Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
signalga ishlov berish ingl.: signal processing rus.: обработка сигналов Signallarni o‘zgartirish jarayoni. Ko‘pgina axborot vazifalarini yechishda, signallar o‘zgartirilishi amalga
oshiriladi. Analogli signallar ham, diskret signallar ham ishlovdan o‘tadi. Signallarga ishlov berish filtrlash, modulyatsiyalash, demodulyatsiyalash, garmonik tashki qiluvchilarga yoyish va shovqinlardan ajratishni nazarda tutadi. signalizatsiya aloqa yo‘li ingl.: signalling route rus.: маршрут сигнализации Oldindan signalizatsiya punktlari ketma-ketligi sifatida belgilangan aloqa yo‘li.
Undan signalizatsiya punkti tomonidan muayyan
belgilangan punktga
yo‘naltirilgan signal
xabarlari uzatilishi mumkin. signalizatsiya bo‘g‘ini ingl.: signalling link rus.: звено сигнализации Signalizatsiya ma’lumotlarini uzatish va uning boshqarish funksiyasidan tashkil topgan uzatish vositasi. U ramzli xabarlarni ishonchli uzatishni ta’minlash uchun ishlatiladi.
Signalizatsiya bo‘g‘inlari majmui. Bu bo‘g‘inlar ikki punktni bevosita bog‘laydi va bir xil fizik tafsifnomalarga (bitlar tezligi, tarqatish vaqti va x. k.) ega.
Signallarni umumiy oqimidan kerakli mezonlarga ega bo‘lganlarini ajratib qo‘yish jarayoni. Signallarni filtrlash quyidagi zaruriyatlardan hosil qilingan sharoitlarda ishlatiladi: - modulsiyada tashuvchining ustiga qoplangan signalni ajratish; - yagona jismoniy kanal orqali uzatish uchun multiplekslashda birlashtirilgan signallarni ajratib olish; - signalga keyinchalik uning shaklini yoki tavsifnomalarini o‘zgartirish uchun lozim bo‘lgan ishlov berish; - kuchli shovqinlangan signaldan foydalisini ajratib olish. Signallarni filtrlash jismoniy pog‘onada bajariladi. signallarni raqamli protsessori ingl.: digital signal processor rus.: цифровой процессор сигналов S signallarni raqamli pr... 260
Signallarga ishlov berishga mo‘ljallangan mikroprotsessor. Uning arxitekturasi, diskret signallarga ishlov berish uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni tezkor bajarishga mo‘ljallangan. Birinchi navbatda, ko‘paytirish va to‘plash amallarini bajarishda qo‘llanadi. Raqamli mikroprotsessorlardan foydalanish signallarga ishlov berish narxini tushirishga va ular tuzilmasini soddalashtirishga imkon beradi. Masalan, aloqa
texnikasida bunday
protsessorlar telefon apparatlari, modemlar va radiotelefon aloqa yaratishda, videokonferensiyalar, kanallarni multiplekslashni tashkil qilishda foydalaniladi.
Tizimning tekshirilishi mumkin bo‘lgan noyob tavsifnomasi. Signatura misoli sifatida dastlabki diskning identifikatsiya belgisi
sifatida ishlatiluvchi disk belgisi bo‘lishi mumkin. Ushbu belgidan dasturiy yo‘l bilan nusxa olinmasligi lozim. Silikon vodiysi ingl.: Silicon Valley rus.: силиконовая долина San-Fransisko janubida joylashgan va kompyuter kompaniyalarning o‘ta
katta zichligini nazorat qilish mumkin bo‘lgan hudud taxallusi. Silikon – chiplarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan eng ko‘p foydalaniladigan yarimo‘tkazgich.
Abonentni aynanlash moduli, SIM karta. SIMD qisq.: Single Instruction, Multiple Data Bitta
ko‘rsatma, ko‘p
ma’lumotlar. Mikroprotsessorlar uchun MMX buyruqlarni qurishning asosiy tamoyili. Ushbu buyruqlar operandlar sifatida operandlarni 80-xonali setkada saqlash
uchun mo‘ljallangan hamprotsessor registrlaridan foydalanadi.
Chiqish bog‘ichlarning bir qatorda joylashgan xotira moduli. Bozorda asta-sekin yo‘qoluvchi xotira moduli. Har tomondan 72ta chiqishga ega bo‘lsa ham, ikkala tomonda ham chiqish juftlari o‘zaro
tutashgan va
shuning uchun
birtomonlama hisoblanadi. SIMMda xotira xonalari 32 (juftligi 36) bit bo‘lib, u Pentium protsessorlariga ega bo‘lgan kompyuterlarda faqat juft bo‘lib foydalanilishi mumkin. simmetrik shifr ingl.: symmetric code rus.: симметричный шифр Axborotni shifr-matnga o‘girish va dastlabki matnga o‘girish uchun bir xil kalit ishlatiluvchi shifr.
simpleks ingl.: simplex rus.: симплексный Faqat bitta yo‘nalishda uzatishni bildiradi. Simpleks va yarimdupleks o‘rtasidagi farqqa e’tibor bering. Yarimdupleks bir paytning o‘zida faqat bitta tomon uzatishi mumkin bo‘lgan ikki tomonlama aloqalarni bildiradi. Simpleks esa bitta tomon uzatuvchi, ikkinchisi qabul qilib oluvchi bo‘lgan bir tomonli uzatishdir. Simpleks aloqa misoli sifatida stansiyalardan ma’lumotlarni olishi mumkin, biroq ma’lumotlarni uzata olmaydigan oddiy radioni keltirish mumkin. SIMS qisq.: Sun Internet Mail Server Internetning pochta serveri (Sun Microsystems). simsiz ko‘rsatmalar bayonnomasi ingl.: Wireless Application protocol (WAP) rus.: протокол беспроводных приложений Simsiz qurilmalar (mobil telefon, cho‘ntak shaxsiy yordamchisi) yordamida maxsus
Internet resurslari – WML tilida yaratilgan saytlardan erkin foydalanishni ta’minlovchi bayonnoma.
Signallar efir orqali uzatiladigan mahalliy tarmoq. Odatda, litsenziya talab qilinmaydigan 2,4 GGs chastotalar oralig‘i qo‘llaniladi. Bunday tarmoqlar kabelli mahalliy tarmoqlardan so‘ng paydo bo‘lgan bo‘lsalar ham, keng miqyosda tarqalgan. Simsiz mahalliy tarmoqlarni ikki turga ajratishadi – mahalliy radio tarmoqlar va mahalliy infraqizil tarmoqlar. signatura
261
Vaholanki, simsiz tarmoqlar kabellikga nisbatan ishonchliligi kamroq va qimmatroq. simsiz modem ingl.: wireless modem rus.: модем беспроводной связи Kompyuterlarni simsiz hisoblash tarmog‘iga ulash uchun ishlatiladi.
Kanallari efir orqali o‘tkazilgan tarmoq. Simsiz tarmoqlar, boshqalardan farqli o‘laroq muhim afzalliklarga ega bo‘lib, ulardan birinchi galda quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish zarur: - foydalanuvchi tizimini harakatlanuvchi obyektlarda (raketa, samolyot, poyezd,
avtomashina va boshqalarda) joylashtirish imkoniyati mavjudligi; - tarmoqlarning topologiyasini, konfiguratsiyasini o‘zgartirishdagi, yangi
kanallarni tashkil qilishdagi yengillik; - aloqa sun’iy yo‘ldoshlari va o‘zga sayyoralar bilan o‘zarota’sirni ta’minlash; - qiyinchilik bilan yetib boriladigan yerlardagi (uzoq shimol, cho‘l, botqoqlik va h.k.) axborot tizimlarini yengillik bilan ulanishi. Antenna simsiz tarmoqning axborot tizimidagi muhim tarkibiy qism bo‘lib hisoblanadi. sindiruvchi ingl.: cracker rus.: крекер qarang: kreker sinergetika ingl.: synergetic rus.: синергетика Matematik fizika usullari («rasmiy texnologiyalar») asosida eng turli tabiatga ega tuzilmalar (tizimlar)ning o‘zini tashkillashtirishi va
paydo bo‘lishi, qo‘llab-quvvatlanishi, barqarorligi va bo‘linish jarayonlarini o‘rganuvchi fan. Sinergetik yondashuv, shuningdek, tarmoq axborot makoni kabi murakkab va tartibga solinmagan tizimni o‘rganishda ham qo‘llaniladi. sinxron ingl.: synchronous rus.: синхронный Muntazam vaqt muddatlarida ro‘y beruvchi. Sinxronning teskarisi asinxrondir. Kompyuterlar va qurilmalar orasidagi ko‘pchilik aloqalar asinxron – ular xohlagan paytda va muntazam bo‘lmagan muddatlarda ro‘y berishi mumkin. Biroq, kompyuter doirasidagi aloqa odatda sinxron bo‘lib, mikroprotsessor soati tomonidan boshqariladi. Port orqali uzatiladigan signallar, masalan, faqat soat davridagi ma’lum nuqtalarda ro‘y berishi mumkin.
1. Single-In-line Package – Chiqishlari bir qatorda joylashgan qobiq. 2. SCSI-3 Interlocked Protocol – O‘zaro to‘sish bayonnomasi SCSI-3.
Bu sxemaning asosiy g‘oyasi – maxfiy kalitni bir necha subyektlar orasida bo‘lishish, ularni bir joyga yig‘ib, kalitni bir necha bo‘laklardan tiklashdir. Sirlarni bo‘lishish sxemasi, kalitlarni boshqarishni ishonchli va xavfsiz mexanizmini qidirish jarayonida ikki matematik Blekli (Blakley) va Shamir (Shamir) tomonidan, bir biridan mustaqil ravishda, 1979 yili taklif qilingan. sisadmin ingl.: sysadmin rus.: сисадмин qarang: tizim ma’muri SISD qisq.: Single Instruction, Single Data Bitta ko‘rsatma. Bir xil ma’lumotlar. Raqamli imzoning an’anaviy arxitekturasi, bir takt davomida bir yoki bir necha operandlar ustidan buyruqlar bajarish imkonini beradi.
Sunning dastlabki kodga litsenziyasi, SISSL shartlari.
sichqoncha
262
Foydalanuvchi tomonidan yassi yuzada
harakatlantirilganda kursor
koordinatalarini yoki kompyuter ekranida aks ettirgichning joylashishini belgilovchi va ekranda
koordinatalarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan qurilma. «Sichqoncha» atamasi ushbu qurilma shaklidan kelib chiqadi – odatda u kirish uyasiga sichqon dumiga o‘xshash maxsus sim orqali ulanadi (simsiz sichqonlar ham mavjud). Sichqoncha ustida bitta yoki undan ko‘p tugma joylashgan bo‘lib, foydalanuvchi ularni bosib ayni paytdagi faol dasturga ko‘ra muayyan harakatlarni bajarish uchun obyekt,
piktogramma yoki matnni tanlaydi. Ushbu «point-and-click» maromi foydalanuvchi grafik interfeysining muhim elekmenti hisoblanadi; ushbu interfeyslar birinchi bor Apple Computer kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Shakli, tashqi ko‘rinishi va ish prinsipiga ko‘ra sichqon tuzilishining bir necha turi bor. Mexanik sichqoncha ostida yassi yuzada harakatlanuvchi sharcha mavjudligi bilan farqlanadi. Mexanik sichqoncha 1963 yilda Douglas Engelbart (Stanford Research Center) tomonidan yaratilgan bo‘lib,
1970-yillarda Xerox
kompaniyasi tomonidan tijorat maqsadlarida qo‘llanilgan. Optik sichqoncha lazerning sichqonning yuzaga nisbatan harakatini aniqlash xususiyatidan foydalanadi. Optik sichqoncha juda aniq, biroq nisbatan qimmat qurilma hisoblanadi. skaner ingl.: scaner rus.: сканер 1. Kompyuterga qog‘oz varag‘i, tasma va h.k.lardan grafika va matn axborotini kiritish qurilmasi. Skaner yordamida kompyuter xotirasiga ikkio‘lchamli tasvirni kiritish mumkin (bosma matn, rasm, xarita, fotosurat va h.k.). Qo‘l va stolusti (planshet) skanerlari eng keng tarqalgan. Qo‘l skaneri bilan ishlaganda u kiritilayotgan hujjat
bo‘yicha qo‘lda
harakatlantiriladi. Stolusti skanerda kiritish avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Stolusti skanerning kiritish aniqligi yuqoriroq. Skanerlar, shuningdek, rangliligi, ya’ni rangli tasvirlarni kiritish qobiliyati bo‘yicha ham farq qiladi. 2.
Dasturlashtirish tizimlarida leksikaviy tahlilchi atamasiga teng kuchli. 3. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash tizimlarida – tarmoqlararo ekranlar va boshqa tarmoq dasturiy ta’minotida avtomatik ravishda zaifliklarni topish dasturi.
Rasmni optik skanerdan o‘tkazish orqali raqamlashtirish.
Umum foydalanishdagi telefon tarmog‘i orqali uzatilayotgan nutq signali va faks xabarlarini shifrlash uchun foydalaniladigan kodlovchi qurilma.
Veb-sahifalarni shakllantiruvchi dasturlar skript deb ataladi. Odatda skriptlar foydalanuvchi ishiga muvofiq tez o‘zgarishi lozim bo‘lgan veb-sahifalarni tuzish
uchun ishlatiladi. Masalan, bu izlash mashinasi bilan o‘zaro ishlash, elektron pochtasini jo‘natish va o‘qish bo‘lishi mumkin. Dasturning ishlash joyiga ko‘ra skriptlar server yoki mijoz tomonda bo‘lishi mumkin: 1) server skripti – serverda bajariladigan dastur; masalan, ma’lum sahifani shakllantirgan skript ma’lumotlar bazasiga murojaat qilib, javobga ishlov beradi va uni o‘qish uchun qulay shaklga keltiradi. 2) mijoz skripti – veb-sahifaga o‘rnatilgan kichik dastur; odatda dinamik sahifalarni shakllantirish uchun
ishlatiladi, masalan, ma’lum sahifa kursor bilan ajratilgan matnni matn maydoniga yozish uchun skriptdan foydalanadi.
Haqiqiy
vaqt maromida boshqa dastur
tomonidan bo‘laklab talqin qilinadigan yuqori pog‘onadagi dasturlash tili. Skriptlarni mijoz tomonda yaratiladigan (asosan, veb-sahifalarga funksionallik, menyuni turli xillari, dinamik reklama va
sh.k.larni qo‘shish uchun foydalaniladi) va veb-serverda (serverda skaner
263
joylashgan MB ma’lumotlari ustidan amallar bajarish uchun) yaratadigan tillar farqlanadi. Skriptlar tilining rivojlanishi, Internetning aloka vositasi sifatida rivoji bilan bog‘liq. Skriptlar tiliga JavaScript, ASP, JSP, PHP, Perl misol bo‘ladi. SLA qisq.: Service Level Agreement Xizmat pog‘onasi haqida shartnoma. Xizmat ko‘rsatuvchi (masalan, ASP, ISP, NSP) va buyuruvchi (foydalanuvchi) o‘rtasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar tavsifnomalari haqida shartnoma. SLIP qisq.: Serial Line Internet Protocol Ketma-ket liniya uchun Internet bayonnomasi, SLIP bayonnomasi. IP paketlarini telefon liniyalari orqali uzatish uchun bayonnoma. Mukammalroq bo‘lgan PPP bayonnomasi tomonidan deyarli siqib chiqarilgan. slot ingl.: slot rus.: слот Chop etilgan zanjir platasini joylash mumkin bo‘lgan kompyuterdagi ochiq joy. Slotlar odatda kengaytma slotlari deyiladi, chunki ular kompyuter imkoniyatlarini kengaytiradi. Kengaytma slotlariga solinadigan platalar kengaytma platalari yoki qo‘shimcha platalar deyiladi. SLP qisq.: Service Location Protocol Xizmat
izlash bayonnomasi. Tarmoq xizmatlarini aniqlash va tanlash uchun standart Internet bayonnomasi. smart karta ingl.: smart card rus.: смарт-карта Maxsus plastik karta (oddiy kredit kartasiga o‘xshash). Uning ichiga o‘rnatilgan maxsus mikrosxema unda saqlanayotgan axborotdan foydalanishni nazorat qiladi.
Server xabarlari bloki, SMB bayonnomasi. Microsoft, Intel va IBM tomonidan ishlab chiqilgan yuqori pog‘onali tarmoq bayonnomasi. SMB bayonnomasi tarmoqda bog‘lamalarning o‘zaro ishlashi tartibi va xabarlar tuzilmasini belgilaydi, fayllarni birgalikda o‘qish imkonini beradi.
SMBus qisq.: System Managment Bus Tizimni boshqarish shinasi 1995- yilning boshida ko‘chma
kompyuterlar ichiga
o‘rnatiladigan “aqlli” batareyalarni boshqarish zanjirlarini ulash uchun Intel va Duracell kompaniyalari tomonidan birgalikda taklif etilgan ikkisimli shina. SMC korporatsiyasi ingl.: SMC corporation rus.: корпорация SMC Mahalliy tarmoqlar uchun jihozlarni ishlab chiqaruvchi mashhur
kompaniya. SMC
AQSHda (Xoppodj, Nyu-York shtati) 1972 yilda yaratilgan. Kompaniya faol ravishda tarmoq standartlari va texnologiyalari sohasida tadqiqotlar olib bormoqda. SMC Ethernet tarmoqlari, Fast Ethernet tarmoqlari, ARCnet tarmoqlarini ishlab chiqaradi. SMIL qisq.: Synchronized Multimedia Integration Language Sinxron ko‘ptashuvchili oqimlarni birlashtirish tili. O‘zaro faol audio-video taqdimotlarni yaratish uchun mo‘ljallangan til (“smayl” deb talaffuz etiladi). W3C konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan, XML tiliga asoslangan. SMP qisq.: Symmetrical Multiprocessing Simmetrik ko‘pprotsessorli ishlov berish, SMP arxitekturasi. Protsessorlar apparaturadan teng huquqli foydalanish imkoniga ega bo‘lgan ko‘pprotsessorli tizim
arxitekturasi. SMP
tizimlari OT kodi va ajratiladigan xotirada joylashgan boshqa DTning yagona nusxasini bajaradi.
Qisqa xabarlar xizmati. GSM standartidagi raqamli uyali aloqa tarmoqlari abonentlarini qisqa (160 baytgacha) matn xabarlarini uzatish va qabul qilib olish xizmati bilan ta’minlaydi.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling