Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
ETL qisq.: Extract, Transfer, Load Chiqarib olish, uzatish, yuklash [ma’lumotlarga tegishli]. To‘plangan axborotni mavjud
qo‘llanmalardan ma’lumotlarni saqlash joyiga ko‘chirish tartibotining bosqichlari. ETSI qisq.: European Telecommunications Standards Institute qarang: bank standartlari bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi EUTELSAT Yevropa tashkiloti ingl.: EUTELSAT european organization rus.: европейская организация EUTELSAT Yo‘ldoshli tarmoqqa egalik qiluvchi Yevropa hukumatlararo tashkiloti EUTELSAT. Shtab qarorgohi Parijda joylashgan. U 1977 yilda tashkil qilingan va ayniqsa, 1985 yilning oxirlaridan boshlab shiddat bilan rivojlana boshlagan. Uning vazifasi bo‘lib, Yevropada ma’lumotlarni uzatish, yaratish va aloqa yo‘ldoshlari asosida keng ko‘lamda tarmoq xizmatlarini taqdim etish
hisoblanadi. EUTELSAT «rang – barang xizmatli yo‘ldosh tizimlar» SMS sinfiga kiradi. U telefoniya, faksimil aloqa, ma’lumot uzatish, radioeshittirish, teleko‘rsatuvlar, videomatn, telekonferensiyalar va
metereologiya vazifalarini, hamda aerosuratlar olish, mobil tizim, dengizdagi neft «orollari» obyektlarini boshqarish va yangiliklar yig‘ishni o‘z ichiga oladi.
Yevropa
UNIX OT
foydalanuvchilari uyushmasi. EXT qisq.: EXTernal Tashqi.
EROM
91
Ff faks-apparat ingl.: telefax rus.: факс-аппарат qarang: telefaks faksimil ingl.: facsimile rus.: факсимиле Tasvir nusxasini ixtiyoriy usul bilan yetarlicha aniq qayta aks ettirish.
Qo‘zg‘almas tasvirlarni kommunikatsiya tarmog‘i orqali uzatish texnologiyasi. Faksimil aloqa bir juft faks-apparatlar yordamida telefon tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. Uning vazifasi bo‘lib, jo‘natuvchining qog‘oz varaqlardagi hujjatlarini qabul qiluvchining qog‘oz varaqlariga uzatish hisoblanadi. Faksimil aloqa
sodda, ammo
qator kamchiliklarga ega bo‘lib, bularga birinchi galda quyidagilar kiradi: - ma’lumotlarni xotira qurilmalarida saqlab bo‘lmaslik; - axborotni tahrirlashdagi keskin cheklanishlar; - kompyuterlar uchun noqulay aloqa (oraliq tashuvchi qog‘oz ishlatish zaruriyati); - axborotni noaniq uzatish. Bu qog‘oz va mexanik yuritma ishlatish bilan bog‘liq, Bu kamchiliklarni yo‘q etish uchun kompyuterli, tarmoqqa faksimil plata orqali ulanadigan, faksimil tizimlar yaratilgan. Bu tizimlar, bir biriga
ulanib, qog‘ozdan foydalanmay hujjatlarning aniq nusxalarini uzatishga qodir. Faksimil aloqa
asta-sekin, ma’lumotlarni uzatish imkoniyatlarini kengaytiradigan elektron pochta bilan almashtirilmoqda. faks-modem ingl.: fax modem rus.: факс-модем Ichiga, aloqa o‘rnatish, modulyatsiya va tasvirlarni uzatish bo‘yicha faks bayonnomalari o‘rnatilgan modem. Bunday modem odatiy modemlar (ma’lumotlarni uzatish bayonnomalari vositasida) kabi,
faks- mashinalar (tasvirni uzatish bayonnomalari orqali) bilan ham ishlay oladi. Odatda, barcha zamonaviy modemlar fakslarni birday yaxshi uzata oladilar. Lekin odatiy
fakslardan qolishmasada qabul qilish vazifasini ularning hammasi ham eplay olavermaydi.
Faksimil aloqa standartlarida xabarlar uzatishni va qabul qilishni ta’minlaydigan server.
Bog‘lamaga tashrif buyuruvchi veb-brauzerda tanlanadigan gipermurojaat. Masalan, foydalanuvchi gipermurojaatga bosganda u sichqoncha tugmasini bosish va bo‘shatish orasida o‘tgan vaqt ichida faol bo‘ladi. faol tahdid ingl.: active threat rus.: активная угроза Ma’lumotlarga ishlov berish tizimi holatini ruxsatsiz ataylab o‘zgartirish tahdidi. Masalan, xabarlarni o‘zgartirish, qalbaki xabarlarni jo‘natish, maskarad yoki xizmat ko‘rsatishni rad etishga olib keluvchi tahdid. faol veb bog‘lamasi ingl.: active web node rus.: активный веб-узел Joriy paytda ochiq veb bog‘lamasi. faol veb-sahifa ingl.: active webpage rus.: активная веб-страница Ayni paytda ochiq veb-sahifasi. faoliyatni ro‘yxatga kiritish ingl.: activity registration rus.: регистрация деятельности Tizimda erkin foydalanish subyektining yoki jinoyatchining harakatlarini kuzatish.
FAQ
92
qisq.: Frequently Asked Questions Tez-tez
beriladigan savollar. Sayt foydalanuvchilarining asosiy savollariga bag‘ishlangan bo‘lim.
Sizga nimadir
tushunarsiz bo‘lsa, vebmasterga yozishdan avval FAQni o‘qing – balki u yerda javob bordir. Kengroq ma’noda FAQ – u yoki bu mavzudagi maslahatlar to‘plami, masalan, idish yuvish mashinasini tanlash yoki printerni sozlash bo‘yicha.
Farqlovchi belgi. Informatikada belgilar quyidagilarni aniqlash maqsadida qo‘llaniladi: - dastur va qurilmalarda – ularning tarkibiy qismlari yoki elementlari; - ma’lumotlar bloki, fayl, maydon, ma’lumotlar elementi, gap, ibora, so‘zning boshi yoki oxiri; - tanlangan menyu elementi; - dasturning turli qismlarida ishlatiladigan operator; - xotira qurilmasi yoki uning qismi; - elektron jadvalning bir guruh kataklari; - to‘plamdagi buyruq. Farq belgilarini dasturlovchilar ham,
foydalanuvchilar ham yaratadi va qo‘llaydilar. Farq belgilari ekranda ko‘rinadigan yoki foydalanuvchilardan yashirilgan bo‘lishi mumkin.
Fast Ethernet Axborotni uzatish tezligi 100 Mbit/s gacha bo‘lgan Ethernet texnologiyasi.
1. FAT fayl tizimi. Fayllarni joylashtirish jadvali (FAT)ga asoslangan oddiy disk fayl tizimi. FAT-32 fayl tizimining paydo bo‘lishi bilan FAT FAT-16 deb belgilana boshladi. 2.
Fayllarni joylashtirish jadvali. Fayl
tizimining disk
joyining taqsimlanishi to‘g‘risidagi axborot saqlanuvchi xizmat sohasi.
Yagona yaxlit deb qaraladigan ma’lumotlar yoki dasturlar majmuasi. Fayl o‘z nomiga ega bo‘lgan
va tizimda
saqlanadigan ma’lumotlarning asosiy elementi bo‘lgan obyektdir. Foydalanuvchi faylni yaratishi, tahrirlashi, bir qurilmadan boshqasiga jo‘natishi va yo‘q qilishi mumkin. Har bir fayl atributlar va undagi
axborotdan iborat.
Faylning atributlariga, birinchi navbatda, uning ismi, axborot turi, yaratilish kuni va vaqti, undan erkin foydalanish usuli, uni ishlatishga ruxsat berish shartlari kiradi. Faylni kuzatib borish muhim tushunchalardandir. U davriy zahira nusxalarini yaratishni va faylni samaraliroq izlash imkonini beradigan tarzda tashkil qilishni nazarda tutadi. Matn, grafik va tovush fayllari ajratiladi. fayl ismi kengaytmasi ingl.: file name extension rus.: расширение имени файла Nuqtadan keyin joylashadigan, fayl ismining bir qismi. Masalan, «def.exe» fayl ismidagi «exe» qismi
kengaytma bo‘lib
hisoblanadi. Kengaytma, fayllar oilasini belgilash uchun ishlatiladi. Odatda
operatsion tizim,
kengaytmaga qarab fayl bilan nima qilish mumkinligini bilib oladi. Masalan: BAS – BASIC tilidagi fayl BAT – ishga tushirilayotgan buyruq fayli COM – tushirilayotgan DOS fayli DAT – matn fayli DOC – MS Word formatidagi fayl ERR – xatolarni yozuv fayli EXE – tushirilayotgan fayl GIF – grafik fayl HLP – yordam fayli HTM –Internetda ishlatiladigan HTML
formatidagi fayl INI –initsializatsiya fayli OVL – overley fayli PS – Postscript formatidagi fayl RAR – arxiv fayli SYS –operatsionnoy tizim fayli XLS –MS Excel formatidagi fayl ZIP – arxiv fayli fayl ombori ingl.: file store rus.: файлохранилище Fayllar to‘plamini saqlayotgan ma’lumotlar bazasidagi xotira.
farq belgisi
93
fayl serveri ingl.: file server rus.: файловый сервер 1.
Mahalliy tarmoqdagi ko‘p sonli
foydalanuvchilar uchun fayllarini boshqarish va saqlash funksiyalarini ta’minlaydi. U apparat va dasturiy vositalar majmuasi. Bu maqsad uchun eng ommaviy dasturiy ta’minotlarga Microsoft va Novell kompaniyalarining mahsulotlari kiradi. Fayllarni fayl serverida saqlash bir faylning nusxalar to‘plamini ayrim
kompyuterlarda saqlash zaruriyatidan halos qiladi. Bu bilan disk makoni tejaladi, fayllarni ma’murlash va yangilash jarayoni yengillashadi hamda fayllarni muhofazalash ishonchliligi oshadi. 2. Tarqoq resurslarni, shu jumladan, fayllar, dasturiy ta’minoti va ma’lumotlar bazalari faoliyatini ta’minlovchi server. fayl turlari ingl.: file types rus.: типы файлов Bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan fayllar guruhi. Aksariyat hollarda fayllar turlari
kengaytmalariga, fayl ismining nuqtadan keyin joylashgan qismiga qarab farqlanadi. Masalan, «def.exe» fayl ismida «exe» qismi kengaytma hisoblanadi. Operatsion tizim kengaytmaga qarab fayl bilan nima qilish mumkinligini bilib oladi.
fayl virusi ingl.: file virus rus.: файловый вирус O‘z ko‘payish jarayonida u yoki bu usul asosida, biror bir
operatsion tizimning (yoki tizimlarning) fayl tizimini ishlatadigan virus. Amalda, fayl virusi barcha ommaviy operatsion tizimlarning bajarilayotgan hamma fayllariga yuqishi mumkin. Dasturning dastlabki matnini, kutubxona yoki obyektli modullarni o‘z ichiga olgan fayllarni ham zaharlaydigan viruslar mavjud. Virus, ma’lumotlar fayliga ham yozilishi mumkin. Biroq, bu yo virusning xatosi tufayli, yo uning tajovuzkorligini namoyon bo‘lishi oqibatidir. Makro-viruslar ham,
o‘zlarining kodlarini ma’lumotlar fayllariga, hujjatlar yoki elektron jadvallarga, yozib qo‘yadilar, ammo bunday viruslar maxsus alomatga ega bo‘lib, alohida guruh hosil qiladilar.
1. Seans o‘tkazish davrida ma’lumotlarning uzatish jarayonini rivojlanishidagi holatni aniqlaydi. Seans o‘tkazishda to‘rt fazani ajratishadi: - seansni o‘rnatish; - ma’lumotlarni ifodalash shaklini boshqarish fazasi;
- ma’lumotlarni uzatish; - seansning yakunlanishi. 2. Biror narsaning shakli yoki holati, harakati o‘zgarishidagi ma’lum bir payt, davr. Masalan, mayatnik tebranish fazasi. 3. Elektr generatori o‘ramasining ayrim guruhi, shularga ulangan simlar.
Modulyatsiya uslubi. Bunda signal «nol»dan «bir»ga va «bir»dan «nol»ga o‘zgarganda sinussimon tashuvchini fazasi 180 gradusga o‘zgaradi. Yuqori
tezlikli modemlarda qo‘llanadi.
Optik-tola kanali, Fibre Channel standarti. Ma’lumotlarni optik tolasi orqali uzatish uchun ANSI standarti. FCC qisq.: Federal Communication Commission AQSH Federal aloqa hayati. AQSHning xohlagan elektron apparaturasini uning
nurlanishining insonlarga va/yoki boshqa
elektron texnikasiga xavflilik sinfi bo‘yicha sertifikatlashtiruvchi tashkiloti. Ushbu tashkilot tomonidan sertifikatlarning ikkita turi beriladi – FCC-Class A – faqat kasbiy foydalanish uchun ruxsat etilgan va FCC-Class B – xohlagan joyda foydalanilishi mumkin. FD qisq.: floppy disk F FD
94
qarang: epchil disk FDC qisq.: Floppy Disk Controller Egiluvchan magnit disklarda jamlovchi nazoratchisi. FDD qisq.: 1. Floppy Disk Drive – Egiluvchan magnit disklardagi jamlovchi, EMDJ. 2. Frequency Division Duplex – Chastota bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatish.
Optik tola orqali taqsimlangan ma’lumotlardan erkin foydalanish uchun interfeys, FDDI standarti. Optik toladan foydalangan holda yuqori tezlikli mahalliy tarmoqlarni qurish standarti. FDMA qisq.: Frequency Division Multiple Access qarang: chastotani taqsimlash bilan ko‘p tomonidan erkin foydalanish Feystel shifri ingl.: Feistel’s cipher rus.: шифр Фейстеля Takrorlanadigan blokli shifrning maxsus sinfi. Unda shifr - matn ochiq matn asosida aylanib o‘tish vazifasini takror qo‘llash hisoblanadi. Ayrim hollarda Feystel shifrini DES kabi shifr deb atashadi. Ishlov berilayotgan matn ikki qismga bo‘linadi va aylanib o‘tish vazifasi qo‘shimcha kalitni birinchi qismga qo‘llanadi. Aylanib o‘tish vazifasini qo‘llashning natijasi ikkinchi qism bilan 2 moduli (XOR amali) bo‘yicha qo‘shiladi. So‘ngra, ikkala bo‘lak o‘zaro almashib jarayon takrorlanadi. FFT qisq.: Fast Fourier Transform Furye tez o‘zgartirishi, FTO‘. Signallarga ishlov berishda qo‘llaniladi.
Chastotaning sakrashsimon o‘zgarishi. FHMA qisq.: Frequency Hopping Multiple Access Chastotaning sakrashsimon o‘zgarishi bilan ko‘ptomonlama erkin foydalanish, FHMA texnologiyasi. FHSS qisq.: Frequency Hopping Spread Spectrum Spektrni chastotaning sakrashsimon o‘zgarishi orqali kengaytirish, FHSS texnologiyasi.
(shuningdek Fido) FIDO kompyuter tarmog‘i. Notijorat global kompyuter tarmog‘i, 1984 yilda yaratilgan. FIFO qisq.: First Input First Output Birinchi bo‘lib kirdi, birinchi bo‘lib chiqdi. Bu degani avval
yozilgan (ya’ni,
kirgan) ma’lumotlar undan so‘ng yangi ma’lumotlar kiritilganda old tomonga siljishini nazarda tutuvchi xotirani tashkillashtirish usuli. Odatda bunday tashkil etilgan xotira ma’lumotlarni qabul qilish-uzatish paytida bufer xotirasi sifatida qo‘llaniladi.
1. Filtrlashni bajarish uchun ishlatiladigan qurilma (sodda elektrik sxema) yoki dastur. Filtr kirishdagi signallar yoki ma’lumotlar oqimini bir necha kerakli qismlarga bo‘ladi. 2.
Muayyan turdagi
erkin foydalanish ma’lumotlarini qabul qilib, unga ishlov berib, so‘ngra chiqarib beruvchi dastur. Masalan, saralash dasturi filtrdir. U saralanmagan shaklda so‘zlarni qabul qiladi, so‘ngra ularni saralaydi va foydalanuvchiga saralangan ko‘rinishda beradi.
Gohida, filtr
deganda, tashqi
dasturlardan ma’lumotlarni import - eksport qilish vositalari ham tushuniladi. 3. Ma’lumotlarni tanlab olish sharti. Filtr faqat berilgan shartlarni qanoatlantiruvchi ma’lumotlarni chiqarib beradi. 4. Grafik muharrirlarda, tasvirga tatbiq qilish mumkin bo‘lgan zo‘r hodisa filtrdir. Ayrim shunday filtrlar, tasvirni tanib bo‘lmaydigan darajagacha o‘zgartirib yuborishi mumkin. 5. Pochta mijoziga ko‘rsatmalar. Ularning vazifasi – xabarlarni avtomatik tarzda saralash. Tarkibiga xabarlarni ajratish qoidalari va FDC
95
ajratilgan xabarlar bilan bajariladigan harakatlar kiradi. Gohida filtrlarni xabarlar uchun qoidalar deb ham ataladi.
Signallarni yoki ma’lumotlarni umumiy oqimidan kerakli mezonlarga ega bo‘lganlarini ajratib qo‘yish
jarayoni. Filtrlash filtr yordamida amalga oshiriladi. firma markasi ingl.: TradeMark (TM) rus.: фирменная марка qarang: savdo markasi Flash texnologiyasi ingl.: Flash technology rus.: технология Flash Brauzerdan mustaqil va aloqa kanalining ixtiyoriy kengligi quvvatlaydigan vektorli grafika va animatsiya texnologiyasi. Flash animatsiyasini namoyish qilish uchun brauzer kerakli plug-in bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Macromedia Inc. kompaniyasi 1997 yilda ishlab chiqaruvchi kompaniyani sotib olmaguncha, Flash texnologiyasi FutureSplash sifatida ma’lum edi.
Macromedia Flash – tarmoqda, o‘zaro faol vektorli grafikani va animatsiyani yaratish imkonini beradigan dastur. Veb-dizaynerlar Flash ni turli tugmachalarni, aylantirish chizg‘ichlarini, menyuni, animatsiyalashgan logoturlarni va boshqa elementlarni, shu jumladan tovushni, yaratish uchun ishlatadilar. Flash fayllari ixcham va tez yuklanadi (oqim (streaming) texnologiyasi ishlatiladi). Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling