Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.

bet22/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103

 

GMR 

qisq.: Giant Magneto-Resistive 

O‘ta  magnitrezistivlik,  GMR  hodisasi.  Qattiq 

magnit  disklarga  ega  jamlovchilarda  GMR 

hodisasi  asosida  yaratilgan  kallaklar  (GMR-

kallaklar)dan  foydalanish  hotira  hajmini  juda 

sezilarli darajada ko‘paytirish imkonini beradi. 



 

GMSK 

qisq.: Gaussian Minimum Shift Keying 

GMSK  modulyatsiyasi.  Tashuvchi  chastotasi 

fazasini o‘zgartirishga asoslangan modulyatsiya. 

 

GMT 

qisq.: Greenwich Mean Time 

Grinvich meridiani bo‘yicha o‘rtacha vaqt. 



 

GNU 

qisq.: Gnu's Not Unix 

GNU  loyihasi.  Erkin  tarqatiladigan  operatsion 

tizim loyihasi. 

 

Gnutella 

Markaziy  serverning  yo‘qligi  bilan  ajralib 

turuvchi,  Internet  doirasida  fayllarni  almashish 

tarmog‘i,  Napster  avlodi.  Ish  boshlash  uchun 

ildiz serveri manzilini taqdim etish lozim. 2003- 

yil yozida tarmoq samaraliligi RIAA harakatlari 

tufayli yo‘qqa chiqqan. RIAA uchinchi firmalar 

yordamida 

Gnutellani 

izlash 


natijalarida 

haqiqiylaridan  farq  qilmaydigan  qalbaki  saytlar 

bilan to‘ldirishga muvaffaq bo‘lgan. 

 

gomogen tarmoq 

ingl.: homogeneous network 

rus.: гомогенная сеть 

Bir  xil  turdagi  tizimlardan  iborat  axborot 

tarmog‘i. 

 

Goppa kodlari 

ingl.: Goppa’s codes 

rus.: коды Гоппы 

Turli  kriptotizimlarda  ishlatiladigan,  xatolarni 

tuzatadigan  kod.  Goppa  kodlarini  ishlatish 

shunga 


asoslanganki, 

Goppa 


kodlarini 

dekodlashni  qo‘lda  bajarish  mumkin.  Shu  bilan 

birga,  Goppa  kodlari  «niqoblanadigan»  chiziqli 

blokli  kodlarni  dekodlash  NP-to‘la  masala 

bo‘lib, uni yechish ancha mushkul. 

 

gorizontal portal 

ingl.: horizontal portal 

rus.: портал горизонтальный 

Umumiy  tavsifga  ega  bo‘lgan,  turli  mavzular 

bo‘yicha xizmatlar taqdim etuvchi veb-sayt. 

 

GOSIP 

qisq.:  Government  Open  System  Interconnection 

Profile 

OSI davlat yo‘nalishi. 



 

GPF 

qisq.: General Protection Fault 

Muhofazaning 

umumiy 

buzilishi. 



Qo‘llanmaning  unga  tegishli  bo‘lmagan  xotira 

maydonlariga 

murojaat 

qilishida 

paydo 

bo‘ladigan tanaffus. 



 

GPL 

qisq.: General Public License 

Umumiy foydalanishdagi litsenziya. 



GPL 


 

 

106 


 

GPRS 

qisq.: General Packet Radio Service 

[Ma’lumotlarni]  Paketli  radio 

uzatishning 

umumiy 


xizmati. 

Uyali 


mobil 

aloqasi 


tarmoqlarida  ma’lumotlarni  uzatish  standarti. 

Bunda  kanalda  ma’lumotlarni  uzatish  tezligi 

171,2  Kbit/s  gacha  boradi  (GSM  kadrida  8 

taymslotgacha,  GMSK  modulyatsiyasi).  GSM, 

TDMA,  CDMA  tarmoqlarida  foydalanilishi 

mumkin. 


 

GPS 

qisq.: Global Positioning System 

Global  joylashishni  aniqlash  tizimi.  Kichik 

maxsus 

GPS 


signallarni 

qabul 


qiluvchi 

yordamida  o‘zining  geografik  koordinatalari, 

harakatlanish  balandligi  va  tezligi,  shuningdek 

aniq 


vaqtni 

aniqlash 

imkonini 

beruvchi 

yo‘ldosh tizimi. 

 

GPSS 

qisq.: General Purpose System Simulator 

GPSS  tili.  Diskret  voqealarni  modellashtirish 

tili. 1960 yilda ishlab chiqligan. 

 

graf 

ingl.: graph 

rus.: граф 

Graf  bo‘sh  bo‘lmagan  to‘plamlar  juftidir. 

Birinchi 

to‘plam 


cho‘qqilardan, 

ikkinchi 

to‘plam  esa  qovurg‘alardan  tarkib  topgan. 

Grafni uch shaklda, yani analitik, matritsaviy va 

grafik  shakllarda  ifodalash  mumkin.  Grafik 

shakl  modellarni  aks  ettirish  uchun  juda  qulay 

vosita.  Bunda  cho‘qqi  nuqta,  to‘g‘riburchak 

yoki  doiracha  bilan  aks  ettiriladi.  Bir  juft 

cho‘qqi 

orasida 


birtomonlama 

bog‘lovchi 

qovurg‘a  yoy  deb  ataladi.  Ikki  tomonlama 

bog‘lovchi  qovurg‘a  deb  ataladi.  Yoy  bo‘yicha 

o‘tish  yo‘nalishini strelka  bilan  belgilanadi.  Bir 

cho‘qqida  boshlanib  xuddi  shu  cho‘qqida 

yakunlanadigan  qovurg‘a  sirtmoq  deb  ataladi. 

Ular  ba’zan  bo‘g‘inlar  deb  nomlanadi.  Graf 

cho‘qqilari  orasidagi  qovurg‘alar  va  yoylar 

bo‘yicha  o‘tgan  yo‘l  marshrut  (yo‘nalish)  deb 

ataladi. 

Graf, 


boshqarish 

nazariyasida, 

elektronika,  elektrotexnikada  tarmoq,  tizim, 

algoritm  tushunchalarini  aniqlashda  ishlatiladi. 

Graflar 

ma’lumotlarga 

ishlov 

berish 


jarayonlarini  ifodalashda  keng  qo‘llanmoqda. 

Bunda,  cho‘qqilar  biror  obyektlarga  mos  kelsa, 

qovurg‘a  yoki  yoylar  ular  orasidagi  jismoniy 

yoki 


mantiqiy 

bog‘lanishlarni 

ifodalaydi. 

Graflarning  maxsus  turlari  bo‘lib  daraxtlar, 

xalqa 

va 


ro‘yxatlar 

hisoblanadi. 

Graf 

tushunchasi 



axborot 

tarmog‘ida 

yuzaga 

keladigan 



gipermuhit, 

gipermatn, 

superkompyuter,  uzib-ulash,  yo‘naltirish  va 

boshqa jarayonlarni ifodalashda ishlatiladi. 



 

grafik akselerator 

ingl.: graphic accelerator 

rus.: графический акселератор 

Ishchi  stansiyalarga  qo‘shimcha  ulanadigan 

platalar.  Bunday  stansiyalarning  tasvirga ishlov 

berishga  ixtisoslashgan  protsessorlari  mavjud 

bo‘lishi  shart.  Akseleratorlar  qator  murakkab 

shartlarni 

hisobga 

olib, 


harakatlanuvchi 

yorug‘lik  manbalarini,  obyektlarning  yuzasi 

tuzilmasini  o‘ziga  xos  xususisiyatlarini  aks 

ettirish kabi ikki o‘lchamli geometrik tasvirlarni 

uch o‘lchamli tasvirlarga o‘tkazishni bajaradilar. 

Akseleratorlar  stansiyalar  narxini  ikki-uch 

baravar  oshiradi,  ammo,  ular  bajaradigan 

murakkab  amaliy  jarayonlar  tezligi  keskin 

oshadi. 

 

grafik axborot 

ingl.: graphical information 

rus.: графическая информация 

Sxemalar, 

eskizlar, 

tasvirlar, 

grafiklar, 

diagrammalar, ramzlar  ko‘rinishida  ifodalangan 

ma’lumotlar yoki xabarlar. 

 

grafik fayl 

ingl.: graphic file 

rus.: графический файл 

Nuqtama-nuqta  kodlangan  tasvirni  o‘z  ichiga 

olgan  fayl.  Bundan  tashqari,  grafik  faylga 

dasturlarda 

va 

qurilmalarda 



ishlatiladigan 

boshqaruvchi kodlar ham kiradi. 



 

grafik interfeys 

ingl.: graphic interface 

rus.: графический интерфейс 

Foydalanuvchini  hisoblash  tizimi  bilan  o‘zaro 

aloqasini  tashkil  qiladigan  grafik  muhit.  Grafik 

interfeys g‘oyasi, axborotni amaliy tizim haqida 

axborot 

taqdim 


etishning 

tabiiyligidan 

foydalanishdan 

iborat. 


Foydalanuvchi 

interfeysining  asosiy  tushunchalari  bo‘lib,  oyna 

va  piktogramma  hisoblanadi.  Grafik interfeysni 

ishlatadigan tizimda  amallarni  bajarish,  oynalar 

bilan va ular ichida ishlashdan iborat. 

GPRS 


 

 

107 


 

grafik ma’lumotlar bazasi 

ingl.: graphical database 

rus.: графическая база данных 

Grafik  ma’lumotlar  saqlanayotgan  ma’lumotlar 

bazasi. 

 

grafik muharrir 

ingl.: graphic editor 

rus.: графический редактор 

Tasvirlarni  tahrirlashni  ta’minlaydigan  amaliy 

dastur. Grafik muharrir odatda vektorli tasvirlar 

dasturlari,  ishchan  grafika,  rastrli  tasvirlar, 

rastrli  tasvirlarni  vektorli  shaklga  aylantirish, 

uch  o‘lchamli  tasvirlar  va  fayllarni  boshqarish 

dasturlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Grafik  tahrirlash 

jarayoni  tasvirning  bo‘laklari  ustidan  (ixtiyoriy 

yo‘nalishda  o‘lchamlarni  o‘zgartirish,  ekran 

bo‘ylab 


surish 

va 


burish, 

ravshanligini, 

yaqqolligini, 

rangini 


va 

boshqalarni 

o‘zgartirish) kabi amallar bajarishdan iborat. 

 

grafik urg‘ular 

ingl.: graphical accents 

rus.: графические акценты 

“Tund  basharalar  ”,  “iljayishlar”,  “tirjayishlar” 

kabi  hissiy  holatlarni  ifodalovchi,  o‘ziga  xos 

“hissiyot  belgilari”ni  umumlashtiruvchi  nom. 

Grafik  muharrirlarni  ishlatmay  klaviaturada 

mavjud 


ramzlardan 

foydalanib 

tuziladi. 

Elektron  pochta  vositasida  shaxsiy  yozishma 

yoki  yangiliklar  guruhiga  xabar  uzatishda 

kuzatiladi. Ularni tushunish uchun hayolda, soat 

yo‘nalishi  bo‘yicha  90  gradusga  burish  kifoya. 

Namunaviy  misol  tariqasida  quyidagilarni 

ko‘ramiz :-) tabassum, ;-) ko‘z qisish, :-( xafalik 

yoki g‘azab. 



 

grafika 

ingl.: graphics 

rus.: графика 

Predmetlarni 

rang 

ishlatmasdan, 



kontur 

chiziqlar  va  shtrixlar  vositasida  aks  ettirish 

san’ati.  Shu  sababli,  dastlab  oq  -  qora 

chizmalarni  va  sxemalarni  tayyorlash  jarayoni 

kompyuter  grafikasi  deb  nomlangan  edi.  Biroq, 

tezda  turli  tusdagi  ranglar  ishlatilgan  rasmlar 

paydo  bo‘ldi.  Harakatsiz  rangli  tasvirlardan 

keyin  videofilmlar  yuzaga  keldi.  Hozirga  kelib, 

uch 

o‘lchamli 



tasvirlar 

tobora 


keng 

ishlatilmoqda. 

Shu 

kunlarda, 



kompyuter 

grafikasi  uni  yangicha  anglashda,  hatto  virtual 

haqiqiylikni 

yarata 


olishi 

mumkin. 


Vizuallashtirish  tobora  katta  ahamiyat  kasb 

etmoqda.  Kompyuter  grafikasi  yordamida 

vektorli 

tasvirlar 

va 

rastrli 


tasvirlar 

yaratilmokda.  Kompyuter  grafikasining  muhim 

vositasi  bo‘lib  grafik  muharrir  hisoblanadi,  u 

zarur tasvirlarni sintezlash imkonini beradi. 



qarang: kompyuter grafikasi. 

 

grafikani maqbullash 

ingl.: graphics optimization 

rus.: оптимизация графики 

Tasvir  fayllari  o‘lchamlarini,  ularni  maqbul 

sifatini 

saqlagan 

holda, 

mumkin 


qadar 

kichraytirish.  Veb-sahifa  yaratishda,  uning 

sahifalarini 

yuklanish 

tezligini 

oshirish 

maqsadida ishlatiladi. 

 

grafchizuvchi 

ingl.: plotter 

rus.: графопостроитель 

Egri  va  to‘g‘ri  chiziqlar  o‘tkazish  yo‘li  bilan 

tasvir  chizadigan  qurilma.  Ikki  turdagi,  ya’ni 

barabanli  va  planshetli  grafchizuvchilar  ishlab 

chiqariladi. Barabanli (rulonli) graf chizuvchida 

tasvir  chiqariladigan  qog‘oz  yoki  plenka 

barabanga 

mahkamlanadi. 

Barabanli 

graf 


chizuvchilar  ixcham,  ishlatishda  qulay,  katta 

uzunlikdagi  chizmalar  bilan  ishlash  imkonini 

beradi.  Planshetli  (yassi)  grafchizuvchilarda 

qog‘oz  yoki  plyonka  tekislikda  joylashadi  va  u 

qo‘zg‘almas. 

Tekislik 

ustidan 

metall 


konstruksiya  o‘rnatiladi,  u  yozuv  blokini  bir 

vaqtning  o‘zida  ikki  koordinata  bo‘yicha 

tekislik  bo‘ylab  siljitish  imkonini  beradi.  Bular 

ancha  qimmatbaho  apparatlar  bo‘lsa-da,  aks 

ettirilayotgan 

tasvirning 

yuqori 

aniqligini 



ta’minlab  beradilar.  Yozuv  blokining  turiga 

qarab  grafchizuvchilar  peroli,  sharrachali  va 

elektrostatik 

xillarga 

bo‘linadi. 

Graf 


chizuvchilarning 

ikki 


sinfini 

farqlashadi. 

Vektorli turda yozuvchi blok vektorli tasvirlarni 

ikki 


yo‘nalishda 

siljib 


chizadi. 

Rastrli 


grafchizuvchilarda 

rastrli 


tasvirlar 

rastr 


nuqtalari yordamida yaratiladi. 

 

GRASP 

qisq.:  General  Responsibility  Assignment  Software 

Patterns 

[Sinflarga]  majburiyat  yuklashning  umumiy 

qoliplari. 

 

Gray Research korporatsiyasi 

ingl.: Gray Research corporation 

Gray Research korporat... 



 

108 


rus.: корпорация Gray Research 

Kompaniya 

– 

superkompyuterlarni  ishlab 



chiqarishni boshlagan birinchi kompaniya. Gray 

Research  kompaniyasi  o‘z  faoliyatini  AQSHda 

1972  yilda  boshlab,  birinchi  bo‘lib  o‘ta  tez 

ishlaydigan  kompyuterlarning  yangi  sinfini 

taklif  qilgan.  Gray-1  me’moriy  tuzilmasi 

darsliklarga  kirgan.  Dastlab  Gray  Research 

kompaniyasi  har  biri  bitta  protsessorga  ega 

bo‘lgan kompyuterlarni ishlab chiqargan. Keyin 

u  ko‘pprotsessorli  tizimlarni  ishlab  chiqara 

boshladi.  Bundan  tashqari,  tijorat  maqsadlarida 

va  bank tizimlari uchun  Gray  Research ixcham 

superkompyuterlarni  ham  ishlab  chiqardi. 

Texnologiya 

sohasidagi 

yuksalish 

korporatsiyaga 

maxsus 

sovutishni 



talab 

qilmaydigan 

superkompyuterlarni 

ishlab 


chiqarishni boshlash imkonini berdi. 

 

grif 

ingl.: signature stamp 

rus.: гриф 

1. 


Hujjat 

yoki 


nashrdagi, 

hujjatdan 

foydalanishning  alohida  tartibini  o‘rnatuvchi 

yozuv (tamg‘a). 

2.  Axborot  tashuvchi  vositadagi  maxsus  belgi 

bo‘lib,  u  shu  tashuvchida  saqlanayotgan 

axborotni  pinhoniylik  darajasi  haqida  dalolat 

beradi. 


 

GSI 

qisq.: Giant Scale Integration 

O‘ta yuqori birlashish. 



 

GSM 

qisq.: Global System for Mobile communications 

Global  mobil  aloqa  tizimi,  GSM  standarti. 

Yevropada  raqamli  uyali  aloqa  standarti. 

Yetakchi  (abonentlar  soni  bo‘yicha)  ikkinchi 

avlod  standarti.  200  kGs  yo‘l-yo‘lida  8ta 

TDMA  kanali  (taymslotlar)  joylashgan  bo‘lib, 

bu  25  MGs  kenglikdagi  oraliqda  992  aloqa 

kanalini tashkil qilish imkonini beradi. 



 

GSM 900 

Telefon  GSM  900  aloqa  standartini  qo‘llab-

quvvatlashi.  GSM  900  –  890-960  MGs 

chastotalar  oralig‘idan  foydalanuvchi  mobil 

aloqaning raqamli standarti. GSM 900 standarti 

Yevropa, 

Osiyo, 

Rossiya, 



O‘zbekistonda 

tarqalgan  bo‘lib,  deyarli  barcha  zamonaviy 

Yevropa  provayderlari tomonidan  foydalaniladi. 

Biroq  apparat  GSM  900  standartidan  tashqari 

GSM  1800  standartini  ham  qo‘llab-quvvatlashi 

maqsadga  muvofiq,  chunki  bunda  900  MGs 

chastotasida shovqinlar paydo bo‘lganda telefon 

1800 MGs chastotasiga o‘tishi mumkin. 



 

GSM 1800 

Telefonning  GSM  1800  aloqa  standartini 

qo‘llab-quvvatlashi.  GSM  1800  –  1710-1880 

MGs  chastotalar  oralig‘idan  foydalanuvchi 

mobil  aloqa  uchun  raqamli  standart.  Ushbu 

standart 

Yevropa, 

Rossiya, 

O‘zbekiston, 

Avstraliya, 

Osiyoning 

Tinch 


okeani 

mamlakatlarida  tarqalgan.  Mobil  telefonini 

sotib 

olayotganda 



mahalliy 

uyali 


aloqa 

operatorlari  qaysi standartda  ishlashini  aniqlash 

lozim,  chunki  GSM  1800  standartidagi  telefon 

GSM  900  tarmog‘ida  ishlamaydi,  GSM  900 

standartidagi apparat esa GSM 1800 tarmog‘ida 

ishlamaydi. 

Yevropadagi 

deyarli 


barcha 

zamonaviy  provayderlar  GSM  1800  va  GSM 

900 

standartlaridan 



foydalanadi 

(qarang: 

«GSM  900»),  shuning  uchun  eng  keng 

tarqalgan  telefon  apparatlaridan  ikki  oraliqli 

GSM  900/1800  apparatlaridir.  Ular  yoqilganda 

bunday  telefon  o‘zi  soniya  ulushlari  ichida 

signal  qaysi  chastotada  yaxshi  ekanligini 

aniqlab ushbu chastotaga sozlanadi. 



 

GSM 1900 

Telefon  GSM  1900  aloqa  standartini  qo‘llab-

quvvatlashi. GSM 1900 – 1900 MGs chastotalar 

oralig‘idan  foydalanuvchi  mobil  aloqaning 

raqamli  standarti.  Ushbu  standart  AQSH  va 

Kanadada  keng  tarqalgan,  shuning  uchun  siz 

ushbu  mamlakatlarda  telefonni  ishlatmoqchi 

bo‘lsangiz  (uyali  aloqa  operatoringiz  u  yerda 

rouming 

xizmatlarini 

ko‘rsatishi 

shartida) 

apparatingiz  GSM  1900  standartini  qo‘llab-

quvvatlashi lozim. 



 

GUI 

qisq.: Graphical User Interface 

Foydalanuvchining grafik interfeysi. 



 

GUID 

qisq.: Globally Unique IDentifier 

Global  noyob  identifikator.  O‘n  olti  baytli (128 

bitli)  identifikator,  noyobligi  kafolatlangan. 

Ikkita  bir  xil  GUIDni  yaratish  ehtimoli 

shunchali  kam-ki,  uni  hisobga  olmasa  ham 

bo‘ladi.  GUID  COM-obyektlarining  noyob 

grif 

 


 

109 


interfeys  nomlarini  yaratish  uchun  ishlatiladi 

(CLSID). 



 

guruh 

ingl.: group 

rus.: группа 

Umumiy  masalani  hal  qilayotgan  obyektlar, 

masalan kompyuterlar majmui. 

 

guruh imzosi 

ingl.: group signature 

rus.: групповая подпись 

Chom  va  Van  Xeyst  tomonidan  1991  yilda 

taklif  qilingan  raqamli  imzo  sxemasi.  U 

guruhning  ixtiyoriy  a’zosiga  xabarni  shunday 

imzolash 

imkonini 

beradiki, 

imzo 


tekshirilganda  habar  guruhning  biror  bir  a’zosi 

imzolaganda shaxsi aniqlanmaydi. 



 

guruh manzili 

ingl.: group address 

rus.: групповой адрес 

Obyektlar  to‘plamini  aniqlaydigan  manzil. 

Ma’lumotlar bloki shu manzilga atalgan. 

 

guruhiy dasturiy ta’minot 

ingl.: group-ware 

rus.: групповое программное обеспечение 

Muayyan  guruh  tomonidan  ishlatiladigan, 

umumiy 

masalalarni 



bajaradigan 

dasturiy 

ta’minot.  Guruhiy  ta’minot  alohida  dasturlar 

majmuidan  tuzilib,  u  bir  vaqtning  o‘zida  bir 

necha  o‘zaro  bog‘langan  xodimlar  tomonidan 

foydalaniladi.  Bu  ta’minotga  birinchi  navbatda, 

xodimlar  jamoasi  uchun  fayllar  bilan  baravar 

ishlash  vositalari,  xodimlar  guruhi  tomonidan 

o‘tkazilayotgan 

telekonferensiyalar 

va 

videokonferensiyalar,  ishlar  rejasini  tuzish, 



murakkab  standart  hujjatlarni  ishlatish  va 

uzatish, 

masalan, 

EDI 


tarmoq 

xizmati 


yordamida, ta’lim va boshqalar kiradi. 

 

guruhiy kodlash  

ingl.: group encoding 

rus.: 

групповое 

кодирование 

(кодирование 

группами отрезков) 

Rastrli  ma’lumotlarni  zichlashtirish  usullaridan 

biri.  U  sodda  va  ommalashgan  bo‘lib,  ketma-

ketlikda  takrorlanadigan  ramzlar 

guruhini 

takrorlanishlar soni bilan ko‘rsatishga (masalan, 

00000111107777  ketma-ketligini  50411047 

guruh  kodi  shaklida)  asoslanadi,  o‘zgacha 

aytganda,  rastrning  nomdosh  elementlaridan 

tashkil  topgan  kesmani,  kesma  uzunligi  bilan 

almashtiradi. 

 

guruhiy kodlash 



 

110 


Hh

 

 

HA 

qisq.: High Availability 

Yuqori  darajada  erkin  foydalanish  osonligi 

(tayyorligi).  Kompyuter  tizimining  eng  kam 

to‘xtab qolish hususiyati. 



 

HACMP 

qisq.: High Availability Cluster MultiProcessing 

Yuqori  darajada  ergin  foydalanishni  ta’min 

etuvchi  ko‘p  protsessorli  klaster  tizimi.  IBM 

firmasining  klasterlashtirish  DT,  RS/6000 

seriyali 

kompyuterlarda 

AIX 

muhitida 



ishlatiladi. 

 

hajmiy grafika 

ingl.: three-dimensional graphics 

rus.: объемная графика 

qarang: ucho‘lchamli grafika 

 

HAL 

qisq.: Hardware Abstraction Layer 

Apparat  mavhumoti  pog‘onasi.  Windows  NT 

OTda  –  apparatli  maslak  xususiyatlarini 

yashiruvchi modul. 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling