Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103

 

elektron naqd pul 

ingl.: electronic cash 

rus.: электронная наличность 

Smart  –  karta  shaklida  amalga  oshirilib,  naqd 

pullarni elektron  tasavvurida  saqlovchi  elektron 

hamyon  yoki  elektron  kissa  bo‘lishi  mumkin. 

Smart-karta 

naqd 


pul 

bilan 


qilinadigan 

amallarni  mualliflash  uchun  kerak  bo‘lgan 

barcha  axborotni  o‘z  ichiga  oladi  va  mayda 

maishiy  to‘lovlar  bo‘lishi,  shahar  transporti 

uchun  kira  haqi  to‘lash  va  ro‘znomalar  sotib 

olishda foydalaniladi. 



 

elektron nashriyot 

ingl.: electronic publishing house 

rus.: электронное издательство 

Nashriy  asarlarni  tayyorlash  va  nashr  qilish 

uchun  mo‘ljallangan  tizim.  Internetda  pdf-

formatda  hujjatlarni  nashr  qilish  texnologiyasi 

keng tanildi. 

 

elektron oynoma 

ingl.: electronic journal 

rus.: электронный журнал 

qarang: elektron jurnal 

 

elektron ochiqxat 

ingl.: virtual card (e-card) 

rus.: электронная открытка 

(sinonimi - virtual ochiqxat) 

O‘zining oshnasiga xushfe’l xabar (tabriknoma, 

taklifnoma va sh.k.) yubormoqchi bo‘lgan odam, 

veb-xizmatdan 

elektron 



ochiqxatlar 

xizmatidan  foydalanishi  mumkin.  Ochiqxatlar 

saytida mos keladigan rasmni tanlab unga matn 

qo‘shib,  oluvchi  manzilini  (e-mail)  ko‘rsatish 

kifoya.  Goho,  ochiqxatlar  sayti  topshirish 

vaqtini  ham  ko‘rsatishni  taklif  qiladilar.  Ayrim 

hollarda,  ochiqxat  animatsiyali  yoki  musiqali 

bo‘lishi  mumkin.  Manzil  egasi  «dalolatnoma» 

xat  olgach,  unda  saytning  sahifasiga  murojaat 

bo‘lib, u o‘z ochiqxatini ko‘rib, o‘qishi mumkin. 



 

elektron pero 

ingl.: electronic pen 

rus.: электронное перо 

Grafik 


dasturlarda 

chiziqlarni 

va 

sodda 


geometrik  shakllarni  chizish  texnologiyasi. 

Texnologiya  tasvirlarni  hosil  qilishda  zarur 

bo‘lgan 

chiziqlarni 

o‘tkazish 

uchun 


mo‘ljallangan.  Har  bir  chiziq  uslub,  qalinlik  va 

rang  bilan  tavsiflanadi.  To‘rt  asosiy  stildan 

foydalanadilar:  uzluksiz,  punktir,  shtrixli  va 

shtrixpunktirli chiziqlar. 



 

elektron pochta 

ingl.: electronic mail (e-mail) 

rus.: электронная почта 

1. 


Kommunikatsiya 

tarmog‘i 

orqali 

kompyuterdan  kompyuterga  xabarlar  uzatish. 



Elektron  pochta  o‘z  ichiga  matnlar,  nutq  va 

tasvirlarni 

olgan 

ixtiyoriy 



xabarlarni 

foydalanuvchilar 

orasida 

uzatishni 

avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Elektron 

pochtaning  asosiy  vazifalari  bo‘lib  quyidagilar 

hisoblanadi: 

elektron pochta 

 


 

82 


- tizimga hujjatlar kiritish va chiqarish; 

foydalanuvchilarning 



pochta 

qutilariga 

hujjatlar uzatish va boshqa foydalanuvchilardan 

hujjatlar qabul qilish; 

- uzatishda yuzaga kelgan xatoliklarni tekshirish 

va tuzatish; 

-  hujjatlar  yetkizilganligi  haqida  tasdiqnoma 

yuborish; 

- manzillar ro‘yxati bo‘yicha hujjatlar tarqatish. 

Turli  ishlab  chiqaruvchilar  turli  turga  va 

tuzilmaga  ega  bo‘lgan  elektron  pochtalarni 

taklif  qiladilar.  Keng  tarqalgan  MHS/MOTIS 

tarmoq  xizmati  ITU  tomonidan  qabul  qilingan 

va  X.400  tavsiyanoma  deb  atalmish  standart 

tomonidan  belgilanadigan  pochtani  taqdim 

qiladi.  Internet  tarmog‘i  taklif  qilgan  SMTP 

«pochta  uzatishning  sodda  bayonnomasi»  ham 

keng foydalaniladi. 

2.  Xabarlarni  kompyuterda  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

terib  jo‘natish  va  boshqalar  yuborgan  xatlarni 

olish imkonini beradigan dastur. 

3.  Inson  yoki  tashkilotning  jo‘natmalari  kelib 

tushadigan elektron manzili. 

 

elektron pochta manzili 

ingl.: electronic mail address 

rus.: электронный почтовый адрес 

Elektron  pochtaning  har  bir  abonenti  ega 

bo‘lgan 

shaxsiy 


manzil. 

Tizimdagi 

foydalanuvchi  nomi,  @.belgisi  va  pochta 

serveri  ishga  tushirilgan  kompyuter  nomidan 

tarkib topgan ketma-ketlik bilan belgilanadi. 

 

elektron pochta qutisi 

ingl.: electronic mail box 

rus.: электронный почтовый ящик 

1.  Internet  tarmog‘i  bo‘ylab  xabarlar  jo‘natish 

va  qabul  qilish  uchun  noyob  tartib  raqamidan 

(elektron  pochta  manzili)  dan  foydalanadigan 

dasturiy-texnika vositalari majmuasi. 

2.  Qabul  qiluvchi  so‘ramaguncha  elektron 

pochta  xabari  saqlanadigan  serverdagi  o‘rin. 

Aksariyat  hollarda  pochta  qutisidan  erkin 

foydalanish uchun parol talab qilinadi. 

 

elektron pochta tarqatmasi 

ingl.: electronic mailing list 

rus.: электронная почтовая рассылка 

Elektron  pochta  orqali  hujjatlar  tarqatadigan 

tarmoq xizmati. Elektron pochta orqali hujjatlar 

tarqatish  hujjatlar  bilan  ishlashni  tubdan 

o‘zgartiradi.  Avvallari,  ular  zarur  miqdorda 

choplanib,  so‘ng  manzillar  bo‘yicha  tarqatilar 

edi. Endi esa ular avval tarqatilib, zarur bo‘lgan 

joylarda, yetkazilgan yerlarda choplanadi. 



 

elektron pul 

ingl.: electronic money 

rus.: электронные деньги 

1.  Keng  ma’noda  –  axborot  tarmoqlarida  pul 

aylanishini tashkil qilish shakli. 

2.  Elektron  vositalar  yordamida  muomala 

qilinadigan naqd pulsiz sarmoya. 

Elektron  pullarni  boshlang‘ich  rivojlanish 

bosqichida,  kompyuterlar  bir  birlariga,  sotilgan 

tovar  uchun  xaridorlarni  sotuvchi  bilan  to‘lov 

hisoblarini 

belgilaydigan 

pul 

hujjatlari 



matnlarini  jo‘natganlar.  Keyingi  bosqichda, 

kompyuterlar  mahalliy  tarmoqlarga  birlashib 

tovarlar 

aylanishini 

ta’minlaydigan, 

pul 


muomalasi  bilan  bog‘liq,  hamda  notovar 

hisoblarga  tegishli  amallarning  barchasini 

bajara  boshladilar.  Banklararo  tizimlar  va 

elektron  to‘lovlar  tizimlari  paydo  bo‘ldi. 

Nihoyat,  magnit  va  kompyuter  kartochkalarini 

qo‘llash  elektron  pullar  tarqalishining  yangi 

bosqichi  bo‘ldi.  Savdo,  transport  va  boshqa 

tashkilotlarda, 

pul 

hisob-kitoblari 



uchun 

kartochkalardan 

foydalaniladigan, 

elektron 

kassalarni  yaratish  va  o‘rnatish  elektron 

pullarning  yaratilishini  yakunladi.  Elektron 

pullarni 

qog‘oz 


pullarga 

almashtiradigan 

bankomatlar paydo bo‘ldi. 

 

elektron pul o‘tkazish 

ingl.: electronic funds transfer 

rus.: электронный денежный перевод 

Elektron 

tizim 

orqali  tezlashtirilgan 



pul 

o‘tkazishlarni qabul qilish va jo‘natish. 



 

elektron qo‘lqop 

ingl.: electronic glove 

rus.: электронная перчатка 

Virtual borliqqa botish uchun qo‘lga kiyiladigan 

qurilma.  Elektron  qo‘lqop  virtual  borliq 

obyektlarini 

boshqarish 

vazifalaridan 

foydalanuvchi  qo‘llarining  kafti  va  barmoqlari 

yordamida  amalga  oshiradi.  Elektron  qo‘lqop 

odatda,  shlemga  yoki  shlem-displey  tizimiga 

qo‘shimcha bo‘ladi. 



 

elektron raqamli imzo (ERI) 

ingl.: electronic digital signature 

rus.: электронная цифровая подпись 

elektron pochta manzili 

 


 

83 


1.  Elektron  hujjatdagi  mazkur  elektron  hujjat 

axborotini  elektron  raqamli  imzoning  yopiq 

kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish 

natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli 

imzoning  ochiq  kaliti  yordamida  elektron 

hujjatdagi  axborotda xatolik  yo‘qligini  aniqlash 

va  elektron  raqamli  imzo  yopiq  kalitining 

egasini  identifikatsiya 

qilish  imkoniyatini 

beradigan imzo. (qonun) 

Qonunda  talab  etilgan  shartlarga  rioya  etilgan 

taqdirda  elektron  raqamli  imzo  qog‘oz  hujjatga 

shaxsan qo‘yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga 

egadir. 


2. 

Elektron 

ma’lumotlarni 

kriptografik 

o‘zgartirish  natijasida  hosil  qilingan  belgilar 

ketma-ketligi. 

Elektron 

raqamli 


imzo 

ma’lumotlar blokiga qo‘shib qo‘yiladi va blokni 

qabul  qiluvchiga,  manbani  va  ma’lumotlarning 

butunligini  tekshirish  hamda  soxtalashtirishdan 

muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga 

kelib,  ayrim  mamlakatlar  qonunchilik  yo‘li 

bilan 

raqamli 


imzodan 

foydalanishni 

layoqatliligini 

qonunlashtirib 

qo‘yganlar. 

Elektron  raqamli  imzo  kalitlari  sertifikatlari 

ro‘yxatga olish markazlari tomonidan beriladi. 

 

elektron 

raqamli 

imzo 

kalitining 

sertifikati 

ingl.: signature key certificate 

rus.: сертификат ключа подписи 

Elektron  raqamli  imzo  kalitining  sertifikati 

elektron  raqamli imzoning  ochiq  kaliti elektron 

raqamli  imzoning  yopiq  kalitiga  mosligini 

tasdiqlaydigan  va  elektron  raqamli  imzo  yopiq 

kalitining  egasiga  ro‘yxatga  olish  markazi 

tomonidan berilgan hujjatdan iborat bo‘ladi. 

Elektron  raqamli  imzo  kalitining  sertifikati 

elektron  hujjat  shaklida  va  qog‘oz  hujjat 

shaklida tayyorlanishi mumkin. 

Elektron  raqamli  imzo  kalitining  sertifikatida 

quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 

elektron  raqamli  imzo  yopiq  kalitining  egasi 

bo‘lgan  jismoniy  shaxsning  familiyasi,  ismi, 

otasining ismi; 

agar  elektron  raqamli  imzo  yopiq  kalitining 

egasi  yuridik  shaxsning  vakili  bo‘lsa,  shu 

yuridik shaxsning nomi; 

uning tartib raqami va amal qilish muddati; 

elektron raqamli imzoning ochiq kaliti; 

elektron  raqamli  imzoning  ochiq  kalitidan 

foydalanishda  yordam  berishi  mumkin  bo‘lgan 

elektron raqamli imzo vositalarining nomi; 

mazkur  sertifikatni  bergan  ro‘yxatga  olish 

markazining nomi va joylashgan manzili; 

elektron 

raqamli 

imzodan 


foydalanish 

maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

elektron  raqamli  imzolar  kalitlari  sertifikatlari 

reyestrining elektron manzili. 

Elektron  raqamli  imzo  yopiq  kalitining  egasi 

tashabbusi  bilan  elektron  raqamli  imzo  kaliti 

sertifikatiga  boshqa  ma’lumotlar  ham  kiritilishi 

mumkin. 


 

elektron 

raqamli 

imzo 

vositalari 

sertifikati 

ingl.: e-signature tools certificate 

rus.: сертификат средств электронной цифровой 

подписи 

Sertifikatsiya 

tizimi 

qoidalariga 



binoan, 

belgilangan  talablarga  binoan  elektron  raqamli 

imzo  vositalarining  muvofiqligini  tasdiqlash 

uchun berilgan qog‘oz hujjat. 



 

elektron  raqamli  imzoning  haqiqiyligini 

tasdiqlash 

ingl.: acknowledgement of e-signature authenticity 

rus.:  подтверждение  подлинности  электронной 

цифровой подписи 

Elektron  raqamli  imzoning  elektron  raqamli 

imzo  yopiq  kalitining  egasiga  tegishliligi  va 

elektron  hujjatdagi  axborotda  xatolik  yo‘qligi 

tekshirilgandagi ijobiy natija. (qonun) 

 

elektron raqamli imzoning ochiq kaliti 

ingl.: public key of the EDS 

rus.:  открытый  ключ  электронной  цифровой 

подписи 

Elektron 

raqamli 

imzo 


vositalaridan 

foydalangan  holda  hosil  qilingan,  elektron 

raqamli  imzoning  yopiq  kalitiga  mos  keluvchi, 

axborot  tizimining  har  qanday  foydalanuvchisi 

foydalana  oladigan  va  elektron  hujjatdagi 

elektron 

raqamli 

imzoning 

haqiqiyligini 

tasdiqlash  uchun  mo‘ljallangan  belgilar  ketma-

ketligi. (qonun) 

 

elektron raqamli imzoning tayinlanishi 

ingl.: e-signature purpose 

rus.: назначение электронной цифровой подписи 

ERI quyidagilar uchun mo‘ljallangan: 

-  elektron  hujjatning  umumiy  qismini  tashkil 

qiluvchi axborotni tasdiqlash; 



elektron raqamli imzon... 



 

84 


-  elektron  hujjatning  haqiqiyligi  va  butunligini 

tasdiqlash. 

Elektron  hujjatning  umumiy  qismini  tashkil 

qiluvchi  axborotni  tasdiqlash  elektron  raqamli 

imzo  vositalaridan  foydalanilgan  holda  hujjatni 

imzolovchi  shaxslarning  shaxsiy  imzo  kalitlari 

yordamida 

amalga 


oshiriladi. 

Elektron 

hujjatning  haqiqiyligi  va  butunligi  deganda 

hujjatning  aynan  shaxsiy  imzo  kaliti  egasi 

tomonidan  yaratilganligi  va  ushbu  hujjatga 

o‘zgartirishlar  kiritilmaganligini  tushuniladi. 

Elektron  hujjatning  haqiqiyligi  va  butunligi 

elektron 

raqamli 

imzo 


vositalaridan 

foydalanilgan 

holda 

hujjatni 



imzolovchi 

shaxslarning  shaxsiy  imzolarini  tekshirishning 

ochiq kalitlari yordamida amalga oshiriladi. 

 

elektron raqamli imzoning yopiq kaliti 

ingl.: private key of the EDS 

rus.:  закрытый  ключ  электронной  цифровой 

подписи 

Elektron 

raqamli 

imzo 


vositalaridan 

foydalangan  holda  hosil  qilingan,  faqat  imzo 

qo‘yuvchi  shaxsning  o‘ziga  ma’lum bo‘lgan  va 

elektron  hujjatda  elektron  raqamli  imzoni 

yaratish  uchun  mo‘ljallangan  belgilar  ketma-

ketligi. (qonun) 



 

elektron raqamli imzo vositalari 

ingl.: e-signature tools 

rus.: средства электронной цифровой подписи 

1.  Quyidagi  vazifalardan  kamida  bittasining 

amalga  oshirilishini  ta’minlovchi  apparatli  va 

(yoki) dasturiy vositalar: 

-  elektron  raqamli  imzoning  yopiq  kalitidan 

foydalangan  holda  elektron  hujjatda  elektron 

raqamli imzoni yaratish; 

-  ERIning  ochiq  kalitidan  foydalangan  holda 

elektron 

hujjatda 

ERIning 

haqiqiyligini 

tasdiqlash; 

- ERIning ochiq va yopiq kalitlarini yaratish. 

Elektron  raqamli  imzo 

vositalari  qonun 

hujjatlarida 

belgilangan 

tartibda 

sertifikatlashtirishi lozim. 

2.  ERIni  ishlab  chiqish  va  tekshirishini 

ta’minlovchi  va  muvofiqlik  sertifikatiga  ega 

bo‘lgan dasturiy yoki texnikaviy vositalar. 

 

elektron savdo 

ingl.: electronic trade 

rus.: электронная торговля 

Internet  tarmog‘ida  elektron  hujjat  aylanishi 

yordamida 

amalga 


oshiriladigan 

savdo. 


Telekommunikatsiya  uslub  va  vositalaridan 

foydalanadi.  Uning  asosiy  maqsadi,  savdoni 

soddalashtirib 

va 


kelishuvlarni 

tezlatib, 

hamkorlarning 

o‘zaro 


aloqada 

ishlash 


samaradorligini  oshirish.  Elektron  savdo  rivoj 

topishiga, 

EDI 

«elektron 



ma’lumotlar 

almashuv» va EFT «pullarni elektron o‘tkazish» 

texnologiyalari  imkon  yaratmoqda.  Buning 

natijasida foydalanuvchi o‘z kompyuteridan: 

- tovarlar reklamasi bilan tanishish; 

-  qiziqish  uyg‘otgan  tovarlarni  virtual  borliq 

maromida  ucho‘lchamli  rangli  tasvirlarini 

ko‘rib chiqish; 

-  sotuvchi  bilan  elektron  pochta  orqali 

muzokara olib borish; 

- shartnomalarni tayyorlash va imzolash; 

- tovarlarga o‘z banki orqali pul to‘lash; 

-  tovarlar  yuklanishi  va  tashilishini  kuzatish 

imkoniyatlariga ega bo‘ldi. 

Elektron  savdo  texnologiyalaridan  foydalanish 

sotuvchi  va  xaridor  uchun  ko‘pgina  harajat 

turlarini 

qisqartiradi, 

xodimlar  tomonidan 

bajarilayotgan  amallar  sonini  kamaytiradi, 

savdo 

xizmatlari 



sifatini 

oshiradi, 

xizmatchilarni  ikir-chikir  ishlardan  ozod  qiladi. 

Elektron  savdoni  tashkil  qilishda  ma’lumotlar 

xavfsizligiga katta e’tibor qaratiladi. 

 

elektron savdo ishtirokchisi 

ingl.: electronic trade participant 

rus.: участник электронной торговли 

Elektron savdo yurituvchi shaxs va mijoz. 



 

elektron  savdoni  amalga  oshiruvchi 

shaxs 

ingl.: electronic trade performing person 

rus.: 

лицо, 

осуществляющее 

электронную 

торговлю 

Yakka  tartibdagi  ishbilarmon  sifatida  ro‘yxatga 

olingan, 

elektron 

hujjatlari 

yordamida 

tadbirkorlik  sohasida  mahsulotlarni  sotish, 

ishlarni  bajarish  va  xizmat  ko‘rsatish  hamda 

boshqa 

faoliyat 



yurituvchi 

yuridik 


yoki 

jismoniy shaxs. 



 

elektron sayyohlik agentligi 

ingl.: electronic travel agency 

rus.: электронное туристическое агентство 

Sayyohlarga  AKT  uslublari  va  vositalari 

yordamida  xizmat  ko‘rsatishga  mo‘ljallangan 

elektron raqamli imzon... 



 

85 


tashkilot.  Bunday  agentlik,  bir  yoki  bir  necha 

serverlardan 

tashkil 

topgan, 


bo‘lg‘usi 

sayyohlarga  zarur  bo‘lgan  axborotni  o‘z  ichiga 

olgan  axborot  tizimi  tomonidan  quvvatlanadi. 

Buyurtmasining bajarilishi uchun foydalanuvchi 

muloqat maromida, tegishli tarmoqdan uzoqdan 

erkin 


foydalanishni 

ta’minlashi 

mumkin 

bo‘lgan  kompyuterdan  foydalanishi  kerak. 



Dastlabki 

elektron 

sayyohlik 

agentligi 

Travelocity (AQSH) bo‘lgan. 

 

elektron siyosat 

ingl.: electronic politics 

rus.: электронная политика 

Davlat  organlari,  partiyalar  yoki  jamiyatlar 

faoliyatini  ularning  manfaatlari  va  maqsadlari 

bilan 


uyg‘un 

tarzda 


axborot 

tarmoqlari 

resurslari  yordamida  olib  borish.  Global 

tarmoqlar,  birinchi  galda  Internet  tarmog‘i 

yaratilishi,  dastlab  ma’lumotlar  uzatish  uchun 

foydalanilib,  bu  kunga  kelib  ommaviy  axborot 

vositalariga  aylandi.  Bu  holatdan  siyosatchilar 

jadal  sur’atda  foydalandilar.  Internet  uning 

tarafdorlari  orasida  tashviqot  va  o‘z  tomoniga 

og‘dirish  quroliga,  turli  mamlakatlarda  siyosiy 

partiyalar 

va 


harakatlarning 

saylovoldi 

kurashlarini olib borish vositasiga aylandi. 

 

elektron soliqlar 

ingl.: electronics taxes 

rus.: электронные налоги 

Soliq arizalariga  onlayn  maromda ishlov  berish 

va  ularni  uzatish.  Bu  texnologiya  elektron 

hukumat  faoliyati  doirasida  katta  ahamiyatga 

ega. 

 

elektron ta’minot 

ingl.: electronic procurement 

rus.: электронное снабжение 

Korxonaning ishlab chiqarish davrida tovarlarni 

barcha  elektron  sotib  olish  va  yetkazib  berish 

shakllarini qamrab oladi. 



 

elektron tender 

ingl.: electronic tender 

rus.: электронный тендер 

Bitta  xaridor  va  bir  necha  sotuvchi  mavjud 

bo‘lgan  holda,  elektron  biznes  doirasida  turli 

tovar,  ish  va  xizmatlarni  sotib  olish  uchun 

o‘tkaziladigan  tender.  Muayyan  xaridorda 

manfaatdor  sotuvchilar  o‘zlarining  mahsulot  va 

narxlarini taklif qiladilar, xaridor esa, o‘z nuqtai 

nazaridan  eng  yaxshi  taklifni  tanlaydi  (narxi, 

sifati  va  h.k.  bo‘yicha),  sotuvchiga  to‘lovni 

o‘tkazadi 

va 

aniq 


vaqt 

ichida 


kerakli 

mahsulot/xizmat egasi bo‘ladi. 



 

elektron tijorat 

ingl.: electronic commerce, e-commerce 

rus.: электронная коммерция 

1.  Axborot  texnologiyalari  yordamida  amalga 

oshiriladigan  tovarlarni  sotish,  ishlarni  bajarish 

va  xizmatlar  ko‘rsatish  bo‘yicha  tadbirkorlik 

faoliyati.  Elektron  tijoratni  to‘rt  yo‘nalishga 

ajratish qabul qilingan: 

biznes - biznes (business-to-business, B2B); 

biznes  –  iste’molchi  (business-to-consumer, 

B2C); 

biznes - ma’muriyat (business-to-administration, 



B2A); 

iste’molchi 

ma’muriyat 



(consumer-to-

administration, C2A). 

Shuningdek,  keyingi  vaqtda  iste’molchi  - 

iste’molchi  (consumer-to-consumer,  C2C)  va 

iste’molchi 

-biznes 


(consumer-to-business, 

C2B) modellari rivoj topmoqda. 

2.  Elektron  tijorat  –  axborot  texnologiyalariga 

asoslangan biznes. Elektron tijorat quyidagilarni 

nazarda tutadi: 

-  Internetda  o‘z  saytini  va  virtual  do‘konini 

ochish; 

kompaniyani 



boshqarish 

tizimining 

mavjudligi; 

elektron 



reklamani 

va 


marketingdan 

foydalanish; 

- biznes biznes uchun va/yoki iste’molchi uchun 

biznes modellaridan foydalanish. 

3.  Ishbilarmonlik  faoliyati.  Bunda  tovarlarni 

sotish,  ishlarni  bajarish  va  xizmatlar  ko‘rsatish 

axborot  tizimlari  yordamida  amalga  oshiriladi. 

Elektron  tijoratda  EDI  standarti  va  Internet 

tarmog‘i muhim rol o‘ynaydi. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling