Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103

 

moslagich 

ingl.: adapter 

rus.: адаптер 

qarang: adapter 

 

Motorola korporatsiyasi 

ingl.: Motorola corporation 

rus.: корпорация Motorola 

Telekommunikatsiya  vositalari,  tizimlar  va 

integral 

sxemalarni 

ishlab 

chiqaruvchi 



kompaniya.  Motorola  kompaniyasi  AQSHda 

1928  yilda  yaratilgan  bo‘lib,  dastlab  Galvin 

Manufacturing  deb  nomlangan.  1947  yilda 

nomini  o‘zgartirgan.  O‘z  faoliyatini  kuchlanish 

o‘zgartirgichlar  ishlab  chiqarishdan  boshlagan. 

Keyin  radio  qabul  qiluvchilari,  televizorlar, 

radioapparaturani ishlab  chiqishga  o‘tgan.  1952 

yilda Motorola yarimo‘tkazgichlarni, 1960 yilda 

esa 

radio 


chaqirish 

qurilmalarini 

ishlab 

chiqarishni 



yo‘lga 

qo‘ygan. 

1974 

yilda 


Motorola  o‘zining  birinchi  mikroprotsessorini 

ishlab  chiqargan.  Hozirgi  kunda  kompaniya 

MOM 

 


 

197 


turli  xil  radioapparaturani  ishlab  chiqaradi  – 

kichik  hajmdagi  radio  chaqirish  qurilmalaridan 

tortib yerusti yo‘ldosh stansiyalarigacha. 

 

Mozilla 

Netscape brauzerining dastlabki nomi, endilikda 

u  Navigator  deb  nomlanadi.  Ba’zi  odamlarning 

ta’kidlashicha atama Mosaic Godzilla (masalan, 

Mosaicning  josusi)  iborasining  qisqartirilgan 

shaklidir, 

chunki 

Mosaic 


Netscape 

o‘z 


mahsulotini  rivojlantirishni  boshlagan  paytda 

eng  ilg‘or  veb-brauzeri  bo‘lgan.  Mozilla 

atamasi 

hanuzgacha 

ko‘p 

veb 


dasturlashtiruvchilari 

tomonidan 

ishlatilib, 

foydalanilayotgan 

brauzerlarni 

aniqlovchi 

server log fayllarida paydo bo‘ladi. 

 

MP3 

qisq.: MPEG-1 Audio Layer 3 

MP3 tovushni zichlash texnologiyasi. Internetda 

tovushni  zichlashtirish  uchun ishlatiladigan  eng 

mashhur  format.  MP3  tovushni  kodlashning 

samarali sxemasini beradi, u tovush fayllarining 

hajmini 12 martagacha zichlashtiradi. 



 

MPEG 

qisq.: Moving Picture Experts Group 

qarang:  harakatlanuvchi  tasvirlar  sohasidagi 

ekspertlar guruhi 



 

MPEG standartlari 

ingl.: MPEG standards 

rus.: стандарты MPEG 

Filmlar,  video  va  musiqa  kabi  audiovizual 

axborotni  raqamli  zichlash  bilan  formatga 

kodlash  uchun  mo‘ljallangan  standartlar  oilasi. 

MPEG 

fayllari  hajmi 



odatda 

ko‘pchilik 

videofayllarga qaraganda kichikroq bo‘lsa ham, 

sifati 


ularga 

yaqin. 


MPEG 

formatidagi 

fayllar  .mpeg  yoki  .mpg  nom  kengaytmasiga 

ega. 


 

MPEG-1 

ISO/IES  11172  standartlari  –  videotasvir 

va/yoki  tovush  kodlash  turi.  U  1.5  Mbit/s  (170 

kB/c)li darajadagi ma’lumotlar oqimida tasvirni 

VHS  (Video  Home  System)  standart  maishiy 

kassetali  videmagnitofonga  ham  sifat  bilan  va 

stereofonik 

tovush 


hamrohligida 

uzatish 


imkonini  beradi.  Dastlabki  tasvir  -  352x240 

pikselga,  30  kadr har soniyada teng.  Standartga 

shuningdek,  Si  tilida  koder  va  dekoderni 

dasturiy 

amalga 

oshirilishi 



ham 

kiradi. 


Ma’lumotlar  oqimining  katta  bo‘lmagan  tezligi 

videoaxborot  tashuvchisi  sifatida  oddiy  to‘rtta 

yoki  undan  ortiq  tezlikka  teng  bo‘lgan  CD-

ROMni  ishlatish  imkonini  beradi.  MPEG-1 

formatidagi  disklarni  odatda  Video  CD  deb 

belgilanadi. 



 

MPEG-2 

ISO/IEC 13818 standarti – tasvirlarni (720x480 

piksellar) 

formatida, 

audioaxborotni 

va 


ma’lumotlarni  28  Mbit/c  (3.5  MB/c)  oqimida 

yuqori  sifatli  uzatish  va  saqlash  uchun  kodlash 

standarti.  Standart  TV-kanallar  to‘plamini 

axborotdan 

erkin 

foydalanishni 



cheklash 

maqsadida  shifrlash  imkoniyati  bilan  bir 

vaqtning  o‘zida  uzatishni  nazarda tutadi.  Audio 

ma’lumotlarni 

ko‘pkanalli 

uzatish 


imkoni 

mavjud (MPEG-2 audiooqimining 2tasi MPEG-

1  oqimiga  teng  kuchli).  Bu  format  hozircha 

keng 


ishlatilmayapti, 

DVDni 


CD-ROM 

to‘plagichlari  bilan  paydo  bo‘lishi  uning  tatbiq 

doirasini kengayishiga olib kelmoqda. 

 

MPEG-3 

Video 


va 

audioni 


MPEG 

yordamida 

kompressiyalash  algoritmining  rejalanayotgan 

rusumi,  hamda  fayllar  formati.  MPEG-3ni 

HDTVni 

belgilashi 



uchun 

MPEG-2ning 

kengaytmasi  sifatida  ishlatish  rejalangan  edi, 

biroq,  oxir  oqibatda  u  MPEG-2ga  qo‘shilib 

ketdi.  MPEG-3ni  MP3  bilan  adashtirmaslik 

kerak,  u  audio  formatni  kodlashda  taniqli 

bo‘lgan MPEG-1 layer 3ning qisqartmasi xalos. 

 

MPEG-4 

ISO/IEC  14496  standarti  Moving  Picture 

Experts  Group  (MPEG)  tomonidan  ishlab 

chiqilgan. Bu tashkilot xuddi shunday MPEG-1 

va  MPEG-2larga  ham  standartlarni  ishlab 

chiqqan. MPEG-4ni ishlab chiqish 1998 yilning 

oktabrida tugagan bo‘lsa, u 1999 yildan boshlab 

standart  bo‘ldi.  Videofayllarni  zichlaydigan 

hozirgi 

kundagi 


mashhur 

format 


bo‘lib 

hisoblanadi. 



 

MPO 

qisq.: Maximum Power Output 

Eng katta chiqish quvvati. 



 

MPP 

qisq.: Massively Parallel Processing 

qarang: ommaviy parallel ishlov 

 

MPP 


 

 

198 


MPR 

qisq.: MultiProtocol Routing 

Ko‘pbayonnomali yo‘naltirish. 



 

MPR-II 

Monitorlar  xavfsizligi  standarti,  Shvetsiya 

milliy  o‘lchash  va  testlash  laboratoriyasi 

tomonidan  1987  yili  ishlab  chiqilgan.  1990 

yildan 

monitor 


ishlab 

chiqaruvchilari 

tomonidan  quvvatlana  boshlangan.  Bu  standart 

bilan  monitordan  50  sm  masofada  eng  kata 

nurlanish darajasi 2.5 V/m o‘rnatilgan. 

 

MRP 

qisq.: Material Resources Planning 

Moddiy  resurslarni  rejalashtirish.  Korxonani 

boshqarish  uslubiyati,  hamda  uni  quvvatlash 

uchun axborot tizimlari sinfi. 



 

MS 

qisq.: 

1. Mobile Station – Mobil aloqa stansiyasi. 

2. MicroSoft –Microsoft kompaniyasi. 

3.  Microprocessor  System  –  Mikroprotsessor 

tizimi. 

4.  Memory  Stick  –  Sony  kompaniyasi 

tomonidan 

ishlab 


chiqilgan 

va 


quvvatlanayotgan  xotira  standarti.  Kartochka 

o‘lchamlari 

21,5x50x2,8 



mm. 

Tanasi 


yetarlicha  mustahkam.  Shu  kunda  taqdim 

etilayotgan  xotiralardan  eng  qimmatbahosi. 

Sony  firmasi  MS  asosida  bundan  ham 

kichiklashtirilgan xotira  modulini ishlab  chiqdi, 

u  Memory  Stick  Duo  (MSD)  deb  ataladi  va 

uning o‘lchamlari 20x31x1,6 mm. 



 

MSB 

qisq.: Most Significant Bit 

Katta xona qiymatli biti. 



 

MSDE 

qisq.: MicroSoft Desktop [database] Engine 

Stolusti 

kompyuterlari 

uchun 


Microsoft 

ma’lumotlar 

bazasining 

yengillashtirilgan 

rusumi. 

 

MSDN 

qisq.: MicroSoft Developer Network 

Microsoft  [maslagida]  ishlab  chiquvchilar 

uchun  tarmoq.  Microsoft 

mahsulotlaridan 

foydalanib  dasturiy  ta’minot  yaratuvchilar 

uchun  xilma  xil  mumkin  bo‘lgan  axborot, 

maqola va texnik hujjatlarning to‘plami. 

 

MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi 

ingl.: MS-DOS operating system 

rus.: операционная система MS-DOS 

Microsoft  korporatsiyasi  tomonidan  taklif 

qilingan  operatsion  tizim.  MS-DOS  ning 

birinchi  rusumi  1981  yilda  paydo  bo‘lgan. 

Avvalambor, Microsoft kompaniyasi tomonidan 

IBM  uchun  ishlab  chiqilgan  MS-DOS,  IBM  - 

uyg‘un  kompyuterlar  uchun  standart  operatsion 

tizimdir.  MS-DOS  16-xonali  operatsion  tizimi 

bo‘lib,  u  ko‘pfoydalanuvchili  va  ko‘pmasalali 

maromlarni 

qo‘llab-quvvatlay 

olmaydi. 

Operatsion  tizimning  muhim  xususiyatlaridan 

biri  mutaxassis  bo‘lmagan  foydalanuvchilarga 

amaliy 

jarayonlarni 



bajarishning 

qulay 


shakllarini 

taqdim 


qilsa, 

mutaxassislarga 

dasturiy  ta’minotni  ishlash  uchun  yaxshi  asos 

taqdim  qiladi.  MS-DOS  kataloglar  shajarasini 

tashkil  qiladi,  taraqqiy  etgan  buyruqlar  tiliga 

ega.  MS-DOS  amaliy  jarayonlar,  fayllar  va 

tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay oladi. 

 

MSIE 

qisq.: MicroSoft Internet Explorer 

Microsoft firmasining Internet sharhlovchisi. 



 

MSIL 

qisq.: MicroSoft Intermediate Language 

Microsoft  korporatsiyasining  oraliq  tili,  MSIL 

tili.  Dasturning  dastlabki  matni.  NET  muhitida 

amalga 


oshirilishi 

uchun 


traslyatsiya 

qilinadigan  til.  Java  tilining  bayt-kodiga 

o‘xshash. 

 

MTA 

qisq.: Message Transfer Agent 

Xabarlar uzatish agenti. 



 

MTBF 

qisq.: Mean Time Between Failures 

Radddiyalar 

orasidagi 

o‘rtacha 

vaqt. 

Qurilmaning ishonchliligi ko‘rsatkichi. 



 

MTS 

qisq.: Microsoft Transaction Server 

Microsoftning trazaksiya serveri. Microsoftning 

server  mahsuloti,  tranzaksiyalar  monitori  va 

obyektli  so‘rovlarining  brokeri  vazifalarini 

bajaradi.  Xuddi  shunday  Viper  shartli  nomi 

bilan ham ma’lum. 



 

MUA 

qisq.: Mail User Agent 

MPR 


 

 

199 


Foydalanuvchining pochta agenti. Pochta agenti 

u dastur bo‘lib, uning yordamida foydalanuvchi 

elektron pochtani o‘qiydi va jo‘natadi. 

 

mualliflash 

ingl.: authorization 

rus.: авторизация 

1.  Huquqlarni  berish.  U  erkin  foydalanish 

huquqlari  asosida  erkin  foydalanishga  huquq 

berishni ham o‘z ichiga oladi. 

2. 

Foydalanuvchining 



resursdan 

erkin 


foydalanish  huquqlari  va  ruxsatlarini  tekshirish 

jarayoni. 

3.  Foydalanuvchiga  hisoblash  tizimida  ba’zi 

ishlarni  bajarish  uchun  muayyan  huquqlarni 

berish. 

 

mualliflik huquqi 

ingl.: copyright 

rus.: авторское право 

1.  (Obyektiv  ma’noda)  Ilmiy,  adabiy  va  san’at 

asarlaridan 

foydalanish 

jarayonida 

paydo 


bo‘ladigan  aloqalarni  boshqaruvchi  fuqarolik 

huquqi  bo‘limi.  Mualliflik  huquqi  tarkibiga 

milliy 

fuqarolik 



qonunchiligining 

tegishli 

me’yorlari hamda mualliflik huquqini muhofaza 

qilish 


to‘g‘risidagi 

xalqaro 


konvensiyalar 

me’yorlari kiradi. 

2. (Subyektiv ma’noda) Adabiy, ilmiy va san’at 

asarlariga tegishli shaxsiy nomoddiy va moddiy 

huquqlar 

to‘plami. 

Shaxsiy 

mualliflik 

huquqlariga  (muallif  huquqlari)  mualliflik 

huquqi, muallif nomiga bo‘lgan huquq, asarning 

dahlsizligi,  moddiy  huquqlarga  esa  asar 

mazmuni  va  shaklini  aks  ettirish,  chop  etish  va 

sotishga  yolg‘iz  huquqi  va  boshqalar  kiradi. 

Moddiy mualliflik huquqlari musodara qilinishi 

va  meros  bo‘lib  o‘tishi  mumkin.  Mualliflik 

huquqlari  intellektual  mulk  obyektlari  qatoriga 

kiradi. 

 

mualliflik huquqini qo‘riqlash nishoni 

ingl.: copyright symbol 

rus.: знак охраны авторского права 

Asarning  har  bir  nusxasida  joylashtirilgan 

nishon.  U  uch  elementdan  iborat:  1)  aylana 

ichida  «C»  lotin  harfi;  2)  alohida  mualliflik 

huquqi  egasining  ismi  (rasmiy  nomi);  3)  asar 

birinchi marta chop etilgan yil. 



 

muammoga-yo‘naltirilgan 

ma’lumotlar 

bazasi 

ingl.: problem-oriented database 

rus.: проблемно-ориентированная база данных 

Ma’lum  tur  (sinf)dagi  amaliy  vazifalarni 

bajarish  uchun  mo‘ljallangan  mavzu  bo‘yicha 

bog‘liq  hujjat  va/yoki  ma’lumotlarga  ega 

ma’lumotlar bazasi. 

 

MUD 

qisq.: multi-user dimension  

qarang: ko‘p foydalanuvchili davra 

 

muhandislik 

mehnatini 

kompyuterlashtirish 

ingl.: Computer-Aided Engineering (CAE) 

rus.: компьютеризация инженерного труда 

Modellashtirish,  sxemotexnika  va  mahsulotlar 

sinashga  oid  muammoli  masalalar  yechadigan, 

kompyuterlashgan 

loyihalashning 

mustaqil 

sohasi. 

 

muhofaza apparat vositalari 

ingl.: hardware protection means 

rus.: аппаратные средства защиты 

Axborotni ruxsatsiz  olish,  ko‘chirish,  o‘g‘irlash 

yoki 

turlashdan 



muhofaza 

qilish 


uchun 

mo‘ljallangan 

mexanik, 

elektromexanik, 

elektron,  optik,  lazer,  radio,  radiotexnikaviy, 

radiolokatsion  va  boshqa  qurilma,  tizim  va 

inshootlar. 

 

muhofaza auditi 

ingl.: security audit 

rus.: аудит защиты 

Ma’lumotlarga ishlov berish tizimi yozuvlari va 

resurslarining mustaqil tahlil va tadqiq qilinishi. 

U  tizimni  boshqarish  vositalarining  talablarga 

muvofiqligini  tekshirish,  ularning  belgilangan 

xavfsizlik  siyosati  va  amaliy  vazifalarga 

mosligini kafolatlash, muhofaza tizimidan buzib 

erkin  foydalanishni  aniqlash  va  boshqaruv, 

xavfsizlik  siyosati  va  tartiblarda  muayyan 

o‘zgarishlar 

bo‘yicha 

tavsiyalar 

berish 

maqsadida amalga oshiriladi. 



 

muhofaza faolligi 

ingl.: protection activity 

rus.: активность защиты 

Texnikaviy  razvedkalarda  muhofaza  mo‘ljaliga 

ko‘ra  obyekt  haqida  ataylab  noto‘g‘ri  fikr 

tug‘dirish  hamda  texnikaviy  razvedkaning 

imkoniyatlarini 

sindirishni 

ko‘zlayotgan 

muhofaza tamoyili. 



 

muhofaza kafolati 

ingl.: protection assurance 

muhofaza kafolati 

 


 

200 


rus.: гарантия защиты 

Axborotga  ishlov  berish  texnik  vositasi  uchun 

mutanosiblik 

sertifikati 

yoki 

informatika 



obyekti  uchui  attestat  mavjudligi.  Bular  ishlov 

berilayotgan  axborot  xafvsizlik  standartlari  va 

boshqa  me’yoriy  hujjatlar  talablariga  javob 

berishini tasdiqlaydi. 



 

muhofaza ma’muri 

ingl.: protection administrator 

rus.: администратор защиты 

Avtomatlashtirilgan 

tizimni 

undagi 


axborotlardan  ruxsatsiz  erkin  foydalanishdan 

muhofaza uchun javobgar subyekt. 



 

muhofaza modeli 

ingl.: protection model 

rus.: модель защиты 

Ruxsatsiz  erkin  foydalanishdan  muhofaza 

qilishning  dasturli-texnik  vositalari  majmui 

va/yoki 


tashkiliy 

choralarning 

mavhum 

(rasmiylashtirilgan  yoki  rasmiylashtirilmagan) 



tavsifi. 

 

muhofaza niyati 

ingl.: protection plan 

rus.: замысел защиты 

Axborot 


va 

obyektni 

muhofazalash 

maqsadlariga  erishish  uchun  asosiy  g‘oya.  U 

bajariladigan tadbirlarning tarkibini, mazmunini, 

alaqadorligini va ketma-ketligini ochib beradi. 



 

muhofaza obyekti 

ingl.: protection object 

rus.: объект защиты 

1.  Kirish  nazorat  ostida  bo‘lgan  obyekt. 

Misollar  –  fayl,  dastur,  asosiy  xotira  sohasi; 

inson 


tomonidan 

yig‘ilayotgan 

va 

quvvatlanayotgan ma’lumotlar. 



2.  Axborotni  muhofazalash  maqsadiga  binoan 

axborotning  muhofazasini  ta’minlash  zarur 

bo‘lgan  axborot  yoki  axborot  tashuvchi,  yoki 

axborot jarayoni. 

3. 

Texnik 


razvedkadan 

muhofaza 

talab 

qilinadigan,  axborotning  barcha  mavjudlik 



shakllari  uchun  umulashma  atama.  Tarkibiga 

ko‘ra,  muhofaza  obyektlari  yakka  va  guruhiy 

bo‘lishi mumkin. 

 

muhofaza obyektini shahodatlash 

ingl.: attestation of protection object 

rus.: аттестация объекта защиты 

Sertifikatsiya  organi  yoki  boshqa  vakolatli 

organ  tomonidan  muhofaza  obyektida  axborot 

muhofazasi  samaraliligiga  bo‘lgan  talab  va 

me’yorlarni  ta’minlash  uchun  zarur  bo‘lgan 

yetarli sharoitlar mavjudligini rasman tasdiqlash. 



 

muhofaza pog‘onasini sertifikatlash 

ingl.: protection level certification 

rus.: сертификация уровня защиты 

Hisoblash 

texnikasi 

vositasi 

yoki 

avtomatlashtirilgan 



tizimning 

muhofaza 

bo‘yicha 

ma’lum 


talablar 

to‘plamiga 

muvofiqligini aniqlash jarayoni. 

 

muhofaza tasniflagichi 

ingl.: classification of protection 

rus.: классификация защиты 

Ma’lumotlar 

yoki 

axborotdan 



erkin 

foydalanishning 

zarur 

bo‘lgan 


maxsus 

muhofaza  darajasini  aniqlash  va  shu  muhofaza 

darajasini  belgilash.  Masalan,  «o‘ta  maxfiy», 

«maxfiy». 



 

muhofaza toifasi 

ingl.: category of protection 

rus.: категория защиты 

Nozik  axborotning  noshajaraviy  tasnifi.  U 

ma’lumotlardan  erkin  foydalanishni  faqatgina 

shajaraviy tasnif muhofazasiga nisbatan aniqroq 

boshqarish uchun qo‘llanadi. 

 

muhofaza vositalari majmui (MVM) 

ingl.: trusted computing base 

rus.: комплекс средств защиты 

Dasturiy  va  texnik  vositalar  majmui.  U 

hisoblash  texnikasi  vositalari  yoki  tizimlarini 

ruxsatsiz erkin foydalanish dan muhofazasini va 

pochta sohasi va telekommunikatsiya obyektlari 

muhofazasini  ta’minlash  uchun  yaratiladi  va 

quvvatlanadi. 

 

muhofaza yo‘nalishi 

ingl.: protection profile 

rus.: профиль защиты 

Axborot  muhofazasini  ta’minlash  vazifalarini 

belgilovchi  hujjat.  U  funksional  talablar 

atamalari  va  kafolatlanganlik  talablari  asosida 

tuzilgan. 

 

muhofazadagi axborot 

ingl.: protected information 

rus.: защищаемая информация 

Mulkdorlik  predmeti  bo‘lgan  axborot.  U 

huquqiy  hujjatlr  asosida  yoki  axborot  mulkdori 

muhofaza ma’muri 

 


 

201 


tomonidan 

o‘rnatilgan 

talablarga 

binoan 


muhofazalanishi zarur. 

 

muhofazalanadigan axborot turlari 

ingl.: protected information types 

rus.: виды охраняемой информации 

Muhofazalanadigan  axborot  quyidagi  asosiy 

turlarga bo‘linadi: 

-  amaldagi  qonunlar  tomonidan  but  saqlanishi 

va olish osonligi ta’minlangan ochiq axborot; 

-  amaldagi  qonunlar  tomonidan  but  saqlanishi 

va 

pinhoniyligi 



ta’minlangan 

olinishi 

cheklangan axborot. 

Muhofazalanadigan  ochiq  axborotga  axborot 

resursarini  tashkil  qiluvchi  hujjatlashtirilgan 

axborotlar 

kiradi. 

Olinishi 

cheklangan 

ma’lumotlarga  davlat,  xizmat  (tijorat),  bank, 

kasb  yoki  boshqa  siri  hisoblangan  axborotlar 

kiradi.  Axborotga  sir  statusini  berish  amaldagi 

qonunlar 

tomonidan 

belgilangan 

tartibda 

axborot 

xavfsizligi 

subyekti 

tomonidan 

bajariladi. 

 

muhofazalangan elektron tranzaksiyalar 

ingl.: Secure Electronic Transaction (SET) 

rus.: защищенные электронные транзакции 

Internet  kabi  ommaviy  erkin  foydalanish 

tarmoqlarida,  kredit  kartalar  bo‘yicha  to‘lovlar 

muhofazasi  bayonnomasining  nomi.  Visa  va 

MasterCard kompaniyalari tomonidan 1996 yili 

ishlab 


chiqilgan. 

Moliyaviy 

axborotning 

mahfiyligini  va  kelishuv  qatnashchilarining 

autentifikatsiyasini ta’minlaydi. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling