Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
NTSC qisq.: National Television Standards Committee 1 Televizion standartlar bo‘yicha milliy qo‘mita (AQSH). 1953 yilda televizion eshittirishlar uchun standartlar yig‘masini ishlab chiqish uchun javobgar tashkilot. noyob aynanlovchi
211
2. NTSC standarti. AQSHda qo‘llaniladigan televizion ko‘rsatuvlar standarti. NTVDM qisq.: NT Virtual DOS Machine Windows NTdagi DOS virtual mashinasi. Windows NT operatsion tizimi o‘rnatilgan kompyuterda DOSda yozilgan qo‘llanmalarning bajarilishi uchun ishlatiladi.
Xilma-xil xotiradan erkin foydalanish, NUMA texnologiyasi. Xilma-xil xotirani ishlatadigan ko‘pprotsessorli tizimlar qurish usuli. nusxa olishdan muhofazalash ingl.: copy protection rus.: защита от копирования Dasturiy yoki dasturiy-apparat vositalarni, maxsus vositalarni qo‘llash U ma’lumotlardan, shaxsi o‘rnatilmagan tarzda nusxa olishni bilib qolish yoki oldini olish uchun zarur.
Manbai inson nutqi bo‘lgan akustik axborot. Nutqiy axborot yuksak ma’noviy aloqaga va eng yuqori darajadagi axborot mazmundorligiga ega.
Nutq shaklida buyruqlar va ma’lumotlar kiritish interfeysi. U foydalanuvchi va axborot tizimi o‘zaro ishlashiga oid usullarni soddalashtirish maqsadida yaratilgan Tizimga ma’lumotlarga ishlov berishni boshqarish buyruqlari yoki ma’lumotlarni o‘zi kiritiladi.
Nutqiy
xabarlar uzatishga mo‘ljallangan elektron pochta turi.
Nutqiy pochta
foydalanuvchilar monologini ta’minlaydi. Nutq xabarlar shaklida uzatilib, ularni talab
qilinmaguncha xotirada saqlana beradi. Buning uchun abonent tizimlarida pochta qutisi deb ataluvchi xotira sohasi ajratib beriladi.
Tarmoq orqali uzatilayotgan nutqdan iborat bo‘lgan xabar. Nutqiy xabar uzatish odatdagiga nisbatan juda oson, chunki, klaviatura yoki nurli pero ishlatishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Shu bilan birga,
uzatish jarayoni analog-raqamli o‘zgartirishni, qabul qilish jarayoni esa raqamli- analog o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, nutqiy xabarlar katta hajmliligini hisobga olgan
holda, ma’lumotlarni zichlashtirishdan foydalaniladi. Masalan, 30 sekundlik nutq 100 Kbaytli xotiraga taxlab joylashtirilishi mumkin.
Nutq uzatishni ta’minlaydigan chastotalar yo‘l- yo‘li 3000 Gs (300 dan 3330 gacha) ga teng deb qabul qilingan. nutqni kodlash ingl.: speech coding rus.: кодирование речи Nutqni kodlar ketma-ketligiga aylantirish. nutqni tanish ingl.: speech recognition rus.: распознавание речи Nutqni matnga o‘girish jarayoni. Shu tufayli, foydalanuvchi kompyuter bilan gaplashishi, xatlar va xabarlarni aytib turishi, hujjatlarni tahrirlashi mumkin. Nutqni tanish tizimlari uchta parametr bilan tavsiflnadi: - tushuniladigan so‘zlar lug‘ati hajmi bilan; - nutq uchun belgilab qo‘yilgan yuzakilik (nutq to‘xtovsiz aytilishi mumkin yoki so‘zlar orasida tinishlar bo‘lishi zarur) bilan; - muayyan inson nutqiga sozlanishga qaramlik darajasi bilan. Nutqni tanish tizimlari birincha navbatda, ayrim so‘zlar yoki so‘z birikmalari aytiladigan hollarda ishlatiladi. Bunday jumlalarni dispetcherlar, tabobat va bank xodimlari ishlatadi. nutqqa ishlov berish ingl.: speech processing rus.: обработка речи Nutqni tahlil qilish, o‘zgartirish va sintezlash jarayoni. Nutqqa ishlov berishga avvalo, nutqni tanish va sintezlash kiradi. Nutqni tanish uni N nutqqa ishlov berish
212
matnga aylantirishdan iborat, uni axborot manbai sifatida ishlatish imkoniyatini ochadi. Tanishga teskari bo‘lgan masala nutqni sintezlashdir, ya’ni, aniq kod bilan ifodalangan matnni nutqqa o‘girish. NVRAM qisq.: Non-Volatile Random Access Memory Energiyaga qaram bo‘lmagan tezkor xotira qurilmasi.
Neyron tarmoqlari agenti. Hulq modellarini idrok qilish uchun tizim yoki dasturni nazorat qiluvchi dastur –
tarmog‘i, Internetdagi sotib oluvchi yoki ishlab chiqarish jarayoni bo‘lishi mumkin. Tizimga
o‘rnatilgandan keyin
Nyudjent tizimning normal faoliyatinining umumiy modelini tushunish uchun ma’lumotlarni qayta ishlay boshlaydi. Nyudjent paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni bashorat qilish uchun nonormal voqealarni izlaydi va nonormal voqealarga qarshi
harakatlar uyushtiradi. Nyudjent tizimda qanchalik uzoqroq qatnashsa uning intellekti shunchalik oshadi. NVRAM
213
Oo OAG qisq.: Open Application Group qarang: ochiq amaliy jarayonlar guruhi obyekt ingl.: object rus.: объект 1. Foydalanuvchi tomonidan tavsif etiladigan tarkibiy qism. U tegishli xossalar, amallar va munosabatlar bilan aniqlanadi. 2. Umumiy informatikada – axborot birligi. Qo‘llanmalarning turiga qarab, bu atama ancha keng ma’noda ishlatiladi. 3. Obyektga – yo‘naltirilgan dasturlashda, funksiya va ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan o‘zgaruvchi. Obyektni ishlatish alohida modelga
asoslangan. Unda
mijoz, bu
obyektlardagi usullar va tegishli funksiyalar majmuasidan iborat ma’lumotlardan interfeysi orqali erkin foydalanadi. So‘ngra, mijoz amallarni bajarish uchun bu usullarni chaqiradi. 4. Tarmoqni boshqarishda – boshqarilayotgan qurilmaning muayyan tarzini aniqlaydigan sonli qiymatdir. 5. Tizimning sust tarkibiy qismi. U axborotni saqlaydi, qabul qiladi yoki uzatadi, undan erkin foydalanishnii cheklash qoidalariga ko‘ra tartibga solinadi. Obyektdan erkin foydalanish, undagi axborotdan erkin foydalanishni nazarda tutadi. Obyektlarga misollar: yozuv, blok, sahifa, segment, fayl, mundarijalar va dasturlar, hamda ayrim bit, bayt, so‘z va maydonchalar; turli qurilmalar (terminal, printer, diskovod va boshqalar); turli tarmoq qurilmalari (ayrim bog‘lamalar, kabellar va h.k.)
Namunaviy dasturlar blokini ishlab chiqish texnologiyasi. ORB texnologiyasi dasturiy ta’minotning oraliq qatlamlari turlaridan biri bo‘ladi. ORB
yordamida yaratilayotgan dasturlar murakkab dasturiy tizimlarni qurish uchun qayta-qayta ishlatilishi mumkin. Bu tizimlar, birinchi navbatda global ulanish xizmatida foydalanishga mo‘ljallangan. ORB obyektli yo‘naltirilgan me’moriy qiyofaga tayanadi, broker amallarini bajara turib, bir obe’ktlarga boshqa obyektlarni topib olishni va ularga tarmoq orqali so‘rovlar bilan murojaat qilish imkonini yaratadi. ORB yordamida yaratilayotgan dasturlar, tarmoqda qo‘llanayotgan platformaga, ular yaratilgan dasturlash tillariga bog‘liq emas. obyektdan erkin foydalanish ingl.: access to object rus.: доступ к объекту 1.
Obyektdan erkin
foydalanish undagi
axborotni olishni bildiradi. 2. Obyektdan erkin foydalanish, undan biror maqsad yo‘lida foydalanish demakdir.
Avval bitta yoki bir nechta obyektdan iborat bo‘lgan xotira maydonining (masalan, bet, freym, disk sohasi, magnit tasma) qayta tayinlanishi va
takroriy qo‘llanilishi. Xavfsizlikni ta’minlash uchun ushbu maydon yangi obyekt uchun ajratilganda, unda eski obyektlar axboroti bo‘lmasligi lozim.
Asosi, tizim yoki tarmoqning bir biri bilan o‘zaro aloqada ishlovchi obyektlar to‘plami bo‘lgan arxitektura. Obyektga-yo‘naltirilgan arxitektura obyekt texnologiyalarini belgilaydi. Bu
arxitektura asosida
dasturlashda, ma’lumotlarga qanday ishlov
berilishi tavsiflanmaydi, balki, ishlov berish natijasida nima yuz berishi uqtirilgan xabar yo‘llanadi. Algoritmlarni tavsiflash obyektga-yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan foydalanib amalga
oshiriladi. obyektga-yo‘naltirilgan boshqarish ingl.: object-oriented management rus.: объектно-ориентированное управление Obyektga-yo‘naltirilgan arxitekturadan foydalanadigan tarmoqni boshqarish. Obyektga- yo‘naltirilgan boshqarishning asosida, axborot tarmog‘ini o‘zaro bog‘langan obyektlar - qurilmalar va dasturlar to‘plami shaklida
obyektga-yo‘naltirilga... 214
ifodalash yotadi.
Obyektga-yo‘naltirilgan boshqarishni ishlatish amaliy
dasturlarni ishlashga ketayotgan vaqtni qisqartirishni va boshqariladigan tarmog‘i tarkibiy tuzilmasini sozlashda epchillikni ta’minlaydi. obyektga-yo‘naltirilgan dasturlash ingl.: object-oriented programming (OOP) rus.: объектно-ориентированное программирование Dasturlashning hozirgi kunda eng ommaviy uslubiyati. U obyektlar, ya’ni standart bloklardan, tashkil topgan amaliy dasturlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Strukturali dasturlashning rivojlanishidir. OOP ning
markaziy g‘oyasi inkapsulyatsiyadir, ya’ni, dasturni alohida shakldagi, ma’lumotlarni va ularni ishlov
beruvchi tartibotlari bilan birlashtirgan holda modullarga (sinflarga) tuzilmalashdir. Har bir shunday sinf, amalga oshirish (yoki ifodalash) deb ataluvchi ichki qismga va interfeys deb ataluvchi tashqi qismga ega. Amalga oshirishdan faqat interfeys orqali erkin foydalanish mumkin. Odatda, interfeysda xossalarni (sintaksisda o‘zgaruvchidek ko‘rinadi) va usullarni (sintaksisda tartibot yoki funksiyadek ko‘rinadi) ajratadilar. Sinf usul- konstruktorlarga va dasturni bajarilish vaqtida sinflarning nusxalarini yaratish va yo‘q qilishga imkon beradigan, destruktorlarga ega bo‘lishi mumkin.
Bir sinfning nusxalari, o‘zaro
o‘xshash (masalan sinfning usulini meros olgan), ammo, farqlanadi ham (masalan, xossalarni turli qiymatga ega). Sinflarni va sinf nusxalarini obyektlar deb ataladi, «obyektga- yo‘naltirilgan dasturlash» nomi ham shundan kelib chiqqan. obyektga-yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazalarini boshqarish guruhi ingl.: Object Database Management Group (ODMG) rus.: группа управления объектно- ориентированными базами данных Ma’lumotlar bazalari sohasida standartlarni ishlash bilan shug‘ullanadigan jamiyat. ODMG, birinchi navbatda obyektga – yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazalari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi. obyektga-yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi ingl.: Object-Oriented DataBase (OODB) rus.: объектно-ориентированная база данных Ma’lumotlari obyektlar shaklida ifodalangan ma’lumotlar bazasi. Kompyuterli loyihalash texnologiyasida ilk bor paydo bo‘ldi, obyektga- yo‘naltirilgan arxitekturaga asoslanadi. OODB ni ishlatish evaziga, ko‘psonli tasvirlarni ma’lumotlar elementlariga bo‘lmaslik, ularni obyektlar shaklida rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. So‘ngra, OODB ni harxil ma’lumotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladigan yuqori unumdorli jarayonlar va masalalarda ishlata boshladilar. OODB ma’lumotlarga taqsimlangan ishlov berish uchun juda qulay. OODB mijoz-server arxitekturasiga juda ham mos keladi. Bu yerda, mijozlar serverda joylashtirilgan bazaning obyektlariga murojaat qiladilar, ular haqida ma’lumotlarni ko‘chirib, mahalliy tarzda ishlov beradilar. OODB ni obyektga-yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimi boshqaradi. obyektga-yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ingl.: object- oriented database management system (OODBMS) rus.: объектно-ориентированная система управления базой данных Obyektga-yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasiga asoslangan. Obyektlar shaklida saqlanayotgan ma’lumotlarning murakkab turlari
bilan ishlashga imkon beradi, shu bilan birga, ma’lumotlar amaliy dasturlardan mustaqil ravishda saqlanadi. OODBMS tranzaksiyalar ishlovida yuqori unum beradi, shu sababli, tasvirlar va tovushni, relyatsion baza talab qilgani kabi jadval shaklida ifodalanmaydi.
Obyektga-yo‘naltirilgan arxitekturaga ega
bo‘lgan operatsion tizim. Tizimning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, operatsion tizimning asosiy vazifalarini bajaradigan mikroo‘zagi hisoblanadi. Uning yuqorisida, turli xizmatlarni taqdim qiladigan modullar joylashadi. Mikroo‘zak bilan
obyektga-yo‘naltirilgan dasturlash tillari bog‘langan. obyektlarni bog‘lash va joylash texnologiyasi obyektga-yo‘naltirilga... 215
ingl.: Object Linking and Embedding technology (OLE) rus.: технология связи и компоновки объектов Windows
muhitida amaliy jarayonlarning o‘zaro ishlashini amalga oshiruvchi obyektga- yo‘naltirilgan arxitektura. U Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va Plug-and-Play texnologiyasi bilan chambarchas bog‘langan. 1991 yilda paydo bo‘lib, OLE operatsion tizimlarning amaliy
dasturlari orasida
ma’lumotlar uzatishni ta’minladi. Bunday o‘zaro ishlash amaliy dasturning umumiy interfeysidan foydalanishga asoslanadi. Bundan tashqari OLE, ma’lumotlardan uzoqdan erkin foydalanishni, tranzaksiyalarga ishlov berishni, amaliy dasturlarni tarmoqda taqsimlashni ta’minlaydi. OLE
ikkita piktogramma orasidagi ma’lumotlarni shatakka olish bayonnomasi shaklida ikki amaliy dasturlar taqdimi sifatida amalga oshiriladi. Bu jarayon, kursor yordamida bir juft oynalarni, ular orasida uzatishni bajarish kerakligini ta’kidlash bilan bajariladi.
Tarmoq va axborot tizimlari obyektlarini boshqarish standartlarini ishlab chiqadigan tashkilot. Notijorat tashkiloti OMG 1989 yilda tashkil topgan.Uning taniqli ishlanmalaridan biri bo‘lib, «obyektlar so‘rovlari agentlarining umumiy me’moriy tuzilmasi» deb ataluvchi COBRA hisoblanadi. U tillar va amaliy tizimlardan qat’iy
nazar, turli
ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan amaliy dasturlarni o‘zaro ishlashini ta’minlaydi.
Dastlabki matnni mashina kodiga o‘girish natijasida hosil bo‘lgan dastur.
Obyektga-yo‘naltirilgan arxitektura bilan
aniqlanadigan texnologiya. Avvalgi yondashuvlardan farqli o‘laroq, tartibot va ma’lumotlar tushunchalari obyekt degan
tushuncha bilan almashtirilgan. obyektli o‘zarofaol loyihalash ingl.: Object View Interaction Design (OVID) rus.: объектное интерактивное проектирование Murakkab masalalarni qulay
bajarishga mo‘ljallangan, foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish uslubiyati. OVID uslubiyati bir masalaning o‘zini yechishda, foydalanuvchilar tomonidan muntazam amallar bajariladigan hol uchun
mo‘ljallangan. Masalan, matnlarni tahrirlash, moliya hisoblarini bajarish, chizmalarni yaratish. Bu uslubiyat, obyekt deb ataluvchi, obyektlarni ishlatishga asoslangan.
Oracleni chaqirish uchun interfeys. Oracleni ma’lumotlar bazasidan SQL-so‘rovlarni chaqirish uchun API. OCR qisq.: Optical Character Recognition qarang: belgilarni optik o‘qish OCX qisq.: OLE Custom eXtension OLE boshqarish elementi. Maxsus tarzda rasmiylashtirilgan dastur, Windows muhitida takror ishlatilayotgan tarkibiy qism kabi erkin foydalanish mumkin.
Ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish uchun ochiq API. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqilgan ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish uchun API. Windows 1.0 uchun ODAPI 1.0, Quattro Pro va Paradox bilan yetkazib berilgan. Keyinchalik, ODAPI BDEning qismi bo‘lib qoldi va IDAPI deb atala boshlandi.
Ma’lumotlar bazalari bilan o‘zaro ishlashning ochiq interfeysi. Qo‘llanmalarni ma’lumotlar bazalari bilan o‘zaro ishlashi uchun Microsoft korporatsiyasi ishlab chiqqan API. Windows muhitida keng foydalaniladi, UNIX uchun amalga oshirilgan. Qo‘llanmalar nuqtai
nazaridan ODBC-uyg‘unlashadigan ma’lumotlar manbai, relyatsion ma’lumotlar bazasi deb qaraladi, u bilan o‘zaro aloqada ishlash SQL tili yordamida amalga oshiriladi.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling