Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
PD/CD Moddaning fazasini o‘zgartirish usuli bo‘yicha disklarni maxsus tashuvchiga yozadigan va o‘qiydigan birikmalashgan to‘plagich. Hozircha sezilarli darajada tatbiq etilmagan bo‘lishi ham amri mahol. Qurilma shuningdek oddiy CDlarni ham o‘qishi mumkin.
Shaxsiy
raqamli yordamchi. Cho‘ntak kompyuterlari va tafakkurli mobil telefonlar qurilmalari sinfi uchun umumiy belgilash.
1. Primary Domain Controller – Domenni dastlabki nazoratchisi. Windows NT asosidagi tarmoqlarda Windows NT Server boshqaruvi ostidagi kompyuter yoki Unix o‘rnatilgan «SAMBA»
dasturiy ta’minoti tarmoqni boshqarish vazifalarini bajaradi. 2. Personal Digital Cellurar – Shaxsiy raqamli uyali aloqa, PDC standarti. GSM bilan o‘xshash raqamli uyali aloqaning Yaponiya standarti,
1. Portable Document Format – Ko‘chma hujjatlar formati. Chop etuvchi qurilmaga chiqarilayotgan hujjatning elementlarini saqlash uchun fayl formati, Adobe firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bunday faylni maxsus dastur (Novell Netware), (Acrobat Reader), yordamida qarab chiqilganda, ekrandagi hujjatning tashqi shakli uning chop etiladigan nusxasiga to‘la mos keladi. 2. Probability Distribution Function – Ehtimollikni taqsimlash amali. 3. Printer Definition File – Chop etuvchini aniqlash fayli. PDM qisq.: 1. Physical Data Model – Ma’lumotlarning jismoniy modeli. Uning jismoniy amalga oshirilishi fazilatlarini hisobga oluvchi – mohiyatlar, indekslar, «ko‘plik qupliklarga» munosabatlarni amalga oshirish usuli atributlari uchun aniqlashtirilgan ma’lumotlar turi bo‘lgan relyatsion ma’lumotlar bazasi modeli. PCI-64
231
2. Product Data Management – Mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish. PDMS qisq.: Product Data Management System Mahsulot (buyum) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish tizimi. Mahsulot ishlab chiqarishda va uni kuzatib borishda mahsulot haqidagi axborotni, muhandislik ma’lumotlarini boshqarish tizimi. PERL tili ingl.: PERL language rus.: язык PERL Ixtisoslashgan PERL (Practical Extraction and Report Language bosh harflaridan olingan) til. Matn fayllarini ko‘rib chiqishga, ulardan axborot chiqarib olishga va
choplashga mo‘ljallangan. PERL tili 1987 yili paydo bo‘lib, avval tizimli dasturlashga mo‘ljallangan edi. So‘ngra uning imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Til o‘rganish uchun oson, hajmi katta emas, foydalanishda yengil va yuqori samaradorlik bilan tavsiflanadi. PERL tilining sintaksisi Si tilining sintaksisi bilan to‘la mos keladi. PERL tili ishlaydigan ma’lumotlar hajmi cheklanmagan. Obyektga-yo‘naltirilgan me’moriy tuzilmani quvvatlaydi. Turli maslaklarda ishlay oladi. Bepul tarqatiladi. PERL tili CGI skriptlarni yozishda keng tarqalgan tillardan biri bo‘lib qoldi. PERL da yozilgan dasturlar server tomonidan ishga tushirib yuboriladi. Asosan,
UNIX- yo‘naltirilgan veb-serverlarda qo‘llaniladi. Ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishni ta’minlash, dinamik sahifachalarni yaratish uchun foydalaniladi.
2-chidan 50-chigacha bo‘lgan (1 125 899 906 842 624ta) kuch baytlari. Petabayt 1024 terabaytga teng. peydjing ingl.: paging rus.: пейджинг Radioaloqa (telekommunikatsiya) xizmati. U abonentlarga bir yo‘nalishda akustik chaqiriq signallarini uzatish uchun
mo‘ljallangan. Shuningdek, qabul qiluvchi displeyida chaqiriqni aks ettirish uchun zarur ma’lumotlar ham uzatadi.
PowerBuilderning asosiy [kengaytmalari] sinfi. Sybase firmasining PowerBuilder qo‘llanmalari ishlab chiqish tizimi uchun qo‘shimcha sinflar kutubxonasi.
Tanasining (mikrosxemaning) ignasimon chiqishlarining matritsali joylashuvi.
Binoyidek maxfiylik, PGP dasturi. Elektron pochta xabarlarini shifrlash uchun ommaviy dastur. Ochiq kalitli shifrlash algoritmiga asoslangan.
Ixtisoslashgan (Hypertext Preprocessordan olingan) til. Veb-sahifalar mazmunini dinamik tarzda
shakllantirib skriptlarni veb-server tomonda yaratish uchun mo‘ljallangan. PHP tili1994 yili Rasmus Lerdorf tomonidan ishlab chiqilgan. So‘ngra, tilni ishlab chiqish ishlari boshqa mutaxassislar tomonidan davom
ettirilgan. PHP skript (sintaksisi Perl va Ci tillarinikiga o‘xshash) HTML hujjatda maxsus PHP teglar ichida joylashgan bo‘ladi. Chunki, PHP serverda bajariladi, mijoz esa PHP kodning mazmunini ko‘ra olmaydi. PHP, CGI dasturning ixtiyoriy vazifasini bajarishi mumkin, ammo, uning
bosh afzalligi ko‘pgina ma’lumotlar bazalari bilan uyg‘unlashganligidir. PHP, IMAP, SNMP, NNTP, POP3, HTTP bayonnomalarini quvvatlaydi. PIC qisq.: Picture Image Compression Tasvirlarni zichlash, PIC formati. PIF qisq.: Program Information File Dastur to‘g‘risidagi axborot fayli, PIF-fayl. Windows uchun DOS-dastur ishlashini sozlash ko‘rsatkichlari saqlanadigan fayl. piksel P piksel
232
ingl.: pixel rus.: пиксел Tasvir elementi. Tasvirni diskretlash (boshqa bo‘linmaydigan elementlar – diskretlarga, uyalarga yoki rastr
nuqtalariga bo‘lish) natijasida paydo bo‘ladigan eng kichik tarkibiy qism. To‘g‘ri to‘rt burchak shakliga va tasvirning makonga
oid ajrata
olishini belgilovchi o‘lchamlarga ega. piktogramma ingl.: pictogram rus.: пиктограмма Biror obyektni (fayl, dastur va h.k. ni) aynanlash uchun videoekranda joylashgan kichik rastrli tasvir. Uni tanlash va faollashtirish natijasida biror
amalni chaqiradi. U foydalanuvchi grafik interfeysi elementlaridan biridir. PIM qisq.: Personal Information Manager Shaxsiy axborot yordamchisi. Elektron yon daftarcha; shuningdek, shaxsiy axborotlarni – aloqalar, uchrashuvlar va h.k.larni saqlaydigan shaxsiy kompyuter dasturi.
Shaxsiy aynanlash tartib raqami. ping ingl.: ping rus.: пинг (ingl. ping – “taqqillatmoq” so‘zidan) Boshqa kompyuterga tarmoq orqali signalni jo‘natish va javob signalini kutib olish. Odatda bu aloqani tekshirish uchun qilinadi.
Siz va sizni qiziqtiruvchi tarmoq kompyuteri orasida paketlarning o‘tish vaqtini o‘lchash (ping buyrug‘i orqali amalga oshiriladi). Bu domen va istalgan tarmoq qurilmasining IP manzili orasida muvofiqlikni o‘rnatish imkonini beradi.
Dasturlanadigan kiritish-chiqarish. PKCS qisq.: Public-Key Cryptography Standards Ochiq kalitli kriptografiya standartlari. PKI qisq.: Private Key Infrastructure Ochiq kalitlar infratuzilmasi. PLA qisq.: Programmable Logic Array Dasturlanadigan mantiqiy matritsa, DMM. plagin ingl.: plug-in rus.: плагин Veb-brauzer kabi asosiy dasturning funksional imkoniyatlarini oshirish uchun ishlatiladigan dinamik tarzda ulanuvchi modullar to‘plami. Ulardan odatda
Veb-brauzeriga turli
formatlardagi ma’lumotlarni aks ettirish va ularga ishlov berish yoki standart formatlarni aks ettirishning yangi imkoniyatlarini qo‘shish uchun foydalaniladi. plastik karta ingl.: plastic card rus.: карта пластиковая Shaxsiylashtirilgan to‘lov asbobi. Kartadan foydalanuvchi shaxsga tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish, hamda to‘lov
tizimi qatnashchi-banklari bo‘limlaridan va bankomatlardan naqd pul olish imkonini beradi. plazma displeyi ingl.: plasma display rus.: плазменный дисплей Yuzasiga o‘rnatilgan parallel elektrodlar bilan ikki mustahkamlangan shisha platalari orasiga neon/ksenon gazlari aralashmasini zichlash yo‘li bilan ishlovchi yassi panelli displey turi. Platalar elektrodlar to‘g‘ri burchaklarni tashkil qilib piksellarni yaratishi mumkin bo‘lgan holda mustahkamlangan. Ikkita elektrod orasida kuchlanish impulsi o‘tganda gaz bo‘linib, ultrabinafsha nurlanishni chiqaruvchi kuchsiz ionlangan plazmani ishlab chiqaradi. Ultrabinafsha nurlanish rang fosforlarini faollashtiradi va har bir pikseldan ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik chiqadi. Bugungi kunda plazma displeylari ommabop bo‘lmoqda. An’anaviy katod-nurli trubkali displeylarga solishtirganda plazma displeylari ulardan o‘n marta nozikroq (4 dyum) va olti marta piktogramma
233
yengilroq (40 dyumli displey uchun 67 funtdan kam). Ular 16 milliondan ziyod ranglardan foydalanib 160 darajali ko‘rish burchagiga ega.
Tizimni uning tarkibiy qismlarini tez o‘rnatish yoki almashtirish yo‘li bilan yaratish yoki o‘zgartirish usuli. Plug-and-Play texnologiyasi, xuddi shunday PnP deb ham belgilanadi, obyektga-yo‘naltirilgan me’moriy tuzilmadan foydalanishga asoslangan bo‘lib, uning
obyektlari bo‘lib tashqi qurilmalar va dasturlar xizmat qiladi. Bunday yondashuv tufayli, bir qancha muhim masalalar yechiladi. Ulardan birinchisi, Plug-and-Play standartlariga mos platalarni ishlatishdir. Ular audioplata, videoplata va turli tashqi qurilmalarni, sozlash ishlarini bajarmagan holda kompyuter tizimiga ulash imkonini beradi. Bu foydalanuvchilarga tizim uskunalari turini o‘zgartirish bilan bog‘liq ishlarini keskin soddalashtiradi. Ya’ni, «o‘rnat va ishla» tamoyili qo‘llanadi. Ikkinchi imkoniyat dasturiy ta’minot bilan bog‘liq. Texnologiya dasturlarni bir yig‘madan chiqarib boshqa yig‘maga uzatishga imkon beradi. Tabiiyki, bu dasturlar bir xil interfeysga ega bo‘lishlari kerak. Tashqi qurilmalarda va dasturlarda bu interfeysning mavjudligi tizimning tashkiliy qismlari shunchalik o‘zaro ishlashiga, foydalanuvchilarga esa, tizimning tarkibiy tuzilmasini o‘zgartirmagan holda dasturlarni sozlashlariga imkon beradi. Apparat va dasturiy ta’minotni standartlashtirish evaziga, turli
ishlab chiqaruvchilar tomonidan chiqarilayotgan mahsulotlarni avtomatik sozlash bajariladi. Texnologiya shu ma’noda ochiqki, undan hamma ishlab chiquvchilar erkin foydalanishiga ruxsat bor.
Tarmoq ko‘chma grafikasi, PNG formati. GIF formati bilan patentlash muammolari paydo bo‘lgandan so‘ng uning o‘rniga kiritilgan yangi grafik format (ping deb o‘qiladi). Format yangi bo‘lganligi sababli kam sonli brauzerlar va dasturiy ta’minotni ayrim turlari tomonidan quvvatlanadi. WEBda amalda tarqalmagan. GIFdan farqli o‘laroq, ranglilik chuqurligi 64 bit pikselgacha bo‘lgan tasvirlarni saqlash imkonini beradi,
alohida alfa-kanalni quvvatlaydi, zichlash birmuncha yaxshilangan.
Ula va ishla. Yangi tarkibiy qismlarni tarkibiy tuzulmalash va
ularni payqash
uchun, operatsion tizim va kompyuter qurilmalarining o‘zaro ishlash bayonnomasi.
Ko‘chma obyektli moslashtirgich. PointCast korporatsiyasi ingl.: PointCast corporation rus.: корпорация PointCast Internet tarmog‘i orqali yangilik va boshqa axborotni uzatish uchun 1992 yilda yaratilgan va
hozirgi paytda
mavjud bo‘lmagan kompaniya. Kompaniyaning asosiy mahsuloti PointCast Network bo‘lib, u yangiliklarni foydalanuvchilar ish stoliga jo‘natib turadi. PointCast Internet va ma’lumotlarni uzatish texnologiyasini muvaffaqiyatli birlashtirgan birinchi kompaniyadir. 1999 yilda PointCast kompaniyasi EntryPoint kompaniyasi tomonidan sotib olinib, 2000 yil oxirida esa EntryPoint Internet Financial Network
Inc. bilan
birlashib InfoGate kompaniyasini tashkil qilgan.
Grek tarixchisi Polibiy tomonidan tavsiflangan bir alfavitli kriptotizim. 5x5 o‘lchovli kvadrat shaklida bo‘ladi. Dastlabki matnning har bir ramzi bir juft ramz bilan, ya’ni, dastlabki matn ramzi joylashgan katak qatori va ustuniga mos ramzlar bilan almashtiriladi.
G‘ayrivirus dasturi tomonidan aniqlanishning oldini olish uchun har bir qayta yaratilish va yangi faylga yuqtirish paytida o‘z virus imzosini (ya’ni binar tartibini) o‘zgartiruvchi virus.
POP P POP
234
qisq.: Post Office Protocol 1. Post Office Protocol - Pochta bayonnomasi, POP bayonnomasi. Serverdan elektron pochta olish
uchun eng
ommaviy bayonnoma. Bayonnomaning so‘nggi POP (POP3) 3 rusumi, RFC 1939da aniqlangan. 2. Point of Presence – Hozir bo‘lish nuqtasi. Tarmoqqa masalan telefon liniyasi orqali, erkin foydalanishga ijozat olish mumkin bo‘lgan shaharni yoki geografik maydonni bildiradi. Masalan, Internet provayderi Namanganda uning hozir bo‘lish nuqtasi bor degani, Namanganda turib mahalliy telefon tarmog‘iga qo‘ng‘iroq qilish va
tarmoqdan erkin
foydalanish mumkinligini bildiradi. POP3 qisq.: Post Office Protocol, version 3 Pochta Internet bayonnomasining 3-rusumi. Faqat foydalanuvchilar pochta qutilarining ichidagi narsalarni saqlovchi markaziy serverdan pochtani qabul qilish uchun xizmat qiladi.
Qurilma yoki dasturdan erkin foydalanish nuqtasi.
Bitta kompyuterda tarmoq orqali aloqa qila oladigan bir necha dasturni yurgizish mumkin. Ushbu
dasturlarni ajratish uchun ularga yurgizilish paytida shaxsiy port tartib raqami beriladi. Ba’zan port tartib raqami URLda kompyuter nomidan keyin yoziladi. Masalan, http://www.website.com:80/ URL tarkibida 80 soni bor. Bu port tartib raqami, u kompyuter nomidan ikki nuqta bilan ajratiladi.
Turli xil resurs va xizmatlardan tizimli tarzda ko‘p pog‘onali birlashma sifatida tashkil qilingan sayt. Foydalanuvchiga aniq axborot beradi, izlash tizimlari, elektron xaridlar, bepul elektron pochta, savdo reklamasi, xabarlarni birdaniga jo‘natish, veb kimoshdi savdosi, chatlar kabi xizmatlardan bir onda foydalanish imkonini beradi.
Portallar ko‘plab
foydalanuvchilarni jalb etish va ularning qiziqishlari haqida axborot yig‘ish imkoniga ega. Ushbu atama umumiy turdagi, ya’ni Internetning ma’lum auditoriyasi uchun «boshlang‘ich nuqta» rolini
o‘ynaydigan portallarga tegishlidir. Umumiy
turdagi portallar gorizontal tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lib, bir necha mavzuni birlashtiradi.
Ko‘chirma operatsion tizimi interfeysi. Unix operatsion tizimi interfeyslarini tavsiflovchi standart. POST qisq.: Power-On Self-Test Ozuqa ulangach o‘z-o‘zini testlash, POST tartiboti. BIOS dasturi vazifalaridan biri, kompyuter tarkibiy qismlarini ketma-ket testlab chiqadi.
Hujjatlarni shu jumladan tasvirlarni tavsiflaydigan ixtisoslashgan til.
Adobe Systems
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. PostScript asosan, lazerli printerlarda hujjatlarni choplash uchun mo‘ljallangan til bo‘lib, nashriy standart bo‘lib hisoblanadi. PostScript obyektga-yo‘naltirilgan tildir, chunki, tasvirlarga ishlov berishda, shu jumladan shriftlarga ham, ularni geometrik obyektlar majmuasi deb qaraydi. pochta manzili ingl.: mail address rus.: почтовый адрес Foydalanuvchi pochta qutisining aynanlashtiruvchisi. @ belgisi bilan ajratilgan foydalanuvchi ismi va pochta serverining domen nomidan
iborat. Misollar: adm@company.com, info@ddi.uz. Pochta manzilini olish uchun
pochta serverida ro‘yxatdan o‘tish lozim (bepul serverlarda ro‘yxatdan o‘tish WWW orqali 3-5 daqiqa ichida ro‘y beradi, ichki tarmoqlarda bu vazifani odatda pochta serveri ma’muri bajaradi). POP3
235
pochta mijozi ingl.: mail client rus.: почтовый клиент Foydalanuvchi tomonidan xatlarni o‘qish, qabul qilib olish, jo‘natish va boshqa amallarni bajarish uchun foydalanadigan dastur. Ushbu dastur yordamida foydalanuvchi pochta va News serverlariga ulanib ular bilan ishlaydi. Eng mashhur dasturlarga Microsoft Outlook, Netscape Messenger, Eudora, The Bat kiradi. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling