Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
tarmoq ingl.: network rus.: сеть Bog‘lamalar va ularni
birlashtiruvchi shoxchalar chizmasi. qarang: Kompyuter tarmog‘i. tarmoq amaliy tizimi ingl.: network operating system rus.: сетевая операционная система qarang: tarmoq operatsion tizimi tarmoq boshqarish markazi ingl.: network management centre rus.: центр управления сетью Katta tarmoqlarning ma’muriy tizimi. tarmoq hamjamiyati ingl.: network society rus.: сетевое общество Axborot o‘zaro ishlashlarning aksar qismi elektron tarmoqlari yordamida amalga
oshiriladigan jamiyat. tarmoq iqtisodiyoti ingl.: network economy rus.: сетевая экономика 1. Elektron tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan iqtisodiyot. 2. Iqtisodiy tizimning xohlagan nuqtasida joylashgan xohlagan kompaniya yoki shaxs osonlik bilan va eng kam harajatlar bilan xohlagan boshqa kompaniya yoki shaxs bilan muloqotda bo‘lishi mumkin bo‘lgan muhit. Muloqot qo‘shma faoliyat, fikrlar yoki nou- xaularni almashish yoki shunchaki «ko‘ngil ochish» uchun bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlarni kompyuter tarmog‘ida bitta kompyuterdan boshqasiga uzatish paytida kompyuter va aloqa
kanali ishini
muvofiqlashtiruvchi plata shaklida yaratilgan moslashtirgich. Tarmoq kartasi kompyuter shinasidan parallel ravishda keluvchi va axborot so‘zlarining ikkilik xonalariga mos signallarni T tarmoq kartasi
274
aloqa liniyasi orqali ketma-ket uzatiluvchi yuqori chastotali impulslarga o‘giradi. tarmoq ma’muri ingl.: network administrator rus.: администратор сети Avtomatlashtirilgan tizim va/yoki hisoblash tarmog‘i resurslarining me’yoriy ishlashi va ularni ishlatish uchun javobgar mutaxassis. tarmoq moslashtirgichi ingl.: network adapter rus.: сетевой адаптер qarang: tarmoq kartasi tarmoq operatsion tizimi ingl.: network operating system rus.: сетевая операционная система Tarmoqda ma’lumotlarga ishlov berish, ularni saqlash va uzatishni ta’minlovchi dasturlar majmui.
Tarmoqning asosiy
vazifalarini ta’minlovchi ustki pog‘onalar bayonnomalarining o‘zaro bog‘liq guruhini belgilaydi. Ularga, birinchi navbatda, quyidagilar kiradi: obyektlarni manzillash, xizmatlarning faoliyat ko‘rsatishi, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, tarmoqni boshqarish. tarmoq platasi ingl.: network card rus.: сетевая плата qarang: tarmoq kartasi tarmoq provayderi ingl.: network provider rus.: провайдер сети Abonentlik punkti va
bevosita tarmoq
abonentlariga tarmoq xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilot. tarmoq tashkiloti ingl.: network organization rus.: сетевая организация Ishlab
chiqarish va
biznesni boshqarish jarayonida tarmoq aloqalari, munosabatlari va texnologiyalaridan foydalanuvchi tashkilot. tarmoq texnologiyalari ingl.: network technologies rus.: сетевые технологии Tarmoq maromida muloqotda bo‘lish imkonini beruvchi texnologiyalar.
Kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlarning harakati. Ba’zan ushbu atama ma’lumotlar harakatini tasniflash uchun ishlatiladi. tarmoq choki ingl.: network wearing rus.: прошивка сети Ma’lumotlarga ishlov berish tizimidan beruxsat erkin foydalanish usuli. Tarmoq choki erkin foydalanishga ruxsat olish uchun payqash va erkin foydalanish yo‘llarini ta’qib qilish tizimini chetlab
o‘tib, turli
aloqa tarmoqlaridan foydalanishga asoslanadi.
URL manzilida Internet serverini aniqlovchi noyob nom. Tarmoqda joylashish nuqta bilan ajratilgan ikki yoki undan ko‘p qismdan iborat bo‘ladi. Masalan, www.company.com. U, shuningdek, server nomi va Internetdagi manzil deb ham ataladi.
Tarmoq operatori o‘z xizmatlarini taqdim qiladigan nuqta. U ishlatish sharoitida operator va foydalanuvchi javobgarliklarining bo‘linish nuqtasidir.
Foydalanuvchilar orasida axborotni uzatish va olishni ta’minlovchi turli telekommunikatsiya operatorlarining tarmoqlari orasida texnologik o‘zaro ishlash.
Har xil tizim turlarining o‘zaro ishlashini belgilovchi interfeys.
Kommunikatsiya tarmog‘i orqali marshrutlarni o‘tkazishning turli
bayonnomalaridan foydalanish uslubiyatlari. Bitta
tarmoqda tarmoq
pog‘onasidagi turli bayonnomalar tarmoq ma’muri
275
ishlashini ta’minlash zaruriyati «asinxron uzatish usulidan foydalanuvchi ko‘p
bayonnomalar», ya’ni MPAO deb nomlangan texnologiyaning yaratilishiga olib keldi. Mazkur texnologiya tezkor
tarmoqlarda samarali ishlovchi uzatishning asinxron usuliga
asoslangan. tarmoqlararo o‘zaro ishlash ingl.: network interconnection rus.: межсетевое взаимодействие Turli tarmoqlarda joylashgan abonent tizimlari va ma’muriy tizimlarning o‘zaro ishlash usullari. Umumiy ravishda birlashtiriladigan obyektlar turli arxitektura, tarmoqni boshqarishning turli usullariga ega. Shuning uchun tarmoqlar birlashtirilganda ularning o‘zaro ishlashini boshqarish muammosi paydo bo‘ladi. O‘zaro ishlash pog‘onasini tanlash muhim o‘rin tutadi. Uni
tarmoq pog‘onasida tashkillashtirish usullari eng keng tarqalgan. Tarmoqlararo o‘zaro ishlash tarmoqlararo texnologiyalarga asoslanib mahalliy tarmoqlar va aralash tarmoqlarni yaratishni ta’minlaydi.
Hisoblash yoki axborot tarmog‘iga maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir. U belgilangan dasturga binoan faoliyat (tizim, ma’lumotlarni uzatish kanallari, terminallarni yoqish va o‘chirish, nosozliklar diagnostikasi, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, hisobotlarni tayyorlash va h.k.) tashkil etish uchun amalga oshiriladi. tarmoqning jismoniy tuzilmasi ingl.: physical structure of network rus.: физическая структура сети Axborot-hisoblash tarmog‘ini ifodalash shakli. U o‘zaro ish bajaruvchi apparat vositalaridan iborat.
tarmoqqa faol ulanish ingl.: active line connection rus.: активное подключение к линии Tarmoqqa ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki kirgizish maqsadida ulanish.
Tarmoqqa ulangan kompyuterlarning erkin resurslarini resurs talab vazifani yechish uchun ishlatish imkonini beruvchi texnologiya. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad bekor turgan hisoblash resurslarini samarali ishlatib, hisoblashlar narxini arzonlashtirishdir.
Axborot
muhofazasi usuli.
U muhofazalanayotgan axborotga avtomatlashtirilgan ishlov berish, saqlash va uzatish jarayonlarida undan beruxsat erkin foydalanish ehtimoli eng kam bo‘ladigan sharoit yaratish uchun xizmat qiladi.
Boshqaruv organlari tomonidan o‘rnatilgan cheklashlar; amaliy, ma’muriy va hisobga olish tartiboti; axborot muhofazasi uchun nozik ma’lumotlarning kerakli xavfsizlik pog‘onasini ta’minlash uchun ishlatiladigan tegishli boshqarish usullari. tasdiqlovchi markazlar ingl.: certified centers rus.: удостоверяющие центры Bu Rossiya federatsiyasi qonunchiligiga tegishli bo‘lib, umum
foydalanishidagi axborot
tizimlarida ishlatiladigan elektron raqamli imzo kriptotizimiga oiddir. Tasdiqlovchi markaz bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar O‘zbekiston Respublikasining elektron raqamli
imzo to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq Ro‘yxatga olish markazlari zimmasiga yuklatilgan. Karang: ro‘yxatga olish markazlari. tasnif indeksi ingl.: classification index rus.: классификационный индекс Biror bir tasnif tizimida bo‘linishlarning raqamli yoki harf-raqamli ramzlarda shartli belgisi. tasniflagich ingl.: classifier rus.: классификатор T tasniflagich
276
Har bir obyekt uchun uning o‘z o‘rnini va aniq (odatda raqamli) belgisini topish imkonini beradigan tizimli to‘plam, qandaydir obyektlar ro‘yxati. Turli tasniflagichlar mavjud: mahsulot, korxonalar, texnik
tizimlar, kitoblar va maqolalar tasniflagichlari. Tasniflanmalar iqtisodiy ma’lumotlarga kompyuter yordamida ishlov berish uchun zarur. Tasniflagichlar yordamida iqtisodiy ma’lumotlar kodlanadi, ya’ni, hisoblash texnikasi vositalarida qayta ishlash uchun qulay shaklda ifodalanadi.
Tasodifiy son generatsiyalaydigan qurilma yoki dastur. U biror ma’lum algoritmga rioya qilmaydi. tasvir kanali ingl.: image channel rus.: канал изображения To‘la rangli teleko‘rsatuv signallari uzatishga mo‘ljallangan namunaviy uzatish kanali.
Tasvirlarni yaratish, tahlil qilish, o‘zgartirish yoki talqin qilish jarayoni. Tasvirlarga ishlov berish bir necha bosqichda bajariladi. Ulardan birinchisi, tasvirlarni abonent tizimiga videokiritish qurilmasi, sichqoncha, klaviatura, nurli pero, elektron mo‘yqalam, skaner va dasturiy ta’minot, masalan, grafik muharrir yordamida kiritish bilan bog‘liq. Tizimga kiritilgan tasvirga turli ishlovlar: - buzib talqin qilishni va kamchiliklarni yo‘qotish; - yoritilganlik oraliqlarini kengaytirish; - obyekt tashqi shaklini ajratish; - tasvir bo‘laklarini bo‘yash; - obyektlarni va siymolarni tanish beriladi. Tasvirlarni ifodalash va ularga ishlov berish usullari kompyuter grafikasi deb ataladi.
Tashuvchi imkoniyatlariga ko‘ra kattaroq ma’lumotlar hajmlarini uzatish (yoki xotirlash) imkonini beruvchi signallarni kodlash/dekodlash uslubi. tayanch kompyuter ingl.: mainframe rus.: базовый компьютер Axborot tizimida ko‘p sonli chekka-tashki (chegra) qurilmalari (diskli to‘plovchi, printerlar va boshqalar) bilan ulanadigan katta quvvatli kompyuter. Undan
korporativ pog‘onada ko‘pmasalali muhitda foydalaniladi. Tayanch kompyuter yuqori tezlik bilan ishlaydi, nisbatan katta operativ xotiraga ega va yechilayotgan masalalarning keng doirasini qamrab
oladi. Tayanch
kompyuter kommunikatsiya tarmog‘i orqali
o‘zining resurslarini ko‘p sonli foydalanuvchilarga taqdim qiladi va ma’lumolarni qayta ishlashda asosiy oqimlarni o‘z zimmasiga oladi. tayanch stansiya ingl.: base station rus.: базовая станция Foydalanuvchilarning tizimlari bevosita aloqa qiladigan axborot
tizimlari. Ular
radio tarmoqlarining muhim bo‘lagidir. Yer ustidagi stansiyalar yerning yuzida joylashadi (binolar ustida, machtalarda, va h.k.). Sun’iy yo‘ldosh radio tarmoqlarida stansiyalar aloqa sun’iy yo‘ldoshlarida joylashadi. tayanch tarmoq ingl.: backbone network rus.: базовая сеть O‘tkazish imkoniyati yuqori
bo‘lgan kommunikatsiya tarmog‘i, U ma’lumotlarni uzatishda yuqori tezlik talab etadigan hududiy tarmoqlarni, mahalliy tarmoqlarni, superkompyuterlarni va audiovideotizimlarni ulashga mo‘ljallangan. Har bir tayanch tarmoq talaygina hududni, ko‘p hollarda qit’ani qamrab oladi.
taymer ingl.: timer rus.: таймер Berilgan astronomik vaqt
mobaynida impulslarni berib turadigan va vaqt hisobini ta’minlaydigan qurilma. Uning asosida yuqori sifatli kvars kristali tebranishlari yotadi. Hisob vaqtining aniqligi tebranishlar yetarlicha o‘zgarmas chastota bilan sodir bo‘lishi tufayli ta’minlanadi. Vaqt hisobini olib borish vazifasi operatsion tizim zimmasiga tushadi. Ko‘pgina kompyuterlarda, ular elektr
tamog‘idan tasodifiy son generatori
277
o‘chirilganda ham ichki soat o‘z ishini davom ettiraveradi. Bunday soatlar akkumulatorlardan ozuqa oladi.
Faol veb bog‘lamasi qismi bo‘lmagan sahifa yoki faylga ko‘rsatuvchi gipermurojaat.
Alohida kompyuter bilan o‘zaro ishlashi va u tomonidan boshqarilishi mumkin bo‘lgan har qanday qurilma. Masalan, kiritish-chiqarish qurilmasi, tashqi xotira.
Veb
bog‘lamasidan foydalanish haqidagi hisobotlarda foydalanuvchi veb bog‘lamasidan erkin foydalangani va bir yoki bir necha faylni ko‘rib
gipermurojaat orqali
boshqa bog‘lamalarga o‘tgani yoki
brauzerni berkitganini ko‘rsatuvchi qiymat. tashriflar sanagichi ingl.: visitor counter rus.: счетчик посещений Veb-serveri tomonida yurgizilgan va ma’lum veb-sahifaga murojaatlar sonini hisoblovchi kichik dastur. Asosan sahifaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar sonini aniqlash va reklama maqsadida foydalaniladi. Sanagich odatda ikki asosiy qismdan: - saytlar sahifalarida ma’lumotlarni to‘plash uchun joylashtiriladigan dasturiy kod. Odatda ushbu sahifalarda tashriflar sonining grafik tasviri joylashgan bo‘ladi; - saytlar sahifalaridan olingan axborotga ishlov berib uni turli statistik hisobotlar shaklida taqdim etuvchi dasturiy kod (“yuritgich”) iborat. Sanagichlar ishi HTTP so‘rovlari siz qayerdan kelganingiz (HTTP Referrer), sizning IP manzilingiz, veb-brauzer rusumi, operatsion tizim va boshqa ma’lumotlarni o‘z chiga olishda asoslangan.
Tarmoqning muayyan resurslaridan foydalanuvchi shaxs. Ba’zi server (yoki sayt) egalari sahifada tashrifchilar sonini sanagichni joylashtiradi.
Veb resurslarining (asosan tijorat resurslarning) tashrifchilari sonini oshirishga qaratilgan jami marketing va undov yechimlari. Bunga, masalan tashrifchilar to‘g‘risidagi axborotning to‘xtovsiz monitoringi va uning ma’lumotlarini demografik ahvol, fuqarolarning ishtiyoq va didlari, mintaqa xususiyatlari va h.k. bilan solishtirish kiradi. Eng istiqbolli tarmoq biznes texnologiyalarining biridir. tashrifchilar soni ingl.: web-traffic rus.: посещаемость Ma’lum vaqt birligi davomida (kun, oy va h.k.) veb-saytga (yoki uning ma’lum sahifasiga) tashrif buyurganlar soni. TB qisq.: TeraByte Terabayt. Tbit qisq.: Terabit Terabit. TCL qisq.: Tool Command Language Asbobiy buyruqlar tili, TCL tili. Obyektga yo‘naltirilgan qadam-baqadam o‘giriluvchi dasturlashtirish tili. TCO qisq.: 1. Total Cost of Ownership – Egalik qilishning umumiy narxi. Qurilma (masalan, kompyuter) yoki dasturiy mahsulotni sotib olish, o‘rnatish va foydalanish bo‘yicha to‘liq harajatlar miqdorini aks ettiradi. T TCO
278
2. TCO tashkiloti. Kasb xodimlari uyushmasi (Shvetsiya). 3. TCO standarti. Bir xil nomli tashkilot tomonidan videomonitorlar parametrlari uchun ishlab chiqiladigan standartlar, masalan, TCO- 95, TCO-99. Standartlar talablari monitorlar yaratuvchi inson organizmi uchun zararli omillarni cheklab qo‘yadi: elektrmagnit nurlanish, elektrstatik maydoni, tasvir uchishi. TSO standartlari, shuningdek, energiyani tejash va
elektr iste’molini boshqarishga doir
talablarni o‘z ichiga olgan. Batafsilroq axborotni www.tco-info.com saytida olish mumkin.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling