Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103

 

kibermadaniyat 

ingl.: cyberculture 

rus.: киберкультура 

Madaniyatni  rivojlantirishdagi  texnokrat  yangi 

yo‘nalish. 

kompyuter 



o‘yinlarining 

imkoniyatlari 

va 

virtual 


voqeiylik 

texnologiyalarini ishlatishga asoslangan. 



 

kibermakon 

ingl.: cyberspace 

rus.: киберпространство 

Bu  tushuncha 

yozuvchi 

Uilyam 


Gibson 

tomonidan 

1984 

yili 


«Cyberspace» 

(«Kibermakon»)  deb  nomlangan  trilogiyaning 

birinchi  romani  «Neuromacer»  («Neyromant») 

chop  etilishi  bilan  bog‘liq  va  amerikaliklar 

hayotidan  kirib  kelgan.  U,  dunyoni  barcha 

kompyuterlaridagi elektron ma’lumotlar aylanib 

yuradigan virtual makonni ta’riflab beradi. 

 

kibernetika 

ingl.: cybernetics 

rus.: кибернетика 

Tabiatda  va  jamiyatda  boshqaruv  hamda  aloqa 

haqidagi 

fan. 


Kibernetika 

tabiatning 

va 

jamiyatning  murakkab  obyektlarini,  ularning 



tashkil 

bo‘lish 


usulidan 

qat’iy 


nazar, 

boshqaruvchi  va  boshqariladigan  elementlardan 

tashkil  topgan,  ular  orasida  to‘g‘ri  va  teskari 

axborot aloqasi mavjud bo‘lgan katta kibernetik 

tizim  deb  qaraydi.  Kompyuterlar  yaratilishi  va 

rivojlanishi  bilan  kibernetik  yondashuv  keng 

tatbiq  qilina  boshladi.  Bu  kibernetika  qator 

ilmiy yo‘nalishlarni yuzaga kelishiga olib keldi: 

-  Diskret  matematikaga  asoslangan  nazariy 

kibernetika. U boshqarish nazariyasi va axborot 

nazariyasi bilan shug‘ullanadi. 

-Texnik 


kibernetika. 

boshqarishning 



avtomatlashtirish  vositalari,  shu  jumladan, 

kibernetika 

 


 

148 


kompyuterlar  va  avtomatlashtirilgan  boshqarish 

tizimlari bilan shug‘ullanadi. 

-  Biologik  kibernetika.  U  biologiyada  va 

tibbiyotda kibernetika g‘oyalaridan foydalanadi. 

-  Iqtisodiy  kibernetika.  U  iqtisodiy  jarayonlar, 

matematik  modellarini  yaratish  va  iqtisodiy 

hisoblarda 

kompyuterlar 

qo‘llash 

bilan 


shug‘ullanadi. 

-  Ijtimoiy  kibernetika  kishilik  jamiyatida 

bo‘ladigan  turli  jarayonlarni  boshqarish  uchun 

matematika modellarini quradi va o‘rganadi. 

Kibernetik  tizimlarga  misollar:  texnikadagi 

avtomatik  rostlagichlar,  kompyuterlar,  inson 

miyasi, 

biologik 

populyatsiyalar, 

kishilik 

jamiyati.  Har  bir  bunday  tizim,  axborotni 

idroklay,  xotiralay  va  qayta  ishlay  oladigan, 

hamda  axborot  almasha  oladigan  o‘zaro 

bog‘langan 

obyektlar 

to‘plamidan 

iborat. 

Kibernetika  qo‘ygan  ko‘pgina  masalalar  bilan 

hozirgi 

kunda 


informatika 

va 


axborot 

texnologiyalari sohasi shug‘ullanmoqda. 

O‘zbekistonda 

Hisoblash 

markaziga 

ega 


bo‘lgan  O‘Z  FA  Kibertetika  instituti  akademik 

Vosil  Qobulovich  Qobulov  (5  sentabr,1921  y. 

tug‘ilgan)  tashabbusi  bilan  1966-yilda  bunyod 

bo‘lgan 


va 

yuqorida 

keltirilgan 

barcha 


yo‘nalishlarda faol tadqiqotlar olib borgan. 

 

kilobayt 

ingl.: kilobyte 

rus.: килобайт 

1024 baytga  teng  bo‘lgan, axborot  miqdorining 

o‘lchov  birligi.  Bayt  –  axborot  miqdorini 

o‘lchashning  asosiy  birligi.  Masalan,  rus 

alifbosining  bitta  ramzi  kompyuter  xotirasida 

bir baytni egallaydi. 



 

kissa shaxsiy kompyuteri 

ingl.: palmtop personal computer 

rus.: карманный персональный компьютер 

Imkon  boricha  kichik  o‘lchamlari  bilan  ajralib 

turadigan  ixcham  shaxsiy  kompyuter.  Katta 

bo‘lmagan  o‘lchamlarga  ega  bo‘lib,  u  yengil, 

akkumulator  yoki  batareyadan  ozuqa  oladi. 

Kichiklashtirilgan 

formatli  suyuq 

kristalli 

indikatorga  ega.  Ma’lumotlarni  yoki  dasturlarni 

saqlash 


uchun 

kompyuter 

yoki 

magnit 


kartochkalari ishlatiladi. 

 

kichik tarmoq 

ingl.: Tiny-Area Network (TAN) 

rus.: малая сеть 

Tuzilishi  eng  sodda  va  arzon  bo‘lgan  mahalliy 

tarmoq.  Bu  tizim  imkoniyatlarini  cheklash  va 

ish  tezligini  pasaytirish  orqali  amalga  oshiradi. 

Tizimga  oddiy  shaxsiy  kompyuterlar,  o‘lchov 

apparaturasi  va  asboblar  kiradi.  Bog‘lanishning 

fizik  vositalari  yassi  kabel,  o‘rama  jufti  yoki 

elektr  tarmog‘i  simlari  asosida  quriladi.  Ushbu 

vositalarga 

bog‘lanish 

uchun 

keng 


qo‘llaniladigan interfeyslardan foydalaniladi. 

 

kichik tarmoq niqobi 

ingl.: subnetwork mask 

rus.: маска подсети 

IP  manzilida  tarmoq  va  bog‘lamasi  tuzilmasini 

saqlovchi TCP/IP parametri. 

 

klaster 

ingl.: cluster 

rus.: кластер 

1.  Tezkor  kanal  bilan  ulangan  bir  necha 

kompyuterlardan 

iborat 


hisoblash 

tizimi. 


Klasterli  me’moriy  qiyofa  o‘stira  borish  va 

yuqori 


darajadagi 

bosh 


tortishga 

qarshi 


turg‘unlikni ta’minlaydi. 

2. 


Bir 

g‘ilofdagi 

qurilmalar 

majmui. 


Foydalanuvchi,  klasterga  murojaat  qilib,  bir 

vaqtning  o‘zida  bir  guruh  protsessorlar  bilan 

ishlashi 

mumkin. 


Bunday 

birlashtirish 

ma’lumotlarga  ishlov  berish  tezligini  oshiradi 

va  ishlatilayotgan  tezkor  xotirani  kengaytiradi. 

Shu bilan birga, bosh tortishga qarshi turg‘unlik 

sezilarli ortadi, 

chunki  klasterlar  ma’lumotlarni  ehtiyot  tarzda 

juftlaydi. 

3.  Qattiq  diskka  yozilishi  yoki  qattiq  diskdan 

o‘qilishi  mumkin  bo‘lgan  axborotning  eng 

kichik  ulushi.  Amaliy  tizim  boshqaruvi  ostida 

ishlayotgan  birorta  ham  dastur,  faqat  yarim 

klasterni  o‘qiy  olmaydi.  Klaster  -  faylli  tizim 

bilan bog‘liq bo‘lgan mantiqiy tushuncha. U bir 

necha  jismoniy  bloklardan  –  qattiq  disk 

sektorlaridan iborat bo‘lishi mumkin. 

Fayl  bir necha klasterlardan iborat  bo‘ladi.  Shu 

bilan  birga,  so‘nggi  klaster  odatda  oxirigacha 

to‘ldirilmaydi.  Agar  siz  Windows  rusumiga 

tegishli  amaliy  tizimida  ishlayotgan  bo‘lsangiz, 

ixtiyoriy faylga keltirib o‘ng tugmachani bosing 

va 


kontekstli 

menyuda 


«Свойства» 

(«Xossalar»)  buyrug‘ini  tanlang.  «Размерr» 

(«O‘lchov»)  qatoriga  e’tibor  bering.  Faylning 

o‘lchovi (fayldagi axborot miqdori) fayl egallab 

turgan makondan doimo kamroq bo‘ladi. 

kilobayt 

 


 

149 


 

klaviatura 

ingl.: keyboard 

rus.: клавиатура 

1. 


Kompyuterga 

raqamli, 

alvafitli 

va 


boshqaruvchi axborotni kiritish qurilmasi. 

2.  Katta  bo‘lmagan  plastina-tugmachalarning 

yoki 

ularning 



tasvirlarini 

aniq 


tartibda 

joylashtirilgan  to‘liq  to‘plami.  Ularni  bosish 

yoki  ko‘rsatish  buyruqlar  va  ramzlar  kiritishni 

ta’minlaydi. 

Klaviatura 

kompyuter 

bilan 

muloqat  uchun  tanlangan  til  ramzlarini  va 



amaliy 

tizim 


yoki 

maslak 


(platforma) 

tomonidan ishlatiladigan  buyruqlarni  o‘z  ichiga 

oladi.  Chunonchi,  shaxsiy  kompyuterning 

klaviaturasi  tabiiy  tilning  barcha  harflari, 

raqamlar,  algebraik  ishoralar  va  buyruqlarni 

ifodalaydi. Klaviaturada tugmachalar joylashuvi 

qabul  qilingan  standartlarga  mos  keladi, 

ishlatilayotgan 

kalitlar 

va 


generatsiya 

qilinayotgan 

kodlar 

bilan 


belgilanadi. 

Klaviatura  ekranda  maxsus  tasvir  hosil  qilish 

yo‘li  bilan  ham  yaratilishi  mumkin.  Bunday 

klaviaturadan  foydalanishda  yorug‘lik  perosi 

yoki barmoq bilan ko‘rsatish ishlatiladi. 

 

kliring 

ingl.: clearing 

rus.: клиринг 

O‘zaro  talablarni  va  majburiyatlarni  hisobga 

olishga asoslangan hisob-kitoblar tizimi. Kliring 

hisob-kitoblarini  o‘tkazishda  elektronika  va 

informatika usul va vositalari keng ishlatiladi. 

Kliring  amallari  kommunikatsiya  tarmog‘i 

orqali 

amalga 


oshiriladi. 

Bu 


amallarni 

bajarishda  EDI  tarmoq  xizmati  muhim  rol 

o‘ynaydi. 

 

kloaking 

ingl.: cloaking 

rus.: клоакинг 

Veb-serverning foydalanuvchiga bir mazmunni, 

izlovchi robotga boshqa mazmunni ko‘rsatuvchi 

ish  usuli.  Izlovchi  robotlar  qaragan  IP-

manzillarni  kuzatib  borish  va  ularga  boshqa 

axborotni  berish  yordamida  amalga  oshiriladi. 

Kloaking  aldovni  yashirish  imkonini  beradi, 

buning  evaziga  sahifa  axtarish  natijalarida 

yuqori  joylashishi  va  foydalanuvchiga  eskirgan 

mazmunni 

berish 

imkoni 


yaratiladi. 

Kloakingning  ayon  bo‘lishi  ko‘p  hollarda 

saytning,  axtarish  tizimining  «qora  ro‘yxati»ga 

kiritilishiga 

va 

uni 


indekslashning 

to‘la 


to‘xtatilishiga olib keladi. 

 

KLOC 

qisq.: KiloLines Of Code 

Kodning 


ming 

qatori. 


Dasturlar 

murakkabligining o‘lchov birligi. 



 

koaksial kabel 

ingl.: coaxial cable 

rus.: коаксиальный кабель 

1.  Bir  biridan  izolatsiyalangan,  ichki  va  tashqi 

o‘tkazgichlardan iborat kabel. Koaksal kabel bir 

yoki  bir  necha  dielektrik  izolatsiya  bilan 

qoplangan,  markaziy  mis  o‘tkazgichlarga  ega, 

markaziy  o‘tkazgichlarni  tashqi  elektromagnit 

ta’sirlardan  asrash  uchun  metall  qobig‘  (to‘r) 

bilan,  yoki  trubka bilan qoplangan.  Va nihoyat, 

ustidan  tashqi  qatlam  joylashtiriladi,  aksariyat, 

mexanik  muhofaza  uchun  po‘lat  lenta  bilan 

o‘raladi. 

 

kod 

ingl.: code 

rus.: код 

1. Shartli belgi, odatda raqamli. 

2.  Muayyan  ma’no  berilgan  ramzlar  majmui. 

Kod,  inson,  qurilmalar  va  dasturiy  ta’minot 

idrok  qila  oladigan  axborotning  ramzlar 

to‘plami bilan tasviflash usulini belgilaydi. 

3.  Ochiq  daslabki  matn  elementlarini  (harflar, 

harflar  birikmasi,  so‘z,  va  h.k.)  ramzlar  guruhi 

(harflar,  raqamlar  yoki  boshqa  ishoralar)  bilan 

almashtirishlar  to‘plami.  U  shifrning  maxsus 

turidir. 

4.  Xabarlarni  bir  (dastlabki)  alifbodan  boshqa 

(obyektli)  alifboga,  odatda  axborot  talofat 

ko‘rmagan holda, o‘zgartirish qoidasi. 



 

kod bo‘lagi 

ingl.: code fragment 

rus.: фрагмент кода 

Saqlash  va  takror  ishlatish  mumkin  bo‘lgan 

HTML  kodining  yoki  boshqa  kodning  bir  yoki 

bir necha qatori. 



 

kodek 

ingl.: codec 

rus.: кодек 

Foydalanuvchi tizimlarida  analog  signallarni  va 

diskret 

signallarni 

ikki 

tomonlama 



o‘zgartiruvchi 

qurilma. 

Videokonferensiya 

o‘tkazilganda,  u  hujjatlarni  namoyish  qiladigan 



kodek 


 

 

150 


aks 

ettirgichning 

ichiga 

joylashtirilgan 



mikrofondan  va  kameradan  analogli  signallarni 

qabul  qiladi.  Bu  signallar  raqamli  shaklga 

o‘zgartiriladi  va  tarmoq  orqali  boshqa  tizimga 

yuboriladi.  Kodek,  tarmoq  orqali  boshqa 

tizimning  diskret  signallarini  qabul  qilib,  ularni 

analog  shaklga  o‘zgartiradi  va  radiokarnaylar 

hamda monitorlar orasida taqsimlaydi. 

 

koder 

ingl.: coder 

rus.: кодер 

Kodlashni  amalga  oshiruvchi  qurilma  yoki 

dastur. 

 

kodlama 

ingl.: encoding 

rus.: кодировка 

Ramzlar 


(insonlar 

tili) 


bilan 

sonlar 


(kompyuterlar  tili)  orasidagi  mutanosiblik.  Bir 

xil  sonlarni  turli  alifbolarning  ramzlariga 

almashtirish 

mumkin. 


Raqamni 

harfga 


almashtirish 

qoidasini 

o‘zgartirish 

uchun 


Internet Explorer da «Вид» («Turi») menyusida 

«Вид  кодировки»  («Kodirovka  turi»)  bandini 

tanlang.  Internet  da  ommaviy  ishlatiladigan 

kirill  kodirovkalari  KOI8-R  va  Win1251 

hisoblanadi. 

 

kodlash 

ingl.: coding 

rus.: кодирование 

1. 


Dastlabki 

alifboni 

obyektli 

alifboga 

o‘zgartirish jarayoni. 

2.  Ma’lumotlarni  ramzlar  ketma-ketligi  bilan 

ifodalash jarayoni. 

Kodlash  dasturchi  tomonidan  yoki  avtomatik 

ravishda amalga oshiriladi. Garchand kodlashda 

harf,  sonlar  va  alifboni  boshqa  ishoralaridan 

tuzilgan  kod  ishlatilsa  ham,  bunday  kodlash 

harfli-raqamli  kodlash  deb  ataladi.  Kodlash 

harfma  –  harf,  so‘zma  –  so‘z  bo‘lishi  mumkin. 

Kodlash axborot tizimlarida keng ishlatiladi. U, 

ma’lumotlarga ishlov berishni va ma’lumotlarni 

uzatishni,  mumkin  bo‘lgan  eng  katta  tezlikni, 

buzilishlardan muhofazalanishni ta’minlaydigan 

bo‘lishi  kerak.  Shu  maqsad  bilan  shovqinga 

bardoshli 

kodlash 


alohida 

ajratiladi. 

Ma’lumotlar  xavfsizligini  ta’minlash  uchun 

shifrlash  deb  ataluvchi  maxsus  kodlash  amalga 

oshiriladi. 

 

kodlash kaliti 

ingl.: coding key 

rus.: ключ кодирования 

Kriptografiyada 

kodlarni 



o‘zgartirishda, 

ularning  o‘zaro  mosligini  tekshirish  uchun 

ishlatiladigan  kalit.  Bu  kalitning  vazifasi, 

begona  obyektlar  tomonidan  dasturlarni  va 

ma’lumotlarni ishlatishdan muhofazalash. 

 

kodli  ajratishli  ko‘p  tomonidan  erkin 

foydalanish 

ingl.: Code Division Multiple Access (CDMA) 

rus.: 

множественный 

доступ 

с 

кодовым 

разделением 

Tovushga  o‘xshash  signallardan  (taqsimlangan 

spektrli  signallar)  foydalanishga  asoslangan 

uyali 


radioaloqa 

standarti. 

Shovqinlardan 

muhofaza 

qilishning 

yuqori 


pog‘onasini 

ta’minlaydi. AQSHda keng tarqalgan. 



 

kogerent optoelektronika 

ingl.: coherent optoelectronics 

rus.: когерентная оптоэлектроника 

Murakkab  axborot  tizimlar  yaratishning  yangi 

tamoyillarini belgilaydigan optoelektronika turi. 

 

kogerentlik 

ingl.: coherence 

rus.: когерентность 

To‘lqin  jarayonlarining  zamon  va  makonda 

o‘zaro  uyg‘un  o‘tishi.  Bu  to‘lqin  jarayonlarini 

qo‘shish orqali namoyon bo‘ladi. 



 

kognitiv texnologiyalar 

ingl.: cognitive technologies 

rus.: когнитивные технологии 

Inson  tafakkuri  imkoniyatlarini  rivojlantirishga 

maxsus  yo‘naltirilgan  axborot  texnologiyasi. 

Bunday  texnologiyaning  o‘ziga  xos  misoli 

bo‘lib, 

kognitiv 

kompyuter 

grafikasi 

hisoblanadi.  U,  kompyuter  ekranida  fazoviy 

shaklda  na  faqat  turli  geometrik  shakllarni, 

balki turli matematik formulalarni ham ifodalay 

oladi.  Bunday  ifodalashlar  insonni  fazoviy 

tasavvurini  va  uning  assotsiativ  fikrlashini 

rivojlantiradi. 

Interbilding 

kognitiv 

texnologiyaning  misoli  bo‘lib,  u  insonni  aqliy 

qobiliyatlarini 

rivojlantirishning 

tashhisi, 

treningi 

va 


monitoringining 

kompyuter 

texnologiyasidir. 

 

KOI8 

ingl.: KOI8 

rus.: КОИ8 

koder 


 

 

151 


Keng  tarqalgan,  kirill  ramzlarini  o‘z  ichiga 

olgan kod jadvallaridan biri (kod jadvali sonlar-

kompyuterni  ona  tili  bilan  inson  alifbosi 

ramzlari orasidagi mutanosiblikni o‘rnatadi). 



 

kolliziya 

ingl.: collision 

rus.: коллизия 

1.Ikki  ishchi  stansiya  (kompyuter)  tomonidan 

bir  vaqtning  o‘zida  ma’lumotlar  uzatish  uchun 

yagona  muhit  (kabel)dan,  masalan  –  mahalliy 

tarmoqdan,  birgalikda  foydalanishga  qilingan 

urinish  natijasi.  Bu  signallarning  yo‘qolishiga 

va takroran uzatish zaruriyatini tug‘diradi. 

2.  Axborot  muhofazasida  –  turli  xabarlarning 

xesh-funksiyalari  bir-biriga  teng  bo‘lib  chiqish 

xodisasi. 



 

kommunikativistika 

ingl.: communication science 

rus.: коммуникативистика 

Axborot  kommunikatsiyalari  (shu  jumladan, 

tarmoqlar) muammolarini o‘rganadigan fan. 

 

kommunikatsiya nazoratchisi 

ingl.: communication controller 

rus.: коммуникационный контроллер 

Bufer  protsessorlari  va  uzib-ulash  bog‘lamasi 

vazifalarini  bajaradi.  Nazoratchilar  har  xil 

turdagi  kanallar  bilan  ishlaydilar.  Uzoqlashgan 

(bosh 

kompyuterdan) 



kommunikatsiya 

nazoratchilari guruhiy nazoratchilar deb ataladi. 

Hamma nazoratchilarga terminallar ulanadi. 

 

kommunikatsiya protsessori 

ingl.: comminication processor 

rus.: коммуникационный процессор 

Kanallar 

orqali 

ma’lumotlar 



uzatishga 

ixtisoslashib, terminallar yig‘masini boshqaradi. 

Ma’lumotlarni  formatlash  va  dastlabki  ishlov 

berishni ta’minlaydi. 



 

kommunikatsiya tarmog‘i 

ingl.: communication network 

rus.: коммуникационная сеть 

Asosiy  vazifasi  ma’lumotlar  uzatish  bo‘lgan 

tarmoq.  Ma’lumotlarni  uzatishning  va  ularga 

ishlov berishning ayrim turlarini ta’minlaydigan 

axborot 

tarmog‘ining 

o‘zagi. 

Bir 


kommunikatsiya  tarmog‘i  asosida  bir  necha 

axborot 


tarmog‘ini 

yaratish 

mumkin. 

Kommunikatsiya  tarmog‘ining  vazifasi  bo‘lib 

qabul  qiluvchilarga  ma’lumotlar  bloklarini  o‘z 

butunligini  yo‘qotmagan  holda,  xatolarsiz  va 

buzilishlarsiz  yetkazib  berish  hisoblanadi. 

Tarmoqda 

ortiqcha 

yuklamalarni, 

katta 

navbatlarni  va  tizim  buferlarini  to‘lib  ketishini 



oldini olish ham muhimdir. 

 Kommunikatsiya 

tarmoqlari 

uch 


sinfga 

bo‘linadi: 

ma’lumotlarni 

yo‘naltirishni 

bajaradigan  tarmoqlar,  ma’lumotlarni  tanlab 

uzatadigan  tarmoqlar  va  aralash  tarmoqlar. 

Uzatilayotgan  signallarni  turlariga  qarab,  mos 

ravishda 

analogli 

tarmoqlar 

va 

raqamli 


tarmoqlarni 

farqlashadi. 

Qamrab 

olingan 


makoniga  qarab,  kommunikatsiya  tarmoqlari 

mahalliy  tarmoqlar,  hududiy  tarmoqlar  va 

global  tarmoqlar  hosil  qiladi.  Bundan  tashqari 

kabelli  tarmoqlar  va  simsiz  tarmoqlar  turlari 

mavjud. 

 

kommunikatsiya tizimi 

ingl.: communication system 

rus.: коммуникационная система 

Boshqa  tizimlar  orasida  axborot  uzatish  bilan 

bog‘liq yordamchi vazifalarni bajaradigan tizim. 

 

kommunikatsiya, kommunikatsiyalar 

ingl.: communication 

rus.: коммуникация, коммуникации 

1. Aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot 

vositasi, tutashma, muloqot, ulanish. 

2.  Telekommunikatsiyalar.  Faoliyat  sohasi  - 

axborot uzatish usullari va vositalari. 

 

kompilyator 

ingl.: compiler 

rus.: компилятор 

Bir  tilda  yozilgan  dasturni,  protsessorning 

boshqa tilida ifodalangan dasturga aylantiruvchi 

dastur.  Masalan,  kompilyator  SI  tilida  yozilgan 

dasturni  olib,  uni  assembler  tilida  yozilgan 

dasturga aylantiradi. 



 

kompyuter 

ingl.: computer 

rus.: компьютер 

Hisoblarni  bajarish,  shu  jumladan  elektron 

shakldagi 

axborotni 

oldindan 

belgilangan 

algoritm  bo‘yicha  qabul  qilish,  qayta  ishlash, 

saqlash  va  ishlov  berish  uchun  mo‘ljallangan 

mashina.  Kompyuter  so‘zi  ingliz  tilidagi  to 

compute, computer, so‘zlarining hosilasi bo‘lib, 

ular  «hisoblash»,  «hisoblagich»  deb  tarjima 

qilinadi.  Dastlab  ingliz  tilida  bu  so‘z,  mexanik 

qurilmani  jalb  qilib  yoki  uning  ko‘magisiz 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling