Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.

bet50/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103

 

raqamli konvert 

ingl.: digital envelop 

rus.: цифровой конверт 

1.  Xabarning  oxiriga  qo‘shib  yuboriladigan  va 

muayyan 

qabul 


qiluvchiga 

xabarning 

mazmunini  butunligini  tekshirish  imkonini 

beradigan ma’lumotlar. 

2.  Xabarlarni  shifrlash  uchun  simmetrik 

kriptotizim,  maxfiy  kalitlarni  shifrlash  uchun 

esa  asimmetrik  kriptotizimdan  foydaniladigan 

mexanizm.  Shunday  qilib,  uzoq  muddatli  kalit 

asimmetrik  kriptotizimga,  seansli  kalit  esa 

simmetrik kriptotizimga mansub. 



 

raqamli modem 

ingl.: digital modem 

rus.: цифровой модем 

Ma’lumotlarni 

uzatish 

uchun 


analogli 

modemlarga  nisbatan,  yuqoriroq  chastotalardan 

(4  KGs  dan  1-2  MGs  gacha)  foydalanadigan 

modem.  Bu  esa  bir  necha  Mbit/s  tezlikka 

(maksimal  tezlik  aloqa  liniyasining  sifatiga  va 

aloqa 


bog‘lamasigacha 

bo‘lgan 


masofaga 

bog‘liq)  yetkazib  ma’lumotlar  uzatish  imkonini 

beradi. 

Bunda 


past 

chastotalardan 

foydalanilmaydi,  bu  esa,  ulanishni  uzmagan 

holda  telefonda  gaplashish  imkonini  beradi. 

Raqamli  modemlar  bilan  ishlash  uchun  ATS 

larda  maxsus  qurilmalar  o‘rnatilgan  bo‘lishi 

kerak,  shu  sababli  raqamli  modemni  sotib 

olishdan 

oldin, 

ATS 


bu 

xizmat 


turini 

quvvatlashiga ishonch hosil qilishi zarur. 



 

raqamli poligrafiya 

ingl.: digital poligraphy 

rus.: цифровая полиграфия 

Lazer 


yordamida 

choplash 

texnologiyasi. 

Raqamli poligrafiya tezkor hisoblanadi, chunki, 

hujjatlar 

ko‘lamini 

kompyuterdan 

diskret 


signallarni ola turib, juda ham qisqa vaqt ichida 

choplash  imkonini  beradi.  Shu  bilan  birga, 

raqamli  poligrafiyani  qimmatroq  ekanligini 

hisobga  olib,  undan  nashr  ko‘lami  katta 

bo‘lmagan  hollarda  foydalaniladi.  Raqamli 

poligrafiyaning  yaratilishi  kompyuter-choplash 

atamasini  keltirib  chiqardi.  U  kompyuter  va 

poligrafiya  orasida  oraliq  amallar  yo‘qligini 

anglatadi. 

 

raqamli pul 

ingl.: digital cash 

rus.: цифровые деньги 

Naqd  pulning  elektron  analogi.  Raqamli  pul 

sotib  olinishi  mumkin,  ular  elektron  shaklda 

maxsus  qurilmalarda  saqlanadi  va  xaridorning 

ixtiyorida  bo‘ladi.  Saqlash  qurilmalari  sifatida, 

smart-kartalar 

yoki 

maxsus 


kompyuter 

tizimlaridan foydalaniladi. 



 

raqamli radio 

ingl.: digital radio 

rus.: цифровое радио 

Radiotarmoq  orqali  uzatilayotgan  tovushga 

raqamli ishlov berish texnologiyasi. 

 

raqamli sertifikat 

ingl.: digital certificate 

rus.: цифровой сертификат 

Sertifikalash 

markazi 

tomonidan 

berilgan 

elektron 

hujjat. 

Undan 


kompaniya 

yoki 


foydalanuvchini  aynanlash  uchun  uning  ochiq 

kalitini tekshirish yo‘lidan foydalaniladi. 



 

raqamli signal 

ingl.: digital signal 

rus.: цифровой сигнал 

qarang: diskret signal 

 

raqamli signal 

 


 

246 


raqamli  signalizatsiyaning  ma’lumotlar 

bo‘g‘ini 

ingl.: digital data signalling link 

rus.: звено данных сигнализации цифровое 

Ma’lumotlar  bo‘g‘ini.  U  chekka  signalizatsiya 

qurilmalari bilan interfeysni  amalga  oshiradi  va 

raqamli  uzatish  kanallaridan  hamda  raqamli 

uzib-ulagichlardan 

yoki 


ularning 

chekka 


uskunalaridan iborat. 

 

raqamli tabaqalanish 

ingl.: digital divide 

rus.:  цифровое  неравенство,  цифровой  разрыв, 

дигитальный раскол 

qarang: axboriy tabaqalanish 

1.  Aholini  kompyuter  texnologiyalaridan  erkin 

foydalanishi  mumkin  bo‘lgan  va  mumkin 

bo‘lmagan 

qismlari 

orasidagi 

chegara. 

Texnologiyalar 

olamiga 

kirganlar 

bilan 

kirmaganlar orasidagi tengsizlik. 



2.  Global  miqyosda,  ayrim  mamlakatlarning 

xalqlari 

uchun 

zamonaviy 



axborot 

texnologiyalaridan 

erkin 

foydalanish 



imkoniyatining  yo‘qligi.  Raqamli  tengsizlik 

muammosi  o‘ylab  chiqilganmi  yoki  yo‘qmi,  bu 

bahs  5  yildan  beri  davom  etmoqda.  Ilk  bor 

Digital  Divide  so‘zlari  1997  yili  ovoza  qilindi. 

Aynan o‘shanda, BMT o‘zining uchinchi dunyo 

mamlakatlarini rivojlantirish dasturini chop etdi. 

3.  Jamiyatning  tabaqalanishi  (mablag‘,  oila 

tarkibi,  kelib  chiqishi,  ta’lim  darajasi  va 

h.k.dagi  farq).  Bunda  Internetdan  to‘liq  erkin 

foydalanish  imkoni  hamma  fuqorolar  uchun 

teng emas. 

 

raqamli tarmoq 

ingl.: digital network 

rus.: цифровая сеть 

Diskret  signallar  uzatadigan  va  ularga  ishlov 

beradigan  kommunikatsiya  tarmog‘i.  Raqamli 

tarmoqlar, 

avvalgi 

analogli 

tarmoqlarga 

nisbatan  yetarlicha  afzalliklarga  ega.  Ularga 

birinchi navbatda, shovqinga yuqori bardoshligi, 

mikroprotsessor  va  xotira  qurilmalaridan  keng 

foydalanish,  kanal  hosil  qiluvchi apparatlarning 

oddiyligi  kiradi.  O‘lchamlariga  qarab  mahalliy, 

hududiy va global tarmoqlar faqlanadi. 

 

raqamli tasvir 

ingl.: digital image 

rus.: цифровое изображение 

Raqamli  shaklda  taqdim  qilingan,  anlalog 

tasvirlarni  skaner,  tele- 

va 


videokamera 

yordamida raqamlash yo‘li bilan olingan tasvir. 



 

raqamli teleko‘rsatuv 

ingl.: digital television 

rus.: цифровое телевидение 

Diskret 


signallar 

yordamida 

amalga 

oshiriladigan teleko‘rsatuvlar.1997 yilning aprel 



oyida  AQSH  ning  aloqa  bo‘yicha  federal 

komissiyasi,  televizion  jamiyatlarga  raqamli 

teleko‘rsatuvlarga  o‘tishga  ko‘rsatma  berdi. 

Unga  ko‘ra,  AQSH  ning  asosiy  televizion 

stansiyalari  1999  yilning  kuziga  raqamli 

eshittirishlarni  boshlashlari  kerak,  2006  yilga 

kelib  barcha  stansiyalar  raqamli  eshittirishlarga 

o‘tkaziladi.  Bu  qaror  boshqa  davlatlarda  ham 

raqamli teleko‘rsatuvlarga o‘tishga turtki bo‘ldi. 

Raqamli  teleko‘rsatuvlarni  yaratish  shaxsiy 

kompyuterlarni 

televizor 

bilan 

va 


teleko‘rsatuvlar  texnologiyalarini  ma’lumotlar 

uzatish bilan birlashishni anglatadi. 



 

raqamli tizim 

ingl.: digital system 

rus.: цифровая система 

Raqamli 


signallarni 

tezkor 


uzatishga 

mo‘ljallangan majmua. 



 

raqamli videodisk 

ingl.: Digital Video Disk (DVD) 

rus.: цифровой видеодиск 

Ixtiyoriy 

turdagi 

ma’lumotlarni 

yozishga 

mo‘ljallangan  katta  hajmdagi  raqamli  disk. 

Axborot 

saqlash 


uchun 

optik 


disk 

texnologiyasining  keyingi  avlodidir.  DVD  bir 

shaklga  keltirilgan  standart  bo‘lib,  matn,  tasvir 

va 


tovush 

yozish 


hamda 

maishiy 


videotexnikada 

foydalanish 

uchun 

mo‘ljallangan. Ma’lumotlarni DVD ga yozishda, 



bir vaqtning o‘zida, disklarning hajmini oshirish 

imkonini beradigan ma’lumotlarni zichlashtirish 

amalga 

oshiriladi. 



Ikki 

turdagi 


disklar 

chiqariladi.  Bir  qatlamli  DVD  disk  4,7  Gbayt 

ma’lumotlarni  saqlaydi,  bu  135  minut  davom 

etadigan  videofilmni  yozishga,  yoki  tovushni  9 

soat  eshitishga  yetadi.  Bu  34  000  ta  epchil  disk 

demakdir. Ikki qatlamli texnologiya bu sig‘imni 

8  Gbaytgacha  yetkazadi.  Ikki  tomonlama  DVD 

disk,  yoziladigan  ma’lumotlar  hajmini  17 

Gbaytga  yetkazadi.  DVD  1380  Kbayt/s  gacha 

tezlik 


bilan 

ma’lumotlarni 

o‘qishni 

raqamli signalizatsiya... 



 

247 


ta’minlaydigan,  ma’lumotlarga  o‘rtacha  kirish 

vaqti  190  ms  bo‘lgan  o‘yinyuritma  deb 

ataladigan  qurilmaga  o‘rnatiladi.  Tasvirlar  500 

qatorga  yaqin  format  bilan  uzatiladi.  Tovushga 

kelganda,  u  ko‘pkanalli  (6  kanalli)  bo‘lishi 

mumkin.  DVD  videofilmlarni  faqat  maishiy 

videotexnikada 

emas, 


balki 

shaxsiy 


kompyuterlarda  ham  ko‘rishni  ta’minlaydi. 

Kinostudiyalar 

videofilmlarni 

DVD 


da 

chiqarmoqdalar. 



 

raqamli xarita 

ingl.: digital map 

rus.: цифровая карта 

Raqamli  shaklda  xuddi  rastrli  fayl  kabi  taqdim 

qilingan  tasvir.  U  yoxud,  havo  yoki  kosmik 

(uchar) apparatlardan bevosita radiokanal orqali, 

yoki  analogli  tasvirlarni  skaner,  tele-  yoki 

videokameradan raqamlash yo‘li bilan olinadi 



 

raqamli Yevropa simsiz aloqasi 

ingl.: Digital European Cordless Telecommunications 

(DECT) 

rus.: цифровая европейская беспроводная связь 

Raqamli  simsiz  aloqa  uchun  Yevropa  standarti 

DECT.  Cheklangan  maydonlarda  mini-uyali 

tarmoqlar  yaratish  uchun  xizmat  qiladi.  Ko‘p 

jihatdan  GSM  standartiga  o‘xshaydi.  Ovoz 

ADPCM algoritmi bo‘yicha kodlanadi. 



 

RARP 

qisq.: Reverse Address Resolution Protocol 

Manzilni  aniqlash  teskari  bayonnoma,  RARP 

bayonnomasi.  Mahalliy  tarmoqda  kompyuter 

o‘zining  MAC-manziliga  mos  IP-manzilini 

so‘raydigan bayonnoma. 

 

RAS 

qisq.: Remote Access Service 

Uzoqdan  kirish  xizmati.  Windows  operatsion 

tizimida  mahalliy  tarmoqqa  modem  orqali 

ulanish imkonini beradigan tizimli xizmat. 



 

rastr 

ingl.: raster 

rus.: растр 

Tasvirlarni  to‘g‘ri  burchakli  matritsaviy  tasvir 

elementlari 

– 

piksellar 



shaklida 

taqdim 


qilishning raqamli vositasi. Ular tasvirlarni yoki 

fazoviy obyektlarni rastrli ifodalash asosidir. 



 

rastrli tasvir 

ingl.: raster image 

rus.: растровое изображение 

Alohida oddiy elementlar bo‘lmish piksellardan 

qatorlab 

shakllantiriladigan 

tasvir. 

Tasvir 


matritsasidagi 

ko‘psonli 

piksellar 

uning 


shunday  shaklini  ta’minlaydiki,  unda  nuqtalar 

bir  biri  bilan  deyarli  qo‘shilishib  ketadi.  Rastrli 

grafikaning  muhim  fazilati  bo‘lib,  tasvirlarga 

ishlov 


berishni 

ancha 


yengillashtiradigan, 

tasvirning  har  bir  elementini  tahrirlash  imkoni 

dir.  Rastrli  tasviralarning  kamchiligi,  ohista 

o‘zgaradigan egri chiziqlarni yarata olmasligidir. 

Masalan,  aylana  har  doim  siniq  egri  chiziq 

shaklida  tasvirlanadi,  darhaqiqat,  bu  chiziqning 

sinishilaridagi 

sakrashlarni, 

tasvir 

rastri 


nuqtalari  sonini  oshirish  hisobiga,  kamaytirish 

mumkin (ammo, yo‘q qilib bo‘lmaydi). 



 

rastrli-vektorli o‘zgartirish 

ingl.: raster-to-vector transformation 

rus.: растрово-векторное преобразование 

Fazoviy obyektlarni rastrli ifodalashdan vektorli 

ifoda  shakliga  avtomatik  yoki  yarimavtomatik 

ravishda  aylantirish  (konvertrlash).  Rastr-

vektorli 

o‘zgartirish 

vektorlar 

bo‘yicha 

ixtisoslashgan 

dasturiy 

vosita 

tomonidan 



qo‘llab-quvvatlanadi. 

 

ravshanlik 

ingl.: brightness 

rus.: яркость 

Kompyuter grafikasida rang tavsiflanadigan uch 

tavsifnomadan  (to‘yinganlik  va  ta’sirchanlik 

bilan  bir  qatorda)  biri.  Ravshanlik  nurlanish 

energiyasining  darajasini  (yorug‘lik  oqimini 

zichligi) belgilaydi. 



 

RDA 

qisq.: Remote Database Access 

Ma’lumotlar 

bazasidan 

uzoqdan 


erkin 

foydalanish,  RDA  bayonnomasi.  Ma’lumotlar 

bazasidan 

erkin 


foydalanishni 

standart 

kommunikatsiya bayonnomasi. 

 

RDB 

qisq.: Relational Data Base 

qarang: relyatsion ma’lumotlar bazasi 

 

RDBMS 

qisq.: Relational DataBase Management System 

qarang: relyatsion MBBT 

 

RDF 

qisq.: Resource Description Framework 

RDF 


 

 

248 


Resurslarni  tavsiflash  sxemasi,  RDF  standarti. 

XML 


tiliga 

asoslangan 

standart, 

W3C 


konsorsiumi 

tomonidan 

tasdiqlangan. 

Metama’lumotlarni  yaratish  qoidalari  ham 

uning  tarkibiga  kirgan,  Internet  resurslarini 

standart tarzda tavsiflash imkonini beradi. 



 

RDRAM 

qisq.: Rambus DRAM 

Rambus  firmasi  DRAMi. Ma’lumotlarni  yuqori 

tezlik 

bilan 


almasha 

oladigan 

xotira 

mikrosxemasining  turi,  Rambus  firmasining 



ishlanmasi. 

 

RealAudio 

Audioni  jonli  efirda  eshitish  imkonini  beruvchi 

brauzerlarga  qo‘shiladigan  modul.  Bundan 

tashqari,  axborotni  tarmoq  orqali  uzatish 

paytida  eshittirish  imkonini  ham  beruvchi 

axborot  zichlashning  o‘z  yuqori  samarali 

usulidan foydalanadi. 

 

RealVideo 

Videoni  jonli  efirda  ko‘rish  imkonini  beruvchi 

brauzerlarga  qo‘shiladigan  modul.  Bundan 

tashqari,  axborotni  tarmoq  orqali  uzatish 

paytida  aks  ettirish  imkonini  ham  beruvchi 

axborot  zichlashning  o‘z  yuqori  samarali 

usulidan foydalanadi. 

 

redirekt 

ingl.: redirect 

rus.: редирект 

Foydlanuvchini  tanlangan  sahifadan  boshqa 

sahifaga 

majburiy 

ravishda 

qayta 


yo‘naltiradigan dasturiy ishlanma yoki skript. 

 

registr 

ingl.: register 

rus.: регистр 

Hodisalarni,  obyektlarni,  kodlarni  ro‘yxatga 

olish  uchun  mo‘ljallangan  biror  bir  narsaning 

ro‘yxati  yoki  xotira  sohasi.  Informatikada 

registr 

deganda, 

kompyuterning 

tarkibiy 

qismlari  orasida  jo‘natiladigan,  cheklangan 

o‘lchamli 

kodlarni 

vaqtincha 

saqlashga 

mo‘ljallangan 

oddiy 

qurilma 


tushuniladi. 

Registrning  muhim  xossasi,  ma’lumotlarni 

qabul  qilish  va  berishda  yuqori  tezlikka  ega 

bo‘lishidir. Registr uyalardan iborat, ularga so‘z, 

buyruq,  ikkilik  sanoq  tizimida  berilgan  son  va 

boshqalarni  yozish,  eslash  va  o‘qib  olish 

mumkin. 

Ko‘pincha, 

registr 

kompyuter 

ishlaydigan  so‘z  o‘lchami  bilan  bir  o‘lchamga 

ega.  Ixtiyoriy  registrning  ish  tezligi,  u  saqlay 

oladigan 

bitlar 


soni 

bilan 


belgilanadi. 

Registrlarni 

boshqarish, 

odatda, 


mikrodasturlash vositalari bilan bajariladi. 

 

reinjiniring 

ingl.: reengineering 

rus.: реинжиниринг 

Odatda, axborot texnologiyalari asosida, biznes-

jarayonlarni 

takroran, 

boshqa 

shaklda 


loyihalash. 

 

reklama 

ingl.: advertising 

rus.: реклама 

Biror  narsa  haqidagi  axborot  tarqatish  uslubi. 

Reklama  bozor  egallash  maqsadida  amalga 

oshiriladi. Reklama uchun maxsus nashr, gazeta 

va  jurnallar  hamda  global  tarmoqlar  ishlatiladi. 

Internet.tarmog‘ining  global  ulanish  xizmati, 

teleko‘rsatuvlar 

va 


radioda 

kompyuter 

reklamasi bunga misol bo‘laoladi. 

 

reklama maydonchasi 

ingl.: banner area 

rus.: рекламная площадка 

Sotish 


(yoki 

almashishga) 

uchun 

taklif 


qilinayotgan,  odatda  biror  mulkdorga  tegishli 

reklama o‘rinlari majmui. Masalan, bu sayt yoki 

reklama tarmog‘i yoki mavzu bo‘yicha tarqatish 

bo‘lishi mumkin. Odatda, reklama maydonchasi 

o‘zining  auditoriyasi,  uning  soni  va  sifati 

(ijtimoiy-demografik 

tavsifnomasi) 

bilan 


tavsiflanadi. 

 

reklama tarmog‘i 

ingl.: banner networks 

rus.: рекламная сеть 

Muayyan 


reklama 

o‘rinlarida 

reklama 

materiallarini 

joylashtirishni 

boshqarish 

imkonini  beradigan  tizim.  Tarmoqlar  turli 

reklama  maydonchalaridagi  reklama  o‘rinlarini 

birlashtirishi 

mumkin 


(masalan, 

banner 


ayirboshlovchi tarmoq, banner xarid tarmoqlari) 

yoki  bir  saytning  yoki  portalning  ichida  (ichki 

tarmoqlar) ishlatiladi. 

 

reklama o‘rni 

ingl.: banner place 

rus.: рекламное место 

Veb-sahifa  dizaynida  aniq  turdagi  reklama 

materiallarini  joylashtirish  uchun  ajratilgan 

RDRAM 


 

 

249 


o‘rin.  Qoidaga  ko‘ra,  bir  sahifada  bir  necha 

reklama  o‘rni  bo‘ladi,  masalan,  468x60  bir 

bannerga  va  ikki  100x100  bannerga.  Saytning 

mazmunidan  yaqqol  ajralib  turadigan,  reklama 

o‘rnining 

dizayni 


nafislik 

belgisi 


bo‘lib 

hisoblanadi. 

Odatda, 

«birinchi 

ekranga» 

tushadigan 

reklama 

o‘rinlari 

qimmatroq 

hisoblanadi, chunki, bunda ko‘rib chiqish uchun 

sahifalarni varaqlash talab qilinmaydi. 

 

relevantlik 

ingl.: relevance 

rus.: релевантность 

1.  Olingan  natija  kutilgan  natijaga  mos  kelishi 

darajasi.  Izlash  atamalarida  –  bu  izlash 

natijasini  talabnomada  qo‘yilgan  vazifaga  mos 

kelishi darajasi. 

2.  Internet  tarmog‘ida  –  qanchalik  izlash 

mashinasi 

topgan 


hujjat 

sizning 


talabnomangizga 

qanchalik 

mos 

kelishini 



ko‘rsatadigan  son.  Relevantlikni  hisoblash 

ancha 


murakkab. 

Bu 


sohada 

yetakchi 

http://www.google.com/  relevantlikni  hisoblash 

uchun  sun’iy  tafakkur  elemenlarini  jalb  qilgan. 

Bunda  foydalanuvchilarning  tanlovini  kuzatib 

borish  orqali  sun’iy  tafakkur  tizimi  o‘z 

tajribasini oshirib boradi. 

 

relyatsion ma’lumotlar bazasi 

ingl.: Relational DataBase (RDB) 

rus.: реляционная база данных 

Tarkibiy 

qismlar 

munosabatlari 

to‘plami 

shaklida 

mantiqiy 

tashkillashtirilgan 

ma’lumotlar 

bazasi. 


RDB 

ning 


alohida 

xususiyati,  uning  tuzulmasi  jadval  shaklida 

ekanidir.  Bunday  jadvallarning  qatorlari  – 

yozuvlarga, 

ustunlari 

– 

atributlarga 



(saqlanayotgan  ma’lumotlarning  alomatlariga) 

mos  keladi.  Relyatsion  ma’lumotlar  bazasini 

ishlatish quyidagi imkoniyatlarni beradi: 

-  ma’lumotlarni  jadval  shaklida  yig‘ish  va 

saqlash; 

- ularning mazmunini yangilash; 

-  atributlar  yoki  yozuvlar  bo‘yicha  turli 

axborotni olish; 

-  olingan  ma’lumotlarni  diagramma  yoki jadval 

shaklida aks ettirish; 

-  baza  materiallari  bo‘yicha  kerakli  hisoblarni 

bajarish. 



 

relyatsion MBBT 

ingl.:  Relational  DataBase  Management  System 

(RDBMS) 

rus.:  реляционная  система  управления  базой 

данных 

Ma’lumotlar  jadvallar  shaklida  berilgan  MBBT 

turi.  Jadval  yozuvlar  bog‘lanishlarini  aks 

ettiradi.  MBBT  lari  soddaligi,  muxtasarligi  va 

aniqligi  bilan  ajralib  turadi.  Ularning  har  biri, 

bir  vaqtning  o‘zida  bir  necha  jadvallarda 

joylashgan  ma’lumotlar  bilan  ishlaydi.  Shu 

sababli 


relyatsion 

ma’lumotlar 

bazalari, 

ma’lumotlardan  tezkor  erkin  foydalanishni 

ta’minlaydi.  Ko‘proq  ishlatiladigan  MBBT 

larga  Oracle,  Sybase,  MySQL,  Microsoft 

Access misol bo‘lishi mumkin. 

 

replikatsiya 

ingl.: replication 

rus.: репликация 

Bir  necha  serverda  ma’lumotlar  bazasini 

takrorlash. 

Axborotdan 

erkin 

foydalanish 



samaradorligini  oshiradi.  Haqiqatdan  ham 

foydali  bo‘lishi  uchun,  muntazam  ravishda 

yangilashni 

va 


ko‘chirilgan 

nusxalarni 

mutanosibligini kafolatlash zarur. 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling