Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103

 

bilimlar ombori (BO) 

bilimlar ombori (BO) 

 


 

52 


ingl.: knowledge base (KB) 

rus.: база знаний (БЗ) 

qarang: bilimlar bazasi (BB) 

 

bilimlarga asoslangan iqtisodiyot 

ingl.: knowledge economy 

rus.: экономика, основанная на знаниях 

Yalpi  ichki  mahsulotning  (YAIM)  ko‘p  qismi 

axborotlar ishlab chiqarish, ularga ishlov berish, 

saqlash,  axborotlar  va  bilimlarni  tarqatish  bilan 

bog‘liq 

faoliyat 

evaziga 

ta’minlanadigan 

iqtisodiyot. 

 

bilimlarni boshqarish 

ingl.: knowledge management 

rus.: управление знаниями 

Rasmiy  jarayon.  U  tashkiliy  tartiblar,  insonlar 

va  texnologiyalarni  baholash  hamda  ushbu 

tarkibiy  qismlar  orasida  samaralilikni  oshirish 

uchun  kerakli  insonlarga  kerakli  paytda  kerakli 

axborot  berish  maqsadida  o‘zaro  aloqaga 

asoslangan  tizim  yaratishni  ko‘zlaydi  (IDC 

tavsifi bo‘yicha.) 



 

billing 

ingl.: billing 

rus.: биллинг 

qarang: elektron billing 

 

bin 

Binary, ya’ni ikkilik so‘zining qisqartmasi. 



 

biologik informatika 

ingl.: biological informatics 

rus.: биологическая информатика 

Biosferada  –  tirik  organizmlar  va  o‘simliklarda 

axborot  texnologiyalari  amalga  oshishining 

umumiy  qonuniyatlarini  va  xususiyatlarini 

o‘rganuvchi 

fan. 


XX 

asrning 


oxirlarida 

rivojlana 

boshlagan 

fundamental 

informatikaning bo‘limi 

 

biometrik 

ingl.: biometric 

rus.: биометрический 

Alohida  atributlardan  foydalanishni  nazarda 

tutadi.  Bunda  insonning  takrorlanmas  shaxsiy 

xususiyatlarini  ifodalovchi  barmoq  izlari,  ko‘z 

qon 

tomirlarining 



rasmi, 

tovush 


yozuvi 

kabilardan 

foydalanish 

shaxsni 


aniqlash 

imkonini berishi ko‘zda tutilgan. 



 

biometrik texnologiya 

ingl.: biometric technology 

rus.: биометрическая технология 

Inson 


buyruqlarini 

biotoklar 

orqali 

foydalanuvchi tizimga yetkazish usuli. 



 

bionika 

ingl.: bionics 

rus.: бионика 

Tirik  tabiat  tamoyillari,  xossalari,  vazifalari  va 

tuzilmalarini  texnik  qurilma  va  tizimlarda 

qo‘llashga  qaratilgan  amaliy  fan.  Internet  o‘z-

o‘zini  tashkil  viluvchi  tizim  bo‘lib,  ko‘p 

jihatlari  bilan  tirik  organizm  evolutsiyasini 

“takrorlaydi”. 

 

BIOS 

qisq.: Basic Input/Output System 

1.  Kiritish-chiqarishning  asosiy  tizimi.  Shaxsiy 

kompyuterning  ona  platasidagi  DXQ  (doimiy 

xotira 


qurilmasi) 

yoki 


QDDXQ 

(qayta 


dasturlanadigan 

doimiy 


xotira 

qurilmasi) 

mikrosxemasiga 

yozilgan 

dastur. 

BIOS 


kompyuterning  operatsion  tizimdan  kelayotgan 

kirish-chiqish, 

qurilmalarni 

boshqarish 

so‘rovlariga  xizmat  ko‘rsatadi.  Shuningdek, 

kompyuter yoqilganda uskunalarni boshlang‘ich 

tekshirish (POST tartiboti),  MBR ni  yuklash  va 

operatsion  tizimga  boshqaruvni  uzatish  ham 

BIOS  vazifasiga  kiradi,  BIOS  da  shaxsiy 

kompyuterni 

ona 

platasining 



tarkibiy 

tuzilmasini  asosiy  ko‘rsatkichlarini  qo‘lda 

sozlash  uchun  o‘zaro  faol  nimdasturi  ham 

mavjud. 


2. BIOS ni o‘z ichiga olgan mikrosxema. 

 

BIP 

qisq.: Bit Interleave Parity 

Bitlar  navbatlanishi  juftligi.  Juftlik  bitini 

hisoblash 

va 


taqqoslashga 

asoslangan 

ma’lumotlar  uzatishning  to‘g‘riligini  nazorat 

qilish usuli. 



 

birinchi avlod tili 

ingl.: first generation language (1GL) 

rus.: язык первого поколения 

 Mashina tili. 



 

birja 

ingl.: exchange 

rus.: биржа 

Muntazam 

faoliyat 

ko‘rsatuvchi 

tashkiliy 

rasmiylashtirilgan  bozor.  Klassik  birjalar  bilan 

bir  qatorda  elektron  birjalar  ham  paydo  bo‘ldi 

Ularda,  barcha  kelishuvlar  tarmoqqa  ulangan 

bilimlarga asoslangan ... 


 

53 


kompyuterlar  yordamida  amalga  oshiriladi. 

Lekin, 


hatto 

klassik 


birjalarda 

ham 


informatikaning 

elektron 

vositalari, 

shu 


jumladan 

telekommunikatsiyalar 



keng 

qo‘llaniladi. 



 

birmarotabali raqamli imzo 

ingl.: disposable digital signature 

rus.: одноразовая цифровая подпись 

Raqamli  imzo  ixtiyoriy  xabar  uchun  faqat  bir 

marta ishlatilishi mumkin bo‘lgan sxema, ya’ni, 

har  qanday  yangi  xabarga  yangi  kalitlar  jufti 

zarur  bo‘ladi.  Bunday  sxemaning  afzalligi 

tezkorlik  bo‘lsa,  kamchiligi  –  katta  miqdordagi 

axborotni  (oshkora  kalitlarni)  e’lon  qilishdir, 

chunki, har bir imzo faqat bir marta ishlatiladi. 



 

birmarotabali yon daftar 

ingl.: disposable notebook 

rus.: одноразовый блокнот 

qarang: Vernam kriptotizimi 

 

birtomonlama funksiya 

ingl.: one-way function 

rus.: односторонняя функция 

Berilgan 

argument 



bo‘yicha 

F(X) 


funksiyaning  qiymatini hisoblash  yengil  bo‘lsa, 

X  ni  F(X)  dan  aniqlash,  hisoblashda  qiyin 

bo‘lgan 

funksiya. 

Hozirgi 

kungacha 

birtomonlama  funksiyalar  mavjudligi  qat’iy 

isbot  qilinmagan.  Axborotni  shifrlash  uchun 

birtomonlama  funksiyalar  yaramaydi,  chunki, 

ular  yordamida  shiflangan  matnni,  uning 

shifrini  egasi  ham  hatto  ocha  olmaydi. 

Birtomonlama 

funksiyalar 

asimmetrik 

kriptografiyada keng tatbiqini topdi. 

 

B-ISDN 

qisq.: Broadband Integrated Services Digital Network 

qarang:  xizmatlari  birlashgan  keng  yo‘l-yo‘lli 

raqamli tarmoq 



 

BIST 

qisq.: Built-In Self-Test 

Ichiga o‘rnatilgan o‘z-o‘zini nazorat. O‘z-o‘zini 

testlash  uchun  mahsulot  ichiga  o‘rnatilgan 

apparat va/yoki dasturiy vositalar. 



 

bit 

ingl.: bit 

rus.: бит 

Axborot  tizimlarida  axborotni  ifodalashning 

eng  kichik  birligi.  Axborot  miqdorining  eng 

kichik o‘lchov birligi hisoblanadi. Axborot 0 va 

1  sonlarining  ketma-ketligi  bilan  ifodalanadi. 

Atama «binary digit»(ikkilik raqam) iborasining 

qisqartmasi  bo‘lib  hisoblanadi  va  Princeton 

universiteti 

professori 

Hohn 


W. 

Tukey 


tomonidan kiritilgan. 

 

bit sekundiga 

ingl.: bits per second (bps) 

rus.: бит в секунду 

Foydali hamda yordamchi axborotga oid barcha 

uzatilayotgan  bitlarni  hisobga  oladigan  axborot 

uzatish  (kompyuterda  ishlov  berish)  tezligining 

o‘lchov  birligi.  Faqat  foydali  axborotni  uzatish 

tezligini  o‘lchash  uchun  “ramz  sekundiga” 

(characters per second, cps) iborasi ishlatiladi. 

 

bitta rang arxitekturasi 

ingl.: peer-to-peer architecture 

rus.: одноранговая архитектура 

Har  bir  abonent  tizimi  bir  xil  ko‘lamda 

resurslarni  taqdim  va  iste’mol  qilishi  mumkin 

bo‘lgan, 

axborot 

tizimining 

konsepsiyasi. 

Yagona rang arxitektura shu bilan tavsiflanadiki, 

unda  hamma  abonent  tizimlar  teng  huquqli  va 

ularning  bir  birlarini  resurslariga  murojaatlari 

simmetrik 

bo‘ladi. 

Buning 

evaziga, 



foydalanuvchi 

ma’lumotlarni 

taqsimlangan 

ishlovini  bajarishi,  amaliy  dasturlar,  tashqi 

qurilmalar,  shu  jumladan,  ixtiyoriy  tizimlarda 

joylashgan  fayllar  bilan  ishlashi  mumkin. 

Yagona  rang  arxitekturasi,  tarmoq  vositalarini 

oddiy  yuklanishi,  yengil  kengaytirilishi  bilan 

tavsiflanadi. 

 

biznes 

ingl.: business 

rus.: бизнес 

Ishlab  chiqarish,  sotib  olish,  tovarlarni  sotish 

yoki xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyat. 

Informatikaning  usullari  va  vositalarini  keng 

tatbiq  qilish,  global  tarmoqlarni  paydo  bo‘lishi, 

biznesning  yangi  modelini  yaratilishiga  olib 

keldi. Mumtoz, tovarga yo‘naltirilgan modeldan 

farqli  ravishda  yangi  model,  tranzaksiyalarni 

ishlatishiga  tayanadi.  Axborot  jamiyati  deb 

ataluvchi  hozirgi  jamiyatda  reklama  va  savdo-

sotiqlar  tarmoq  xizmati  yordamida  amalga 

oshiriladi.  Bularga  birinchi  galda  EDI  tarmoq 

xizmati va global ulash xizmati misol bo‘laoladi. 

Tijoratning 

informatika 

bilan 


birlashuvi 

infotijoratning paydo bo‘lishiga olib keldi. 



 

biznes 


 

 

54 


biznes  hamkor  uchun  mo‘ljallangan 

elektron biznes 

ingl.: electronic business oriented on business partner  

rus.:  бизнес  электронный,  ориентированный  на 

бизнес-партнера 

qarang: biznes uchun biznes 

 

biznes uchun biznes  

ingl.: business-to-business (B2B) 

rus.: бизнес для бизнеса 

1.  Axborot  makonida  iqtisodiy  faoliyat  sohasi. 

Bu  soha  qo‘shimcha  qiymatni  shakllantirish 

zanjirida  ishtirok  etuvchi  tashkilotlar  bilan 

samarali  va  uzoq  muddatga  mo‘ljallangan 

iqtisodiy 

munosabatlarni 

shakllantirishga 

yo‘naltirilgan. 

2. Biznes olib borishning elektron modeli. Unda 

korxonalar  o‘rtasidagi  oraliq  shartnomalar 

elektron ko‘rinishda amalga oshiriladi. 

B2B  sektoriga  turli  firmalar  o‘rtasidagi  barcha 

savdo munosabatlari, ta’minotni, sotuvni tashkil 

qilish,  shartnomalarni  va  rejalarni  kelishtirish 

kiradi.  B2B  tizimlari  sifatida  quyidagilarni 

tushunishadi: 

Procurement 



Systems 

– 

mahsulot 



iste’molchilarini  ishlab  chiqaruvchilar  bilan, 

xaridorlarni sotuvchilar bilan aloqa tizimlari. 

-  Supply  Chain  Management  –  asosiy  ishlab 

chiqarish  uchun  korxonani  uzluksiz  ravishda 

ta’minot  to‘g‘risida  va  kontragentlar  logistikasi 

to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlovchi tizim. 



 

biznes yechim 

ingl.: business solutions 

rus.: бизнес-решение 

Internet  texnologiyalarga  (portallar,  kataloglar, 

Internet  ommaviy  axborot  tizimi,  elektron 

do‘konlar, 

auksionlar 

va 


boshqalarga) 

asoslangan  to‘la  biznes  faoliyatini  ta’minlovchi 

tizim. 

 

BLOB 

qisq.: Binary Large OBject 

Katta ikkilik obyekt. Ayrim dasturlash tillari va 

MBBT  dagi  ixtiyoriy  ikkilik  sanoq  tizimida 

berilgan  axborotni  saqlash  uchun  mo‘ljallangan 

ma’lumotlar turi. 

 

BLOG 

qisq.: weB LOG 

Tarmoqda  o‘qilishi  mumkin  bo‘lgan  shaxsiy 

kundalik.  Vlogni  olib  borishni  blogging 

(blogging)  deb,  uning  egasini  esa,  blogger 

(blogger)  deb  ataladi.  Korporativ  blogga  misol: 

blog.redgraphic.ru. 



 

blokli shifr 

ingl.: block cipher 

rus.: блочный шифр 

Blokning  kirish  ketma-ketligidagi  o‘rnidan 

qat’iy  nazar,  bir  xil  uzunlikdagi  dastlabki  matn 

bloklarini 

xuddi 

shunday 


uzunlikdagi 

shifrlangan  matnga  aylantirish.  Blokli  shifrning 

kamchiligi  shundaki,  shifrlangan  matndan 

o‘girilgan  dastlabki  matn  buzilgan  bo‘lishi 

mumkin.  Bu  aloqa  kanalidan  xabar  uzatish 

jarayonida xatolarni  tarqalishi  oqibatida  yuzaga 

keladi. 

 

bloknotli shaxsiy kompyuter 

ingl.: notebook personal computer 

rus.: блокнотный персональный компьютер 

Ko‘chma  ixcham  shaxsiy  kompyuter.  Bunday 

kompyuterlarning  ko‘pchiligi  deyarli  standart 

klaviaturaga,  kompyuter  grafikasi  vositalariga 

ega. Bu kompyuterlar unchalik katta bo‘lmagan 

qattiq disklar yoki optik disklar bilan ishlaydi. 



 

Bluetooth 

Kichik  faoliyat  doirasiga  ega  (chastotalar 

oralig‘i  2,4  GGs)  bo‘lgan  simsiz  aloqa 

texnologiyasi.  Tarmoq  qurilmalari  orasidagi 

o‘zaro 

ishlashni 



va 

ularning 

Internetga 

ulanishini 

osonlashtiradi. 

U, 


shuningdek, 

Internet  qurilmalari  va  boshqa  kompyuterlar 

orasida 

ma’lumotlar 

sinxronlashtirilishini 

osonlashtiradi.  Bluetooth  katta  ma’lumotlar 

oqimlarini  uzatish  uchun  mo‘ljallanmagan 

bo‘lgani  uchun  u  mahalliy  va  global  tarmoq 

texnologiyalarining o‘rnini bosa olmaydi. 

 

BMP 

qisq.: Bit MaP 

Bit  kartasi,  BMP  formati.  Rastrli  grafik 

tasvirlarni  ifodalash  uchun  mo‘ljallangan  oddiy 

format. 


 

BNC 

qisq.:  Bayonet  Nut  Connector,  Bayonet  Neil-

Concelman connector 

Bayonet  ulagichi,  BNC-ulagich.  Koaksal  kabel 

uchun ulash uyasi. 

 

BNF 

qisq.: Backus-Naur Form, Backus Normal Form 

biznes hamkor uchun mo... 



 

55 


Bekus-Naurning  normal  shakli,  BNF.  Tilni 

sintaksisini  rasmiy  aniqlash  uchun  matnli 

ko‘rsatmalar. 

 

bod 

ingl.: baud 

rus.: бод 

Ma’lumotlarni  uzatish  tezligining  o‘lchov 

birligi.  U  bir  sekundda  uzatilgan  ramzlar  soni 

bilan  aniqlanadi.  Axborotni  ikkilik  kodida 

uzatadigan kanallar uchun 1 bod 1 bit/sekundga 

teng. 


Hozirgi 

zamonda 


bu 

tushuncha 

ishlatilmaydi. 

 

BOF 

qisq.: 

1. Beginning Of File – Fayl boshi. 

2.  Birds  Of  Feather  –  Birgalikda  uchayotgan 

qushlar.  Internet  orqali  biror  bir  mavzuni 

muhokamasi  bilan  mashg‘ul  bo‘lganlarning 

vaqtinchalik norasmiy hamjamiyati. 



 

BOND 

qisq.: Bandwidth ON Demand 

Talabga  ko‘ra  o‘tkazish  qobiliyatini  taqdim 

qilish. 

 

BOOTP 

qisq.: BOOTstrap Protocol 

BOOTP  bayonnomasi,  boshlang‘ich  yuklash 

bayonnomasi.  Disksiz  ishchi  stansiyalarini 

serverdan  boshlang‘ich  tarkibiy  tuzilmalash  va 

yuklash 

uchun 


mo‘ljallangan 

tarmoq 


bayonnomasi.  BOOTP  bayonnomasi  RARP 

uchun  muqobil  sifatida  ishlab  chiqilgan  va 

odatda  TFTP  bilan  birgalikda  ishlatiladi.  U 

amalga  oshirishda  soddaroq  va  RARP  singari 

kanal  pog‘onasidagi  freymlarni  emas,  balki 

UDP 


transport 

bayonnomasini 

ishlatadi. 

BOOTP  bayonnomasi  RFC  951,  1542  va  1533 

larda tavsiflangan. 

 

Borland International korporatsiyasi 

ingl.: Borland International corporation 

rus.: корпорация Borland International 

Dasturiy  ta’minot  va  ma’lumotlar  bazalarini 

boshqarish  tizimlarini  ishlab  chiqish  bilan 

shug‘ullanuvchi kompaniya. Borland 1983 yilda 

yaratilgan  bo‘lib,  Kaliforniyada  (AQSHda) 

joylashgan. Kompaniyaning asosiy ishlanmalari 

qatoriga quyidagilar kiradi: 

-  Delphi  –  Windows  qo‘llanmalarini  yaratish 

muhiti, 

- Borland C++ – dasturlashtirish tili, 

-  IntraBuilder  –  JavaScript  tili  uchun  ko‘rib 

ishlaydigan vosita, 

- CodeWright – dasturlar muharriri, 

-  Kylix  –  Linux  amaliy  tizimi  uchun  elektron 

biznes yechimi. 

 

BOT 

qisq.: Back On Topic 

Mavzuga qaytib. 



 

bog‘lagich 

ingl.: communicator 

rus.: коммуникатор 

Foydalanuvchiga 

turli 

aloqalarni 



taqdim 

qiladigan  ixcham  qurilma.  Bog‘lagich  ko‘chma 

ixcham  qurilma  bo‘lib,  u  uyali  paketli 

radiotarmoqda  ishlash  uchun  mo‘ljallangan.  Bu 

foydalanuvchi  tizimi  telefoniyani,  uzoqlashgan 

mahalliy tarmoq bilan o‘zaro ishlashni, faksimil 

aloqani,  elektron  pochtani,  «qisqa  xabarlar 

xizmati» SMS ni ta’minlaydi. 



 

bog‘lama 

ingl.: node 

rus.: узел 

qarang: hisoblash tarmog‘i bog‘lamasi 

 

bog‘lash 

ingl.: link 

rus.: линк 

Fayl  yoki  direktoriya  manzili.  Odatda,  ushbu 

manzil 

maxsus 


faylda 

saqlanadi. 

MS-

Windowsda bunday fayllar yorliq deb ataladi. 



 

bog‘liqlik 

ingl.: connectivity 

rus.: коннективность 

Tizim  tarkibiy  qismlarining  bog‘langanligi, 

ulanish  imkoniyati  (masalan  kompyuterlar 

o‘zaro),  o‘zaro  ishlash  qobiliyati  (masalan 

dasturlarni o‘zaro). 

 

bosh kompyuter 

ingl.: host computer 

rus.: главный компьютер 

1.  Ko‘pmashinali  hisoblash  majmualarida, 

boshqa  kompyuter larni boshqaradigan, tizimda 

(hisoblash 

tarmog‘ida) 

ishlarni 

tashkillashtiradigan  va  asosiy  axborot  ishlovini 

amalga oshiradigan kompyuter. 

2.  Telekommunikatsiya  hisoblash  tarmoqlarida, 

tarmoqqa 

xizmat 

ko‘rsatishni, 



xabarlarni 

uzatishni  va  dasturlarni  bajarish  bilan  bog‘liq 



bosh kompyuter 

 


 

56 


qo‘shimcha 

funksiyalar 

yoki 

vazifalarni 



ta’minlaydigan kompyuter. 

 

bosh muharrir 

ingl.: chief editor 

rus.: главный редактор 

Tahririyatni  (qanday  atalishidan  qat’iy  nazar) 

boshqaradigan  va  ommaviy  axborot  vositasini 

ishlab  chiqarish  va  nashr  qilish  bo‘yicha 

yakuniy qarorni qabul qiladigan shaxs. 

 

bosh sahifa 

ingl.: home page 

rus.: начальная страница 

Asosiy  sahifa.  Ingliz  tilidan  to‘g‘ri  tarjima 

qilinganligidan  qat’iy  nazar,  bu  muayyan 

insonning uy (shaxsiy) sahifasi emas, balki veb-

saytning 

boshlang‘ich 

sahifasidir. 

Odatda 


murojaatlar  aynan  veb-saytning  bosh  sahifasiga 

qilinadi,  shuning  uchun  ushbu  sahifaga  tashrif 

buyuruvchilar  soni  xohlagan  boshqa  sahifaga 

qaraganda  ko‘proq.  Bosh sahifa (veb-sayt  yuzi) 

bo‘yicha  foydalanuvchi  qayerda  ekanligi  va 

saytning  boshqa  sahifalarida  nimalarni  ko‘rish 

mumkinligi  haqida  tasavvur  oladi  (ba’zan  bosh 

sahifa birinchi va yagona bo‘ladi). 



 

bosh o‘zgartirgich 

ingl.: head-end convertor 

rus.: головной преобразователь 

Yakka  kanalli  kabelda  signal  uzatishda  bir 

chastota  kengligini  boshqasiga  o‘zgartirish 

uchun ishlatiladigan qurilma. 



 

boshi berk holat 

ingl.: deadlock 

rus.: тупиковая ситуация 

Bitta  yoki  undan  ortiq  jarayonlar  faoliyati 

to‘xtab  qolishiga  olib  keladigan  vaziyatlar 

majmuasi. 

Bunday 

vaziyatlar 



axborot 

tizimlarida 

yoki 

tarmoqlarida 



quyidagi 

holatlarda sodir bo‘ladi: 

-  dasturiy  ta’minotda  ko‘zda  tutilmagan 

vaziyatlar yuz berganda; 

-  uskunalarning  ishdan  chiqishi  yoki  signallar 

buzilishi yuz berganda; 

- bayonnomada yoki dasturiy ta’minotda xatolik 

bo‘lganda; 

-  jarayonlar  faqat  bir  resursni  talab  qilgan 

hollarda. 



 

boshqarish 

ingl.: management 

rus.: управление 

qarang: Menejment 

 

boshqaruvchi 

axborotning 

umumiy 

bayonnomasi 

ingl.:  Common  Management  Information  Protocol 

(CMIP) 

rus.: общий протокол управляющей информации 

Tarmoqni boshqarish tartibotlarini aniqlaydigan 

ISO  standarti.  CMIP  bayonnomasi  tarmoqni 

boshqarish  funksiyalarini  aniqlaydi  va  olti  xil 

xizmatlarni taqdim qiladi: 

-  tarkibiy  tuzilmani  –  tashqi  shaklini,  hamda 

tarmoq  tarkibiy  qismlarini  o‘zaro  joylashuvini 

boshqarish; 

- ma’lumotlar muhofazasini boshqarish; 

- ma’lumotlar xavfsizligini nazorat qilish; 

- tarmoq ishini hisobini olib borish; 

- faoliyat sifatini boshqarish; 

- kataloglar xizmatini olib borish. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling