Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
S SMTP
264
Elektron pochta uzatishning oddiy bayonnomasi, SMTP
bayonnomasi. Pochtani foydalanuvchilardan serverlarga, va keyinchalik qabul qilib oluvchiga jo‘natish uchun xizmat qiladi. RFC
0821da tavsiflangan 14ta buyruqdan iborat. Ko‘plab kengaytmalarga ega. SNA qisq.: Systems Network Architecture Tizim tarmoq arxitekturasi (IBM). SNMP qisq.: Simple Network Management Protocol Tarmoqni boshqarishning oddiy bayonnomasi, SNMP bayonnomasi. Tarmoq qurilmalarini masofadan nazorat qilish, boshqarish va tarkibiy tuzilmasi imkonini beruvchi bayonnoma. RFC 1157da belgilangan.
Signal/shovqin nisbati. SNTP qisq.: Simple Network Time Protocol Vaqtni sinxronlashtirish uchun oddiy tarmoq bayonnomasi. Kompyuter soati ko‘rsatishlarini avtomatik sinxronlash uchun ishlatiladi. RFC 1769da tavsiflangan. SNTP NTP
bayonnomasining asosiy vazifalarini bajarib u bilan to‘la uyg‘undir. SOAP qisq.: Simple Object Access Protocol Obyektlardan erkin foydalanishning oddiy bayonnomasi, SOAP bayonnomasi. XML tiliga asoslangan tarmoq xizmatlaridan erkin foydalanish va ularning bir biri bilan birlashish uchun bayonnoma.
Sarlavha boshi. soha ingl.: sector rus.: сектор Diskda o‘qilishi mumkin bo‘lgan eng kichik birlik. Disk past pog‘onada formatlanganda u yo‘lak va sohalarga ajratiladi. Yo‘laklar disk atrofidagi doiralar, sohalar esa har bir doira ichidagi bo‘laklardir. Masalan, formatlangan disk har biri 10 sohaga ajratilgan 40 yo‘lakdan iborat bo‘lishi mumkin. Operatsion tizim va diskyuritma yo‘lak va soha sonini qayd etish orqali diskdagi axborot qayerda saqlanganini aniqlaydi. Zamonaviy diskyuritmalar zonalar-bitli yozish deb nomlangan usuldan foydalanadi. Diskdagi jismoniy kamchilik tufayli ishlatila olmaydigan soha yomon soha deyiladi.
(shuningdek SoHo) Kichik yoki uy ofisi. Kompyuter bozorining barqaror qismi va uning uchun mo‘ljallangan mahsulotlar (ixcham va foydalanishda qulay
qurilmalar) sinfining belgilanishi.
Izolatordagi kremniy, SOI texnologiyasi. Solaris operatsion (amaliy) tizimi ingl.: Solaris operating system rus.: операционная система Solaris SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan UNIX operatsion tizimining rusumi. Solaris simmetrik multiprotsessorli ishlov bajaradi, tasvirlar bilan
ishlash vositalariga ega, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi. Tizim Internet tarmog‘i, elektron pochta, shu jumladan, nutqiy pochta, faksimil aloqa bilan o‘zaro ishlay oladi. Yuqori unum va masshtablanuvchilik xususiyatlariga ega. SOM qisq.: System Object Model qarang: tizim obyektlari modeli SONET qisq.: Synchronous Optical Network Sinxron optik tarmoq, SONET tarmog‘i. Ma’lumotlarni optik tola orqali sinxron uzatish standarti. Sony korporatsiyasi ingl.: Sony corporation rus.: корпорация Sony Audio- va videoapparatura ishlab chiqaruvchi kompaniya. Yaponiyada 1946 yilda yaratilgan. Elektronikaning rivojlanishi kompaniya o‘z mahsulotlari assortimentining o‘zgartirishiga sabab bo‘ldi. Hozirgi paytda audiotexnika va videoapparatura, shu jumladan raqamli yozish uchun ham, musiqa tizimlari, kinoapparatura, SNA
265
televizion tarmoqlar uchun jihozlar, uy kompyuterlari va ular uchun dasturiy ta’minot, keng ko‘lamda tashqi qurilmalar, shaxsiy kompyuterlar, magnit-optik disklar va Internet tarmog‘i uchun televizion terminallar ishlab chiqaradi. SouthBridge Janubiy ko‘prik – mikrosxemalar to‘plamida odatda EIDE nazoratchisi, klaviatura, PCI-to- PCI ko‘prigi, ketma-ket/parallel portlar, USB shinasi va boshqa o‘xshash qurilmalarni o‘z ichiga
oluvchi periferiya nazoratchisining belgilanishi. soxtalashtirish ingl.: spoofing rus.: фальсификация Erkin foydalanishni boshqarish tizimlarini chetlab o‘tish uchun turli texnologiyalarini ishlatish. Bu boshqa tizimning IP-manzilini ishlatib, uning IP-manzili bilan niqoblanishidir.
qo‘llashga ko‘maklashish guruhi spam ingl.: spam rus.: спам Reklamaning elektron pochta orqali ruxsat berilmagan (beruxsat) ommaviy ravishda jo‘natilishi.
Bir xil xabarlarining katta miqdorini turli manzil egalariga jo‘natish. Odatda arzon reklama kompaniyasi, ustma-ust uzatishni uyushtirish yoki shunchaki odamlarning joniga tegish uchun qo‘llaniladi. SPARC qisq.: Scalalable Processor ARChitecture O‘stiriladigan protsessor arxitekturasi. SPD qisq.: Serial Presence Detect Ketma-ket erkin foydalanish orqali mavjudlikni aniqlash qurilmasi – qurilma turi va uning asosiy tavsifnomalari haqida axborotga ega bo‘lgan maxsus mikrosxemada ishlab chiqiladi (odatda, bu elektr
usulida qayta
dasturlashtiriluvchi xotira). Ushbu xotira hajmi – 512 bayt. SPEC qisq.: System Perfomance Evaluation Cooperative Tizimlarning ish samaradorligini baholash bo‘yicha konsorsium. Kompyuterlar ish
samaradorligini baholash uchun testlar ishlab chiqadi. SPF qisq.: Shortest Path First Avvalo eng qisqa yo‘l, SPF algoritmi. Yo‘naltirish algoritmi.
Standart parallel port – an’anaviy chop etuvchi interfeys, odatda ushbu interfeysni ishlab chiqqan va anchadan beri mavjud bo‘lmagan firma nomidan Centronics deb nomlanadi. Interfeys bayt bo‘yicha ma’lumotlarni 80 KB/s tezligida uzatish
imkonini beradi.
Ma’lumotlarni qabul
qilish zaruriyati tug‘ilganda Chop etuvchidan chiqadigan to‘rt signaldan foydalanish mumkin (qog‘ozning uzilishi, chop etuvchi buferi to‘lgan va h.k.).
Tartibga solingan paketlar almashuvi, SPX bayonnomasi. Novell NetWare tarmoqlarida transport pog‘onasi bayonnomasi, TCPga o‘xshash. SQL qisq.: Structured Query Language qarang: SQL tuzilmalashgan so‘rovlar tili SQL tuzilmalashgan so‘rovlar tili ingl.: Structured Query Language (SQL) rus.: язык структурированных запросов SQL Ma’lumotlar bazalari bilan
ishlashga mo‘ljallangan so‘rovlarni standartlashtirilgan SQL (Structured Query Language) tili. IBM tadqiqotlar markazida 1974 yili ishlab chiqilgan va dastlab SEQUEL (Structured English QUEry language) deb atalgan. SQL ilk bor ma’lumotlar bazasining tijorat tizimi sifatida 1979 yili Oracle kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan. SQLda kiritish - chiqarish operatorlari mavjud emas. Shu sababli u, boshqa tillar ichiga kirib S SQL tuzilmalashgan so‘... 266
oladi va ular bilan birgalikda ishlaydi. SQL bajaradigan asosiy funksiyalar quyidagilar: - axborotni ma’lumotlar bazasiga yozish; - kerak bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish; - ma’lumotlar bazasida o‘zaro faol axborotni izlash va uni chiqarib olish. SQL standarti ANSI tomonidan birinchi marta 1986 yili tasdiqlangan va so‘ngra, 1991 yili yangilangan.
Statik TXQ. SS7 qisq.: Signaling System 7 7-signalizatsiya tizimi. Stansiyalararo telefon signalizatsiyasi uchun xalqaro standart.
Oqimli SIMD kengaytmalar. Ko‘ptashuvchiga ishlov berish
bo‘yicha SHK
markaziy protsessorining imkoniyatlarini kengaytiruvchi Intel kompaniyasi texnologiyasi.
Ko‘rsatmalar to‘plamini qo‘llanmaga jo‘natuvchi kompyuter kodining turi. Ssenariy bevosita ssenariy yozilgan tilni o‘girishi mumkin bo‘lgan
qo‘llanma tomonidan bajariladi. Internetda ssenariylar odatda veb- sahifalarni sozlash yoki
o‘zaro faol
imkoniyatlarni qo‘shish uchun qo‘llaniladi. SSH qisq.: Secure Shell Kompyuterni masofadan boshqarish va fayllarni uzatish imkonini beruvchi tarmoq bayonnomasi. Funksionalligi bo‘yicha Telnet va rlogin bayonnomasiga o‘xshash, biroq kuchli
kriptografiyadan foydalanadi. SSH
bayonnomasining kriptografikaviy muhofazasi mustahkamlanmagan bo‘lib, turli shifrlash algoritmlarini tanlash imkoni mavjud. Ushbu bayonnomaning mijozlari va serverlari turli maslaklar uchun ochiq, u nafaqat mashinada xavfsiz uzoqlashgan shellga ega bo‘lishni, balki grafik interfeysini tunnellash (X Tunnelling) imkonini ham beradi (faqat Windows grafik interfeysidan foydalanuvchi UNIXga o‘xshash OT yoki qo‘llanmalar uchun).
Server tomonidan qo‘shimcha. HTTP serveri uchun HTML hujjati matniga kiritiladigan oddiy ko‘rsatmalar to‘plami. Masalan “include” SSI ko‘rsatmasi hujjatni HTTP
serveri tomonidan bevosita berilishidan oldin uning ichiga boshqa
fayl mazmunini qo‘shish imkonini beradi. SSID qisq.: Service Set ID Xizmatlar majmui aynanlagichi. IEEE 802.11 standartidagi simsiz tarmoq aynanlagichi.
Muhofaza qilingan soketlar bayonnomasi, SSL bayonnomasi. Netscape Communications korporatsiyasi tomonidan axborotni shifrlash va uni Internet orqali xavfsiz uzatish uchun ishlab chiqilgan standart. standart ingl.: standard rus.: стандарт Tan olingan standart tashkiloti tomonidan tasdiqlangan yoki sanoat tomonidan de facto standart sifatida tan olingan format yoki tavsif. Standartlar dasturlashtirish tillari, operatsion tizimlar, ma’lumot formatlari, kommunikatsiya bayonnomalari va elektr interfeyslar uchun mavjud.
standart dasturlar kutubxonasi ingl.: library of standard software rus.: библиотека стандартных программ Takrorlanadigan masala turlarini yechishga mo‘ljallangan tayyor
dasturlar yig‘masi. Chiziqli dasturlash, matritsalarni teskarilash, tajriba natijalarini statistik qayta ishlashning turli usullarini va boshqa masalarini hal qilib beradigan standart dasturlar mavjud. standartlarni amalga oshirishni va qo‘llashga ko‘maklashish guruhi ingl.: Standards Promotion and Application Group (SPAG) rus.: группа способствования реализации и применения стандартов SRAM
267
Tarmoqlar uchun
xalqaro standartlarni qo‘llashga ko‘maklashadigan tashkilot. SPAG 1986 yili Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, hamda shu Ittifoqga a’zo davlatlarning iqtisodiyot va sanoat vazirliklari tomonidan yaratilgan. SPAG ning vazifalari bo‘lib, Xalqaro Standartlar Tashkiloti (XST) ning hujjatlarini sanoatga tatbiq qilish,
shu standartlarni amalga oshirishdagi testlash va sertifikatsiyalashni o‘tkazish hisoblanadi. standartlashtirish ingl.: standardisation rus.: стандартизация Me’yorlar, qoidalar va tavsifnomalarni o‘rnatish faoliyati. Uning maqsadi: - mahsulotning atrof-muhit, hayot, sog‘liq va mulk uchun xavfsizligini; - mahsulotning texnikaviy va
axborot uyg‘unligi hamda o‘zaro almashtirilishini; - fan, texnika va texnologiya rivojlanish pog‘onasiga muvofiq ravishda mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatini; - o‘lchovlar birligini; - barcha turdagi resurslarning tejamkorligini; - tabiiy yoki texnogen halokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning paydo bo‘lish
ehtimolini hisobga
olgan holda xo‘jalik subyektlarning xavfsizligini; - mamlakatning mudofaa qobiliyatini va mobilizatsion tayyorgarligi kabi vazifalarni ta’minlashdir. statik ingl.: static rus.: статичный Umuman olganda mustahkamlangan va harakat qilishi yoki o‘zgarishi mumkin bo‘lmagan Internet yoki kompyuterda dasturlashtirish elemenlariga tegishli. Statikning teskarisi dinamikdir.
Axborotni yashirish haqidagi nazariya. Ba’zan kriptoalgoritm chidamliligiga ishongandan ko‘ra mahfiy axborot borligi dalilining o‘zini yashirish osonroq bo‘ladi. Steganografiya va shifrlashni birga ishlatish mumkin. Steganografiyaga misol sifatida tavsirlarda “tasodifiy” nuqtalar, tovush axborotida “shovqin” va boshqalarni keltirish mumkin. stil ingl.: style rus.: стиль Matn va sahifa elementlarini formatlash tavsifnomalari to‘plami.
Satr boshi, oyna va belgilarga bezak berish usullarini tavsiflaydi. Bu bilan u matnlarni rasmiylashtirishda salmoqli yordam ko‘rsatib, Stil, obyektlarning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq hamma narsani belgilab, ularning mazmunini daxlsiz qoldiradi.
Sinxron transport moduli. STP qisq.: Shielded Twisted Pair qarang: ekranlangan o‘rama juft strimer ingl.: streamer rus.: стример Magnit tasmali kassetalarga axborotni yozish va o‘qish qurilmasi. Odatda zahiraviy nusxalash uchun qo‘llaniladi. subyekt (kompyuter muhofazasida) ingl.: subject (in computer protection) rus.: субъект (в защите компьютера) Obyektlardan erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan
faol obyekt.
Masalan, dastur
bajarilishini boshlovchi jarayon. Subyekt
obyektlar orasida axborot oqimini keltirib chiqarib, ma’lumotlarga ishlov berish tizimi holatini o‘zgartirishi mumkin.
Dastur foydalanuvchisi parametrni belgilashni esidan chiqargan (dastur undan parametrni kiritishni so‘raganda u indamagan) bo‘lsa, yaxshi dastur o‘zi ushbu parametrga muayyan qiymat beradi. Oxirgisi sukut bo‘yicha qiymat deyiladi.
sukut
268
SUN Microsystems korporatsiyasi ingl.: SUN Microsystems corporation rus.: корпорация SUN Microsystems Apparatli va dasturiy ta’minot ishlab
chiqaruvchi kompaniya. SUN (Stanford University Networking) kompaniyasi 1982 yilda yaratilgan bo‘lib, Mountain Viewda (Kaliforniya, AQSH) joylashgan. Kompaniya shiori – «tarmoq – bu sizning biznes». SUN superkompyuterlar, tarmoqlar uchun jihozlar, jumladan serverlar, ish stansiyalari, tashqi xotira qurilmalari, elektron pochta va tarmoq boshqarish uchun dasturiy ta’minot, obyektga- yo‘naltirilgan me’moriy tuzilma vositalari, mikroprotsessorlar, Internet tarmog‘ining kabel teleko‘rsatuv tarmoqlari bilan o‘zaro ishlash qurilmalarini ishlab chiqaradi. Kompaniya UNIX operatsion tizimi muhiti uchun ish stansiyalarini yaratish va Java dasturlashtirish tilini rivojlantirishga oid ishlari bilan mashhur. Kompaniya mahsulotlari qatoriga SPARC ish stansiyalari va Solaris operatsion muhiti kiradi.
1. Kompyuterlar haqidagi fan sohasi. Bu soha modellashtirish va odatda inson tafakkurini eslatuvchi fikrlash va o‘rganish kabi vazifalarni bajarish tizimlari bilan bog‘liq. 2. Informatika sohasi. U avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida inson tafakkurining alohida vazifalarini haqqoniy taqlid qilish usullari va vositalarini ilmiy tadqiq qilish va ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. ST doirasida rasmiy algoritmlar bo‘lmagan vazifalarni bajarishning uslublari, dasturiy va
texnik vositalari yaratiladi: siymolarni tanish, tabiiy tillar va nutqni tushunish, o‘quvchi qobiliyatlariga ko‘ra o‘rgatish, tashxislar qo‘yish, teoremalarni isbotlash va h.k. 3.
Avtomatik va
avtomatlashtirilgan tizimlarning inson tafakkurining alohida vazifalarini bajarish xususiyati, masalan, oldin olingan tajriba va tashqi ta’sirlar tahlili asosida optimal qarorlarni tanlash va qabul qilish. sun’iy til ingl.: artificial language rus.: искусственный язык Foydalanish uchun qoidalari qat’iy belgilangan til.
1. Ilmiy va muhandislik vazifalarni bajarishda ayni vaqtdagi ishlov berishning eng katta tezligiga ega bo‘lgan kompyuterlar sinfinining ixtiyoriy vakili. 2. Hozirgi vaqtda eng quvvatlilar sinfiga mansub bo‘lgan kompyuter. Bu eng katta tezlikka va xotira hajmiga ega bo‘lgan qimmatbaho ko‘p protsessorli kompyuterdir. Superkompyuter hisoblashlarning katta hajmini nisbatan qisqa vaqt muddati ichida bajara oladi. Shuning
uchun superkompyuter odatda, masalan, fazo kemasi harakatini boshqarish, ob- havo ma’lumoti bashorati tuzish, katta ilmiy hisoblash tajribasini o‘tkazish kabi murakkab hisoblashlarni bajarishda qo‘llaniladi.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling