Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103
 qismida yoziladi. 

Izlash tizimlari veb-sahifalarini indeksatsiyalash 

uchun  «o‘rgimchaklardan»  foydalanib,  metateg 

kodidagi 

axborotni 

o‘qiydi. 

Metateg, 

shuningdek,  muayyan  sahifa  ma’lum  muddat 

o‘tishidan  keyin  avtomatik  ravishda  o‘tishi 

lozim  bo‘lgan  URL  manzilini  ko‘rsatish  uchun 

ham ishlatiladi. 



 

metatil 

ingl.: metalanguage 

rus.: метаязык 

Dasturlashtirish tillarini tavsiflash tili. 



 

meteor aloqasi 

ingl.: meteor burst communications 

rus.: метеорная связь 

Signalning  meteoritlarning  ionlashgan  izlaridan 

qaytishiga  asoslangan  ma’lumotlarni  uzatish 

texnologiyasi.  Ushbu  kanaldan  foydalanishning 

iqtisodiy  manfaatlardan  kelib  chiqqan  holda 

(bepul  «yo‘ldosh»),  ma’lumotlarni  uzatishning 

kerakli  sifatini  ta’minlash  uchun  maxsus 

choralar  ko‘rilmoqda.  Birinchidan,  meteor 

kanallaridan 

diskret 


signallar 

uzatiladi. 

Ikkinchidan,  kodlaganda  xatolarni  to‘g‘rilovchi 

maxsus  kodlar  ishlatiladi.  Meteor  aloqasi 

uzoqligi  1000  kmgacha  yetib  boradi.  Meteor 

aloqasi katta mablag‘ talab qilmasdan, yo‘ldosh 

tarmog‘idan uch baravar arzondir. 

 

MExE 

qisq.: Mobile Execution Environment 

Mobil qo‘llanmalarni bajarish muhiti. 



 

MExE 


 

 

188 


meynfreym 

ingl.: mainframe 

rus.: мэйнфрейм 

1.  Katta,  yuqori  samarali  kompyuter.  U  noyob 

arxitektura  va  dasturiy  ta’minotga,  ancha  katta 

hajmli tezkor va tashqi xotiraga ega. Ko‘p sonli 

chekka  kompyuterlar  va  terminallarga  ega.  U 

rivojlangan  mahalliy  hisoblash  tarmoqlarida 

server vazifalarini bajaradi. 

2.  Yuqori  samarali  va  resurslarga  ega  bo‘lgan 

kompyuter. Resurslardan birgalikda foydalanish 

uchun  unga  boshqa  kompyuterlar  ulanishi 

mumkin. 

 

meyorlik 

ingl.: conformance 

rus.: конформность 

Obyektni  uning  me’yoriy  –  texnik  hujjatlariga 

mos  kelishi.  Obyekt  sifatida  tizim,  stansiya, 

dastur,  funksional  blok  bo‘lishi  mumkin.  U 

qurilma  shaklida  yaratilgan  bo‘lishi  yoki, 

dasturlar  majmui  shaklida  taqdim  qilinishi 

mumkin.  Obyektning  meyorligi,  uni  testlash 

jarayoni natijasida aniqlanadi. 



 

MFC 

qisq.: Microsoft Foundation Classes 

Microsoft asosiy sinflari kutubxonasi. Windows 

uchun  qo‘llanmalar  ishlab  chiqish  uchun  C++ 

tilining sinflari kutubxonasi. 



 

MFLOPS 

qisq.: MegaFLOPS 

Millionlab FLOPS lar. 



 

MFT 

qisq.: Master File Table 

Fayllarning  bosh  jadvali.  Jilddagi  narsa  haqida 

axborot  saqlanadigan  NTFS  fayl  tizimidagi 

ma’lumotlar tuzilmasi. 



 

MHS 

qisq.: Message Handling System 

Xabarlar  boshqarish  tizimi.  Tarmoq  etalon 

modeli  OSI  (X.400)da  elektron  xabarlar  uchun 

standart. 



 

MHz 

qisq.: MegaHertz 

Megagers.  Chastotaning  fizikaviy  o‘lchov 

birligi. 

 

MIB 

qisq.: Management Information Base 

Boshqaruvchi axborot (ma’lumotlar) bazasi. 



 

Micron Technology korporatsiyasi 

ingl.: Micron Technology corporation 

rus.: корпорация Micron Technology 

Shaxsiy  kompyuterlar  va  ularning  tarkibiy 

qismlarini 

ishlab 


chiqaruvchi 

kompaniya. 

Micron_Technology 

AQSHda 


1978 

yilda 


ma’lumotlarni  uzatish  uchun  dasturiy  ta’minot 

va  telekommunikatsiya  texnologiyalarini  ishlab 

chiqish maqsadida yaratilgan. 

 

Microsoft korporatsiyasi 

ingl.: Microsoft corporation 

rus.: корпорация Microsoft 

Shaxsiy  kompyuter  tarixida  ulkan  va  eng  katta 

ta’sirga  ega  bo‘lgan  kompaniya.  U  dasturiy 

ta’minot  yaratish  sohasida  yetakchilik  qiladi. 

1975  yilda  Bill  Gates  va  Paul  Allenlar 

tomonidan  yaratilgan.  DOS  va  Windows 

operatsion  tizimlarini  yaratish  bilan  birga, 

Microsoft  kompaniyasi  deyarli  barcha  turdagi 

dasturiy  ta’minotni  yaratish  bilan  shug‘ullanadi 

–  dasturlashtirish  vositalaridan  tortib  oxirgi 

foydalanuvchi  uchun  qo‘llanmalargacha.  O‘z 

foydalanuvchilari 

uchun 

Microsoft 



turli 

texnologiyalar va amaliy dasturlarni taklif etadi. 

Internet 

tarmog‘ida 

Microsoft 

tomonidan 

yaratilgan  Microsoft  Network  deb  nomlangan 

axborot xizmati faoliyat ko‘rsatib turibdi. 



 

MIDI 

qisq.: Musical Instrument Digital Interface 

Musiqa asboblari uchun raqamli interfeys. Turli 

musiqa  asboblari  tovushlarini  ifodalash  tili  va 

apparatlari  uchun  standart.  MIDI  buyruqlari 

apparaturaga  qanday  asbobda,  qaysi  oktavada 

va  qanday  nota  yangrashi  kerakligi  haqida 

xabar  beradi.  Shu  sababli  ohangni  MIDI 

buyruqlari  shaklida  yozilsa  ancha  ixcham 

bo‘ladi.  Bu  standartning  ko‘pgina  xillari 

mavjud  -  General  MIDI,  Roland  MT-20  va 

boshqalar. 

 

MIDI interfeysi 

ingl.: MIDI interface 

rus.: MIDI интерфейс 

Tashqi MIDI qurilmalarini ulash porti. Interfeys 

uzatuvchidan 

oziqlanadigan 

va 

kirish 


zanjirlarining  galvanik  ajratilgan  tok  halqasi 

bo‘lib,  o‘yin  moslagichi  ulash  uyasiining  12-, 

15-tutashmalariga chiqarilgan. 

 

meynfreym 

 


 

189 


MIF 

qisq.: Management Information File 

Boshqaruvchi  axborot  fayli,  MIF  fayli.  DMTF 

guruhi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  shaxsiy 

kompyuterning  tarkibiy  tuzilmasini  tavsiflash 

uchun xizmat qiladigan fayl standarti. 

 

MIIS 

qisq.: Microsoft Internet Information Server 

IIS qaralsin. 



 

mijoz 

ingl.: client 

rus.: клиент 

1.  So‘rov  bergan  foydalanuvchi,  kompyuter 

yoki dastur. 

Bu so‘rov xizmatlar, resurslar va ma’lumotlarga 

yoki  boshqa  dastur  yoki  kompyuterda  ishlov 

berishga qaratilgan. 

 2.  Mijoz  –  server  me’moriy  qiyofasining 

elementi. 

Server 

(so‘rovlarni 



yuborish, 

javoblarni  olish)  va  foydalanuvchi  bilan 

(sichqon 

tugmachasini 

va 

klaviatura 



tugmachasini 

bosilganda 

tushunadigan) 

muloqot  qilishni  biladigan  dastur.  Odatda, 

mijoz  foydalanuvchi  uchun  qulay  bo‘lgan 

interfeysga ega. 

3. Dastur – mijoz bajarilayotgan kompyuter. 

4.  Jismoniy 

yoki  yuridik  shaxs.  Unga 

telekommunikatsiya  korxonasi xizmatlarni  yoki 

telekommunikatsiya  vositalarini  taqdim  qilgani 

uchun  u  barcha  harajatlarni  yoki  ijara  haqini 

mazkur korxonaga to‘lashga majbur. 

 

mijoz tomonidagi dastur 

ingl.: client-side software 

rus.: программа на стороне клиента 

Internetda 

serverda 

bajarilmay, 

mijoz 

kompyuterida bajariluvchi dastur. 



 

mijoz-bank tizimi 

ingl.: client-bank system 

rus.: система клиент-банк 

Mijozlar  va  bank  orasidagi  elektron  moliyaviy 

hujjatlar va axborot materiallarini tayyorlash va 

ularni 


almashishni 

ta’minlovchi 

dasturiy-

apparatli 

majmua. 

Almashuv 

maxfiyligi 

kriptografik  muhofaza  vositalari  yordamida 

amalga  oshiriladi,  axborotning  voqeiyligini 

tekshirish  uchun  elektron  raqamli  imzolarni 

hisoblash vositalari ishlatiladi. 

 

mijoz-server 

ingl.: client-server 

rus.: клиент-сервер 

1.  Butunlay  mijozlar,  serverlar  va  tarmoq 

majmuasi. 

2. Tarmoq qurilishining me’moriy qiyofasi yoki 

tuzilmasi 

(shu 


jumladan 

mahalliy 

va 

tarmoqlangan).  Unda,  hisoblash  yuklamasini 



ikkiga,  ya’ni,  tarmoq  tarkibiga  kiritilgan 

«mijoz»  funksiyasini  bajaruvchi  kompyuterga 

va  bitta  quvvatli  markaziy  kompyuter  - 

«server»ga bo‘lib beriladi. 

3.  Xizmatlarni  ta’riflashning  umumiy  usuli  va 

shu 


xizmatlar 

uchun 


foydalanuvchi 

jarayonlarining  (dasturlarini)  modeli.  Vazifani 

bajarish 

ikki 


qismga 

bo‘linadi: 

so‘nggi 

foydalanuvchi  (mijoz  qismi)  tizimi  so‘rovlar 

beradi va server qismi (resurslar zahirasi) ularga 

javob beradi. 



 

mijoz-server arxitekturasi 

ingl.: client-server architecture 

rus.: архитектура клиент-сервер 

Dasturlar  yoki  ko‘p tarkibiy  bo‘lakli  dasturning 

o‘zaro ishlash uslubi. U server deb nomlanuvchi 

dastur yoki dastur tarkibiy bo‘lagi va mijoz deb 

nomlanuvchi  boshqa  bir  yoki  bir  necha  dastur 

yoki  tarkibiy  bo‘laklar  mavjudligini  ko‘zlaydi. 

Mijoz  serverdan  asinxron  bo‘lmagan  tarzda 

server  vazifalari  bajarilishini  boshlash  va  ular 

bajarilishi  natijalarini  olish  imkoniga  ega. 

Odatda  mijoz-server  arxitekturasi  bir  necha 

mijozlarga  bir  vaqtning  o‘zida  va  bir-biridan 

mustaqil  tarzda  server  bilan  o‘zaro  ishlash 

imkonini beradi. Ma’lumotlar  bazalaridan  erkin 

foydalanish  uchun  axborot  tizimlari  bo‘lmish 

dasturlar  odatda  mijoz-server  arxitekturasi 

asosida  yaratiladi.  Internet  ishini  ta’minlovchi 

dasturlarning  o‘zaro  faoliyati  ham  mijoz-server 

arxitekturasi asosida tashkil etilgan. 



 

mikrodastur 

ingl.: microprogram 

rus.: микропрограмма 

Protsessor  registrlari  ustida  oddiy  amallar 

ketma-ketligini boshqaruvchi dastur. 

 

mikrodasturlashtirish 

ingl.: microprogramming 

rus.: микропрограммирование 

Buyruqlarni 

bajarishda 

protsessorning 

elementar 

qadamlarining 

tavsifi. 

Mikrodasturlashtirish 

asosi 

mikrodasturdir. 



mikrodasturlashtirish 

 


 

190 


Protsessor 

boshqaruvining 

deyarli 

barcha 


bloklari 

mikrodasturlashtiriladi. 

Bu 

protsessorlarni 



loyihalashtirish 

osonligini 

ta’minlaydi 

va 


xotira 

tarkibini 

oddiy 

o‘zgartirish 



orqali 

boshqaruv 

vazifalarini 

o‘zgartirish imkonini beradi. 



 

mikroelektronika 

ingl.: microelectronics 

rus.: микроэлектроника 

XX-asrning  60-yillarida  paydo  bo‘lgan  va 

mayda  shakldagi  elektron  qurilmalarni  yaratish 

muammosini  o‘rganuvchi  elektronika  sohasi. 

Mikroelektronikada  elektr,  konstruktiv  va 

texnologik 

ma’noda 

bog‘liq 


bo‘lgan 

yarimo‘tkazgichlar 

xususiyatlaridan 

foydalaniladi. Ushbu jarayonda tarkibiy qismlar 

bir  butunga  birlashtirilib,  integral  sxemani 

tashkil qiladi. 



 

mikrofon 

ingl.: microphone 

rus.: микрофон 

Tovushni 

elektr 

signaliga 



aylantirilishini 

ta’minlovchi  qurilma.  Mikrofon  tovushni  tizim 

va 

axborot 


tarmog‘iga 

kiritish 

uchun 

mo‘ljallangan.  Tovush  tebranishlari  uzluksiz 



shaklga  ega  bo‘lgani  tufayli  mikrofonning 

analog  signali  analog-raqamli  o‘girilishda 

qatnashadi.  Ish  prinsipi  bo‘yicha  ko‘mir, 

elektrdinamik,  elektrstatik  va  pyezoelektrik 

mikrofonlar  farqlanadi.  Mikrofonlar  asta-sekin 

klaviatura  o‘rnini  bosyapti.  Bunga  nutqni 

tushunish  muvaffaqiyatlari  tufayli  erishiladi. 

Birinchi  navbatda,  bu  ishlab  chiqarishni 

boshqarish  va  ta’minlash  sohalarida  ro‘y 

bermoqda. 



 

mikrokalkulator 

ingl.: microcalculator 

rus.: микрокалькулятор 

O‘ta  ixcham  mikrokompyuter.  Nisbatan  oddiy 

muhandislik,  iqtisodiy  va  boshqa  hisoblashlar 

uchun 


mo‘ljallangan. 

Dasturlashtiriladigan 

kalkulatorlar 

keng 


tarqalgan. 

Murakkab 

bo‘lmagan  dasturni  kiritish  orqali  mutaxassis 

bunday 


mikrokalkulatorda 

tenglamalarni 

yechishi,  formulalar  bo‘yicha  hisoblashlar 

qilishi mumkin. 



 

mikrokompyuter 

ingl.: microcomputer 

rus.: микрокомпьютер 

Raqamli  kompyuter.  Uning  qayta  ishlash 

qurilmasi 

bitta 


yoki 

undan 


ko‘p 

mikroprotsessordan  iborat  hamda  xotira  va 

kiritish-chiqarish 

qurilmalariga 

ega. 

Kompyuterlar  tasnifnomasida  mikrokompyuter 



eng 

kam 


unumli 

hisoblanadi. 

Mikrokompyuterlar, 

shuningdek, 

ishlab 

chiqarish  texnologiyasi  va  turli  xil  avtomatik 



boshqaruv apparaturasida qo‘llaniladi. 

 

mikronazoratchi 

ingl.: microcontroller 

rus.: микроконтроллер 

Turli 


qurilmalarni 

(masalan, 

printerlar, 

terminallar,  ma’lumotlarni  uzatish  apparatlari) 

boshqarish 

uchun 


ishlatiladigan 

ixtisoslashtirilgan mikrokompyuter. 



 

mikroprotsessor 

ingl.: microprocessor 

rus.: микропроцессор 

Elementlari  bitta  yoki  bir  necha  integral 

sxemaga 

maydalashtirilgan 

protsessor. 

Kompyuterlar,  jumladan,  shaxsiy  kompyuterlar 

tuzilishining  asosiy  elementi.  Mikroprotsessor 

ichki  xotira  yordamida  arifmetik,  mantiqiy  va 

boshqaruv amallarini bajaradi. 

 

mikrosayt 

ingl.: microsite 

rus.: микросайт 

Minisayt  deb  ham  nomlanadigan  mikrosayt  – 

bu veb-saytning bosh sahifadan tashqari alohida 

URLga  ega  bo‘lgan  va  axborotni  taqdim  etish 

va/yoki bosh sahifaga bog‘liq bo‘lgan nimanidir 

reklama  qilish  uchun  foydalaniladigan  alohida 

sahifasi.  Masalan,  muzey  veb-sayti  u  yerda 

o‘tkazilayotgan  maxsus  ko‘rgazma  haqida 

axborotga  ega  mikrosaytga  murojaatga  ega 

bo‘lishi  mumkin,  yoki  kompyuter  ishlab 

chiqaruvchisi  foydalanuvchiga  yangi  mahsulot 

dizayni  to‘g‘risida  axborot  berish  uchun 

mikrosayt  yaratishi  mumkin.  Mikrosaytlar 

odatda  reklama  kompaniyasi  tugagach  yoki 

axborot  ahamiyatsiz  bo‘lib  qolganda  veb-

serverlaridan  olinadigan  vaqtinchalik  veb-

saytlardir. 

 

mikrosxema 

ingl.: microcircuit 

rus.: микросхема 

Elementlari  konstruktiv  va  texnologik  ravishda 

birlashtirilgan mayda elektron qurilma. 

mikroelektronika 

 


 

191 


qarang: integral sxema 

 

mikrouya 

ingl.: micro cell 

rus.: микросота 

Uyali  telekommunikatsiya  tizimlarida bir  necha 

yuz  metr  radiusdagi  bitta  tayanch  stansiyasi 

xizmat ko‘rsatayotgan geografik zona. 



 

mikrouyali radio tarmoq 

ingl.: microcellular radio network 

rus.: микросотовая радиосеть 

Kichik o‘lchamdagi uyali aloqa. 



 

mikroo‘zak 

ingl.: microkernel 

rus.: микроядро 

Operatsion  tizimning  markaziy  qismi.  Axborot 

tizimini  boshqarishning  asosiy  vazifalarini 

bajaradi  va  o‘zidan-o‘zi  kompyuter  bajaruvchi 

asosiy  vazifalarning  cheklangan  to‘plamiga  ega 

tugallangan operatsion tizimdir. Ushbu vazifalar 

qatoriga quyidagilar kiradi: 

- virtual xotirani boshqarish; 

- jarayonlar bajarilishini qo‘llab-quvvatlash; 

jarayonlarning 



o‘zaro 

ishlashini 

tashkillashtirish; 

ma’lumotlarni 



kiritish-chiqarish 

va 


uzilishlarga xizmat qilish. 

 

mikrochip 

ingl.: micro chip 

rus.: микрочип 

qarang: integral mikrosxema 

 

MIMD 

qisq.: Multiple Instruction, Multiple Data 

Ko‘rsatmalar  to‘plami,  ma’lumotlar  to‘plami. 

Markaziy  protsessor  me’moriy  tuzilmasi,  bir 

necha  operandalar  (vektorlar)  ustidan  bir  takt 

davomida  bir  necha  (konveyer)  buyruqlarni 

bajarishga  imkon  beradi;  markaziy  protsessor 

va  EHMlarning  konveyerli-vektorli  me’moriy 

tuzilmasi. 



 

MIME 

qisq.: Multipurpose Internet Mail Extensions 

Internet  elektron  pochtasining  ko‘pmaqsadli 

kengaytmalari. 

Elektron 

pochta 

xabarlari 



yordamida  ikkilik  axborotni  uzatish  uchun 

standart. RFC 2045-2049 da keltirilgan. 



 

minikompyuter 

ingl.: minicomputer 

rus.: миникомпьютер 

Ma’lumotlarga  ishlov  berish  imkoniyatlari 

cheklangan 

kompyuter. 

Minikompyuterlar 

1960-yillarning  oxirida  paydo  bo‘lgan.  Asosiy 

kompyuterga 

qaraganda 

minikompyuter 

uzunligi  kamroq  bo‘lgan  so‘zlar  bilan  ishlaydi, 

cheklangan  tezkor  xotira  va  nisbatan  katta 

bo‘lmagan  tezlikka  ega.  Shuning  uchun 

minikompyuterlar 

asosiy 


kompyuterga 

qaraganda  oddiyroq  vazifalarni  bajarish  uchun 

qo‘llaniladi.  Biroq,  asosiy  kompyuter  bilan 

solishtirganda  minikompyuter  arzonroq  va 

kichikroq  hajmga  ega,  hamda  foydalanishi 

osonroq.  «Minikompyuter»  atamasi  shaxsiy 

kompyuterlar 

yaratilishidan 

oldin 

paydo 


bo‘lgan.  Bugungi  shaxsiy  kompyuterlar  esa 

1980-yillardagi  baza  kompyuterlaridan  ham 

ustunroq  keladi.  Shuning  uchun  ham  mazkur 

atamaning ishlatilishi kamayib, ish stansiyasi va 

shaxsiy 

kompyuter 

tushunchalariga 

o‘rin 


bermoqda. 

 

miniplata 

ingl.: mini-card 

rus.: миниплата 

Kompyuter  imkoniyatlarini  kengaytiradigan 

mayda xotira qurilmasi. Miniplatalar turli ishlab 

chiqaruvchilar  tomonidan  yaratilib  qattiq  disk 

yoki 

flesh-xotira 



qurilmalari 

vazifalarini 

bajaradi. 

 

mintaqaviy hisoblash tarmog‘i 

ingl.: regional computer network 

rus.: региональная вычислительная сеть 

Hududiy  uzoqlashgan  kompyuterlarni  bir-biri 

bilan  ulash  natijasida  hosil  bo‘lgan,  ammo 

mahalliy  bo‘lmagan  hisoblash  tarmog‘i.  U 

kompyuterlarga  dasturiy  ta’minot,  ma’lumotlar 

bazasi,  fayllar  va  h.k.  ni  birgalikda  ishlatish 

imkonini 

beradi. 


Zamonaviy 

mintaqaviy 

hisoblash 

tarmog‘i 

bir 

necha 


mahalliy 

tarmoqlarning  aloqasi  uchun  xizmat  qiladi. 

Bunday 

tarmoqlarning 



ko‘pchiligi 

ma’lumotlarni  uzatishda  optik-tolali  kabellarni, 

ajratilgan  telefon  liniyalarini  yoki  ultraqisqa 

to‘lqinli radiokanallarni ishlatadi. 



 

mintaqaviy tarmoq 

ingl.: regional network 

rus.: региональная сеть 

Aksariyat  hollarda,  geografik  tarqoq  yirik 

tarmoq.  U  turli  joylardagi  kompyuterlarni 

mintaqaviy tarmoq 

 


 

192 


kommunikatsiya  vositalari  bilan  yagona  yaxlit 

tarmoqqa  birlashtiradi.  Bitta  tumanda,  ko‘plab 

binolarni 

qamrab 


olishi 

ham, 


davlat 

chegarasidan  tashqariga  chiqishi  ham  mumkin. 

Bir 

biri 


bilan 

bog‘langan 

bir 

necha 


taqsimlangan, 

mintaqaviy 

tarmoq 

deyish 


o‘rniga,  ko‘pincha  intertarmoq  yoki  tarmoqlar 

majmui deb ataladi. 



 

MIPS 

qisq.: 

1.  Million  Instructions  Per  Second  –  Soniyada 

million  buyruq.  Protsessor  ishlash  tezligining 

o‘lchov birligi. 

2. 

MIPS 


me’moriy 

tuzilmasi. 

MIPS 

Technologies 



tomonidan 

ishlab 


chiqilgan 

protsessor me’moriy tuzilmasi. 



 

MIS 

qisq.: Management Information System 

Boshqaruv 

axborot 

tizimi. 


Hisoblarni 

boshqarish  va  qaror  qabul  qilishni  quvvatlash 

uchun mo‘ljallangan axborot tizimi. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling