Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103

 

tizim muhandisi 

ingl.: system engineer 

rus.: системный инженер 

Tizimli dasturiy ta’minotini ishlatish va kuzatib 

borish  bilan  shug‘ullanuvchi  shaxs  (odatda 

muhandis-dasturlashtiruvchi).  Ba’zi  hollarda 

tizim muhandisi tizim ma’muri vazifalarini ham 

bajaradi. 



 

tizim obyektlari modeli 

ingl.: System Object Model (SOM) 

rus.: модель системных объектов 

Dasturlarning 

mahalliy 

tarmoqda 

o‘zaro 

ishlashi  va  ularning  bitta  abonent  tizimidan 



boshqasiga 

ko‘chishi 

mumkinligini 

ta’minlovchi 

yondashuv. 

SOM 


IBM 

korporatsiyasi 

tomonidan 

obyektlarni 

boshqarish  guruhi  tomonidan  taklif  qilingan 

«obyektlar 

so‘rovi 

agentlarning 

umumiy 

arxitekturasi» CORBA asosida ishlab chiqilgan. 



Model  turli  abonent  tizimlarida  joylashgan 

obyekt-dasturlarning  interfeyslari  va  o‘zaro 

ishlash  qoidalarini  belgilaydi.  Bir jinsli  muhitni 

hosil  qilib,  SOM  foydalanuvchiga  tarmoqda 

ishlatiladigan  maslaklardan  qat’iy  nazar  turli 

operatsion  tizimlar  bilan  ishlash  imkonini 

beradi.  Uning  yordamida  turli  maslaklarda 

ishlayotgan  obyektlardan  foydalanib,  ularning 

o‘zaro ishlashini ta’minlash mumkin. 

 

tizim resursi 

ingl.: system resource 

rus.: системный ресурс 

Kompyuter  qurilmalari  tomonidan  dasturni  o‘z 

talabidan  xabardor  qilish  uchun  yoki  dastur 

tomonidan  qurilma  vazifasini  nazorat  qilish 

uchun ishlatiladigan qurol. 

 

tizim tahlili 

ingl.: systems analysis 

rus.: системный анализ 

Turli  tavsifdagi  murakkab  muammolarni  hal 

etish bo‘yicha qarorlarni tayyorlash va isbotlash 

uchun  ishlatiladigan  jami  uslubiy  vositalar.  U 

tizimli  yondashuvga  hamda  qator  matematik 

usullar  va  zamonaviy  boshqaruv  usullariga 

asoslanadi.  Asosiy  tartibot  –  voqeiy  holatning 

o‘zaro 


bog‘liqliklarini 

aks 


ettiruvchi 

umumlashgan modelni yaratish. 



 

tizim tahlilchisi 

ingl.: system analyst 

rus.: системный аналитик 

Amaliy  muammolarga  tavsif  beruvchi,  tizim 

spetsifikatsiyalarini  belgilovchi,  qurilmalarni 

o‘zgartirish 

bo‘yicha 

tavsiyalar 

beruvchi, 

ma’lumotlarga  ishlov  berish  tartibotlarini  va 

ko‘zda 

tutilgan 



ma’lumotlar 

tuzilmalarini 

loyihalashtiruvchi mutaxassis. 

 

tizimli dasturiy ta’minot 

ingl.: system software 

rus.: системное программное обеспечение 

Hisoblash  tizimi  tarkibiga  kiruvchi  jami  tizimli 

dasturlar.  Bu  kompyuterdan  foydalanish  va 

xizmat 


ko‘rsatish, 

hisoblash 

ishlarini 

tashkillashtirish va amaliy dasturlarni yaratishni 

avtomatlashtirish  uchun  zarur  bo‘lgan  dasturiy 

ta’minot.  Tizimli  dasturiy  ta’minotning  eng 

muhim  tarkibiy  qismi  –  operatsion  tizim  – 

apparatli  vositalar  uchun  zarur  qo‘shimcha 

bo‘lib, 

odatda 


hisoblash 

tizimini 

ishlab 

chiqaruvchi 



tomonidan 

yetkazib 

beriladi. 

Tizimli  dasturiy  ta’minotning  boshqa  tarkibiy 

qismlari 

kompyuterga 

foydalanuvchini 

qoniqtiradigan hisoblash tizimini yaratish uchun 

uning o‘zi tomonidan o‘rnatiladi. 

 

TLD 

qisq.: Top Level Domain 

Yuqori  pog‘onali  domeni.  To‘liq  domen 

nomning  oxirgi  (o‘ng)  qismi.  Masalan,  gov.uz 

domenida  yuqori  pog‘onali  domen  ‘.uz’.  turli 

yuqori 

pog‘onali 



domenlar 

mavjud, 


masalan .biz, .com, .edu, .gov, .info, .int, .mil, .

net,  .org;  shuningdek  dunyo  mamlakatlarini 

belgilovchi  ikki  harfli  domen  nomlari  ham 

bor: .uz, .ru, .ua, .pl, .us. 



 

TLS 

qisq.: 

1.  Thread  Local  Storage  –  Oqimning  mahalliy 

xotirasi.  

2.  Transport  Layer  Security  –  Transport 

pog‘onasida xavfsizlik, TLS bayonnomasi. 

 

TM 

qisq.: TradeMark 

qarang: tovar belgisi 

 

TOP funksional profili (kasbiy yo‘nalishi) 

ingl.: TOP functional profile 

TOP funksional profili... 



 

288 


rus.: функциональный профиль TOP 

Texnologik  va  muassasa  bayonnomalarining 

shajarasini 

belgilovchi 

funksional 

kasbiy 


yo‘nalish.  Boeing  Computer  Service  jamiyati 

1985  yilda  funksional  kasbiy  yo‘nalishning, 

TOP  «texnik  va  muassasa  bayonnomasi»  deb 

atalmish  to‘la  rusumini  taklif  qildi.  U 

muassasalarning  mahalliy  tarmoqlarida  keng 

foydalanish  uchun  mo‘ljallangan.  TOP  amaliy 

kasbiy  yo‘nalishi  xilma-xil  tarmoq  xizmatlarini 

taqdim qiladi. 



 

topologiya 

ingl.: topology 

rus.: топология 

Tarmoqning 

umumiy 

tarkibiy 



tuzilmasi. 

Tarmoq  topologiyasi  kompyuter,  kabel  va 

tarmoqning boshqa tarkibiy qismlarini jismoniy 

joylashuvini ifodalaydi. Har bir topologiya aniq 

shartlarni  qo‘yadi.  Ularning  har  biriga  na  faqat 

kabelning  turini  aniqlash  darkor,  balki  uni 

qanday  yotqizishni  ham.  Turli  topologiyalar 

kompyuterlarni  tarmoqda  aniq  o‘zaro  ishlash 

usuliga 

ham 


talab 

qo‘yadi. 

Asosiy 

topologiyalarga shina, yulduz va halqa kiradi. 



Agar  kompyuterlar  bir  kabel  (segment)  bo‘ylab 

ulangan  bo‘lsalar,  bunday  topologiya  shina  deb 

ataladi.  Agar  kompyuterlar  bir  nuqtadan 

chiqqan 


segmentlarga 

yoki 


to‘plagichga 

ulangan  bo‘lsalar,  bunday  topologiya  yulduz 

deb  ataladi.  Agar  kompyuterlar  ulangan  kabel 

halqa  qilib  ulangan  bo‘lsa,  bunday  topologiya 

halqa  deb  ataladi.  Amaliyotda 

yuqorida 

keltirilgan 

sodda 


topologiyalarning 

murakkabroq birikmalari ham uchraydi. 



 

topshiriq 

ingl.: job 

rus.: задание 

Kompyuter 

bajaradigan 

ish 


hajmi. 

ma’lumotlar,  dasturlar,  fayllar  va  mashina 



uchun  ko‘rsatmalar  majmuidan  iborat.  Ixtiyoriy 

topshiriq  bir  necha  bosqichda  bajarilishi 

mumkin, 

ularning 

bir 

qismi 


o‘zidan 

avvalgilarining  natijalariga  bog‘liq  bo‘ladi. 

Topshiriqlar ikki xil maromda, ya’ni bir dasturli 

va  ko‘p  dasturli  maromda  bajarilishi  mumkin. 

Oxirgi 

holda, 


tizimda 

qandaydir 

vaqt 

mobaynida  topshiriqlar  majmui  bajariladi.  Uni 



maxsus  rejalovchi  dastur  boshqarib,  u  amaliy 

jarayonlar  tomonidan  qo‘shma  resurslarni 

ishlatish tartibini belgilaydi. 

 

tor yo‘nalishli reklama 

ingl.: targeting 

rus.: узконаправленная реклама 

Reklama bannerini reklama beruvchi uchun eng 

qiziq 

bo‘lgan 


faqat 

cheklangan 

foydalanuvchilar 

doirasiga 

(maqsad 

auditoriyasiga)  ko‘rsatish.  Masalan,  banner 

ko‘rsatishlarni  foydalanuvchilar  so‘rovlariga 

javoban 


sotuvchi 

katta 


izlash 

tizimlari 

foydalanuvchiga  izlash  doirasini  aniqlab  berib, 

unga  mavzuga  mos  bannerlarni  ko‘rsatadi. 

Reklama  beruvchilar  banner  ko‘rsatishlarni 

aynan  tor  yo‘nalishga  ega  bo‘lgan,  ya’ni 

foydalanuvchilarning 

aksariyati 

berilgan 

mahsulot/xizmat turi bilan qiziqadigan saytlarda 

(yoki  sayt  bo‘limlarida)  sotib  olishga  harakat 

qiladi.  Reklamaning  bunday  turi  eng  samarali, 

biroq qimmatroq. 

 

TouchPad 

Tegishni  sezuvchi  panel  –  hajmi  tahminan  6x6 

sm  bo‘lgan,  sichqonchaning  o‘rnini  bosuvchi 

maxsus 


panel. 

Panel 


barmoqning 

harakatlanishini  ham,  u  bilan  bosishni  ham 

nazorat 

qiladi. 


Mobil 

kompyuterlarda 

qo‘llaniladi  va  ba’zi  klaviatura  modellariga 

o‘rnatiladi. 



 

tovar belgisi 

ingl.: TradeMark (TM) 

rus.: товарный знак 

Kompaniyaning  yoki uning maxsulotini ajratish 

uchun  xizmat  qiladigan  o‘rnatilgan  tartibda 

ruyxatga 

olingan 

belgi. 


Tovar 

belgisiga 

misollar: Novell, Windows, Microsoft. 

 

tovush 

ingl.: sound 

rus.: звук 

Muhitning  tebranma  harakati.  Tabiatning  har 

qanday  hodisalari  qatori  asboblar,  apparatlar, 

mashinalar,  transport  vositalari  ham  tovush 

manbai  bo‘lishi  mumkin.  Tovushning  alohida 

turlari bo‘lib nutq va musiqa hisoblanadi. Inson 

16  Gs  dan  to  20  kGs  chastota  oraliqdagi 

tovushlarni  qabul  qila  oladi.Texnik  qurilmalar 

unga  qaraganda  ancha  keng  oraliqda  tovush 

qabul  qila  oladi,  hattoki,  ultratovush  va 

gipertovushni  ham.  Tovush  foydalanuvchi 

tizimiga  tovush  platasi  orqali  kiritiladi  va 

tovush 

tizimida 



qayta 

tiklanadi.Tovush 

topologiya 

 


 

289 


tashuvchi  to‘lqinlar  mikrafon  bilan  qabul 

qilinadi,  analog-raqamli  o‘zgartirishdan  o‘tadi 

va  bir  o‘lchamli  diskret  signallar  ketma-

ketligiga  aylanadi.  Buning  sharofati  bilan, 

tovush  xotira  qurilmasiga  yoziladi,  so‘ngra, 

boshqa  turdagi 

ma’lumotlar  shakli 

kabi 


uzatiladi, saqlanadi va unga ishlov beriladi. 

 

tovush fayli 

ingl.: sound file 

rus.: звуковой файл 

Nuqtama-nuqta 

kodlanadigan 

tovush 


bo‘laklaridan  iborat  fayl.  Bundan  tashqari, 

tovush  fayli  dasturlar  va  qurilmalar  tomonidan 

ishlatiladigan  boshqaruvchi  kodlarni  ham  o‘z 

ichiga  oladi.  Tovush  fayllarining  namunaviy 

kengaytmalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 

Microsoft Windows - .wav 

MPEG (Moving  Pictures  Expert  Group)  Layer-

3 - .mp3 

Apple - .aif 

MIDI - .mid 

 Intel Indeo Video Movie clips - .avi 

 

tovush kanali 

ingl.: sound channel 

rus.: канал звука 

Tovush eshittirish signallari yoki tovush jo‘rligi 

signallari  uzatishga  mo‘ljallangan  namunaviy 

uzatish kanali. 



 

tovush kartasi 

ingl.: sound card 

rus.: звуковая карта 

qarang: tovush platasi 

 

tovush kolonkasi 

ingl.: speaker 

rus.: звуковая колонка 

Manbaga (tovush platasiga) ulanadigan analogli 

tovush  signalini  qayta  tiklaydigan  akustika 

apparaturasi.  Odatda,  stereoeffekt  yaratish 

uchun tovush platasiga bir juft tovush kolonkasi 

ulanadi. 



 

tovush moslagichi 

ingl.: sound adapter 

rus.: звуковой адаптер 

qarang: tovush platasi 

 

tovush platasi 

ingl.: sound board 

rus.: звуковая плата 

Kompyuter  yordamida  tovushlarni  yozish  va 

eshittirish,  musiqani  sintezlash,  kompyuterga 

ulangan tashqi akustika apparatlarini boshqarish 

imkonini 

beradigan 

plata 

(foydalanuvchi 



tizimining 

bo‘lagi). 

Tovush 

platasi 


o‘z 

mikroprotsessoriga ega bo‘lib, tovushni tizimga 

kiritishda 

analog-raqamli 

o‘zgartirish 

va 


chiqarishida 

diskret-analogli 

o‘zgartirishni 

ta’minlaydi.  Ko‘pincha  plata  ma’lumotlarni 

zichlashtirishni ham amalga oshiradi. 

 

tovush tizimi 

ingl.: sound system 

rus.: звуковая система 

Tovushni  eshittirish  uchun  mo‘ljallangan tizim. 

Tovush 

tizimlari 



kompyuterlarning 

kirish/chiqish qurilmasi bo‘lib, elektr signallarni 

mono-  yoki  stereotovushga  o‘zgartirib  beradi. 

Ularning  orasida  3D  «ucho‘lchovli»  deb 

ataluvchi 

stereotizimlar 

tobora 

keng 


tarqalmoqda.  Har  bir  tovush  tizimi  hech 

bo‘lmaganda bitta past chastotali va bitta yuqori 

chastotali 

radiokarnayga, 

hamda 

ichiga 


joylashtirilgan kuchaytirgichga ega. 

 

Toshiba korporatsiyasi 

ingl.: Toshiba corporation 

rus.: корпорация Toshiba 

Elektron  apparatura,  shaxsiy  kompyuter  va 

mobil tizimlar uchun jihozlar ishlab chiqaruvchi 

kompaniya.  Ixcham  shaxsiy  kompyuterlar 

ishlab 

chiqaruvchi 



eng 

yetakchi 

kompaniyalardan  biri.  Kompyuterlar  katta 

suyuq kristalli monitor va DVD tizimlariga ega. 

Katta  e’tibor  mobil tizimlarga  va  nutqqa ishlov 

berishga qaratiladi. 



 

TPDDI 

qisq.: Twisted Pair Distributed Data Interface 

qarang: CDDI 

 

TPM 

qisq.: Transaction Processing Monitor 

Tranzaksiyalarga 

ishlov 

berish 


monitori. 

Tranzaksiyalarga  ishlov  berishni  boshqaruvchi 

o‘rtacha pog‘onaga ega bo‘lgan DT. 

 

TPMA 

qisq.: Token Passing Multiple Access 

vakolat  uzatish  bilan  ko‘p  tomonidan  erkin 

foydalanish 

 

TrackBall 

TrackBall 

 


 

290 


Harakatlanishi  nazorat  qilinuvchi  shar  –  shar 

shaklidagi  va  sichqonchaning  o‘rnini  bosuvchi 

2  yoki  3  tugmachadan  iborat  maxsus  qurilma. 

Sharni  barmoq  bilan  burash  sichqonchaning 

harakatlanishiga teng. 

 

trafik 

ingl.: traffic 

rus.: трафик 

Telekommunikatsiya 

tarmog‘i 

orqali 


uzatilayotgan  xabarlar  to‘plami.  Trafik  vaqt 

birligida  uzatilayotgan,  kompyuter  xotirasini 

o‘lcham  birligida  ifodalangan  (bit/sek)  axborot 

hajmi  bilan  aniqlanadi.  Trafik  kanalning  yoki 

kommunikatsiya  tarmog‘ining  yuklanganligini 

belgilaydi. 



 

trafik tahlili 

ingl.: traffic analysis 

rus.: анализ трафика 

Axborot  almashuvi  oqimini  nazorat  qilish 

asosida  axborot  haqidagi  taxminlar.  Misol  – 

aloqa  tarmog‘ining  ish  yukining  mavjudligi, 

yo‘qligi,  hajmi,  yo‘nalishi  va  chastotasining 

tahlili. 



 

trafikni tiqishtirish 

ingl.: traffic stuffing 

rus.: набивка трафика 

Axborot  muhofazasi  sohasida  -  aksil  chora.  U 

trafikni  tahlillashni  yoki  shifrlangan  matnni 

ochiq  matnga  o‘girishni  murakkablashtirish 

uchun uzatish muhitida ma’nosiz ma’lumotlarni 

yaratib  ulardan  foydalanishni  nazarda  tutadi. 

Masalan, 

ramzlar 


ketma-ketligi 

sifatida 

kodlangan  xabar  uzatishda  ketma-ketlikning 

ayrim  xonalarini  yaratilgan  ramzlar  bilan 

to‘ldirish tushuniladi. 

 

trakt 

ingl.: path 

rus.: тракт 

Ma’lumotlar uzatiladigan kanallar ketma-ketligi 

yoki  yo‘l.  Trakt  ma’lumotlarni  uzatish  yo‘lini 

aniqlagan  hollarda,  uni  ko‘pincha  marshrut  deb 

ham atashadi. Bular, trakt bo‘ylab uzatilayotgan 

tarmoqdagi  ma’lumotlar  bloki,  MB  dagi 

axborot  yig‘masi,  dasturdagi  buyruqlar  ketma-

ketligi  va  axborot  izlashdagi  fayllar  ketma-

ketligi bo‘lishi mumkin. 

 

transformatsiya 

ingl.: morphing 

rus.: трансформация 

Bitta  tasvir  sekin  boshqa  tasvirga  aylanadigan 

animatsiya  usuli.  Ko‘p  murakkab  animatsiya 

dasturlari  transformatsiya  vazifasini  qo‘llab-

quvvatlaydi. 

 

transliterator 

ingl.: transliterator 

rus.: транслитератор 

Kiril alifbosida  yozilgan  matnni  xuddi  shunday 

mazmuniy  ahamiyatdagi  lotin  alifbosidagi  to‘la 

mutanosib  matnga  o‘girishga  mo‘ljallangan 

konvertor-dastur. 

 

translyator 

ingl.: translator 

rus.: транслятор 

1.  Signallarni  bir  shaklda  qabul  qilib  (odatda 

aniq  chastotatali  analog  shaklda),  boshqa 

shaklda uzatadigan kommunikatsiya qurilmasi. 

2. Axborotni bir tizimdan boshqa tizimdagi teng 

kuchli axborotga o‘giruvchi qurilma. 

3. Bir dasturlash tilida yozilgan dasturni boshqa 

tilda  taqdim  qilingan  dasturga  o‘giruvchi 

maxsus dastur. 

4.  Teleko‘rsatuv  va  radioeshittirishlarda,  bosh 

stansiyadan  signalni  qabul  qilib,  so‘ng  uni 

kuchaytirib va shu signalni uzatadigan stansiya. 

5.  Telefoniya  uskunalarida,  terilgan  raqamlarni 

qo‘ng‘iroq uchun axborotiga o‘giruvchi qurilma. 



 

transport maslagi 

ingl.: transport platform 

rus.: транспортная платформа 

Transport, 

tarmoq, 

kanal 


va 

jismoniy 

pog‘onalarning  o‘zaro  bog‘liq  funksiyalari. 

Transport  maslagi,  o‘zaro  ishlash  sohasining 

quyi pog‘onalari standartlari bilan aniqlanadi. U, 

kommunikatsiya 

tarmoqlarining 

tavsifnomalarini  va  shu  tarmoqlar  orqali 

ma’lumotlar 

bloklarini 

uzatish 

usullarini 

tavsiflaydi.  Shu  sababli,  ko‘rilayotgan  maslak 

amaliy  maslakning  va  amaliy  jarayonlarning 

asosi bo‘lib xizmat qiladi. 

 

transport pog‘onasi 

ingl.: transport layer 

rus.: транспортный уровень 

OSI pog‘onalari shajarasidagi tarmoq pog‘onasi 

bilan  seans  pog‘onasi  orasidagi  to‘rtinchi 

pog‘ona. Transport pog‘onasi: 

-  kommunikatsiya  tarmog‘i  orqali  ma’lumotlar 

paketlarini uzatishni ta’minlaydi; 

trafik 

 


 

291 


-  seans  pog‘onasiga  ulanishning  jismoniy 

vositalarini, 

jismoniy 

pog‘onani, 

kanal 

pog‘onasini  va  tarmoq  pog‘onasini  xizmatlarini 



hamda o‘z xizmatlarini taqdim qiladi; 

-  axborot  tarmog‘ida  abonent  tizimlarni  va 

ma’muriy tizimlarni manzillashni aniqlaydi; 

-  quyi  pog‘onalarda  yo‘qotilgan  ma’lumotlar 

bloklarini qayta tiklaydi. 

 

transpyuter 

ingl.: transputer 

rus.: транспьютер 

Paralell 

ishlov 

berishda 



ishlatiladigan 

ixtisoslashgan  mikroprotsessorlar.  Har  bir 

transpyuter 

protsessor, 

tezkor 

xotira 


va 

ma’lumotlarni  uzatish  qurilmasidan  tashkil 

topadi.  Shunday  tuzilma tufayli, transpyuter bir 

vaqtning  o‘zida,  ma’lumotlarni  qabul  qilishi, 

ishlov  berishi  va  kelgusiga  uzatishi  mumkin. 

Transpyuterlar  bir  birlari  bilan  birlashadilar. 

Ularning har biri bir necha portlarga ega, bu esa, 

xilma xil tuzilmalarni yaratish imkonini beradi. 



 

tranzaksiya 

ingl.: transaction 

rus.: транзакция 

1. Maqsadga erishish yo‘lida qilingan harakat. 

2.  Obyektlarning  vaqt  bo‘yicha  qisqa  o‘zaro 

ishlash  davri.  U  o‘z  ichiga  talabnoma  – 

topshiriqni  bajarish  –  javob  ketma-ketligini 

oladi. Odatda, muloqot maromida bajariladi. 

3.  MB  sida  ma’lumotlarni  kiritish  yoki 

o‘zgartirish amallari. 



 

tranzistor 

ingl.: transistor 

rus.: транзистор 

Elektr  tokini  kuchaytirish,  generatsiyalash  va 

o‘zgartirishga  mo‘ljallangan  yarim  o‘tkazgich 

asbob. 


 

tranzit 

ingl.: transit 

rus.: транзит 

Telekommunikatsiya  signallarining  chastota 

polosasini  yoki  uzatish  tezligini  o‘zgartirmay 

o‘tishini  ta’minlaydigan  bir  xil  nomli  uzatish 

kanallarining yoki traktlarning ulanishi. 

 

trigger 

ingl.: trigger 

rus.: триггер 

1. Qurilma. U ikki barqaror holatga ega bo‘lgan 

qurilma.  Bu  holatlarning  birini  ixtiyoriy  vaqt 

davomida  saqlashi  va  kirish  signali  ta’sirida 

boshqa  barqaror  holatga  o‘tishi  mumkin. 

Ikkidan  ortiq  barqaror  holatlarga  ega,  ko‘p 

barqarorli element deb ataluvchi qurilmalar ham 

mavjud  Ularning  ish  tamoyili  turli  fizika 

hodisalaridan 

biriga 


asoslanadi. 

Kompyuterlarda  asosan,  elektron  hodisalarga 

asoslangan  ikki  barqaror  holatli  triggerlar 

ishlatiladi. 

2.  Ma’lumotlarni  yangilash,  boyitish  va  yo‘q 

qilish 


amallarini 

bajarishda 

avtomatik 

bajariladigan,  pirovordida  aniqlangan  harakat 

yoki 

harakatlar 



ketma-ketligi. 

Trigger, 

ma’lumotlarni 

yangilanish 

qoidalarini 

tekshirilgandan  so‘ng  ishga  tushadi.  Na 

foydalanuvchi, 

na 


ishlanmalar 

triggerni 

faollashtira  olmaydilar.  Trigger  quyidagilardan 

tashkil topgan: 

-  cheklanishlar,  ularni  amalga  oshirish  uchun 

trigger yaratilgan; 

-  hodisa,  cheklanishlarni  tekshirishni  talab 

qiladigan holatni yuzaga kelishini belgilaydi; 

- harakatlar. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling