Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103

Open Group konsorsiumi 

ingl.: Open Group consortium 

rus.: консорциум Open Group 

Axborot  tarmoqlarining  tarkibiy  qismlarini 

testlash  va  sertifikatsiyalash  sohasidagi  faoliyat 

bilan  shug‘ullanuvchi  tashkilot.  Open  Group 

konsorsiumi (avvalgi nomi X/Open) interfeyslar 

va 


ochiq 

tizimlar 

obyektlarining 

birlashtiruvchisi bo‘lib hisoblanadi. 



 

OpenDoc texnologiyasi 

ingl.: OpenDoc technology 

rus.: технология OpenDoc 

Umumiy 


interfeyslarga 

ega 


bo‘lgan, 

standartlashtirilgan tarkibiy qismlardan hujjatlar 

va  amaliy  dasturlar  ishlab  chiqish  uslublari. 

OpenDoc  texnologiyasi,  IBM  korporatsiyasi, 

Novell 

korporatsiyasi, 



Apple 

Computer 

korporatsiyasi  va  boshqa  qator  korxonalar 

tashkil  qilgan  Component  Integration  Labs 

konsorsiumi  tomonidan,  mahalliy  tarmoqda 

xilma  xil  dasturiy  obyektlarni  birlashishini 

ta’minlaydigan guruhiy dasturiy ta’minot ishlab 

chiqish 


uchun 

yaratilgan. 

OpenDoc 

texnologiyasi 

foydalanuvchilarga 

«konteynerlar»  shaklidagi  hujjatlarni  yaratish 

uchun,  dasturiy  obyektlar  bilan  to‘ldiriladigan 

vositalarni  taqdim  qiladi.  U  bu  hujjatlarni 

uskuna  dasturiy  ta’minot  bilan  bog‘laydi. 

OpenDocda 

ishlatiladigan 

obyektga-

yo‘naltirilgan  me’moriy  tuzilma,  dasturlashda 

epchillikni 

ta’minlaydi, 

dasturchilar 

mehnatining  unumdorligini  oshiradi.  Shu  bilan 

birga  u,  standart  interfeysli  dasturlarning 

tarkibiy  qismlari  uchun  keng  bozor  istiqbolini 

ochadi. 


 

OpenGL 

qisq.: Open Graphics Library 

Ochiq 


grafik 

kutubxona, 

OpenGL 

tili. 


Ucho‘lchamli  grafika  bilan  ishlash  uchun  API, 

SGI  kompaniyasining  ishlanmasi.  Ko‘pchilik 

malakali 

3D-tezlatgichlar 

bilan 

apparat 


pog‘onada va drayverlarda quvvatlanadi. 

 

OpenServer operatsion (amaliy) tizimi 

ingl.: OpenServer operating system 

rus.: операционная система OpenServer 

Santa 


Cruz 

Operation 

korporatsiyasining 

operatsion  tizimi.  OpenServer  biznes  bilan 

OnNow PC texnologiyasi 

 


 

221 


bog‘liq  jarayonlarni  bajarish  uchun  yaratilgan. 

OpenServer UNIX operatsion tizimining rusumi 

bo‘lib,  u  banklar,  savdo  tashkilotlari  va  davlat 

muassasalari  uchun  mo‘ljallangan.  Tizimning 

tuzilmasi, 

yetkazib 

berish 

buyurtmalarini 



rasmiylashtirish, 

buxgalterlik 

hisoblari, 

markaziy ofisni filiallar va vakolatxonalar bilan 

o‘zaro  aloqada  ishlashi  bilan  bog‘liq  amaliy 

dasturlarning tez ishlovini ta’minlaydi. 



 

operator 

ingl.: operator 

rus.: оператор 

1.  Axborotni  kiritish,  saqlash,  unga  ishlov 

berish,  uzatish  va  chiqarish  bilan  bog‘liq 

amallarni bajaruvchi belgi, inson yoki tashkilot. 

2.  Dasturlashda  –  ma’lumotlarga  ishlov  berish 

jarayonida  bajarilayotgan  ishlov.  Bajarilishi 

zarur  bo‘lgan  ishlov  amal  belgisi  bilan 

belgilanadi  va  bu  amalga  zarur  bo‘lgan 

ma’lumotlarni  aniq  qiymatlari  beriladi.  U 

funksiya deb ham ataladi. 

3.  Tizim  yoki  tarmoq  ishini  boshqarish  bilan 

bog‘liq ishlovlarni bajaruvchi inson. 

4.  Tarmoqni  ng  rivojlanishini  va  boshqaruvini 

ta’minlovchi tashkilot. 



 

operatsion muhit 

ingl.: operating enviroment 

rus.: операционная среда 

Amaliy  dasturlarni  ishlab  chiqish  va  ular 

bajarilishini  ta’minlaydigan  vositalar  majmuasi. 

Operatsion  muhit  operatsion  tizim,  dasturiy 

ta’minot,  amaliy  dasturlar  interfeyslari,  tarmoq 

xizmatlari,  ma’lumotlar  bazalari  va  dasturlash 

tillaridan iborat. 

 

operatsion tizim 

ingl.: Operating System (OS) 

rus.: операционная система 

1.  Kompyuter  resurslarini  va  ma’lumotlarni 

muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy 

ta’minotning asosiy qismi. 

2.  Dasturlarning  bajarilishini  boshqaradigan  va 

tizimning  resurslarini  taqsimlash,  rejalashtirish, 

kirish-chiqishni  va  ma’lumotlarni  boshqararish 

kabi  vazifalarni  ta’minlaydigan  dasturiy  vosita. 

Garchand  operatsion  tizimlar  ko‘proq  dasturiy 

bo‘lsalar  ham,  biroq,  qisman  apparat  vositalari 

qo‘llanishi ham mumkin. 

Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga: 

-  fayl  tizimini  boshqarish  (yozish,  o‘zgartish, 

fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni 

nazorat qilish); 

-  dasturlar  bajarilishini  boshqarish  (protsessor 

vaqtini  taqsimlash,  dasturlarni  diskdan  tezkor 

xotiraga  yuklash,  yashirin  xavfli  ta’sirni  tutib 

olish va h.q.); 

-  xotirani  boshqarish  (keshlash,  taqsimlash, 

ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.); 

-  foydalanuvchi  bilan  muloqot  (klaviaturadan, 

sichqonchadan  buyruqlarni  o‘qish,  axborotni 

ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi. 

Bundan 

tashqari 



operatsion 

tizimlar, 

kompyuterlarni  turli  rusumdagi  tarmoqlardan  – 

mahalliy 

tarmoqlardan 

global 


korporativ 

tarmoqlargacha, 

shu 

jumladan, 



Internet 

tarog‘idan  erkin  foydalanishni  boshqaradi. 

Operatsion  tizimga  misollar  -  MS-DOS,  Linux, 

UNIX, Windows, Solaris va boshqalar. 



 

opsiya 

ingl.: option 

rus.: опция 

1.  Variant,  tanlash  imkoniyatlaridan  biri, 

fakultativ imkoniyat. 

2.  Menyu  elementi  (taklif  qilinayotgan  tanlash 

variantlaridan biri). 

 

optik aralashtirgich 

ingl.: optical mixer 

rus.: оптический смеситель 

Yakkakanal 

shoxchalarini 

ulaydigan 

va 

ixtiyoriy  kirishlaridan  biriga  berilgan  yorug‘lik 



signali,  uning  barcha  chiqishlariga  yetib 

keladigan qilib yasalgan qurilma. 



 

optik disk 

ingl.: optical disk 

rus.: оптический диск 

Disk shaklida yasalgan optik to‘plovchi. Magnit 

diskdan farqli o‘laroq, optik diskda ma’lumotlar 

yozish  va  o‘qish  yorug‘lik  nuri  yordamida, 

lazerda amalga oshiriladi. Ma’lumotlar diskning 

bir  yoki  har  ikki  tomoniga  yoziladi.  Optik 

disklar 

yuqori 


ishonchlilikka 

va 


yuqori 

darajadagi yozuv zichligiga ega. 



 

optik kabel 

ingl.: optical cable 

rus.: оптический кабель 

Yorug‘lik  signallarini  uzatuvchi  kabel.  Optik, 

xuddi 

shunday, 



«optik-tolali 

kabel»deb 

ataluvchi  kabelni,  yaratish  uchun  yorug‘lik 

optik kabel 

 


 

222 


o‘tkazgichlari  ishlatiladi,  ularning  har  biri,  bir 

necha  qavat  muhofazalovchi  qoplamaga  ega 

bo‘lib, bu yorug‘lik o‘tkazgichlarini mexanik va 

optik  ko‘rsatkichlarini  yaxshilaydi.  Bunday 

qoplamali  yorug‘lik  o‘tkazgichlarni  optik  tola 

deb  ataladi.  Optik  tolalar  guruhi  optik  kabelni 

hosil  qiladi.  Unda,  tolalar  nisbatan  qalinroq 

plastmass naychalarga taxlanadi. 



 

optik kanal 

ingl.: optical channel 

rus.: оптический канал 

Yorug‘lik 

signallarini 

uzatish 


uchun 

mo‘ljallangan  kanal.  Har  bir  kanal  yorug‘lik 

uzatgichlaridan  va  optik  kuchaytirgichlardan 

iborat. Yorug‘lik manbai – optik uzatgich bo‘lib, 

lazer 

yoki 


yorug‘likdiodini 

(kamroq) 

boshqaradi.  Yorug‘likni  fotodiod  qabul  qiladi. 

Simsiz  yorug‘lik  kanallari  lazer  kanallari  deb 

ataladi. 

 

optik kompyuter 

ingl.: optical computer 

rus.: оптический компьютер 

Yorug‘lik  signallari  bilan  amallar  bajaradigan 

kompyuterlar. 

 

optik kuchaytirgich 

ingl.: optical amplifier 

rus.: оптический усилитель 

Optik 


nurlanish 

quvvatini 

kuchaytirishni 

ta’minlovchi  kuchaytirgich.  Optik  kanal  va 

tizimlarda,  yorug‘likni  kuchaytirish  tashqi 

manba  energiyasi  evaziga  amalga  oshiriladi. 

Kuchaytirgichning  asosi  bo‘lib,  faol  jismoniy 

muhit  hisoblanadi,  unda  energetik  dam  berish 

hisobiga nurlanish quvvati ortadi. Faol jismoniy 

muhit 


sifatida, 

lazerlarda 

ishlatiladigan 

moddalar 

ishlatiladi. 

Kuchaytirishda, 

boshlang‘ich signal spektri o‘zgarishi mumkin. 

 

optik tarmoq 

ingl.: optical network 

rus.: оптическая сеть 

Yorug‘lik 

signallari 

uzatadigan 

kommunikatsiya 

tarmog‘i. 

Optik 

kommunikatsiya tarmog‘i, bir biri bilan ulangan 



optik  uzib-ulash  bog‘lamalaridan  va  optik 

kanalli abonent tizimlaridan tashkil topadi. 



 

optik tola 

ingl.: optical fibre 

rus.: оптическое волокно 

Diametri  50-125  mkm  bo‘lgan,  ko‘pincha 

kvarsdan  yasalgan,  yupqa  shaffof  tola.  Optik 

kabelda 


yorug‘lik 

uzatgichlari 

sifatida 

ishlatiladi.  Optik  tola,  ma’lumotlarni  uzatishda 

juda  kam  yo‘kotishga  va  keng  o‘tkazish 

qobiliyatiga 

ega 

bo‘lib, 


elektrmagnit 

shovqinlarni  sezmaydigan,  amaldagi  benuqson 

muhitdir. 

 

optik  tolali  ma’lumotlarni  taqsimlangan 

interfeysi 

ingl.: Fiber Distributed Data Interface (FDDI) 

rus.: оптоволоконный распределенный интерфейс 

данных 

Optik tola  orqali  tarqalgan  ma’lumolarga  kirish 

uchun  interfeys,  FDDI  standarti.  Optik  tola 

ishlatib,  yuqori  tezlikli  mahalliy  tarmoqlarni 

qurish standarti. 

 

optik tranzistor 

ingl.: optical transistor 

rus.: оптический транзистор 

Yorug‘lik  signalini,  ichki  elektr  ta’siriga 

asoslangan kuchaytirgich. 

 

optik to‘plovchi 

ingl.: optical storage device 

rus.: оптический накопитель 

Optik  vositalar  yordamida  amalga  oshirilgan 

xotira  qurilmasi.  Optik  xotirani  to‘plovchisi, 

yupqa  muhit  qatlamida  qayd  etiladigan, 

diametri  bir  mikrongacha  bo‘lgan  yorug‘lik 

nuqtasini 

generatsiyalaydigan, 

yarim 


o‘tkazgichli  lazerdan  foydalanishga  asoslangan. 

Ma’lumotlar  yozishda,  nurning  quvvati axborot 

tashuvchisi nuqtalarini shunday qizdirish uchun 

ishlatiladiki,  bunda  uning  optik  ko‘rsatkichlari 

qaytadigan  tiklanadigan  yoki  tiklanmaydigan 

holda  keladi.  O‘qishda,  nurning  quvvati 

shunday  kattalikkacha  kamayadiki,  u  axborot 

tashuvchisining  holatini  o‘zgartira  olmaydi. 

Tashuvchidan  aks  ettirilgan  yoki  uni  ich-

ichigacha  o‘tgan  nurning  shiddati,  bu  nuqtada 

nol  yoki  bir  saqlanayotganini  bildiradi.  Optik 

to‘plovchilar 

uch 

turga 


bo‘linadi: 

o‘chirilmaydigan, 

birmarotabali 

va 


o‘chiriladigan 

yozuvli 


turlar. 

Optik 


to‘plovchilar  optik  dislar  va  ixcham  disklar 

shaklida chiqariladi. 



 

optik uzib-ulash 

ingl.: optical switching 

rus.: оптическая коммутация 

optik kanal 

 


 

223 


Optik  kanallar  orasida  yorug‘lik  signallarini 

tarqatishni  va  xotirada  saqlashni  ta’minlovchi 

uzib-ulash. 

 

oqim 

ingl.: thread 

rus.: поток 

Teleanjuman  ichida  o‘zaro  murojaatlarga  ega 

bo‘lgan bir mavzuga tegishli jami maqolalar. 

 

OQL 

qisq.: Object Query Language 

Obyektga yo‘naltirilgan so‘rovlar tili. 



 

Oracle korporatsiyasi 

ingl.: Oracle corporation 

rus.: корпорация Oracle 

Ma’lumotlar  bazalari  uchun  dasturiy  ta’minot 

ishlab chiqaruvchi eng katta kompaniya. Oracle 

1977  yilda  AQSHda  yaratilgan  bo‘lib,  bosh 

qarorgohi  Redvud  (Kaliforniya)da  joylashgan. 

Kompaniya 

tarixan 

o‘zining 

ma’lumotlar 

bazalarini  boshqarish  tizimlarining  faoliyati 

uchun 

ish 


stansiyalari 

asosida 


server 

maslaklarini  yaratishga  qaratilgan.  Oracle 

kompaniyasining  relyatsion  ma’lumotlar  bazasi 

keyinchalik  soha  standartiga  aylangan  SQL 

tilini  qo‘llab-quvvatlovchi  birinchi  ma’lumotlar 

bazasi bo‘lgan. Kompaniya baza kompyuterlari, 

ish  stansiyalari  va  shaxsiy  kompyuterlar,  ularni 

tarmoqqa qo‘shish, axborot resurslarini yaratish 

va taqdim etish uchun dasturiy ta’minotni ishlab 

chiqaradi. 



 

ORB 

qisq.: Object Request Broker 

qarang: obyekt so‘rovlari brokeri 

 

ORPC 

qisq.: Object Remote Procedure Call 

Uzoqdan obyektning tartibotini chaqirish. 



 

OS 

qisq.: Operating System 

operatsion tizim 



 

OS/2 operatsion (amaliy) tizimi 

ingl.: OS/2 operating system 

rus.: операционная система OS/2 

IBM  tomonidan  shaxsiy  kompyuterlar  uchun 

ishlab  chiqilgan  operatsion  tizim.  Operatsion 

tizimning  birinchi  rusumi  OS/2,  ilgari  asosiy 

kompyuterlarda 

ishlatilgan 

tizimli 

amaliy 


me’moriy  tuzilma  asosida  1987  yili  yaratilgan. 

OS/2,  asosan  serverlarda  foydalanish  uchun 

mo‘ljallangan. 

Tizim 


yuqori 

darajadagi 

ishonchlilikka ega, lekin, u bilan faqat malakali 

foydalanuvchilar 

ishlashi 

mumkin. 


OS/2 

ma’lumotlarga  ishlov  berishning  tarqoq  muhiti 

spetsifikatsiyasi  bilan  mos  keladi  va  simmetrik 

multiprotsessorli  ishlovni  qo‘llab-quvvatlaydi. 

Bu  ishlovda  tizimning  16  gacha  protsessori 

ishtirok  etishi  mumkin.  OS/2  turli  rusumdagi 

protsessorlar bilan ishlaydi. 

 

OSA 

qisq.: Open Systems Architecture 

Ochiq  tizimlar  me’moriy  tuzilmasi.  Ochiq 

tizimlarning yetti pog‘onali tuzilishini va o‘zaro 

aloqada ishlashini aniqlaydigan ISO standarti. 



 

OSF 

qisq.: Open Software Foundation 

qarang: ochiq dasturiy ta’minot Fondi 

 

OSI 

qisq.: Open System Interconnection 

qarang:  ochiq  tizimlarning  o‘zaro  ishlashining 

tayanch namunaviy modeli 



 

osilib qolish 

ingl.: hang 

rus.: зависание 

Kompyuter  ishining  kutilmaganda  to‘xtab 

qolishi. 

Bunda 


kompyuter 

foydalanuvchi 

buyruqlariga javob bermay qo‘yadi. 

 

OSPF 

qisq.: Open Shortest Path First 

Eng  qisqa  yo‘lni  ochiqchasiga  izlash,  OSPF 

bayonnomasi. 

Eng 


qisqa 

yo‘lni 


izlash 

algoritmiga  (SPF)  asoslangan  yo‘naltirishning 

ochiq  bayonnomasi.  RFC  1247dagi  IETFda 

spetsifikatsiyalangan. 



 

OTM 

qisq.: Object Transaction Manager 

Obyektli tranzaksiyalar menedjerы. 



 

OTP 

qisq.: One-Time Password 

Bir martali maxfiy so‘z. 



 

OTS 

qisq.: Object Transaction Service 

Obyektli 

tranzaksiyalar 

xizmati, 

OTS 

spetsifikatsiyasi.  Tarqoq  obyektli tranzaksiyalar 



OTS 


 

 

224 


xizmati, 

CORBAning 

umumiy 

obyektli 



xizmatlaridan biri. 

 

otsifrovka 

ingl.: digitalization 

rus.: оцифровка 

qarang: raqamlash 

 

overley 

ingl.: overlay 

rus.: оверлей 

1.  Kompyuter  grafikasini  jonli  yoki  yozilgan 

video  signal  ustiga  yozish  imkoniyati  va  hosil 

bo‘lgan  video  tasvirni  videotasmada  saqlash. 

Ko‘pincha,  videotasmaga  titrlarni  qo‘shish 

uchun ishlatiladi. 

2.  Xotirada  har  doim  ham  rezident  shaklda 

joylashmaydigan  dasturiy  ta’minot.  Bunday 

dasturiy  ta’minot  tegishli  talabnomaga  binoan 

yuklanadi. 



 

OVID 

qisq.: Object View Interaction Design 

qarang: obyektli o‘zarofaol loyihalash 

 

ovoz berish 

ingl.: voting 

rus.: голосование 

Sayt  auditoriyasi  va  uning  fikrlari  to‘g‘risida 

axborot  yig‘ish  uchun  asbobiy  dastur.  Odatda 

ovoz  berish  har  bitta  savolga  standart  javob 

xillaridan  birini  tanlash  mumkin  bo‘lganda 

qulay. 


 

oxirgi jihoz 

ingl.: end-to-end equipment 

rus.: оконечное оборудование 

qarang: terminal jihoz 

Foydalanuvchining, 

telekommunikatsiya 

tarmoqlari  bilan  o‘zaro  aloqada  ishlovchi  va 

ular  orqali  uzatiladigan  yoki  qabul  qilinadigan 

signallarni  shakllantirish,  o‘zgartirish,  ularga 

ishlov  berish  uchun  mo‘ljallangan  texnika 

vositalari  (telefon,  faksimil,  radioteleqabul 

qiluvchi va boshqa vositalar). 

 

oxirgi bog‘lama 

ingl.: endpoint node 

rus.: оконечный узел 

Kommunikatsiya 

tarmog‘i 

orqali 


o‘zaro 

ishlaщda  ma’muriy  yoki  abonent  tizimlar 

ulangan bog‘lamalar. 

 

oxirgi yozuv 

ingl.: trailer record 

rus.: концевик 

Ma’lumotlar  blokini  yakunlovchi  qismi.  Unga, 

uzatish oldidan, ma’lumotlar bloki uzatilgandan 

so‘ng  xato  paydo  bo‘lganligini  aniqlash 

imkonini  beradigan  nazoratlovchi  yig‘indi  – 

bitlar ketma-ketligi yoziladi. 



 

oxirgi shifrlash 

ingl.: end-to-end encryption 

rus.: оконечное шифрование 

Avtomatlashtirilgan  tizimning  ikki  subyekti 

orasida  uzatiladigan  axborotni  kriptografik 

muhofazasi. 



 

oxirigi  foydalanuvchiga  mo‘ljallangan 

elektron biznes 

ingl.: electronic business oriented on end user 

rus.:  бизнес  электронный,  ориентированный  на 

конечного пользователя 

qarang: iste’molchi uchun biznes 

 

oyna 

ingl.: window 

rus.: окно 

1. 


Dasturiy 

qo‘llanmani 

yoki 

hujjatni 



ko‘rsatadigan  displey  ekranining  to‘rtburchakli 

qismi,  dastur  yoki  foydalanuvchi  ayrim  ekran 

bilan  ishlagandek  ishlaydigan,  ekran  qismi. 

Foydalanuvchining grafik interfeysining muhim 

elementi. 

2.  Ma’lumotlarga  ishlov  berishda  va  ularni 

uzatishda 

bo‘laklash 

vositasi. 

Oyna, 


ma’lumotlar  manbai,  ularni  qabul  qiluvchiga 

yetib  borganligi  va  xatosi  yo‘qligi  tasdig‘ini 

olmay  turib,  uzatishi  mumkin  bo‘lgan  ulushni 

aniqlaydi. 

Shu 

usul 


bilan, 

tarmoqda 

ma’lumotlar  oqimini  boshqarish  va  qabul 

qiluvchi  –  tizimni  imkoniyatlaridan  oshadigan 

tezlik bilan uzatishga yo‘l qo‘ymaslik mumkin. 

 

oyna mexanizmi 

ingl.: windowing 

rus.: механизм окна 

1. Ma’lumotlarni uzatishni boshqarishda muhim 

rol o‘ynaydi. Oyna deyilganda kommunikatsion 

tizim  orqali,  xatosiz  yetib  borishi  haqidagi 

xabar  kutilmasdan  uzatiluvchi  ma’lumotlar 

bloklari  soni  tushuniladi.  Ushbu  uzatishning 

tugashida 

haqiqiy 


oluvchi 

jo‘natilgan 

ma’lumotlar  bloklarini  olganligini  tasdiqlashi 

lozim. 


otsifrovka 

 


 

225 


2.  Bir  paytning  o‘zida  bir  necha  dasturni 

ishlatish  texnologiyasi,  bunda  har  bitta  dastur 

alohida  oynada  bajariladi.  Masalan,  birinchi 

oyna  hujjatni  qayta  ishlash  uchun,  ikkinchisi 

elektron  jadvallarni  tuzish,  uchinchisi  esa 

elektron  pochtani  qabul  qilish uchun  ishlatilishi 

mumkin. 

 

ochiq amaliy jarayonlar guruhi 

ingl.: Open Application Group (OAG) 

rus.: группа открытых прикладных процессов 

Umumiy  foydalanishdagi  modellarni  va  amaliy 

dasturlarning  standartlarini  ishlab  chiqish  bilan 

shug‘ullanadigan  tashkilot.  OAG,  o‘nta  eng 

yirik  dasturiy  ta’minot  ishlab  chiqaruvchilari 

tomonidan  yaratilgan  bo‘lib,  o‘z  e’tiborini 

qo‘llanmalarni 

uyg‘unlashtirishga 

qaratgan. 

Yaratilayotgan  standartlar  foydalanuvchilarga 

amaliy 

dasturlarni 



ishlab 

chiqaruvchilarni 

tanlash  imkoniyatini  va  moliyaviy  vositalarni 

iqtisod qilishni ta’minlaydi. 



Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling