning  asosiy 

predmetlari 

– 

bu 



axborot 

jarayonlarini 

(axborotni  yaratish,  yig‘ish,  ishlov  berish, 

to‘plash,  saqlash,  izlash,  tarqatish  va  iste’mol 

qilish)  amalga  oshirishda  paydo  bo‘luvchi 

axborot munosabatlari. 

3.  Jami  yuridik  fanning  doktrinaviy  bandlari, 

milliy  huquqning  mustaqil  massivini  tashkil 

qiluvchi 

huquqiy 


me’yorlar, 

xalqaro 


qonunchilik me’yorlari. 

4.  Axborotni  (axborot  resurslarini)  yaratish, 

ulardan  foydalanish,  uzatish  va  uni  muhofaza 

qilish 


sohasidagi 

ijtimoiy 

munosabatlarni 

tartibga 

soluvchi, 

huquqiy 


me’yorlarning 

shakllanayotgan sohalararo majmui. 



 

axborot huquqi fan sifatida 

ingl.: information law (as science) 

rus.: информационное право как наука 

Axborot  huquqini  jami  yuridik  me’yorlar 

sifatida  shakllanishi  va  rivojlanishining  ilmiy 

muammolarini  o‘rganadigan  fan.  .  Uning 

maqsadi axborot sohasida subyektlar (fuqarolar, 

axborot egasi 

 


 

29 


korxonalar,  idoralar,  jamoat  birlashmalari, 

davlat  hokimiyati  va  mahalliy  o‘zini-o‘zi 

boshqarish organlari) hulq-atvorini belgilashdir. 

 

axborot huquqi tamoyillari 

ingl.: information law principles 

rus.: принципы информационного права 

Axborot  sohasida  namoyon  bo‘ladigan  ijtimoiy 

hayotning  obyektiv  qonuniyatlarni  yuridik 

jihatdan tasdiqlovchi asosiy dastlabki tamoyillar. 

Axborot 

huquqining 

quyidagi 

asosiy 


tamoyillarini ajratish mumkin: 

Axborot 



munosabatlarning 

axborot 


huquqining  murakkab  sohasini  tashkil  qiluvchi 

munosabatlar ekanligi tamoyili; 

- Axborot mulkchiligi tamoyili; 

Axborotning 



yaratuvchisi 

va 


foydalanuvchisidan 

ajratilmasligi 

tamoyili 

(subyektni 

olingan 

bilimlardan 

ajratib 

bo‘lmasligi); 

-  Axborot  mulkchiligi  munosabatlarini  yaxlit 

rostlash  tamoyili  (axborotni  o‘ziniki  ekanligini 

tan olish ma’nosida); 

- Investitsiya mulkchiligi tamoyili; 

- Axborot ashyosi tamoyili; 

Namunaviy 



axborot-huquqiy 

me’yorlar 

tamoyili. 

 

axborot huquqi tizimi 

ingl.: information law system 

rus.: система информационного права 

Axborot  qonunchiligi,  axborot  huquqi  ilmi  va 

«axborot  huquqi»  o‘quv  fanida  o‘z  ifodasini 

topgan.  Tuzilma  nuqtai  nazaridan  axborot 

huquqi  tizimi  ikki  qismga  bo‘linadi  –  Umumiy 

va 


Maxsus. 

Umumiy 


qismda 

axborot 


huquqining  tizim  hosil  qiluvchi  boshlanishlar 

tavsifnomasi  keltirilgan,  me’yorlar  to‘plangan 

axborot  sohasida  faoliyatni  rostlashning  asosiy 

tushunchalari,  umumiy  tamoyillari,  huquqiy 

shakllar  va  usullari  jamlangan.  Maxsus  qism 

ma’nosi  yaqin  bo‘lgan  axboriy  huquqiy 

me’yorlar  birlashtirilgan  axborot  huquqining 

alohida institutlarini o‘z ichiga oladi. 



 

axborot huquqiy aloqalari matritsasi 

ingl.: matrix of information legal relations 

rus.: матрица информационных правоотношений 

Qatorlari 

predmet 

sohalarida 

axborot 

jarayonlarni 

belgilovchi 

jadval: 


axborot, 

axborot 


resurslari, 

axborot 


mahsulotlari, 

axborot  xizmatlarini  izlash,  olish  va  iste’mol 

qilish;  ularni  ishlab  chiqarish,  uzatish  va 

taqsimlash; 

axborot 

tizimlari, 

ularning 

tarmoqlari, 

ularni 

ta’minlash 



vositalarini 

yaratish  va  qo‘llash;  axborot  xavfsizligi 

mexanizmlarini  yaratish  va  qo‘llash.  Matritsa 

ustunlari  huquq  toifalarini  ko‘rsatadi:  huquq, 

huquqning  cheklanishi,  majburiyat,  mas’uliyat. 

Qator va ustunlar kesishgan joyda ushbu huquq 

toifalarida 

axborot 


jarayonlarida 

paydo 


bo‘ladigan  axborot  munosabatlari  ro‘yxatlari 

keltiriladi. 



 

axborot infratuzilmasi 

ingl.: information infrastructure 

rus.: информационная инфраструктура 

1.  Axborot  resurslari,  jumladan  axborot 

xizmatlari  va  ommaviy  axborot  vositalarini 

shakllantirish,  tarqatish  va  ulardan  foydalanish 

tizimi. 

2.  Mamlakatning  axborot  makoni  hamda 

fuqarolar 

va 


tashkilotlarning 

axborot 


resurslaridan 

foydalanishni 

ta’minlovchi 

axboriy  aloqada  o‘zaro  ishlash  vositalarining 

faoliyati  va  rivojlanishini  ta’minlovchi  jami 

tashkiliy tuzilmalar. 

3.  Axborot  makoni  tuzilmasining  ushbu 

makonda  axborot  oqimlari  yaratilishi  va 

aylanishini 

ta’minlovchi 

qismi. 

Axborot 


infratuzilmasining  asosiy  belgilari:  infratuzilma 

elementlarining sifatga  oid  va  miqdoriy  tarkibi; 

elementlarning  makonda  joylashishi  va  o‘zaro 

aloqasi;  elementlar  va  butun  infratuzilmaning 

axborot  samaradorligi  va  o‘tkazish  qobiliyati. 

Axborot  infratuzilmasining  asosiy  elementlari: 

telekommunikatsiyalar; 

axborot 


tarmoqlari; 

axborot  resurslari;  axborot  sohasida  xizmat 

ko‘rsatish  tizimlari.  Qo‘shimcha  (yordamchi) 

elementlari: 

axborot 

infratuzilmasining 

rivojlanishi va faoliyatini ta’minlash tizimlari. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling