Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.

bet18/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103

 

elektron 

tijorat 

yuritish 

bo‘yicha 

xizmatlar sifatiga kafolat 

ingl.: electronic business assurance 

rus.:  гарантия  качества  услуг  по  ведению 

электронного бизнеса 

Xizmatlarning 

olish 

osonligi, 



korporotiv 

ma’lumotlarni  muhofazalash,  biznes  yuritishda 

tiniqlikni ta’minlovchi yuridik amaliyotga rioya 

qilish  va  biznes-jarayonlarni  ta’minlashning 

yuqori sifati kafolati. 

 

elektron to‘lov 

elektron to‘lov 

 


 

86 


ingl.: electronic payment 

rus.: электронный платеж 

Xaridlarga  elektron  vositalar  yordamida  haq 

to‘lash.  Uy  banki,  tovarlar  uchun  elektron 

do‘konlarda haq to‘lash va shu kabi tizimlar eng 

ko‘p tarqalgan. 

 

elektron to‘lov hujjatini qayta ishlash 

ingl.: processing of the electronic payment document 

rus.: 

обработка  электронного  платежного 

документа 

To‘lov hujjati bilan bajariladigan barcha yig‘ish, 

kiritish, yozish, o‘zgartirish, o‘qib olish, saqlash, 

yo‘q  qilish,  elektron  to‘lov  hujjatini  ro‘yxatga 

olish kabi amallarning majmuasi. 

 

elektron to‘lovlar tizimi 

ingl.: electronic payments system 

rus.: система электронных платежей 

Mahsulotlarga to‘lovlarni kompyuter  va  magnit 

kartalari yordamida amalga oshiruvchi apparatli 

va dasturiy vositalar majmui. 



 

elektron vositachi 

ingl.: electronic intermediary 

rus.: электронный посредник 

Elektron  vositalar  yordamida  asosiy  maqsadi 

qayta  sotish  yoki  vositachilik  bo‘lgan  elektron 

biznes  shakli.  Elektron  vositachi  mumkin 

bo‘lgan 

xaridorga 

mahsulotlar 

to‘plami, 

xizmatlar 

ro‘yxati 

va 

bozorga 


yetkazib 

beruvchilari  orasidan  omilkorlik  bilan  tanlash 

bilan  yordam  bersa,  sotuvchiga  bozor  va 

xaridorlar  ehtiyojlari  bo‘yicha  marketing  tahlili 

bajarish imkoniyati bilan qo‘l keladi. 

 

elektron xaridlar 

ingl.: electronic procurement 

rus.: электронные закупки 

Xaridlar 

jarayonini 

avtomatlashtirish 

va 

uyg‘unlashtirish.  Uning  samaradorligi  Internet 



tarmog‘ini 

va 


korporativ 

intratarmoqlarni 

ishlatish bilan ta’minlanadi. 

 

elektron xarita 

ingl.: electronic map 

rus.: электронная карта 

Kompyuterning  ekranida  ko‘rinadigan  holda 

aks  ettiriligan  xaritagrafik  tasvir.  U  raqamli 

xarita  yoki  geoaxborot  tizimining  ma’lumotlar 

bazasidagi ma’lumotlar asosida tuziladi. 

 

elektron xizmat 

ingl.: electronic service 

rus.: электронный сервис 

Elektron  vositalar  yordamida  ko‘rsatilayotgan 

barcha xizmat va xizmat turlari. 

 

elektron yorliq 

ingl.: memory-based tag 

rus.: электронный ярлык 

Mahsulotni  aynanlashni ta’minlaydigan  maxsus 

rasmiylashtirilgan  integral  sxema.  Bu  sxema, 

zarbga 


mustahkam, 

suv 


o‘tkazmaydigan, 

zanglamaydigan  po‘latdan  yasalgan  diametri 

10-20  mm  bo‘lgan  tugmasimon  g‘ilofga 

joylashtiriladi. 

Yorliq, 

mahsulotga 

yopishtiriladigan  identifikatsiya  birkasi  bilan 

teng kuchlidir. 



 

elektron shakldagi hujjat 

ingl.: electronic document 

rus.: 

документ 

в 

электронной 

форме 

отображения 

Hisoblash 

texnikasi 

elementlari 

yoki 

ma’lumotlarni  qayta  ishlash,  saqlash  va 



uzatishning  boshqa  vositalari  holatlari  majmui 

shaklida  taqdim  etilgan  axborot.  U  inson 

tomonidan bir ma’noli qabul qilinish uchun mos 

shaklga  aylantirilishi  mumkin  bo‘lgan  va 

aniqlash uchun atributlarga ega bo‘lishi shart. 

 

elektronika 

ingl.: electronics 

rus.: электроника 

Elektronlarni  elektromagnit  maydonlar  bilan 

o‘zaro  ta’siri  va  ular  asosida  axborot  to‘plash, 

saqlash,  uzatish  va  unga  ishlov  berish 

uslublarini 

yaratish 

to‘g‘risidagi 

fan. 


Elektronika  faqatgina  nazariyani  o‘rganibgina 

qolmay,  turli  obyektlarni,  shu  jumladan, 

integral  sxema,  kompyuter,  tizim,  asbob  va 

qurilmalarni  yaratish  uslubiyatini  ham  o‘z 

ichiga  oladi.  60 –  yillar boshida, kichiklashtirib 

yasalgan 

elektron 

qurilmalarni 

yaratish 

muammosini  o‘rganadigan,  elektronikaning  bir 

qismi  bo‘lgan  mikroelektronika  paydo  bo‘ldi. 

So‘nggi  yillarda,  atom  pog‘onasida  ishlash 

imkonini  beradigan  nanoelektronika  tobora 

ko‘proq  rivojlanmoqda.  Optoelektronikaning 

paydo  bo‘lishi  lazerlarni,  yorug‘lik  signallarini 

va yorug‘lik uzatgichlaridan keng foydalanilishi 

bilan bog‘liq. Xuddi shunday, akustoelektronika, 

avtomobil  elektronikasi  va  maishiy  elektronika 

keng rivojlanmoqda. 

 

elektronlashtirishga tayyorlik 

elektron to‘lov hujjat... 



 

87 


ingl.: electronic readiness 

rus.: готовность к электронизации 

Jahon  banki  tomonidan,  mamlakatni,  qit’ani 

yoki  butun  yer  yuzini  yalpi  elektronlashgan 

iqtisodiyotga  tayyorligini  belgilash  uchun 

kiritgan atamasi. 

 

elliptik egri chiziqli kriptotizim 

ingl.: cryptosystem with elliptical curves 

rus.: криптосистема с эллиптическими кривыми 

Sonlar  nazariyasining  elliptik  egri  chiziqlar 

bo‘limiga  oid  matematik  apparatga  asoslangan 

kriptotizim. 



 

emitent 

ingl.: emitter 

rus.: эмитент 

Moliya  tashkiloti.  U  plastik  kartalar  chiqaradi 

va  chiqarilgan  kartalardan  to‘lov  vositasi 

sifatida  foydalanish  bilan  bog‘liq  moliyaviy 

majburiyatlar  bajarilishini  kafolatlash  uchun 

xizmat qiladi. 



 

EMS 

qisq.:  Electronic  Messaging  System,  Enhanced 

Messaging Service 

Xabarlar almashishining elektron tizimi. SMSga 

asoslangan  xabarlarni  jo‘natish  tizimi.  YEMS 

quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi: 

1)  xabarlar  matnini  formatlash  (qora  harflar, 

kursiv,  ayrim  so‘zlarning  ostiga  chizish),  rasm 

va  logotiplarni  almashish:  oq-qora,  4  rangli,  64 

rangli, 255x255 pikselgacha bo‘lgan hajmda; 2) 

tasvirlar  animatsiya  qilingan  (parametrlari  bir 

xil)  va  eng  oddiy  tovush  signallari  bo‘lishi 

mumkin.  YEMS  xabari  ushbu  standartni 

qo‘llab-quvvatlamaydigan  telefonga  jo‘natilgan 

bo‘lsa,  uni  qabul  qilib  oluvchi  faqat  matnni 

oladi. 


 

emulyatsiya 

ingl.: emulation 

rus.: эмуляция 

Faoliyati  boshqa  bir  obyektning  ishidan 

farqlanmaydigan 

obyektning 

yaratilishi. 

Emulyatsiya  obyekti  sifatida  qurilma  yoki 

dastur bo‘lishi mumkin. Emulyatsiyaga mumtoz 

misol haqiqiy 

virtual  terminal  yaratilishidir.  Buning  uchun 

terminalga  emulyatsiya  jarayonini  bajaradigan 

dastur  qo‘shib  qo‘yiladi.  Natijada  berilgan 

standart  bilan  belgilanadigan  tavsifnomalari 

o‘zgacha terminal hosil bo‘ladi. 

 

eng kam imtiyozlar 

ingl.: minimum of privilege 

rus.: минимум привилегий 

Muhofaza  tizimini  tashkillashtirishning  asosiy 

tamoyillaridan biri. Unga ko‘ra, har bir subyekt 

o‘z  oldida  qo‘yilgan  vazifalarni  bajarish  uchun 

mumkin  bo‘lgan  eng  kam  imtiyozlarga  ega 

bo‘lishi  lozim.  Ushbu  tamoyilga  rioya  qilish 

yovuz  niyat,  xato  yoki  imtiyozlardan  ruxsatsiz 

foydalanish  natijasida  ro‘y  berishi  mumkin 

bo‘lgan  buzishlarning  oldini  olish  imkonini 

beradi. 


 

EOF 

qisq.: End Of File 

Fayl oxiri. 



 

EOL 

qisq.: 

1. End Of Line – Qator oxiri. 

2.  End  Of  Life  –  «Hayot  oxiri».  Mahsulotning 

ishlab  chiqaruvchi  tomonidan  chiqarilishi  yoki 

qo‘llab-quvvatlanishining to‘xtatilishi. 

 

EOM 

qisq.: End Of Message 

Xabar oxiri. 



 

EOT 

qisq.: 

1. End Of Transmission – Uzatish oxiri. 

2. End Of Tape – Tasma oxiri. 

3. End Of Thread – Mulohaza oxiri. 



 

EPIC 

qisq.: Explicitly Parallel Instruction Computing 

Buyruqlarning 

oshkora 

parallelligi 

bilan 

hisoblashlar, 



EPIC 

texnologiyasi. 

Mikroprotsessor 

buyruqlarining 

shunaqa 

tizimiki,  unda  ko‘rsatmalar  bloklarini  parallel 

bajarilishin  oshkora  belgilash  mumkin.  Intel 

firmasining 

(Merced 

loyihasi) 

Itanium 

protsessorlarida qo‘llaniladi. 



 

EPP 

qisq.: Enhanced Parallel Port 

Yaxshilangan  parallel  port,  EPP  port.  SHK  va 

chekka qurilma  orasida  ma’lumotlarning tezkor 

almashuvi  uchun  parallel  port  spetsifikatsiyasi. 

ECP spetsifikasiyasiga raqobatdosh. Zamonaviy 

ona  platalari  ikkala  standartni  ham  qo‘llab-

quvvatlaydi. 

 

EPP 


 

 

88 


EPROM 

qisq.: Erasable Programmable Read-Only Memory 

O‘chiriladigan 

dasturlashtiriluvchi 

DXQ, 


DDXQ. 

 

EPS 

qisq.: 

1. 


Encapsulated 

PostScript 

– 

Inkapsulyatsiyalangan  PostScript,  EPS  formati. 



Choplash 

uchun 


mo‘ljallangan 

hujjatlarni 

tavsiflash tili. 

2.  Electronic  Publishing  System  –  Elektron 

nashriyot tizimi. 

 

epchil disk 

ingl.: floppy disk 

rus.: гибкий диск 

Kompyuter 

axborotini 

yozish 


uchun 

mo‘ljallangan  asosi  yupqa  egiluvchan  polimer 

magnit  moddadan  plastina  shaklida  yasalgan 

magnit  disk.  Plastina  uni  changdan  saqlash  va 

shikastlanmasligi  uchun  uning  ichki  tomonida 

tozalovchi  qoplamasi  bo‘lgan  zich  korpusga 

joylashtirilgan.  Korpusda  o‘yiq  bo‘lib,  u 

ma’lumotlarni  yozish  va  o‘qish  uchun  xizmat 

qiladi.  Diskda  axborot,  konsentrik  yo‘laklar 

bo‘ylab joylashtiriladi va saqlanadi. 



 

ERD 

qisq.: Entity-Relationship Diagram 

«Mohiyat-aloqa» 

chizmasi. 

Relyatsion 

ma’lumotlar  bazalarini  loyihalashtirish  uchun 

qo‘llaniladigan grafik notatsiya turi. 



 

ergonomika 

ingl.: ergonomics 

rus.: эргономика 

Muayyan  sharoitlarda  faoliyat  olib  borayotgan 

inson  haqidagi  fan.  Mavjud  muammolar 

to‘plamidan  dasturchi  yoki  foydalanuvchi 

ishchi  o‘rni  ergonomikasi  alohida  ajratiladi. 

Uning  asosiy  vazifasi  uzoq  vaqt  ishlash 

oqibatida  zo‘riqishlar  holsizlanishlar  bilan 

kurashishdir. Bu masalani yechish terminal yoki 

abonent  tizim  bilan  ishlayotgan  operatorni 

optimal  ravishda  joylashtirishdan  boshlanadi. 

Buning uchun quyidagilar zarur: 

-  ekran  ko‘zdan  90-120  sm  uzoqlikda 

joylashtirish; 

-  ekranning  yuqori  chekkasi  pog‘onasini 

peshona balandligi bilan moslashtirish; 

-  klaviaturani  operatorning  panjalari  va  tirsagi 

gorizantal 

chiziq 


hosil 

qiladigan 

qilib 

joylashtirish; 



-  operator  jussasini  vertikal  tiklash  va  stulning 

suyanchig‘iga tirash; 

- oyoqlarni shunday balandlikda past o‘rindiqqa 

qo‘yilsin,  operatorning  tizza  oldilari  gorizontal 

holatni qabul qilsin. 

 

erkin foydalanish aynanlovchisi 

ingl.: access identifier 

rus.: идентификатор доступа 

qarang: erkin foydalanish identifikatori 

 

erkin foydalanish huquqi 

ingl.: access rules 

rus.: право на доступ 

Subyektga  ma’lum  obyektdan  ma’lum  turdagi 

amal  uchun  erkin  foydalanishni  olishga  ruxsat 

berish. Masalan, jarayonga faylni o‘qish uchun, 

lekin  unga  ma’lumot  yozmaslik  sharti  bilan 

ruxsat berish. 



 

erkin foydalanish identifikatori 

ingl.: access identifier 

rus.: идентификатор доступа 

Subyekt  yoki  erkin  foydalanish  obyektining 

noyob belgisi. 

 

erkin foydalanish matritsasi 

ingl.: access matrix 

rus.: матрица доступа 

Erkin  foydalanishni  ajratish  huquqlarini  aks 

ettiruvchi  jadval.  Ushbu  jadvalda  tizimdagi  har 

bir  obyektga  ustun,  subyektga  esa  qator  to‘g‘ri 

keladi.  Matritsaning  ustun  va  qatori  kesishgan 

katagida 

subyektning 

obyektdan 

erkin 

foydalanish huquqlari ko‘rsatiladi. 



 

erkin foydalanish nazorati 

ingl.: access auditing 

rus.: контроль доступа 

1.  Talab  qilingan  muhofazaning  modeliga  mos 

keladigan, 

avtomatlashtirilgan 

tizimning 

resurslaridan  erkin  foydalanishni  cheklaydigan 

jarayon. 

2.  Ma’lumotlarga  ishlov  berish  tizimining 

resurslariga, 

ruxsat 


berilgan 

tartibda 

mualliflashgan  obyektlar  erkin  foydalanishlari 

mumkinligini kafolatlash usullari. 

Erkin foydalanishni nazorat qilishning uch usuli 

ishlatiladi. 

Ulardan 

birinchisi, 

filtrlovchi 

yunaltirgichlarni  ishlatishga  asoslanadi.  Buning 

EPROM 

 


 

89 


uchun,  yunaltirgichlarni  dasturiy  ta’minotida 

paketlarni  jo‘natish  va  qabul  qilish  manzillari 

nuqtai  nazaridan,  paketlarni  tahlil  qilish 

algoritmi amalga  oshiriladi.  Ikkinchisi, paketlar 

filtrini  ishlatishga  asoslangan.  Bu  holda, 

muhofazadagi  tarmoqdan  yoki  uning  qismidan 

chegaralaridan 

chiqib 


ketuvchi 

erkin 


foydalanishlarni  o‘rnatish  taqiqlanadi.  Barcha 

paketlar tekshiruvdan o‘tkaziladi, qaysi paketlar 

o‘tkazilishi  va  qaysilari  orqaga  qaytarilishi 

kerakligi 

aniqlanadi. 

Uchinchisi, 

amaliy 

dasturlarning 



shluzini 

ishlatadi. 

Bu 

eng 


mukammal  va  qimmatbaho  muhofazadir.  Erkin 

foydalanishni  tekshirish  MB  da  bajariladi, 

buning  uchun  unda  zarur  bo‘lgan  hamma 

ma’lumotlar  yig‘iladi.  Erkin  foydalanishlar 

faqat  puxta  tekshiruvdan  keyin  o‘rnatiladi. 

Sutka  davomida,  ishlash  mumkin  bo‘lgan  vaqt 

ham nazorat qilinadi. 

 

erkin foydalanish obyekti 

ingl.: access object 

rus.: объект доступа 

Avtomatlashtirilgan tizim axborot resursi birligi. 

U  erkin  foydalanish,  erkin  foydalanishni 

cheklash qoidalariga binoan tartibga solinadi. 



 

erkin foydalanish pog‘onasi 

ingl.: access management 

rus.: уровень доступа 

Muhofaza 

qilinayotgan 

resursdan 

erkin 

foydalanish  uchun  obyektdan  talab  qilinadigan 



vakolatlar  pog‘onasi.  Masalan,  belgilangan 

muhofaza  pog‘onasiga  oid  ma’lumotlar  yoki 

axborotni olishga vakolatlar. 

 

erkin foydalanish toifasi 

ingl.: category of access 

rus.: категория доступа 

Obyektga  uning  resurslariga  mos  ravishda 

berilishi  mumkin  bo‘lgan  toifa.  U  obyekt  qaysi 

resurslardan 

erkin 

foydalanishga 



mualliflashganini bildiradi. 

 

erkin foydalanish turi  

ingl.: access type (in computer security) 

rus.: вид доступа (в защите компьютера) 

Qayta  ishlash  turi.  U  erkin  foydalanishga 

bo‘lgan  huquq  bilan  belgilanadi.  Misollar  – 

o‘qish,  yozish,  bajarish,  qo‘shish,  o‘zgartirish, 

o‘chirish, yaratish. 

 

erkin foydalanishga ruxsat 

ingl.: access permission 

rus.: разрешение на доступ 

Subyektning, 

biror 

obyektdan 



erkin 

foydalanishga oid barcha huquqlari. 



 

erkin foydalanishni cheklash 

ingl.: access differentiation 

rus.: разграничение доступа 

Tizim  resurslarini  ishlatish  maromi.  Bunda 

subyektlar  o‘rnatilgan  qoidalarga  kat’iyan  mos 

ravishda 

obyektlardan 

erkin 


foydalanish 

huquqiga  ega.  Erkin  foydalanishni  cheklash 

turli  modellar  bo‘yicha,  mavzu  alomatiga 

asoslanib  qurilgan  yoki  ishlatishga  ruxsat 

berilgan  axborotni  maxfiylik  grifiga  qarab 

amalga oshirilishi mumkin. 



 

erkin foydalanishni cheklash qoidalari 

ingl.: access differentiation rules 

rus.: правила разграничения доступа 

Erkin 


foydalanish 

subyektlarining 

erkin 

foydalanish  obyektlaridan  erkin  foydalanish 



huquqlarini tartibga soluvchi jami qoidalar. 

 

erkin foydalanishni cheklash rejimi 

ingl.: access differentiation mode 

rus.: режим разграничения доступа 

Shaxslarni texnik  vositalar,  dasturlar  va  maxfiy 

axborotdan  erkin  foydalanish  tartibi.  Bu 

ilgaridan ishlab chiqilib tasdiqlangan qoidalarga 

mos  bo‘lib,  hisoblash  vositalarida  ishlov  berish 

uchun zarur. 



 

erkin foydalanishni cheklash tizimi 

ingl.: access differentiation system 

rus.: система разграничения доступа 

Hisoblash 

texnikasi 

vositalari 

yoki 

avtomatlashtirilgan 



tizimlarda 

amalga 


oshiriladigan  jami  erkin  foydalanishni  cheklash 

qoidalari. 



 

erkin foydalanishni cheklash vositasi 

ingl.: access differentiation tool 

rus.: средство разграничения доступа 

Qabul  qilingan  modelga  ko‘ra  subyektlarning 

axborot  resurslaridan  erkin  foydalanishini 

cheklashni  ta’minlovchi  dasturiy-texnikaviy 

vosita.  Bularga  erkin  foydalanish  matritsasi  va 

maxfiylik belgisi kiradi. 



 

erkin foydalanishning nazorat ro‘yxati 

ingl.: control access list 

rus.: контрольный список доступа 

erkin foydalanishning ... 



 

90 


Resursga  mualliflashtirilgan  erkin  foydalanish 

obyektlari  ro‘yxati,  unda  erkin  foydalanish 

huquqlari ham keltirilgan bo‘ladi. 

 

EROM 

qisq.: Erasable Read-Only Memory 

O‘chiriladigan DXQ. 



 

ERP 

qisq.: Enterprise Resource Planning 

Korxona  resurslarini  rejalashtirish.  Korxonani 

avtomatlashtirishning  to‘la tizimi.  Korxonaning 

barcha  asosiy  biznes  jarayonlariga  xizmat 

ko‘rsatuvchi 

qo‘llanmalarning 

birlashgan 

to‘plamidan iborat. 



 

ESD 

qisq.: Electronic Software Distribution 

qarang: dasturiy ta’minotni elektron tarqatish 

 

ESMS 

qisq.: Enhanced Short Message Service 

Uzoqlashgan  qisqa  xabarlar  xizmati.  Uyali 

radiotelefon aloqasi tarmoqlaridagi xizmat. 

 

ESSID 

qisq.: Extended Service Set IDentifisation 

Kengaytirilgan 

xizmatlar 

dastasining 

identifikatsiyasi. Bog‘lanishni o‘rnatish usuli va 

tarmoq  qurilmalarini  identifikatsiya  qilishni 

belgilovchi  ma’lumotlarni  uzatishning  simsiz 

tarmoqlarining  IEEE  802.11  standarti  bandlari. 

ESSID  identifikatori  tarmoq  nomi  deb  ham 

ataladi. 



 

Ethernet 

Mahalliy  kompyuter  tarmog‘ini  tashkil  qilish 

uchun  qo‘llaniladigan  texnologiya.  Ethernet 

texnologiyasi  yordamida  «umumiy  shina»  va 

«yulduz» 

sxemalari 

bo‘yicha 

tarmoqlarni 

yaratish 

mumkin. 


Ethernet 

tarmoqlarida 

ma’lumotlarni  uzatish  tezligi  10  Mbit/s  gacha 

bo‘ladi.  Ethernet  standarti  IEEE  802.3  hujjati 

bilan belgilangan. 

Ethernet  ajrataolunuvchan  muhit  va  keng 

eshittirishli 

uzatish 


tarmoqlari 

me’moriy 

tuzilmasini  belgilaydi  (barcha  bog‘lamalar 

paketni  bir  paytning  o‘zida  qabul  qiladi),  erkin 

foydalanish  uslubi  –  CSMA/CD.  Jismoniy 

topologiyasi  –  ekranlashtirilgan  koaksial  kabel 

(koaksial)  uchun  shina,  o‘rama  juft  uchun 

yulduz, optik tola kabeli (optik tola) uchun ikki 

nuqtali ulanish. 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling