Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.

bet63/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103

 

veb-brauzer  

ingl.: web browser 

rus.: веб-браузер 

qarang: brauzer 

 

veb-dizayn 

ingl.: web-design 

rus.: веб-дизайн 

Veb-sahifalarini  bezash.  Veb-dizayn  qog‘oz 

nashri  uchun  poligrafik  dizayn  va  sahifalash 

qanday vazifani bajarsa, sayt uchun ham  xuddi 

shunday  vazifani  bajaradi.  Veb-dizayn  deganda 

odatda    nafaqat  sayt  uchun  grafik  elementlarni 

yaratishni,  balki  uning  tuzilmasi,  navigatsiyasi 

va  ba’zan  sayt    ishi  uchun  zarur  bo‘lgan 

skriptlarni  loyihalashtirish,  ya’ni  saytni  to‘liq 

yaratish  nazarda  tutiladi.  Dizayn  saytning  aqlli 



veb-dizayn 

 


 

306 


tuzilishi  ma’nosida  uning  “chiroyliligi”dan 

ancha 


muhimroq. 

Sayt 


dizayni 

odatda  


ixtisoslashtirilgan 

veb-dizayn 

studiyalari 

tomonidan  bajariladi.  Sayt  uchun  dizayn 

yaratish  bahosi  sayt  hajmi,  grafik  elementlar 

soni,  uning  ustida    ishlovchi  mutaxassislar 

saviyasi,  dasturlashtirish  zarurligi  va  h.k.larga 

bog‘liq. 



 

veb-hujjat 

ingl.: web-document 

rus.: веб-документ 

1.  Odatda,  maxsus  murojaat  HTML  (Hypertext 

Markup  Language)  tilidagi  hujjat.  Veb-hujjat 

Umumjahon  tarmog‘i  asosini  tashkil  qiladi. 

Ular 

gipermatndan 



iborat 

bo‘lib, 


foydalanuvchiga  ajratib  ko‘rsatilgan  so‘z  yoki 

jumlaga 


qaratib, 

ma’lumotlarni 

o‘qish, 

hujjatning boshqa qismiga yoki ayni hujjat bilan 

gipermurojaat  yordamida  bog‘langan  boshqa 

veb-hujjatga o‘tish imkonini beradi. Veb-hujjat, 

shuningdek, 

matn, 


tasvir, 

tovushlarni 

mujassamlovchi  gipermuhit  ma’lumotni  ham 

o‘z  ichiga  olishi  mumkin.  veb-hujjatni  ochish, 

ularni  o‘qish  yoki  aks  ettirish  Internet 

brauzerlari  yordamida  amalga  oshiriladi.  Veb-

hujjat  tushunchasi  «veb-sahifalar»  va  «veb-

saytlar» 

tushunchalari 

bilan 


chambarchas 

bog‘liq.  Ushbu  atamalar  ma’nolari  haligacha 

aniq  ta’rif  topgani  yo‘q.  Odatda  veb-sahifasi 

atamasi  veb-hujjat  atamasining  sinonimini 

bildiradi,  veb-sayti  atamasi  esa  yagona  mavzu 

ostida  birlashtirilgan  yoki  bitta  tashkilot, 

muallif  yoki  foydalanuvchiga  tegishli  bo‘lgan 

sahifalar majmuasiga tegishlidir. 

2. Veb-saytning tarkibiy qismi. Jismoniy nuqtai 

nazardan HTML fayldan iborat. Tarkibida matn, 

tasvir,  JAVA  appletlari  va  boshqa  veb 

elementlar  bo‘lishi  mumkin.  Sahifa  statik  yoki 

dinamik  ravishda  shakllantirilgan 

bo‘lishi 

mumkin.  Freymlardan  foydalangan  holatda  har 

bir freym alohida sahifa hisoblanadi. 



 

veb-interfeys 

ingl.: web-interface 

rus.: веб-интерфейс 

Foydalanuvchiga 

veb-brauzer 

orqali 


turli 

dasturlar bilan o‘zaro ishlash imkonini beruvchi 

interfeys 

(masalan, 

o‘z 

buyurtmasini  



boshqarish  Internet  do‘konida  yoki  tarmoq 

printerini 

sozlash). 

Veb-interfeyslarining 

qulayligi 

shundaki, 

ular 

bitta 


ofisda 

joylashmagan 

xodimlarga 

birgalikda 

ish 

yuritish  imkonini  beradi.  Masalan,  veb-



interfeyslar 

turli 


ma’lumotlar 

bazalarini 

to‘ldirish  yoki  Internet    OAVda  materiallarni 

chop etish uchun ishlatiladi. 



 

veb-kamera 

ingl.: webcam 

rus.: веб-камера 

Ko‘chmas ravishda o‘rnatilgan kamera bo‘lib, u 

bilan  olingan  tasvirlar  Internetdagi  muayyan 

saytda ko‘rsatiladi. Odatda bu video oqimi emas, 

balki  muayyan  muddatlardan  keyin  masalan, 

har  20  soniyada  yangilanuvchi  statik  tasvir. 

Odatda    video  kameralar  saytga  tashrif 

buyuruvchilar ko‘nglini ovlash uchun ishlatiladi. 



 

veb-sahifa 

ingl.: webpage 

rus.: веб-страница 

Internet  manzili  (URL)  bilan  bir  xil  ma’noda 

belgilanuvchi  mantiqiy  birlik.  U  veb-saytning 

tarkibiy  qismidir.  Veb-saytlardan  iborat  bo‘lsa, 

saytlar  esa  o‘z  navbatida  sahifalardan  iborat 

deyish  mumkin.  Jismoniy    nuqtai  nazardan  u 

HTML fayldir. Matn, tasvirlar, JAVA appletlari 

va  boshqa  elementlardan  iborat  bo‘lishi 

mumkin. 

Sahifa 


statik 

yoki 


dinamik 

shakllantirilgan  bo‘lishi  mumkin.  Freymlardan 

foydalangan  holda  har  bir  freym  alohida  sahifa 

hisoblanadi. 



 

veb-sahifa nomi 

ingl.: webpage title 

rus.: название веб-страницы 

Veb-sahifani 

aynanlashtiruvchi 

tavsiflovchi 

matn. 

Ochiq 


sahifa 

nomi 


veb-brauzeri 

oynasining sarlavha qatorida aks etiriladi. 



 

veb-sayt 

ingl.: web site 

rus.: веб-сайт 

Inglizcha  «site»  (tarjimasi  «joy»)  so‘zining 

o‘zbekcha  talaffuzi.  Umumjahon  o‘rgimchak 

to‘ri ma’lum axborot topish mumkin bo‘lgan va 

noyob  URL  bilan  belgilangan  virtual  joy. 

Mazkur  URL  veb-saytning  bosh  sahifasi 

manzilini  ko‘rsatadi.  O‘z  navbatda,  bosh 

sahifada  veb-saytning  boshqa  sahifalari  yoki 

boshqa  saytlarga  murojaatlar  bo‘ladi.  Veb-sayt 

sahifalari  HTML,  ASP,  PHP,  JSP,  grafik  va 

boshqa  fayllardan  tashkil  topgan  bo‘lishi 

mumkin.  Veb-saytni  ochish  uchun  brauzer 

veb-hujjat 

 


 

307 


dasturidan 

foydalaniladi. 

Eng 

ko‘p 


foydalanadigan  brauzerlar  –  bu  Internet 

Explorer  va  Netscape  Navigator.  Veb-sayt 

shaxsiy,  tijorat,  axborot  va  boshqa  bo‘lishi 

mumkin. 


 

veb-sayt auditoriyasi o‘lchami 

ingl.: site reach 

rus.: размер аудитории веб-сайта 

Aniq vaqt mobaynida, veb-saytga kirgan noyob 

tashrifchilar  soni.  Agar  veb-sayt  muntazam 

ravishda  yangilanib  tursa,  unda,  veb-saytga 

muayyan 

chastota 

bilan 

tashrif 


buyuradiganlarga, 

ya’ni 


saytni 

doimiy 


auditoriyasiga  ega  bo‘lishga  qulay  imkoniyat 

mavjud. 


 

veb-sayt statistikasi 

ingl.: web-site statistics 

rus.: статистика веб-сайта 

Saytlar egalariga saytda tashrifchilar soni, qaysi 

bo‘limlar  eng  ko‘p  mashhur  bo‘lgan  va  boshqa 

narsalarni bilish imkonini beradi. 



 

veb-saytni aylantirish 

ingl.: website promotion 

rus.: раскрутка веб-сайта 

Veb-saytga  tashriflar  sonini  ortirish,  uning 

doimiy 

auditoriyasini 



yaratish 

maqsadida 

qilinayotgan tadbirlar majmui. 

 

veb-saytni nashr etish 

ingl.: web-site publishing 

rus.: публикация веб-сайта 

Internet  yoki  tarmoqqa  ulangan  veb-serverga 

sahifa  va  fayllarini  ko‘chirish  orqali  veb-sayt 

Internet  yoki  ichki  tarmoqda  foydalanish uchun 

ochiq bo‘lishini amalga oshiruvchi jarayon. 

 

veb-server 

ingl.: web-server 

rus.: веб-сервер 

1. 


Internet 

yoki 


Intranetga 

ulangan 


umumfoydalanishdagi  axborot  serveri.  Unda 

hujjatlar  va  fayllar  –  audio,  video,  grafik  va 

matn 

fayllari 



– 

saqlanib, 

ular 

foydalanuvchilarga  HTTP  vositalari  orqali 



taqdim  etiladi.  Veb-server  nomi  u  umumjahon 

tarmoqning qismi bo‘lgani uchun kelib chiqqan. 

2.  Maxsus  dasturiy  ta’minotga  ega  bo‘lgan,  bir 

yoki  bir  necha  veb-sayt  fayllarini  saqlash  va  

ularga  ishlov  berishi  mumkin.  Bir  necha  veb-

sayt  bitta  kompyuterda  ishlasa,    veb-server 

deganda  veb-sayt  ishlovchi  virtual  makon 

(dasturiy  ta’minot  va  kompyuterdagi  joy) 

tushuniladi.  Buning  uchun  ko‘plar  uchun  “veb-

server”  deganda  “veb-sayt”  tushuniladi.  Ko‘p 

axborotni  saqlovchi  veb-saytlar  bir  paytning 

o‘zida  bir  necha  kompyuterda  saqlanilishi  va 

ularga  ishlov berilishi mumkin. 

Veb-verver  mijozlarning  veb-saytga  so‘roviga 

javob    beradi  va    CGI-,  JSP-,  ASP-,  PHP-  va 

boshqa qo‘llanmalarni amalga oshiradi 



 

veb-standart palitra 

ingl.: web-standards palette 

rus.: веб-стандартная палитра 

Rasmlarda  ranglarni  aniq  solishtirish  va  aks 

ettirish  uchun  ishlatilishi  mumkin  bo‘lgan  256 

rangdan 216sini o‘z ichiga olgan ranglar jadvali. 

Qolgan  40  rang  ishlatilmaydi,  chunki  ular 

kompyuterlarda 

rang 

uzatish 


sifatining 

sozlanganligiga  ko‘ra  turlicha  aks  ettirilishi 

mumkin.  Veb  standart  palitra  odatda  xavfsiz 

ranglar palitrasi deyiladi. 



 

veb-usta 

ingl.: webmaster 

rus.: веб-мастер 

1.  Veb-sahifalarni  loyihalashtirish,  yaratish  va 

bezash  bilan  shug‘ullanuvchi  shaxs.  Veb-usta  

Internet 

texnologiyalari 

bo‘yicha 

bilimlar 

majmuasi  va  rassom-bezaklovchi  tajribasiga 

(kompozitsiya,  dizayn) ega bo‘lishi lozim. 

2.  Saytning  tashqi  ko‘rinishi  va  ishi  uchun 

javobgar  kompaniya  xodimi.  Veb-usta  deganda 

turli-tuman  majburiyatlar  doirasi  tushuniladi  – 

kichik  oddiy  sayt  uchun  sahifalashtiruvchidan 

tortib  dizayner  va  tizim  ma’murigacha.  Internet 

foydalanuvchilari  uchun  veb-usta  bu  sayt  va 

kompaniya  domeniga  bog‘liq  barcha  masalalar 

bo‘yicha aloqada bo‘ladigan shaxsdir. 

 

veb-xizmat 

ingl.: web-service 

rus.: веб-сервис 

qarang: onlayn xizmati 

 

veb-xosting 

ingl.: web-hosting 

rus.: веб-хостинг 

Foydalanuvchi 

veb-sahifalarini 

Internet 

provayderi 

(xosting 

provayderi) 

serverida 

joylashtirish  va  qo‘llab-quvvatlash.  “Xosting” 

so‘zi  to‘laqonli  ikki  tomonlama  aloqa  bilan 

ta’minlangan 

tarmoqdagi 

kompyuterni 

veb-xosting 

 


 

308 


bildiruvchi  xost  (host)  so‘zidan  olingan. 

Xosting 


pulli 

va 


tekin, 

oddiy 


va 

mukammallashgan,  yaxshi  va  yomon  bo‘lishi 

mumkin.  Xosting  provayderini  tanlayotganda 

quyidagi  tavsifnomalarga  e’tibor  berish  lozim: 

1) disk makoni; 2) Internet kanalining o‘tkazish 

qobiliyati  (kengligi)  ;  3)  fayllarni  boshqarish 

usullari:  veb-forma  yoki  FTP  bayonnomasi 

orqali  erkin  foydalanish;  4)  standart  skriptlar 

to‘plami;  5)  server  tomonida  dasturlashtirish 

mumkinligi  (SSI,  PHP,  ASPlarni  qo‘llab-

quvvatlash,  cgi-bin  katalogi);  6)  serverda 

ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish – o‘z 

ma’lumotlar  bazalarini  yaratish  va  ishlatish 

mumkinligi;  7)  shell  erkin  foydalanish;8) 

htaccess  fayli  orqali  serverni  konfiguratsiya 

qilish  mumkinligi;  9)  log  fayllardan  erkin 

foydalanish;  10)  uchinchi  darajali  domenlarni 

taqdim 


etish 

(name.you_name.ru, 

name1.you_name.ru  va  boshqa  turdagi  manzil); 

11)  bir  yoki  bir  necha  pochta  qutisini  qo‘llab-

quvvatlash;  12) uzluksiz  elektr  energiyasi  bilan 

ta’minlash. 



 

veb-sharhlovchi 

ingl.: web-browser 

rus.: веб-обозреватель 

qarang: brauzer 

 

vektor grafikasi 

ingl.: vector graphics 

rus.: векторная графика 

Chiziqlar  joylashishi,  uzunligi  va  yo‘nalishini 

belgilovchi 

matematik 

tavsiflar 

bo‘yicha 

yaratiladigan  rasmlar.  Vektor  rasmlari  nuqta 

yoki  piksellar  to‘plamidan  bo‘lmay,  chiziqlar 

oilasidan iborat. 

 

vektor shriftlari 

ingl.: vector fonts 

rus.: векторные шрифты 

Tasviri 


matematik 

modellardan 

shakllantiriluvchi    shriftlar.  Ushbu  shriftlar 

asosan  plotterlar  uchun  ishlatiladi.  Windows 

OT  uchta  vektor  shriftni  qo‘llab-quvvatlaydi. 

Bularga Modern, Roman va Script kiradi. 



 

verifikatsiya 

ingl.: verification 

rus.: верификация 

Harakat, jarayon yoki mahsulotni ularga tegishli 

talablar yoki tasniflar bilan taqqoslash. Misollar 

–  tasnifning  xavfsizlik  siyosati  modeli  bilan 

taqqoslash  yoki  obyekt  kodini  dastlabki  kod 

bilan taqqoslash. 



 

Vernam kriptotizimi 

ingl.: Vernam’s cryptosystem 

rus.: криптосистема Вернама 

Kriptotizim,  xuddi  shunday  Vernam  shifri  deb 

ham  ataladi,  tamomila  tasodifiy  ravishda  hosil 

qilinadigan 

bit 

satrini  ishlatadi. 



Kalitlar 

oqimining  uzunligi  dastlabki  matn  uzunligiga 

teng,  dastlabk  matn  va  tasodifiy  bit  satri 

shifrlangan  matn  hosil  qilish  uchun,  XOR 

amalidan  foydalanib  aralashtiriladi.  Bunday 

algoritm 

o‘ta 

maxfiylikka 



ega. 

Ushbu 


kriptotizim 

omilkor 


emas, 

chunki 


katta 

o‘lchamdagi  kalitlardan  foydalanishga  to‘g‘ri 

keladi.  U  asosan,  harbiy  va  diplomatik 

maqsadlarda  ishlatiladi.  Bu  shifrning  asosiy 

kamchiligi kalitlarni boshqarish qiyinligi. 

 

vertikal portal 

ingl.: vertical portal 

rus.: портал вертикальный 

Ma’lum  mavzu  yo‘nalishidagi,  ushbu  mavzu 

doirasida  turli  xizmatlarni  taqdim  etuvchi  veb-

sayt.  Eng  istiqbolli  axborot  resursi  va  uskunasi 

bo‘lib,  butun  dunyo  bo‘ylab  o‘z  izdoshlariga 

ega. 


 

VESA 

qisq.: Video Electronics Standards Association 

1.  Videoelektronika  sohasidagi  standartlar 

bo‘yicha uyushma.  

2. VESA mahalliy shinasi standarti. 



 

VFAT 

qisq.: Virtual File Allocation Table 

Fayllar  joylashishining  virtual  jadvali,  virtual 

FAT.  FAT  fayllar  tizimining  fayllarga  8dan 

ko‘p  belgidan  iborat  nom  berish  imkonini 

beruvchi turidir. 

 

VGA 

qisq.: Video Graphics Array 

Videografika  matritsasi,  VGA  standarti.  SHX 

uchun  videomoslagich  turi.  Mukammalroq 

SVGA  standarti  tomonidan  siqib  chiqarilan. 

Standart  IBM  kompaniyasi  tomonidan  1987 

yilda  e’lon  qilingan.  Eng  katta  ajrataolish  aks 

ettiriladigan  ranglar  soniga  bog‘liq:  16  rang 

uchun 640x480 yoki 256 rang uchun 320x200. 



 

VHDL 

veb-sharhlovchi 

 


 

309 


qisq.:  VHSIC  Hardware  design  and  Description 

Language 

VHSIC  apparaturasini  ishlab  chiqish  va 

tavsiflash tili. 

 

VHF 

qisq.: Very High Frequency 

O‘ta  yuqori  chastota,  VHF  chastota  ko‘lami. 

Elektrmagnit  to‘lqinlarning  30  MHzdan  300 

MHzgacha  bo‘lgan  chastotasi  (uzunligi  10 

mdan 1 mgacha). 

 

VHS 

qisq.: Video Home System 

Maishiy videomagnitofon, VHS standarti. 



 

VHSIC 

qisq.: Very High-Speed Integrated Circuit 

O‘ta tezkor integral sxema. 



 

video anjuman 

ingl.: video conferencing 

rus.: видеоконференция 

Tasvirni  Internet  muhitida  translatsiya  qilish 

orqali  foydalanuvchilarning  uzoqdagi  guruhlari 

orasidagi  kengash  va  munozaralar  o‘tkazish 

metodologiyasi. 

 

video disk 

ingl.: video disk 

rus.: видео диск 

qarang: lazer disk 

 

video kiritish 

ingl.: video input 

rus.: видеоввод 

Moslama. 

foydalanuvchining 



shaxsiy 

kompyuter  yordamida  ko‘ngil  ochar  yoki  ishga 

oid  dasturlari  va  Internet  resurslari  bilan 

jismoniy  o‘zaro  ishlashini  ta’minlaydi.  Ushbu 

istiqbolli  texnologiya  insonni  virtual  dunyoga 

«olib kiradi». 



 

Vijiner kvadrati 

ingl.: Vizier’s quadrate 

rus.: квадрат Вижинера 

Mashhur  ko‘palifboli  kriptotizimlardan  biri. 

Fransuz  kriptografi  Bleyz  Vijiner  sharafiga 

atalgan.  Vijiner  kvadrati  n  elementli  kvadrat 

matritsadan  iborat  bo‘lib,  bu  yerda  n-

ishlatilayotgan 

alifbodagi 

harflar 


soni. 

Kvadratning har bir qatori alifboni bitta ramzga 

davriy  siljitish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi. 

Shifrlash kaliti sifatida kalit so‘zi deb ataluvchi, 

Sezar  kriptotizimiga  o‘xshash  qadamma-qadam 

o‘zgaradigan  kalit  ishlatiladi.  Har  bir  ustun 

0,1, 

...., 


25 

kalitlardan 

tuzilgan 

Sezar 


kriptotizimi deb qaralishi mumkin. Odatda kalit 

so‘zi  odatdagi  ochiq  matndan  qisqa  bo‘lgani 

uchun u davriy tarzda ishlatiladi. 

 

vinchester 

ingl.: winchester 

rus.: винчестер 

qarang: Qattiq disk. 

 

virtual 

ingl.: virtual 

rus.: виртуальный 

Voqeiy  bo‘lib  ko‘ringan,  biroq  vazifalari 

boshqa  moslamalar  tomonidan  bajariladigan 

funksional moslama ta’rifi. 



 

virtual bank 

ingl.: virtual bank 

rus.: виртуальный банк 

Mijozlarga  Internet  tarmog‘idan  foydalanib 

xizmat  ko‘rsatadigan  bank.  Mijozlar  brauzerlar 

yoki  maxsus  dasturiy  ta’minotdan  foydalanib 

chinakam  bankda  bajariladigan  amallarning 

ko‘pini bajarishlari va axborot olishlari mumkin. 



 

virtual borliq texnologiyasi 

ingl.: virtual reality technologies 

rus.: технологии виртуальной реальности 

Yangi  axborot  texnologiyalari  turi.  Informatika 

va  kibernetika  vositalari  yordamida,  insonlar 

ongida 


virtual 

borliqni 

shakllantirishni 

ta’minlaydi. 



 

virtual borliqni modellash tili 

ingl.: Virtual Reality Modelling Language (VRML) 

rus.: язык моделирования виртуальной реальности 

WWW  muhitida,  ucho‘lchamli  sahnalarni  va 

obyektlarni  o‘zaro  faollik  elementlari  bilan 

tavsiflash  tili.  HTML  tilining  3D-  deb  atalmish 

rusumi.  VRML  da  yozilgan  fayllar,  «.wrl» 

(ingliz  tilidagi  world  –  dunyo  so‘zidan) 

kengaytmaga  ega.  Bu  fayllarni  aks  ettirish 

uchun, VRML brauzeri yoki veb-brauzer uchun 

VRML plug-in zarur bo‘ladi. VRML yordamida 

na  faqat  ucho‘lchamli  muhit  yaratiladi,  balki, 

unda  soyalarni  va  tamosha  nuqtalarini  chizib 

chiqish  uchun  yorug‘lik  manbalari  joylashgan 

yer  ham  ko‘rsatiladi.  Buning  ustiga,  VRML 

foydalanuvchiga  yaratilgan  virtual  borliqda 

ko‘chish  imkonini  beradi.  Barcha  amallar 

virtual borliqni model... 



 

310 


sichqoncha yoki klaviatura yordamida bajariladi. 

VRML  tili  ISO  va  ITU  tomonidan  xalqaro 

standart sifatida tasdiqlangan. 

 

virtual iqtisodiyot 

ingl.: virtual economy 

rus.: виртуальная экономика 

Elektron makonda iqtisodiy amallarni bajarish. 



 

virtual kompaniya 

ingl.: virtual company 

rus.: компания виртуальная 

Qo‘shma, 

kelishilgan 

faoliyat 

bajaruvchi 

jismoniy  yoki  yuridik  shaxs.  U  odatda  turli 

sohalarda,  aniq  maqsadlarga  erishish  uchun 

axborot texnologiyalaridan foydalanadi. 



 

virtual korxona 

ingl.: virtual enterprise 

rus.: виртуальное предприятие 

1. 


Faoliyat 

jarayonida 

elektron 

aloqa 


vositalaridan  foydalangan  holda  eng  kam  yoki 

umuman  bo‘lmagan  shaxsiy,  bevosita  aloqasiz 

muloqotda  bo‘ladigan,  o‘zaro  ishlaydigan 

geografik  nuqtai  nazardan  ajratilgan  xodimlar 

uyushmasidan iborat bo‘lgan korxona. 

2.  Bitta  tashkilotning  bir-biridan  hududiy 

ajratilgan 

va 


axborot-kommunikatsion 

tarmoqlar 

yordamida 

o‘zaro 


ishlaydigan 

tuzilmalari. 



 

virtual ofis 

ingl.: virtual office 

rus.: виртуальный офис 

Kompaniyaning  Internet  resursi  yoki  uning 

qismi.  U  geografik  nuqtai  nazardan  uzoqda 

joylashgan  xodimlarga  axborotni  almashish, 

saqlash,  qayta  ishlash  va  boshqaruv  ta’sirlarini 

uzatish  yagona  tizimi  yordamida  tashkilot 

sifatida o‘zaro ishlash imkonini beradi. 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling