Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
flesh-xotira ingl.: flash memory rus.: флэш-память Ma’lumotlar butun bloklab o‘chiriladigan va qayta yoziladigan maxsus xotira qurilmasi. Flesh-xotira qurilmasi yarim
o‘tazgichlar texnologiyasi asosida yaratiladi. Ular disk va tasmalardan farqli o‘laroq, darhol ishga tayyor turadilar, kamroq energiya sarflaydilar, lekin ancha qimmat. Zamonaviy kompyuterlarning ko‘pchiligi o‘zlarining BIOS larini flesh- xotirada saqlaydilar, bunda ularni yangilab turish osonlashadi. Bunday BIOS larni flesh BIOS deb ataladi. Flesh-xotira modemlarda ham
ommaviy ishlatilmoqda. U yangi
bayonnomalarni standartlashtirilgani sari modem ishlab chiqaruvchilarni quvvatlashni ta’minlashda davom etmoqda. FLOPS qisq.: FLoating-point Operations Per Second Soniyada suzuvchi nuqtali amallar [soni]. Hisoblash tizimlarining ish samaraliligi o‘lchovi. Odatda
hosilaviy birliklarda o‘lchanadi: MFLOPS, GFLOPS, TFLOPS.
Chastota modulyatsiyasi, CHM. fon rejimi ingl.: background mode rus.: фоновый режим Kompyuter faqatgina, haqiqiy vaqt maromida ishlanadigan vazifalardan bo‘sh bo‘lganda, amaliy jarayonlar bajaruvchi texnologiya. Fon maromida quyi prioritetga ega amaliy dasturlar bajariladi. Bu, yuqori prioritetli dasturlar uchun o‘zaro faol maromda, bunga zarur bo‘lgan resurslar ishlatilmaganda yuz beradi. Fon maromida xuddi shunday yordamchi amallar ham bajariladi. Masalan, hujjatni printerda choplash. Ko‘rilayotgan maromida ko‘p
masalali operatsion tizimlar bilan
quvvatlanadi. Fon maromida mavjud resurslarni samarali ishlatish imkonini beradi. fon tovush yozuvi ingl.: background sound rus.: фоновая звукозапись Veb-sahifa bilan bog‘langan tovush yozuvi fayli. Foydalanuvchi veb-sharhlovchisini ochganda tovush yozuvi fayli uzluksiz yoki veb- sahifaning kodida
ko‘rsatilgan marotaba eshittiriladi.
Axborot
obyektining tuzilmasi. Format, ma’lumotlarni turli obyektlarda, ya’ni, jadvallarda, MB da, printerlarda, ma’lumotlar bloklarida joylashish va ifodalanish usullarini
format
96
belgilaydi. Manzillar, kodlar, buyruqlar, sahifalar, qatorlar va h.k. larning formatlarini ajratadilar. Kompyuter bilan bog‘liq barcha tushunchalar o‘zining formatiga egadir.
Ma’lumorlarni bir formatdan boshqasiga, o‘zga tizim qabul qila oladigan formatga (odatda, ma’lumotlar eksportida va
importida), o‘zgartirish. formatlash ingl.: formatting rus.: форматирование 1. Xotira qurilmasini, odatda diskni yozishga va o‘qishga tayyorlash. Diskni formatlashda, operatsion tizim diskda joylashgan barcha axborotni o‘chiradi, diskni hamma sohalarining ishonchliligini tekshiradi, yaroqsiz sohalarni belgilaydi va manzillar jadvalini yaratadi. Bular, keyinchalik diskdagi axborotni topish uchun ishlatiladi. 2. Tanlangan formatga monand bajarilayotgan harakat. Maxsus dasturlar yordamida bajariladi. Masalan, matnni formatlash, uni saqlash, uzatish, choplash yoki ekranga yoki printerga chiqariladigan ko‘rinishga keltirishdir. Bu jarayonga sarlavhalar va xat
boshlarini shakllantirish, qatorlarni o‘ng tarafdan tekislash, sahifalarga bo‘lish kiradi.
Eng eski yuqori pog‘onadagi dasturlash tili. Ilmiy hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. «Formulalarni o‘girish» tili FORTRAN (FORmula TRANslator), 1956 yili John Backus tomonidan IBM korporatsiyasi uchun ishlab chiqilgan. Tilda arifmetik amallar, tarvaqaylagan mantiqiy masalalar, ro‘yxat shakllarini tuzish, iqtisodiy hisob-kitoblar yengillik bilan bajariladi. Fortran tili hozirgacha mustahkam o‘rinni egallab kelmoqda. Chunki u azaldan ma’lumotlarga matematik ishlov berish uchun mo‘ljallangan. Zero, inson faoliyatining bu sohasida asosiy hisoblash algoritmlari 50 yil avval
qanday bo‘lsa,
shundayligicha qolganligidadir. FORTRAN tilining eng ommaviylashgan rusumlaridan ikkitasi FORTRAN IV va FORTRAN 77 bo‘ladi. 1992 yili uchinchi rusum FORTRAN 90 tasdiqlandi. Unda ko‘pgina yangi elementlar paydo bo‘ldi, turli maslaklar bilan uyg‘unlik ta’minlandi, matritsalar ustida amallar qo‘shildi. Aynanlash avvaldagi olti belgi o‘rniga 31 belgi bilan bajariladi.
Saytda suhbatlashish uchun uskuna. Forumdagi xabarlar pochta xabarlariga nimasi bilandir o‘xshash, ularning har biri muallifga, mavzuga va xususiy mazmunga ega. Ammo xabarni forumga
yuborish uchun
hech qanday
qo‘shimcha dastur kerak emas, shunchaki saytda tegishli shaklni to‘ldirish kifoya. Forumning tamoyili xossasi shundaki, undagi xabarlar tredlarga (inglizcha, thread - «ip») birlashtiriladi. Siz forumda kimningdir xabariga javob bersangiz, sizning javobingiz birlamchi xabarga «bog‘lanadi». Shunday javoblar, javoblarga yana javoblar ketma-ketligi tredni hosil qiladi. Natijada, forum tredlardan tashkil topgan daraxtsimon tuzilmaga ega bo‘ladi. Forum egasi undagi intizom qoidalarini belgilaydi va zarur bo‘lganda uni boshqarib turadi. Chatlardan farqli o‘laroq, forumga yuborilgan xabarlar cheklanmagan uzoq
muddatda saqlanishi mumkin, javob ham savol paydo bo‘lgan kunda yuborilmasligi mumkin. Forumning xususiy holi- Internetdagi matbuot konferensiyasi, unda forum,
sayt foydalanuvchilari suhbati taklif
qilingan mehmonlar bilan tashkillashtiriladi. Forum, foydalanuvchi turli
fayllarni (dasturlar, drayverlar, matnlar, matbuot-relizlar, va h.k.) tortib olishi mumkin bo‘lgan kutubxonani ham o‘z ichiga olishi mumkin. Dasturiy va apparat ta’minotlari ishlab chiqaruvchilarining ko‘pchiligi bunday forumlarni, o‘z mijozlariga yordam beradigan yetarlicha samarali va arzon vosita sifatida qo‘llaydilar.
Dravyverning ketma-ket port bilan ishlash interfeysi.
format o‘zgartirish
97
rus.: фотодиод Optik nurlanishning qabul qiluvchisi bo‘lmish yarim o‘tkazgich.
Yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga o‘zgartiruvchi yorug‘lik qabul qiluvchisi. Yarim o‘tkazgichli va elektrovakuumli fotoelementlarni farqlanadi. fotokamera ingl.: photocamera rus.: фотокамера Harakatsiz tasvirlarni xotira qurilmasiga yozish uchun mo‘ljallangan qurilma.
Integral mikrosxemalarni yaratishda ishlatiladigan rasmni
lazer yordamida shakllantirish usuli.
Ma’lumotlarga ishlov berish tizimiga buyruq yoki xabarlar beruvchi yoki axborotga ishlov berish tizimidan xabar qabul qiluvchi har qanday shaxs yoki obyekt.
Foydalanuvchini aynanlash uchun
ma’lumotlarga ishlov berish tizimi tomonidan ishlatiluvchi belgilar ketma-ketligi yoki tasvir. foydalanuvchi terminali ingl.: user terminal rus.: терминал пользователя Kompyuter bilan o‘zaro ishlash imkoniyatini beradigan terminal.
Foydalanuvchi tizimdan erkin foydalanish ruxsatini olishida o‘z identifikatsiya kodini va parolini bildirgan holda tizimga kirganini hisobga olish.
Ko‘p foydalanuvchili tizimga nisbatan jami foydalanuvchi jami
huquqlari. Erkin
foydalanish uchun o‘z ismi, paroli, uy katalogi va h.k. mavjudligi nazarda tutiladi. FPGA qisq.: Field Programmable Gate Array Dasturlashtiriladigan ventil matritsasi. fps qisq.: Frames Per Second Soniyada kadrlar [soni]. FR qisq.: Frame Relay Kadrlarni qayta uzatish, Frame Relay
texnologiyasi. O‘zgaruvchan uzunlikdagi kadrlar
shaklidagi ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi. FRAD qisq.: Frame Relay Access Device Frame Relay tarmog‘idagi qurilma. freym ingl.: frame rus.: фрейм 1. Grafik va nashriy ishlanmalarda – matn yoki tasvir joylashtiriladigan to‘g‘ri burchakli maydoncha. 2. Aloqada – uzatilayotgan axborot paketi. 3. Video va animatsiyada – tasvirlar ketma- ketligidagi tasvirlardan biri. 4. HTML tilida – teg, ekranda bir necha mustaqil sohalarni shunday ajratib beradiki, ularni har biriga o‘zining veb-sahifasini yuklash imkoni
bo‘ladi. Odatda,
foydalanuvchi ekranining qaydlangan yerida logoturini yoki navigatorni joylashtirish uchun ishlatiladi.
Microsoft FrontPageda sahifalarni yaratishni qo‘llab-quvvatlovchi va
veb-serverning F FrontPage server kenga... 98
funksional imkoniyatlarini kengaytiruvchi dastur va ssenariylar to‘plami. FrontPage server kengaytmalaridan IIS xizmatlari va Windows boshqaruvi ostida ishlovchi boshqa veb- serverlar, shuningdek UNIX boshqaruvi ostida ishlovchi veb-serverlar ham
foydalanishi mumkin.
FSF qisq.: Free Software Foundation Bepul dasturiy ta’minoti fondi. FTN qisq.: File Transfer Network Fayllarni uzatish tarmog‘i. FTP qisq.: File Transfer Protocol Fayllarni uzatish bayonnomasi hamda uni amalga oshiruvchi dastur. Bayonnoma fayllarni TCP/IP
asosida tarmoqdan, jumladan Internetdan ham foydalanuvchi kompyuterlar orasida fayllar uzatish uchun ishlab chiqilgan. Biror
axborotdan FTP
yordamida erkin
foydalanish amalga oshirilayotgan kompyuterda FTP mijoz, boshqa kompyuterda esa FTP serveri o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. WEB amaliyotida FTP orqali erkin foydalanish odatda provayder serverida joylashgan WEB sayt sahifalarini o‘qish uchun ishlatiladi. Bayonnoma shifrlanmaydi, mualliflash paytida login va parol ochiq matn sifatida uzatiladi. Sniffer yordamida ularni osonlik bilan «tutib olish» mumkin. Ushbu usul tarmoqning bitta qismida joylashganda yaroqlidir. Maxsus
dasturlar yordamida uzatiladigan fayllarni mualliflash bo‘lmasa tutib olish mumkin. Traffikni tutib olishdan muhofaza qilish uchun SSHdan foydalanish mumkin. FTPD qisq.: File Transfer Protocol Daemon Fayllarni uzatish bayonnomasining demoni. FTP serveri vazifalarini bajaruvchi «demon» dasturi (servisi). FTPdan yashirin erkin foydalanish ingl.: anonymous FTP-access rus.: анонимный доступ FTP FTP (File Transfer Protocol) bayonnomasi orqali uzoqlashgan kompyuterdan qayd
yozuvisiz erkin
foydalanish mumkinligi. Yashirin FTPdan erkin foydalanish paytida foydalanuvchilar cheklangan huquqlarga ega bo‘lib, odatda
uzoqlashgan kompyuterda fayllarni faqat hisoblash, ko‘rish va fayllarni katalogga ko‘chirish va katalogdan olish uchun cheklangan huquqlarni oladi. Xavfsizlik maqsadlarida ko‘pincha FTP bog‘lamalarda yashirin erkin foydalanishga ruxsat berilmaydi. Fujitsu konserni ingl.: Fujitsu concern rus.: концерн Fujitsu Yaponiyaning yuqori samarali axborot tizimlarini yaratish bilan
shug‘ullanuvchi konserni. Dunyoda eng
katta apparatli ta’minotni ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, vektorli parallel texnologiya sohasida tadqiqotlar olib boradi, superkompyuterlar, baza kompyuterlari va
korporativ shaxsiy
kompyuterlar seriyalarini ishlab chiqaradi. funksional blok ingl.: functional unit rus.: функциональный блок Yechilayotgan vazifaning aniq
qismini bajarayotgan qurilma yoki dastur. Axborot tarmoqlarining arxitekturasida, bayonnomani amalga oshiradigan va kerakli xizmatlarni ta’minlaydigan funksional blok tushunchasi muhim ahamiyatga ega. Funksional blok algoritm bilan
tavsiflanadi. Algoritm, ma’lumotlarga ishlov berish, ularni saqlash yoki uzatish bilan bog‘liq jarayonlarni belgilab beradi.
Avtomatlashtirilgan tizimning bir yoki bir necha, bir biriga yaqin vazifalarni amalga oshiruvchi tarkibiy qismi. funksional profil ingl.: functional profile rus.: функциональный профиль Aniq doiradagi ma’lumotlarga ishlov berish va ularni uzatish vazifalariga mo‘ljallangan o‘zaro bog‘langan bayonnomalar shajarasi. ISO va ITU hujjatlarida tarmoq xizmatlarining keng FSF
99
ko‘lami belgilangan, bu ko‘lam
hamon kengaymoqda. O‘zaro ishlash sohasining barcha yetti pog‘onalariga tegishli ko‘pdan ko‘p standartlar chiqarilgan. Ta’kidlangan hamma standartlar epchil va har hil. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining standartlarini ishlatishlari va ularni o‘zaro ishlash sohasiga birlashtirishlari mumkin. Barcha standartlarni amalga oshirish mumkin emas, balki bunga zarurat ham yo‘qdir. Shu sababli, yuzaga kelayotgan masalalarni yechish uchun tarmoq xizmatlari va ularni belgilaydigan standartlar to‘plami tanlab olinadi. Natijada, funksional profillar yaratiladi. Funksional maslaklarning xilma xil turlari mavjud. Ishlatilayotgan o‘zaro ishlash sohasini pog‘onalariga qarab, to‘la funksional profillar, chala funksional profillar va asosiy funksional profillar farqlanadi. Turli xildagi bayonnomalar yig‘masi ishlatilishi munosabati bilan, ko‘pshtabelli profillar taboro keng tarqalmoqda.
100
Gg G2 G2 tizimi. Gensym firmasining voqeiy vaqt bilimdon tizimi.
1. General Availability – Umumiy erkin foydalanish. Maslaan, dasturiy mahsuoltning oxirgi nus’hasini chop etish. 2. Genetic Algorithm – Genetik algoritm. Masala
yechimini biologik mavjudotlar populyatsiyasining kelib chiqish va taraqqiyot jarayonlariga taqlid
qilish orqali
topish algoritmi. GAAP qisq.: General Accepted Accounting Principles Hisob-kitobning umumiy qabul
qilingan tamoillari. AQSH va
ba’zi boshqa
mamlakatlarda hisob-kitob standarti. Gabidulin kriptotizimi ingl.: Gabidullin’s cryptosystem rus.: криптосистема Габидулина Xatolarni rangli metrikada tuzatib, kodlarga asoslangan kriptotizim. 1992 yili
E.M. Gabidulin taklif qilgan. GAL qisq.: Generic Array Logic Namunali matritsa mantig‘i. gammalash ingl.: gamming rus.: гаммирование Dastlaki (ochiq) matnni ma’lum algoritm bo‘yicha shifr gammasi bilan qoplash. Xorijda «gammalash» atamasining sinonimi «oqim shifri» bo‘ladi.
Namunaviy erkin foydalanish yo‘nalishi. gap poylash ingl.: listening rus.: прослушивание Axborot tashuvchi to‘lqinlarni ruxsatsiz tutib olish.
Gigabayt. Gbit qisq.: Gigabit Gigabit. GC qisq.: 1. Garbage Collection – Axlat tozalash. Amalga oshiruvchi muhitning boshqa ishlatilmaydigan xotira bloklarini izlash va ularni taqsimlash uchun erkin
bo‘lgan bloklar to‘plamiga qaytarishdan iborat bo‘lgan vazifasi. 2. Garbage Collector – Axlat tozalovchi. Amalga oshiruvchi muhitning axlat tozalashni bajaruvchi funksional bloki. GDI qisq.: Graphic Device Interface Grafik
qurilma interfeysi. Microsoft Windowsda axborotni grafik shaklda chiqarish uchun standart API.
Elektr
va elektron mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi kompaniya. Kompaniya AQSHda 1867
yilda yaratilgan. General Electric kompaniyasining birinchi mahsuloti elektr chiroqlari bo‘lgan. Hozirgi paytda General Electric yo‘ldosh tarmoqlarining tarkibiy qismlari, mobil
tizimlar uchun
telefon apparatlarini ishlab chiqaradi. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling