Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103

 

axborot 

infratuzilmasi 

standartlari 

hay’ati 

ingl.:  Information  Infrastructure  Standards  Panel 

(IISP) 

rus.:  комиссия  стандартов  информационной 

инфраструктуры 

Vazifasi  axborot  tuzilmasiga  doir  standartlarni 

ishlab  chiqish  bo‘lgan  hay’at.  IISP  1994  yilda 

AQSH  da ishlab  chiqarish  korporatsiyalarining, 

assotsiatsiyalarning va kosorsiumlarning, davlat 

tashkilotlarining,  muassasalarining  standartlar 

ishlab  chiqish  bilan  shug‘ullanadigan  80  ta 

axborot infratuzilmasi... 



 

30 


vakili  bo‘lmish  yuridik  shahslar  ishtirokida 

tuzilgan. IISP da ko‘rib 

chiqiladigan  standartlar  uch  sohani  qamrab 

oladi: 


- ma’lumotlar xavfsizligi; 

-  axborot  tarmoqlarida  mualliflik  huquqini 

muhofazalash; 

-  tarmoqlarni,  shu  jumladan,  turli  turkumdagi 

o‘zaro harakatlarini tashkil qilish. 

 

axborot inqilobi 

ingl.: information revolution 

rus.: информационная революция 

1.  Axborotning  asbobiy  asosi,  uni  uzatish  va 

saqlash  usullari  hamda  xalqning  faol  qismi 

uchun  erkin  foydalanish  mumkin  bo‘lgan 

axborot hajmining keskin o‘zgarishi. 

2.  XX  asrning  oxirgi  choragida  yuz  bergan 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarining 

jamiyat hayotining barcha sohalariga ko‘rsatgan 

inqilobiy  ta’sirni  ifodalovchi  istiora.  Ushbu 

hodisa  axborot  sohasidagi  undan  avvalgi 

inqilobiy ixtirolar (kitoblarni bosish, telefoniya, 

radio  aloqasi,  shaxsiy  kompyuter)  ta’sirlarini 

birlashtiradi, 

chunki 

axborotni 



uzatishda 

xohlagan  masofalarni  o‘tish  va  shu  tufayli 

insoniyatning  aqliy  qobiliyatlari  va  ma’naviy 

kuchlarining  birlashishi  uchun  texnologik  asos 

yaratadi. 

 

axborot iqtisodiyoti 

ingl.: information economy 

rus.: информационная экономика 

Global 


axborotlashtirish 

jarayonining 

rivojlanishi 

tufayli 


paydo 

bo‘lgan 


iqtisodiyotning  yangi  sektori.  O‘z  ichiga 

axborotlashtirish  vositalarini  hamda  axborot 

mahsulotlari  va  xizmatlarini ishlab  chiqarish  va 

axborot bozorini oladi. 



 

axborot iste’molchisi 

ingl.: information consumer 

rus.: потребитель информации 

O‘z  ehtiyojlarini  qondirish  (bilimlarni  oshirish, 

ta’lim  olish,  qarorlarni  qabul  qilish  va  h.k.) 

maqsadida  axborotga  muhtoj,  uni  izlovchi  va 

oluvchi shaxs yoki shaxslar. 

 

axborot izlash 

ingl.: information search 

rus.: поиск информации 

Axborot  massivida  oldindan  belgilangan  izlash 

sharti  (so‘rovi)  talabini  qondiruvchi  yozuvlar 

borligini  aniqlash  jarayoni  va  agar  ular  mavjud 

bo‘lsa  bunday  yozuvlar  joylashishini  aniqlash 

jarayoni. 



 

axborot izlash tizimi 

ingl.: information retrieval system 

rus.: информационно-поисковая система 

Ma’lumotlar bazasi va jami axborot resurslarida 

axborot izlash uchun mo‘ljallangan tizim. 

 

axborot ishonchliligi 

ingl.: information validity 

rus.: достоверность информации 

Axborotning to‘g‘ri qabul qilinish xususiyati. U 

quyidagilar 

yordamida 

ta’minlanadi: 

uzatilayotgan  xabarlarda  voqealar  ro‘y  berish 

vaqtining 

belgilanishi; 

turli 

manbalardan 



olingan  ma’lumotlarning  puxta  o‘rganilishi  va 

taqqoslanishi;  soxta  informatsiyaning  vaqtida 

fosh  etilishi;  buzilgan  axborotning  o‘chirilishi 

va h.k. 


 

axborot jamiyati 

ingl.:  information  society,  information  oriented 

society 

rus.: информационное общество 

1.  Zamonaviy  sivilizatsiya  taraqqiyoti  bosqichi. 

U  jamiyat  hayotida  axborot  va  bilimlar  roli 

o‘sishi, 

axborot 

kommunikatsi, 

axborot 

mahsuloti 

va  xizmatlarining 

yalpi 


ichki 

mahsulot 

(YAIM) 

dagi 


ulushi 

ortishi, 

insonlarning  samarali  axboriy  aloqada  o‘zaro 

ishlashini 

ta’minlovchi 

global 


axborot 

makonining  yaratilishi,  ularning  jahon  axborot 

resurslaridan 

foydalanishi 

hamda 

axborot 


mahsulotlari  va  xizmatlariga  bo‘lgan  ijtimoiy 

hamda 


shaxsiy 

ehtiyojlarini 

qondirishni 

ta’minlash darajasi bilan tavsiflanadi. 

2.  Bilimlar  asosiy  ishlab  chiqarish  mahsuloti 

bo‘lgan  jamiyat.  Axborot  jamiyatining  farqli 

xususiyatlari:  kerakli  axborotdan  jamiyatning 

barcha  a’zolari  uchun  erkin  foydalanishi 

osonligi,  jamiyatning  o‘z  faoliyati  uchun  zarur 

bo‘lgan butun axborotni ishlab chiqarish hamda 

jamiyatning barcha a’zolarini ushbu axborotdan 

erkin  foydalanish  vositalari  bilan  ta’minlash 

qobiliyati. 

3.  Axborotni  ishlab  chiqarish  va iste’mol  qilish 

eng asosiy faoliyat turi bo‘lgan, axborot esa eng 

ahamiyatli  resurs  sifatida  tan  olingan  jamiyat. 

Bu 

yangi 


jamiyatda 

axborot 


va 

telekommunikatsiya 

texnologiyalari 

va 


axborot inqilobi 

 


 

31 


texnikasi  asosiy  texnologiyalar  va  texnika 

hisoblanadi,  axborot  muhiti  esa  ijtimoiy  va 

ekologik  muhitlar  bilan  birga  insonning  yangi 

yashash muhitiga aylanadi. 



 

axborot jamiyatida yashashga tayyorlik 

ingl.: e-readiness 

rus.:  готовность  к  жизни  в  информационном 

обществе 

Quyidagi 

muhim 

ko‘rsatkichlar 



bilan 

baholanadigan  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish 

darajasi: 

axborot-kommunikatsiya 

infratuzilmasining  rivojlanishi, elektron iqtisod, 

masofaviy 

ta’lim, 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalaridan  (AKT)  davlat  boshqaruvida 

foydalanish va AKT sohasida davlat siyosati. 



 

axborot 

jamiyatining 

rivojlanish 

ko‘rsatkichlari 

ingl.: information society development indicators 

rus.:  индикаторы  развития  информационного 

общества 

Axborot  jamiyatining  axboriy,  iqtisodiy  va 

ijtimoiy 

sohalar 


bo‘yicha 

rivojlanishini 

belgilovchi  ko‘rsatkichlar  ro‘yxati.  Har  bir 

mamlakatda 

axborot 

jamiyati 

rivojlanishi 

darajasini  miqdoriy  baholash  uchun  yillik 

«axborot 

jamiyati 

indeksi» 

(AJI) 


ishlab 

chiqilgan.  Ushbu  indeks  quyidagi  to‘rtta 

guruhga bo‘lingan 23 ko‘rsatkichga asoslanadi: 

-  kompyuter  infratuzilmasi  (7  ko‘rsatkich  – 

muayyan  mamlakatda  odam  boshiga  shaxsiy 

kompyuterlar 

soni, 

bitta 


oilaga 

uy 


kompyuterlarining soni va h.k.); 

-  axborot  infratuzilmasi  (7  ko‘rsatkich  –  bitta 

oilaga to‘g‘ri  kelgan telefon  liniyalarining  soni, 

odam  boshiga  televizorlar,  fakslar,  uyali 

telefonlar 

soni, 


kabel 

televideniyesi 

abonentlarining soni va h.k.); 

-  Internet  infratuzilmasi  (4  ko‘rsatkich  – 

Internetdan 

maishiy, 

biznes 

va 


ta’lim 

maqsadlarida  foydalanuvchilar  soni,  elektron 

savdo ko‘lami); 

-  ijtimoiy  infratuzilma  (5  ko‘rsatkich  –  o‘rta 

maktab va oliy o‘quv  yurtlari o‘quvchilari soni, 

matbuot  o‘quvchilari  soni,  matbuot  erkinligi, 

fuqarolik huquqlarining ta’minlanishi). 

 

axborot jarayonlari 

ingl.: information processes 

rus.: информационные процессы 

1.  Axborotni  yaratish,  yig‘ish,  ishlov  berish, 

to‘plash,  saqlash,  izlash,  tarqatish  va  iste’mol 

qilish jarayonlari. 

2.  Hujjatlashtirilgan  axborotni  foydalanuvchi 

uchun  yig‘ish,  ishlov  berish,  to‘plash,  saqlash, 

dolzarblashtirish va taqdim etish jarayonlari. 

3.  Axborotni  yaratish,  yig‘ish,  saqlash,  ishlov 

berish,  aks  ettirish,  uzatish,  tarqatish  va 

foydalanish jarayonlari. 



 

axborot jinoyati 

ingl.: information criminal 

rus.: информационный криминал 

G‘arazli  yoki  bezorilik  maqsadlarida  amalga 

oshiriladigan,  axborot  tizim  va  tarmoqlarida 

axborotni  o‘g‘irlash  yoki  buzishga  qaratilgan 

atayin qilingan jinoyatkorona harakatlar. 

 

axborot jinoyatchiligi 

ingl.: information criminality 

rus.: информационная преступность 

Qonunda  ko‘zda  tutilgan  shaxs,  tashkilotlar 

yoki  davlat  huquqlarini  buzuvchi  qonunga  zid 

harakatlar. 

Bunda 

jamiyatning 



axborot 

sohasidagi qonunga zid o‘laroq, shaxs, tashkilot 

va  davlatga  ma’naviy  yoki  moddiy  zarar 

yetkazishi nazarda tutilgan. 



 

axborot mahfiyligi 

ingl.: confidentiality of information 

rus.: конфиденциальность информации 

1.  Axborot  va  uning  tashuvchisining  holati. 

Bunda  axborot  bilan  ruxsatsiz  tanishishni  yoki 

uni 


ruxsatsiz 

hujjatlashtirishni 

(nusxa 

ko‘chirishni) oldini olish ta’minlangan 



2. 

Axborot 


uchun 

subyektiv 

ravishda 

aniqlanadigan  (qo‘shib  yoziladigan  tavsifnoma 

(xossa).  Bu  axborotdan  erkin  foydalanish 

huquqiga  ega  bo‘lgan  subyektlar  davrasiga 

cheklovlar  kiritish  zaruratini  ko‘rsatadi.  Tizim 

(muhit) 


mazkur 

axborotni 

undan 

erkin 


foydalanish 

huquqiga 

egalik 

vakolatlari 



bo‘lmagan  subyektlardan  sir  saqlash  qobiliyati 

bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Mahfiylik ikki 

yo‘l  bilan  ta’minlanadi.  Birinchisi,  axborot 

bilan 


ishlash 

huquqiga 

ega 

bo‘lgan 


foydalanuvchilar davrasini cheklash. Ikkinchisi, 

axborotni  shifrlash,  ya’ni  uni  shunday  shaklda 

ifodalanadiki,  o‘qilgan  axborotning  mazmunini 

faqat 


shifrlash 

kalitiga 

ega 

bo‘lgan 


foydalanuvchilar tushuna oladilar. 

 

axborot mahfiyligi 

 


 

32 


axborot mahsuloti 

ingl.: information output, information goods 

rus.: 

информационная 

продукция, 

информационный товар 

1.  Axborot  jarayonlarning  moddiylashtirilgan 

natijasi.  U  davlat  hokimiyati  organlari,  yuridik 

va  jismoniy  shaxslarning  axborotga  bo’lgan 

ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan. 

2. Bu: 


-  ayirboshlash  yoki  sotish  uchun  yaratilgan 

axborot mahsuloti; 

- sotuv predmeti sifatidagi axborot xizmati; 

-  axborot  faoliyatini  ta’minlovchi  mahsulot 

(sotish  uchun  ishlab  chiqarilgan  axborot 

vositalari va texnikasi). 



 

axborot mahsulotlari 

ingl.: information products 

rus.: информационные продукты  

1. Hujjatlashtirilgan axborot. 

foydalanuvchilar 



ehtiyojlariga 

muvofiq 


tayyorlanib,  ushbu  ehtiyojlarni  qondirish uchun 

mo‘ljallanadi yoki foydalaniladi 

2.  Mahsulot  shaklida  taqdim  etilgan  barcha 

turdagi axborot resurslari,  dasturiy  mahsulotlar, 

ma’lumotlar bazalari va banklari hamda boshqa 

axborot. 

3.  Ishlab  chiqaruvchi  tomonidan  mahsulot  yoki 

xizmat  sifatida  moddiy  yoki  elektron  shaklda 

keyinchalik  tarqatilishi  uchun  tayyorlangan 

jami ma’lumotlar. 

4.  Ma’lum  shaxsning  faoliyati natijasi  bo‘lmish 

axborot. 

Axborot  mahsuloti  o‘z  ichiga  quyidagilarni 

oladi: 


- axborot (ma’lumotlar, bilimlar); 

- axborot tashuvchilari; 

- axborot vositalari va texnikasi; 

- axborot faoliyatini ta’minlovchi mahsulotlar. 



 

axborot makoni 

ingl.: information space 

rus.: информационное пространство 

1.  Elektron  tarmoqlardan  foydalangan  holda 

paydo  bo‘luvchi  birlashgan  elektron  axborot 

makoni. 


2.  Axborot  kommunikatsiyalari  dunyoning 

zamonaviy  ijtimoiy  hayotida  yetakchi  rol 

o‘ynaydigan  sohalari.  Ushbu  ma’noda  axborot 

makoni 


tushunchasi 

axborot 


muhiti 

tushunchasiga yaqinlashadi. 

3. Axborot oqimlari uchun aylanish makoni. 

 

axborot manbai 

ingl.: source of information 

rus.: источник информации 

Axborot  yuzaga  kelishini  identifikatsiyalovchi 

obyekt. 

Foydalanuvchi  erkin  olishi  mumkin  bo‘lgan  va 

odatda ba’zi muammoli aniqlikka ega bo‘lgan u 

yoki bu axborot resurslari sinfi subto‘plamining 

yagona elementi. 

 

axborot mazmuni 

ingl.: information content 

rus.: содержание информации 

Ma’lum  obyekt  yoki  hodisa  to‘g‘risida  jami 

elementlar,  tomonlar,  ular  o‘rtasidagi  aloqa  va 

munosabatlarni belgilovchi aniq ma’lumotlar. 



 

axborot miqdorining birligi 

ingl.: unit of information quantity 

rus.: единица количества информации 

Ikkilik  sanoq  tizimida,  axborotning  eng  kichik 

birligi bo‘lib bit hisoblanadi. Bir bit bu bita «1» 

yoki  bita  «0»  degani,  signal  impulsi  borligi  yo 

yo‘qligi  bilan  aks  etadi.  Bitlarning  butun  deb 

qaraladigan  tutash  ketma-ketligi  bayt  deb 

ataladi.  Ko‘pincha,  bayt  sakkiz  bitga  teng  deb 

qabul qilinadi. 



 

axborot muhiti 

ingl.: information environment 

rus.: информационная среда 

Kompyuterda saqlanuvchi,  biroq axborot tizimi 

sifatida  shakllantirilmagan,  ma’lum  predmet 

sohasiga  tegishli  va  bitta  yoki  bir  necha 

foydalanuvchi  tomonidan  ishlatiladigan  jami 

bilimlar, faktlar va ma’lumotlar. 



 

axborot  muhofazalashning  qonunchilik 

vositalari 

ingl.: legal protection means 

rus.: 

законодательные 

средства 

защиты 

информации 

Mamlakatning  erkin  foydalanish  cheklangan 

axborotga ishlov berish va uzatishni, ishlatishni 

tartibga 

soluvchi 

qoidalar 

hamda 

ularni 


buzganlik 

uchun 


javobgarlik 

darajasini 

o‘rnatadigan qonunchilik hujjatlari. 

 

axborot 

muhofazalashning 

tashkiliy 

vositalari 

ingl.: organizational protection means 

rus.: организационные меры защиты информации 

axborot mahsuloti 

 


 

33 


Ma’lumotlarga ishlov berish tizimini faoliyatini, 

uning 


resurslarini 

ishlatishni, 

xodimlarni 

faoliyatini, hamda  unda  aylanib  yurgan  axborot 

xavfsizligiga 

tahdidni 

yuqori 

darajada 



qiyinlashtirish 

yoki 


amalga 

oshirish 

imkoniyatini 

yo‘qqachiqarishga 

sharoit 

tug‘diradigan, 

foydalanuvchi 

bilan 


tizim 

orasidagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi 

choralar. 

 

axborot 

muhofazasi 

samaradorli 

nazorati vositalari 

ingl.: information protection efficiency control tools 

rus.: средства контроля эффективности защиты 

информации 

Axborot  muhofazasi  samaradorligini  nazorat 

qilish uchun  mo‘ljallangan  yoki  qo‘llaniladigan 

texnikaviy,  dasturiy  vosita,  modda  va  (yoki) 

biror narsa. 

 

axborot  muhofazasi  sohasidagi  davlat 

siyosati 

ingl.: state information protection policy 

rus.:  государственная  политика  в  области 

защиты информации 

Axborot  muhofazasi  sohasidagi  davlat  siyosati 

quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: 

-  axborot  muhofazasi  sohasida  faoliyatni davlat 

tomonidan boshqarish mexanizmlarini yaratish; 

-  axborot  muhofazasi  sohasidagi  qonunchilikni 

rivojlantirish; 

- davlat axborot resurslarini muhofazalash; 

-axborot 

muhofazasi 

sohasida 

zamonaviy 

texnologiyalar 

va 


xizmatlar 

bozorini 

rivojlantirish uchun sharoit yaratish; 

-  davlat  va  jamiyat  faoliyati  uchun  o‘ta  muhim 

bo‘lgan  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimlari 

muhofazasini tashkil qilish; 

-  axborot  muhofazasiga  tegishli  bo‘lgan  dastur 

va  loyihalarni  qo‘llab-quvvatlash  va  amalga 

oshirish. 

 

axborot 

muhofazasi 

sohasidagi 

litsenziya 

ingl.: license in information protection sphere 

rus.: лицензия в области защиты информации 

Axborot  muhofazasi  sohasida  ishlash  huquqini 

beruvchi 

ruxsatnoma.U 

litsenziya 

bitimi 


(shartnomasi) asosida shakllantiriladi. 

 

axborot 

muhofazasi 

sohasidagi 

litsenziyalash 

ingl.: licensing in information protection sphere 

rus.: 

лицензирование 

в области 

защиты 

информации 

Litsenziya 

bitimi 

(shartnomasi) 



bilan 

tasdiqlangan,  axborot  muhofazasi  sohasidagi 

ishlarni amalga oshirish huquqlarini berish yoki 

olish bilan bog‘liq faoliyat. 



 

axborot muhofazasi tamoyillari 

ingl.: concept of information protection 

rus.: концепция защиты информации 

Axborot  muhofazasi  muammolariga  axborotga 

avtomatlashtirilgan  ishlov 

berish 


tizimida 

umumiy  qarashlar  va  uni  yechish  yo‘llarini 

belgilaydigan  hujjat.  Bunda  yig‘ilgan  tajribani 

hisobga 


olgan 

holda 


uning 

zamonaviy 

rivojlanishi  tendensiyalari  bayon  qilingan.  U 

tashkilot  xavfsizligi  tamoyillarining  tarkibiy 

qismidir. 

 

axborot muhofazasini samaradorligi 

ingl.: efficiency of information protection 

rus.: эффективность защиты информации 

Axborotni  muhofazalash  bo‘yicha  harakatlar 

oqibatida 

erishilgan 

natijalarni 

axborot 


muhofazasi maqsadiga mos kelishi darajasi. 

 

axborot 

muhofazasini 

ta’minlash 

tamoyillari 

ingl.: information security ensuring principles 

rus.:  принципы  обеспечения  информационной 

безопасности 

-  Shaxs,  jamiyat  va  davlat  manfaatlariga  rioya 

qilish; 

- Qonuniylik; 

-  Axborot  xavfsizligining  barcha  subyektlari 

harakatlarining kelishilganligi; 

-  Axborot  xavfsizligini  ta’minlash  bo‘yicha 

choralarning bir yaxlitligi; 

-  Axborot  xavfsizligi  subyektlarining  axborot 

sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarligi; 

-  Xalqaro  axborot  xavfsizligi  tizimlari  bilan 

birlashish; 

-  Qo‘riqlanayotgan  axborotning  muhofaza 

qilinganligi; 

- Axborot xavfsizligini ta’minlash choralarining 

axborot 


sohasidagi 

noqonuniy 

harakatlar 

(harkatsizlik) 

tufayli 

yetkazilishi 

mumkin 

bo‘lgan zarar ko‘lamiga muvofiqligi. 



 

axborot 

muhofazasining 

dasturiy 

vositasi 

ingl.: information protection software tools 

rus.: программное средство защиты информации 

axborot muhofazasining... 



 

34 


Dasturiy  ta’minot tarkibiga kiruvchi  va axborot 

muhofazasi uchun mo‘ljallangan maxsus dastur. 



 

axborot muhofazasining huquqiy shakli 

ingl.: legal form of information protection 

rus.: правовая форма защиты информации 

Informatika,  axborot  munosabatlari  va  axborot 

muhofazasi sohasidagi mamlakat konstitutsiyasi 

va  qonunlari  moddalari,  fuqarolik  va  jinoyat 

kodekslari  bandlari  va  boshqa  me’yoriy-

huquqiy 


hujjatlarga 

asoslangan 

axborot 

muhofazasi.  Axborot  muhofazasining  huquqiy 

shakli  axborot  munosabatlari  subyektlarining 

huquq  va  majburiyatlari,  axborot  muhofazasi 

organlari,  texnik  vositalari  va  usullarining 

huquqiy  holatini  tartibga  soladi  va  axborot 

muhofazasi  sohasida  odob-ahloq  me’yorlarni 

yaratishning asosidir. 



Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling