Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.

bet46/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103

 

ochiq arxitektura 

ingl.: open architecture 

rus.: открытая архитектура 

Tuzilmasi  va  spetsifikatsiyasi  nashr  qilingan, 

masalan  kompyuter,  shu  sababli  hamma  kirishi 

mumkin  bo‘lgan  qurilmaning  arxitekturasi. 

Ochikkateskari 

tushuncha 

bo‘lib, 

yopiq 


arxitektura  hisoblanadi.  Ishlab  chiqaruvchi 

tomonidan  spetsifikatsiyasi  nashr  qilinmagan 

kompyuter  arxitekturasini  yopiq  deb  ataydilar. 

Shu sababli, begona ishlab chiqaruvchilar yopiq 

kompyuterga 

tashqi 


kurilmalarni 

chiqara 


olmaydilar. 

 

ochiq dasturiy muhit 

ingl.: open software environment 

rus.: открытая программная среда 

Dasturlar  uyg‘unligini  ta’minlay 

oladigan 

dasturiy muhit. 



 

ochiq dasturiy ta’minot Fondi 

ingl.: Open Software Foundation (OSF) 

rus.: фонд открытого программного обеспечения 

Dasturiy 

ta’minotni 

uyg‘unlashtirish 

texnologiyalari  bilan  shug‘ullanuvchi  tashkilot. 

OSF  tashkiloti  275  ta’sischi  tomonidan  tashkil 

qilingan.  AQSH  ning  Massachusets  shtatidagi 

Kembridjda  joylashgan.  OSF  ning  oshkora 

ishlaridan 

ko‘zlagan 

maqsadi, 

dasturlar 

uyg‘unligini  ta’minlashga  qodir,  ochiq  dasturiy 

muhit deb atalmish muhitni yaratishdan iborat. 



 

ochiq hujjat 

ingl.: open document 

rus.: открытый документ 

Hujjat,  undagi  ma’lumotlar  abonent  tizimlarda 

ishlov  berishga  qulay  va  xalqaro  standartlar 

bilan belgilangan ommabop shaklda yoziladi. 



 

ochiq kalit 

ingl.: public key 

rus.: открытый ключ 

Asimmetrik  kriptotizimda  ishlatiladigan  va 

tizimning 

barcha 


foydalanuvchilari 

erkin 


foydalanishi  mumkin  bo‘lgan  kalit.  Yana 

qaralsin: elektron raqamli imzoning yopiq kaliti. 



 

ochiq kalit kriptografiyasi 

ingl.: public key cryptography 

rus.: криптография с открытым ключом 

Kalitlar  juftini  ishlatadigan  shifrlash  usuli. 

Kalitlardan  biri  ochiq,  boshqasi  –  maxfiy 

(xususiy)  bo‘ladi;  bir  kalit  bilan  shifrlangan 

xabarlarni,  faqat  ikkinchi  kalit  bilan  shifrini 

ochish  mumkin.  Shifrlashning  asimmetrik 

algoritmlarini ishlatadi. 

 

ochiq kalitli kriptotizim 

ingl.: cryptosystem with public key 

rus.: криптосистема с открытым ключом 

Ikkita,  maxfiy  va  ochiq  kalit  ishlatadigan 

kriptografik  tizim.  Unda  kalitlarning  birortasi 

ham  boshqasidan  yetarli  vaqt  mobaynida 

hisoblab  chiqarilishi  mumkin  emas.  Maxfiy 

kalit  sir  saqlanadi,  ochiq  kalit  esa,  o‘zaro 

ishlovchi 

barcha 


abonentlarga 

yuborilishi 

mumkin.  Ochiq  kalitdan  foydalanib  ixtiyoriy 

abonent, 

ochiq 

kalitning 



muallifiga 

muhofazalangan  xabarni  jo‘natishi  mumkin. 

Bunda,  bu  xabarni  faqat  ochiq  kalitga  mos 

keluvchi  maxfiy  kalitga  ega  bo‘lgan  tomon 

dastlabki  matnga  o‘girishi  mumkin.  Bunday 

kriptotizimlar  ikki  kalitli,  yoki  asimmetrik  deb 

nomlanadi.  Ochiq  kalitli  kriptotizimlar,  ham 

nazariy, 

ham 

amaliy 


kriptobardoshlikni 

ta’minlovchi  simmetrik  kriptotizimlardan  farqli 

o‘laroq,  faqatgina  amaliy  kriptobardoshlikni 

ta’minlaydilar. 



 

ochiq kalitni ro‘yxatga kiritish 

ingl.: public key registration 

rus.: регистрация открытого ключа 

So‘rov  yuborgan  shaxsga  inobatli  axborot 

berilishini  ta’minlaydigan 

ochiq 


kalitlarni 

ochiq kalitni ro‘yxatg... 



 

226 


qaydlash  jarayoni.  Bu  ochiq  kalit  qiymatini 

soxtalashtirishning  oldini  olish  maqsadida 

qilinadi. 

 

ochiq kod 

ingl.: open source 

rus.: открытый код 

Keng  doiradagi  mustaqil  ishlab  chiquvchilar 

foydalanishi  mumkin  bo‘lgan  bepul  dastlabki 

kod  yoki  dastur.  Oshkora  kalitli  loyihalarning 

asosiy 

g‘oyasi 


shundaki, 

mustaqil 

dasturchilarning  keng  guruhi  sifatli  firma 

dasturiy ta’minotiga (yopiq kodga) xos bo‘lgan, 

“qo‘ng‘iz”  va  “teshiklar”dan  holi  bo‘lgan, 

dasturiy  mahsulotni  tayyorlashlari  mumkin. 

Bunga  erishish  uchun,  dastlabki  kod  undagi 

xatolarni 

topish 

maqsadida 



loyihaning 

ko‘pchilik  ishtirokchilari  tomonidan  ko‘rib 

chiqiladi.  Bundan  tashqari  har  bir  ishtirokchi, 

o‘zining  shaxsiy  talablariga  monand  turlashni 

kiritishi  uchun,  tarqatiladigan  ochiq  dasturiy 

ta’minotdan  foydalanishi  mumkin.  Mashhur 

ochiq  dasturlardan  biri  bo‘lib,  Apache  veb-

serveri,  Linux  operatsion  tizimi,  amaliy  tizimi 

va  Netscape  Communicator  (Mozilla  ochiq 

o‘zak) brauzeri hisoblanadi. 



 

ochiq mahsulot 

ingl.: open enterprise 

rus.: открытый продукт 

Umum tomonidan tan olingan interfeysli amaliy 

dasturiy  ta’minot.  OSI  sohasida  standartlarning 

yaratilishi,  UNIX  operatsion  tizimi,  amaliy 

tizimini va amaliy jarayonlar va amaliy pog‘ona 

orasidagi ochiq interfeyslarning keng ishlatilishi, 

turli  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  ishlab 

chiqarilgan  abonent  tizimlarda  ishlatiladigan 

ochiq  mahsulotlarni  yaratish  imkoniyatlarini 

berdi.  Natijada,  dasturiy  mahsulotlarning  katta 

bozori  vujudga  keldi.  Bu  yerda  dasturlar 

muayyan turlarga emas, balki, bu maxsulotlarni 

ishlatishga  ochiq  bo‘lgan  barcha  kompyuterlar 

uchun taklif qilinadi. 



 

ochiq matn 

ingl.: open text 

rus.: открытый текст 

1.  Ma’noli  mazmundan  kriptografiya  usullarini 

ishlatmasdan erkin foydalanish mumkin bo‘lgan 

ma’lumotlar. 

2. Muhofazalanayotgan dastlabki xabar. 

 

ochiq me’moriy tuzilma 

ingl.: open architecture 

rus.: открытая архитектура 

qarang: ochiq arxitektura 

 

ochiq muhit 

ingl.: open environment 

rus.: открытая среда 

Ma’lumot  va  resurslarni tasodifiy  yoki  qasddan 

qilingan 

ta’sirlardan 

muhofazalash 

sodda 


operatsion  tartibotlar  yordamida  erishiladigan 

muhit. 


 

ochiq savdo 

ingl.: open commerce 

rus.: открытая торговля 

CommerceNet 

tomonidan 

taklif 


qilingan, 

CORBA 


«obyektlar 

so‘rovi 


agentlarning 

umumiy  arxitekturasi»  ga  tayanadi  va  format, 

interfeys  va  bayonnomalar  uchun  standartlar 

taklif qiladi. 



 

ochiq tarmoq arxitekturasi 

ingl.: Open Network Architecture (ONA) 

rus.: открытая сетевая архитектура 

British  Telecom  tomonidan  ishlab  chiqilgan 

to‘la  funksional  maslak.  ONA  da,  barcha  yetti 

pog‘onada ISO va ITU standartlari ishlatadi. 



 

ochiq tizim 

ingl.: open system 

rus.: открытая система 

Boshqa  tizimlar  bilan  o‘rnatilgan  xalqaro 

standartlarga  mos  ravishda  o‘zaro  ishlaydigan 

axborot  tizimi.  Har  qanday  ochiq  tizim  ikki 

vazifani ya’ni, – ma’lumotlarga ishlov berish va 

ma’lumotlarni  uzatish  vazifasini  yechishga 

mo‘ljallangan.  Shu  sababli,  axborot  tarmog‘i 

nuqtai  nazaridan  ochiq  tizim  ikki  qismdan 

iborat. Ulardan birinchisi, ma’lumotlarga ishlov 

berishga,  birinchi  navbatda  foydalanuvchi 

ehtiyojlari 

uchun 


mo‘ljallangan 

amaliy 


jarayonlardir.  Ikkinchi  qism  uchun,  o‘zaro 

aloqada 


ishlash 

sohasi, 


turli 

tizimlarda 

joylashgan 

amaliy 


jarayonlar 

orasida 


ma’lumotlar  uzatishni  ta’minlashdan  iborat. 

Ochiq  tizimlari  ishlab  chiqishda  bosh  vazifani 

ISO bajaradi, u OSI standartlarini ishlab chiqadi 

va tizimlarni ochiq qiladi. 



 

ochiq  tizimlarning  o‘zaro  ishlashining 

tayanch namunaviy modeli 

ochiq kod 

 


 

227 


ingl.:  Open  Systems  Interconnection  basic  reference 

model (OSI) 

rus.:  базовая  эталонная  модель  взаимодействия 

открытых систем 

Ochiq  tizimlarning  xususiyatlari  va  vositalarini 

belgilab  beruvchi  konseptual  asos.  Model,  turli 

ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  yaratilgan 

axborot  tizimlarini  yagona  tarmoqda  ishlashini 

ta’minlovchi 

Ochiq 

Tizimlarning 



o‘zaro 

ta’sirini  aniqlab  beradi.  Shu  sababli  u,  axborot 

tizimlari 

uchun 


amaliy 

jarayonlarni, 

ma’lumotlarni  ifodalash  usullari,  ma’lumotlarni 

yagona 


ko‘rinishda 

saqlashga, 

tarmoq 

resurslarini 



boshqarish, 

ma’lumotlarni 

xavfsizligi 

va 


axborotni 

muhofazalash, 

dasturlarni  va  texnik  vositalarni  tashhis  qilish 

bo‘yicha  o‘zaro  ta’sirini  muvofiqlashtiruvchi 

amallarni  bajaradi.  Model,  Standartlar  bo‘yicha 

Xalqaro  Tashkilot  tomonidan  ishlab  chiqilgan 

va 

axborot 


tizimlari, 

hamda 


ularning 

uyushmalari  uchun  tamoyillar  asosi  sifatida 

butun  dunyoda  keng  qo‘llaniladi.  Modelning 

asosiy elementlari bo‘lib, pog‘onalar, obyektlar, 

ulanishlar, 

ulanishning 

fizik 

vositalari 



hisoblanadi. 

 



 

228 


Pp

 

 

p.m. 

qisq.: Post Meridiem 

Tushdan so‘ng. 



 

P2P 

qisq.: Peer to Peer 

qarang: hisoblash resurslari almashuvi 

 

paket 

ingl.: packet 

rus.: пакет 

Uzatilayotgan ma’lumotlarning eng kam ulushi. 

Uzatilayotgan  axborot  ketma-ket  paketlarga 

ajratib  uzatiladi.  Biroq  paketlar  tarmoq  bo‘ylab 

alohida  “sayr  etishi”  oqibatida  ular  oxirgi 

nuqtaga tartibsiz ravishda yetib borishi mumkin. 

Shuning  uchun  paketlar  o‘z  o‘rniga  to‘g‘ri 

tushishi va ularning butunligini tekshirish uchun 

ularning har biriga noyob tartib raqami beriladi. 

 

paket bayonnomasi 

ingl.: packet protocol 

rus.: пакетный протокол 

Xabarni  bo‘lish,  qayta  jo‘natish  va  yig‘ish 

qoidalari. 

 

paketlarni uzib-ulash 

ingl.: packet switching 

rus.: коммутация пакетов 

Kompyuter  tarmoqlarida  ma’lumotlarni  uzatish 

usuli.  Unda  axborot  paketlarga  bo‘linib,  har bir 

paketda  qabul  qilish  va  jo‘natish  punktlarining 

manzillari  ko‘rsatiladi  Paketlarni  uzib-ulash 

tarmoqning  ayrim  ikki  foydalanuvchiining 

o‘zaro  ishlashini  sekinlashtiradi,  lekin  umuman 

olganda  tarmoqda  uzatilayotgan  ma’lumotlar 

hajmini 

oshiradi. 

Paketlar 

uzib-ulashning 

kanallar  uzib-ulashdan  farqlaydigan  alohida 

xususiyati  shundaki,  unda  uzib-ulashni xotiraga 

olish  va  kommunikatsiya  tarmog‘i  kanallarini 

jamoa  bo‘lib  ishlatish  mumkin.  Bu  yerda, 

birorta  ham  kanal  foydalanuvchi  tizimlari  jufti 

yoki  ma’muriy  tizimlar  tomonidan  hatto  seans 

o‘tkazish  davrida  ham  egallanmaydi.  Paketlar 

o‘sha  bir  kanal  orqali  kirish  ketma-ketligi 

tartibida  manbalar  va  qabul  qiluvchilardan 

qat’iy  nazar  uzatilaveradi.  O‘zgacha  aytganda, 

kanal 

o‘zaro 


ishlagan 

foydalanuvchilar 

tomonidan  faqat  har  bir paketni  uzatish  vaqtida 

egallanadi. 



 

paketlarni 

uzib-ulash 

tarmoqlarining 

tarmoqlararo interfeysi 

ingl.:  packet  switching  networks  internetwork 

interface 

rus.:  межсетевой  интерфейс  сетей  коммутации 

пакетов 

Paketlarni  uzib-ulash  tarmoqlari  orasidagi 

interfeys. Tarmoqlararo interfeys X.75 tavsiyasi 

tomonidan belgilangan. 



 

PAL 

qisq.: Phase Alternation Line 

Qatorlab  fazani  o‘zgartirish,  PAL  televizion 

standarti. 

Analog 


televizion 

eshittirishlar 

standarti,  asosan  Yevropa  mamlakatlarida 

tarqalgan. 



 

PAM 

qisq.: Pulse-Amplitude Modulation 

Amplituda-impulsli modulyatsiya. 



 

PAP 

qisq.: Password Authentication Protocol 

Maxfiy 


so‘z 

bo‘yicha 

autentifikatsiya 

bayonnomasi. 



 

parallel ishlov berish tili 

ingl.: parallel processing language 

rus.: язык параллельной обработки 

Ma’lumotlarga 

parallel 

ishlov 


berishdagi 

jarayonni  tavsiflashni  ta’minlovchi  til.  Parallel 

ishlov berish tili, amaliy jarayon bosh va ishchi 

jarayonlarga  bo‘linadigan  modelga  asoslanadi. 

Bosh 

jarayon 


jamoa 

foydalanishidagi 

ma’lumotlarni 

bo‘ladi, 

ularni 

kortejlarga 



butlaydi va topshiriqlar beradi. Ishchi jarayonlar 

o‘zlari  olgan  masalalarni  yechadi.  Shu  bilan 

birga,  barcha  bu  jarayonlarni  bajarilishda 

sinxron  marom  ta’minlanadi.  Ma’lumotlarni 

parallellashni  amalga  oshiradigan  tillardan  biri 

Linda tilidir. 



 

parallel port 

ingl.: parallel port 

rus.: параллельный порт 

Printer  kabi  tashqi  qurilmani  ulash  uchun 

ishlatiladigan  parallel  interfeys.  Ko‘pincha 

shaxsiy  kompyuterlar  parallel  porti  ham, 

kamida bitta seriyali portga ham ega. 

Pp 


 

 

229 


Shaxsiy kompyuterlarda parallel port 25 tilchali 

(DB-25 turli) qo‘shgichga ega bo‘lib, printerlar, 

kompyuterlar va boshqa nisbatan katta o‘tkazish 

qobiliyatini  talab  qiluvchi  qurilmalarni  ulash 

uchun  ishlatiladi.  Ba’zan  u  kompyuter  va 

printer  o‘rtasida  parallel  aloqa  uchun  dastlabki 

standartni  ishlab  chiqqan  kompaniya  nomidan 

Centronics  interfeysi  deb  ham  nomlanadi. 

(Zamonaviy  parallel  interfeys  Epson  dizayniga 

asoslangan.)  



 

PA-RISC 

qisq.: Precision Architecture RISC 

RISC  aniq  me’moriy  tuzilmasi,  PA-RISC 

protsessori.  HP  kompaniyasi  ishlab  chiqqan 

RISC-protsessor. 



 

parol 

ingl.: password 

rus.: пароль 

1.  Sir  tutiladigan  belgilar  ketma-ketligi.  Parol, 

uning  egasi  haqiqiymi  yo  yo‘qmi,  shuni 

aniqlash  jarayonida  tekshiruv  axboroti  sifatida 

ishlatiladi. 

2.  Subyekt  siri  bo‘lmish  erkin  foydalanish 

subyekti identifikatori. 

3.  Erkin  foydalanishni  aynanlash  vositasi.  U 

kompyuter  bilan  muloqot  boshlashdan  oldin, 

unga 


terminal 

klaviaturasi 

orqali 

yoki 


identifikatsiya 

(kodli) 


kartasi 

yordamida 

kiritiladigan  harfli,  raqamli  yoki  harfli-raqamli 

kod shaklidagi maxfiy so‘zdan iborat. 



 

Pascal tili 

ingl.: Pascal language 

rus.: язык Pascal 

Yuqori  pog‘onadagi  dasturlash  tili.  1960  yil 

oxirlarida  Niklaus  Wirth  tomonidan  yaratilgan. 

Bu  til,  17  asrda  yashab  o‘tgan  fransuz 

matematigi  Blaise  Pascal  sharafiga  atalgan. 

Blaise Pascal sonlarni qo‘shish uchun yaratilgan 

dastlabki  mexanik  mashinalardan  birining 

ixtirochisi  bo‘lgan.  Pascal  tili  tuzilmalashgan 

dasturlash tili bo‘lib hisoblanadi. Dastlab Pascal 

dasturlashga  o‘qitish  uchun  foydalanilgan. 

Hozir  xilma  xil  dasturlarni  tuzishda  keng 

qo‘llanmoqda.  Oddiy  til,  xilma  xil  turdagi 

ma’lumotlarga ishlov berish imkonini beradi va 

turli kompyuterlarda oson amalga oshiriladi. 



 

patch 

ingl.: patch 

rus.: патч 

Xizmat  patch  deb  ham  nomlanuvchi  dastur 

xatosini 

tuzatish 

vositasi. 

Patch 


– 

bu 


yurgiziladigan dastur ichiga solinadigan haqiqiy 

obyektli  kod qismi.  Patchlar  odatda  Internetdan 

yuklanib olinishi mumkin. 

 

PB 

qisq.: PowerBuilder 

PowerBuilder  qo‘llanmalarini  ishlab  chiqish 

muhiti. 

 

PBX 

qisq.: Private Branch eXchange 

Xususiy [telefon] tarmoq. Korxona tasarrufidagi 

telefon tarmog‘i, muassasa ATSi. 

 

PC 

qisq.: Personal Computer 

Shaxsiy kompyuter, SHK. 



 

PCB 

qisq.: Printed Circuit Board 

Bosma plata. 



 

PC-DOS operatsion (amaliy) tizimi 

ingl.: PC-DOS operating system 

rus.: операционная система PC-DOS 

IBM  kompaniyasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan 

DOS rusumi. 

 

PCI 

qisq.: Peripheral Component Interconnect 

qarang: PCI shinasi 

 

PCI Express 

Kiritish/chiqarish 

me’moriy 

tuzilmasining 

uchinchi  avlodi  (ISA  va  PCI  birinchi  va 

ikkinchi  avlodni  bildiradi).  PCI  Express  –  bu 

kiritish/chiqarish  tizimlari  uchun  ketma-ket 

ulanishning 

hammabop, 

yuqori 


tezlikdagi 

texnologiyasi. Dastlabki o‘tkazish qobiliyati 2,5 

Gbit/s  ga  teng,  ma’lumotlarni  uzatish  yo‘l-

yo‘lining  turli  kengligini  qo‘llab-quvvatlaydi 

(1dan  32gacha  ma’lumotlar  liniyalari)  va  mis 

kabelining tavsifnomalariga ko‘ra kengaytiriladi. 

PCI  Express  stolusti  va  mobil  kompyuterlar, 

serverlar,  kommunikatsiya  qurilmalari,  ish 

stansiyalari va ichiga o‘rnatilgan qurilmalarning 

kiritish/chiqarish 

me’moriy 

tuzilmasini 

birlashtirish  imkonini  berib,  PCI  va  USB  bilan 

uyg‘un qurilmalar bilan o‘zaro ishlash imkonini 

beradi. 

 

PCI shinasi 

PCI shinasi 

 


 

230 


ingl.: PCI (Peripheral Component Interconnect) bus 

rus.: шина PCI 

Kompyuterga  tashqi  qurilmalar  ulash  uchun 

mo‘ljallangan  shina.  Obyektlarning  o‘zaro 

ishlashi  to‘g‘ridan-to‘g‘ri,  markaziy  protsessor 

ishtrokisiz  amalga  oshiriladi.  Shina,  1992  yili 

Intel  kompaniyasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan 

bo‘lsa  ham,  u  protsessorlarning  biror  bir  aniq 

oilasi bilan bog‘liq emas. PCI 32-razradli bo‘lib, 

uni  64  razradligacha  kengaytirish  imkoni  bor. 

O‘tkazish  qobiliyati  cho‘qqisi  32  razradli  shina 

uchun 132 Mbayt/s.ni va 64 razradli uchun 300 

Mbayt/s ni tashkil qiladi. Shina mahalliy tarmoq 

bilan yaxshi ulanadi. 

 

PCI-64 

qisq.: Peripheral Component Interconnect, 64-bit 

64-razradli 

PCI 

shinasi, 



PCI-64 

shina. 


Kompyuterga,  qo‘shimcha  qurilmalar  ulash 

uchun  64-xonali  tizimli  shinasi.  Odatda, 

serverlarda foydalaniladi. 

 

PCL 

qisq.: Printer Control Language 

Chop  etuvchini  boshqarish  tili,  PCL  tili.  HP 

(Hewlett-Packard) 

kompaniyasi 

tomonidan 

ishlab  chiqilgan,  u  o‘zi  ishlab  chiqargan  Chop 

etuvchilarda foydalaniladi. 

 

PCM 

qisq.: Pulse-Code Modulation 

Impuls-kodli modullash, IKM. 



 

PCMCIA 

qisq.: Personal Computer Memory Card International 

Association 

1.  Xalqaro  shaxsiy  kompyuterlarning  xotira 

kartalari 

uyushmasi. 

Shaxsiy 

kompyuter 

kartalari  uchun  standartlar  ishlab  chiqishni 

ta’minlovchi  xalqaro  tashkilot.  PCMCIA  1989 

yilda  turli  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan 

taqdim  etiladigan  shaxsiy  kompyuterlarning 

bosma  xotira  platalari  uyg‘unligini  ta’minlash 

maqsadida 

yaratilgan. 

Avvalo 


shaxsiy 

kompyuter  kartalari  tashqi  xotirani  oshirish 

uchun  chiqarilardi,  biroq  keyin  ularning 

vazifalari 

keskin 

kengaydi. 



PCMCIA 

uyushmasi  Yaponiyaning  JEIDA  uyushmasi 

bilan  birga  32  razradli  kompyuter  shinasi  va 

xotiradan to‘g‘ri  erkin  foydalanishni  ko‘zlovchi 

PC_Card standartini tasdiqlagan. 

2. PCMCIA interfeysi. 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling