Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103

 

xabar qabul qiluvchi 

ingl.: message recipient 

rus.: получатель сообщения 

Jo‘natuvchining  o‘zi  yoki  uning  nomidan 

jo‘natilgan  xabarni  oluvchi  jismoniy  yoki 

yuridik shaxs. 



 

xabar xesh-funksiyasi 

ingl.: message hashing function 

rus.: хэш-функция сообщения 

Qiymati  kirish  ketma-ketligining,  ya’ni,  ikkilik 

sanoq 

tizimida 



berilgan 

xeshlantiriluvchi 

sonning  har  bir  bitiga  yoki  xeshlantiriluvchi 

dastlabki  matnni  har  bir  ramziga  bog‘liq 

bo‘lgan  funksiya.  Xeshlantirish algoritmi  kirish 

matnidan  birxil  uzunlikda  natija  chiqaradi. 

Bunda  uzunlik  deganda,  ikkilik  sanoq  tizimida 

berilgan  ifodadagi  bitlar  soni  nazarda  tutiladi. 

Masalan, kirish matni «AKT lug‘ati» bo‘lsa, va 

xesh-funksiya 

qiymati 

«10110111010100101»ga  teng  chiqsa,  xesh-

funksiya qiymati uzunligi 17 bitga teng bo‘ladi. 

Chiqish  uzunligi  128,192,256  bit  bo‘lgan  xesh-

funksiyalar 

ham 


mavjud. 

Xesh-funksiya 

samarali  bo‘lishi  uchun  kirish  xabari  uchun 

natija  noyob  bo‘lishi  lozim.  Odatda,  xesh-

funksiyalar  bir  tomonli  funksiyalardir.  Chunki, 

chiqish  qiymati  asosida  dastlabki  matnni 

hisoblab  topish  juda  qiyin.  Xesh-funksiyalar 

axborot uzatish va saqlashda uning xavfsizligini 

muhofaza etish uchun qo‘llaniladi. 

 

xabar yo‘li 

ingl.: message route 

rus.: маршрут сообщения 

qarang: signalizatsiya aloqa yo‘li  

 

xabarlar butunligi kodi 

ingl.: message integrity check 

rus.: код целостности сообщений 

 Dastlabki  matn  va  kalitdan  muayyan  qoida 

bo‘yicha  hosil  qilingan  tayinli  uzunlikdagi 

ma’lumotlar ketma-ketligi. 



 

xabarlarni uzib-ulash 

ingl.: message switching 

rus.: коммутация сообщений 

Ikkilamchi 

tarmoqning 

stansiyasida 

yoki 

bog‘lamasida  bajariladigan  amallar  majmui.  U 



xabarni  to‘la  qabul  qilish,  uni  yig‘ish  va  uni 

manzil  alomatiga  monand  uzatishdan  iborat. 

Xabarlar  uzib-ulash  bayonnomalarning  yetti 

pog‘onali  shajarasini  hisobga  olib,  xabarlarni 

tarmoq  orqali,  ularni  uzib-ulash  bog‘lamalarida 

oraliq  yig‘ish,  saqlash  va  ajratish  amallarini 

bajarib  uzatishni  ta’minlaydi.  Bunda,  har  bir 

bog‘lama xabarni qismlar bo‘yicha qabul qiladi, 

uni  yig‘adi,  xotiraga  yozadi,  xabarda  xatolar 

borligini  tekshiradi  va  shundan  so‘ng,  keyingi 

bog‘lamaga (qismlarga ajratib) uzatib yuboradi. 

Katta  xotiraga  ehtiyoj  va  ma’lumotlarni 

nisbatan  sekin  uzatilishi  buning  kamchiligidir. 

Bu  hol  ko‘p  tarmoqlarda  xabarlar  uzib-ulashni 



xabarlarni uzib-ulash 

 


 

316 


boshqa uzib-ulash turlari bilan almashtirilishiga 

olib keldi. 



 

xaker 

ingl.: hacker 

rus.: хакер 

1.  Kompyuterlar  bo‘yicha  yuqori  malakali 

mutaxassis. 

2.  O‘z  bilimlari  va  vositalaridan  muhofaza 

qilinayotgan 

resurslardan 

ruxsatsiz 

erkin 


foydalanish  uchun  foydalanuvchi  kompyuterlar 

bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis. 

3.  Informatika  sohasida  turli  noqonuniy 

harakatlarni 

bajaruvchi 

shaxs: 


boshqa 

tarmoqlardan  ruxsatsiz  erkin  foydalanish  va 

ulardan  axborot  olish;  dasturiy  mahsulotlarning 

muhofazasini  noqonuniy  ravishda  buzish  va 

ularning  nusxalarini  ko‘chirish;  kompyuter 

«viruslarini»  yaratish  va tarqatish  va h.k.  Shuni 

ta’kidlash  kerakki,  xaker  harakatlari  turli 

jinoyat  va  fuqarolik  qoidabuzarliklar  tarkibini 

tashkil qiladi. 

 

xaktivizm 

ingl.: hacktivism 

rus.: хактивизм 

“Xak”  (xakerdan  olingan)  va  “aktivizm” 

(faollik)  so‘zlarining  birlashishi  orqali  paydo 

bo‘lgan bo‘lib, xaktivizm atamasi veb-sayt yoki 

kompyuter  tizimiga  siyosiy  yoki  ijtimoiy 

yo‘naltirilgan  xabarni  yetkazish  maqsadida 

uyushtirilgan xaker hujumni bildiradi. 

 

xalqaro 

avtomatik 

boshqaruv 

federatsiyasi 

ingl.:  International  Fegeration  of  Automatic  Control 

(IFAC) 

rus.: 

международная 

федерация 

по 

автоматическому управлению 

Avtomatik boshqaruv nazariyasini rivojlantirish 

bilan  shug‘ullanuvchi  olimlarni  birlashtiruvchi 

xalqaro  tashkilot.  IFAC  1957  yilda  turli 

mamlakatlardagi  mutaxassislar  o‘rtasida  ijodiy 

aloqa  o‘rnatish  hamda  ular  orasida  axborot 

almashishni yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan. 

 

xalqaro axborot almashuvi 

ingl.: international information interchange 

rus.: международный информационный обмен 

Mamlakat  davlat  chegarasi  orqali,  axborot 

mahsulotlarini  uzatish  va  qabul  qilish,  hamda 

axborot xizmatlarini ko‘rsatish. 



 

xalqaro 

axborotga 

ishlov 

berish 

tashkiloti 

ingl.:  International  Federation  for  Information 

Processing (IFIP) 

rus.:  международная  федерация  по  обработке 

информации 

Ma’lumotlarga 

ishlov 

berish 


vositalari 

nazariyasini 

rivojlantirish 

va 


ulardan 

foydalanishga 

ko‘maklashuvchi 

xalqaro 


tashkilot. IFIP 1959 yilda turli mamlakatlardagi 

olimlar va ishlab chiqaruvchilar orasida axborot 

almashish  va  ish  aloqalarini  o‘rnatish  uchun 

yaratilgan. 



 

Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi (XEAI) 

ingl.: International Telecommunications Union (ITU) 

rus.: международный союз электросвязи (МСЭ) 

Elektr 


aloqasidan 

foydalanish 

va 

uni 


rivojlantirish  masalalari  bilan  shug‘ullanuvchi 

xalqaro  tashkilot.  ITU  Birlashgan  Millatlar 

Tashkiloti 

(BMT) 


tomonidan 

boshqarilib 

Jeneva  (Shveysariya)da  joylashgan.  ITU  1865 

yilda  yaratilib,  1932  yilgacha  Xalqaro  telegraf 

ittifoqi  deb  atalgan.  ITU  maqsadi  barcha  aloqa 

turlaridan  mintaqaviy  foydalanishda  xalqaro 

hamkorlikni  ta’minlash  va  kengaytirish,  texnik 

vositalarini 

mukamallashtirish 

va 


ulardan 

samarali  foydalanishdir.  ITU,  shuningdek, 

simsiz  tarmoqlar  uchun  chastotalarni  ro‘yxatga 

olishga ham javobgardir. 



 

Xalqaro Elektrtexnika Komissiyasi (XEK) 

ingl.:  International  Electrotechnical  Commission 

(IEC) 

rus.: 

международная 

электротехническая 

комиссия (МЭК) 

Elektrotexnika  sohasida  standartlar  ishlab 

chiqish 

bilan 


shug‘ullanuvchi 

tashkilot. 

Elektrtexnik  apparat  va  mashinalar  uchun 

standartlardan tashqari XEK elektron qurilmalar 

uchun hujjatlarni ham ishlab chiqadi. 

 

Xalqaro Standartlar Tashkiloti (XST) 

ingl.: International Standards Organization (ISO) 

rus.:  Международная  Организация  Стандартов 

(МОС) 

Milliy  (davlat)  standartlarini  ishlab  chiqish 

bilan  shug‘ullanuvchi  tashkilotlar  tomonidan 

yaratilgan  xalqaro  tashkilot.  XST  1946  yilda 

sanoatning 

turli 


sohalarida 

xalqaro 


standartlashtirishni ta’minlash uchun yaratilgan. 

Uning 


a’zolarining 

ko‘pchiligi 

turli 

mamlakatlarda  standartlar  masalalari  bilan 



xaker 

 


 

317 


shug‘ullanuvchi tashkilotlardir. XSTning asosiy 

vazifasi  texnologiyalar  va  mahsulotlar  uchun 

umumiy  standartlarni  ishlab  chiqishdir.  1987 

yilda  XST  Xalqaro  elektrtexnik  komissiya 

(XEK)  bilan  birgalikda  1-Birlashgan  texnik 

qo‘mitasini yaratgan. Uning zimmasiga axborot 

texnologiyalari 

tizimlarini 

standartlashtirish 

vazifalari  yuklatilgan.  Mazkur  qo‘mita  Xalqaro 

elektr  aloqa  ittifoqi  (XEAI)  bilan  yaqin 

hamkorlik  o‘rnatgan.  1977  yilda  XST  O‘zaro 

ishlovchi  ochiq  tizimlar  (O‘OT)  ustida  ishini 

boshlagan.  1979  yilda  u  ochiq  tizimlar  o‘zaro 

ishining  asosiy  etalon  modelini  belgilagan. 

Ushbu 


model 

ochiq 


tizimlarning 

keng 


ko‘lamdagi xalqaro standartlarini ishlab chiqish 

uchun asos yaratgan. 



 

xalqaro tarmoq 

ingl.: international network 

rus.: международная сеть 

Tarkibiy  qismlari  bir  necha  mamlakatda 

joylashgan axborot  tarmog‘i.  Bunday  tarmoqlar 

xalqaro 


hamjamiyatlar, 

korporatsiyalar, 

uyushmalar  tomonidan  quriladi  va  iqtisodiyot, 

ilm-fan, ta’lim  va texnologiyalarning  murakkab 

vazifalarini  hal  qilishga  qaratilgan.  Xalqaro 

tarmoqlar, 

shuningdek, 

katta 


ishlab 

chiqaruvchilar  tomonidan  ham  yaratiladi.  Ular 

ushbu tarmoqlardan  eng avvalo  yangi  texnikani 

yaratish,  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish,  savdo 

yuritish  uchun  foydalanadi.  Xalqaro  tarmoqlar 

orasida  o‘tkazilayotgan  tadqiqotlarni  qo‘llab-

quvvatlash uchun yaratilgan tadqiqot tarmoqlari 

alohida o‘rin tutadi. 



 

xalqaro shaxsiy kompyuterlarning xotira 

kartalari uyushmasi (PCMCIA) 

ingl.: Personal Computer Memory Card International 

Association (PCMCIA) 

rus.:  международная  ассоциация  карт  памяти 

персональных компьютеров 

Shaxsiy  kompyuter  kartalari  uchun  standartlar 

ishlab  chiqishni  ta’minlovchi  xalqaro  tashkilot. 

PCMCIA  1989  yilda  turli  ishlab  chiqaruvchilar 

tomonidan 

taqdim 


etiladigan 

shaxsiy 


kompyuterlarning 

bosma 


xotira 

platalari 

uyg‘unligini  ta’minlash  maqsadida  yaratilgan. 

Avvalo  shaxsiy  kompyuter  kartalari  tashqi 

xotirani oshirish uchun chiqarilardi, biroq keyin 

ularning  vazifalari  keskin  kengaydi.  PCMCIA 

uyushmasi  Yaponiyaning  JEIDA  uyushmasi 

bilan  birga  32  razradli  kompyuter  shinasi  va 

xotiradan to‘g‘ri  erkin  foydalanishni  ko‘zlovchi 

PC_Card standartini tasdiqlagan. 



 

xat 

ingl.: letter 

rus.: письмо 

Internet nuqtai nazaridan  odatda elektron xatlar 

–  elektron  pochta  yordamida  jo‘natiladigan 

matn xabarlari shunday deyiladi. 



 

xato tuzatuvchi kodlar 

ingl.: error correcting codes 

rus.: коды, исправляющие ошибки 

Ortiqchalik  kodi  bo‘lib,  uni  ishlatish  katta 

ehtimollik bilan  na  faqat  axborotni, uzatishdagi 

xatolarni  topish,  balki  ularni  tuzatish  imkonini 

ham beradi. 

 

xatcho‘p 

ingl.: bookmarks 

rus.: закладки 

Vebni ko‘rib chiqish vaqtida belgilab qo‘yilgan, 

foydalanuvchiga 

qiziqarli 

bo‘lgan 

tarmoq 


resurslarining manzillari kiritilgan yon daftar. 

 

xavf ehtimoli 

ingl.: risk 

rus.: риск 

1. Zarar yoki ziyon ko‘rish mumkinligi. 

2. Muayyan taxdid ma’lumotlarga ishlov berish 

tizimidagi  muayyan  zaiflikdan  foydalana  olishi 

ehtimoli. 

 

Xavf ehtimolini baholash 

ingl.: risk measuring 

rus.: оценка риска 

Agar  hisoblash  tizimi  muayyan  tahdidlardan 

muhofazalanmagan 

bo‘lsa, 


sodir 

bo‘lishi 

mumkin  bo‘lgan  tahdidlarni  miqdor  va  sifat 

bilan  baholash.  Xavf  ehtimolini  miqdoriy 

baholash,  agar  har  bir  muayyan  tahdid 

tizimning 

ixtiyoriy 

zaiflik 


mexanizmlari 

orasidan 

ehtimol 

bo‘lganini 

ishga 

solib 


yuborganda  yuz  berishi  mumkin  bo‘lgan, 

moliyaviy  yo‘qotishlar  asosida  hisoblanishi 

mumkin. 

 

xavf tahlili 

ingl.: risk analysis 

rus.: анализ риска 

1. Ma’lumotlarga ishlov berish tizimi resurslari, 

ushbu  resurslar  uchun  bo‘lgan  tahdidlar  va 

tizimning  ushbu  tahdidlarga  nisbatan  zaifligini 

aniqlashning tizimli uslubi. 

xavf tahlili 

 


 

318 


2.  Tizim  tavsifnomalari  va  zaif  tomonlarini 

o‘rganish  jarayoni.  U  nomuvofiq  voqealar  ro‘y 

bergan  taqdirda  kutilayotgan  zararni  aniqlash 

maqsadida  ehtimollik  hisoblashlar  yordamida 

o‘tkaziladi.  Xavf  tahlilining  vazifasi  tizim 

ishida u yoki bu xavfning muvofiqlik darajasini 

aniqlashdan iborat.  

 

xavfsiz elektron kelishuv 

ingl.: Secure Electronic Transaction (SET) 

rus.: безопасная электронная сделка 

Internetda  kredit  kartalarning  muhofazalangan 

tranzaksiyalarini  bajarish  uchun  mo‘ljallangan 

standart. 

Raqamli 

imzolarni 

ishlatish 

sotuvchilarga  xaridorlar  haqiqatda  o‘zlarini 

bildirayotgan 

kimsa 


ekanligini 

tekshirish 

imkonini  beradi.  Bunda  kredit  kartochkaning 

tartib  raqamini  sotuvchiga  ko‘rsatmay  bevosita 

uni  talab  kilgan  tomonga  tekshirish  va  hisob-

kitob tuzish uchun uzatiladi. Bu esa xaridorlarni 

muhofazalash mexanizmlaridan biridir. 

 

xavfsizlik 

ingl.: security 

rus.: безопасность 

1.  Tizim  yoki  tarmoq  axboroti  muhofazasini, 

saqlanishi, 

ishonchliligini 

va 

puxtaligini 



ta’minlash qobiliyati. 

2.  Obyektning  tasodifiy  va  ataylab  qilingan 

tahdidlarga qarshi tura olish qobiliyati. 

 

xavfsizlik ma’muri 

ingl.: security administrator 

rus.: администратор безопасности 

Ma’sul  mansabdor  shaxs.  U  o‘rnatilgan  ish 

maromi  doirasida  ikki  davrda  o‘z  vakolatlariga 

muvofiq  belgilangan  tartibda  axborot  bo‘yicha 

ish  olib  boradi.  Ya’ni,  u  ham  axborot 

muhofazasi bilan muntazam shug‘ullanadi, ham 

axborotlashtirish obyekti (ma’lumotlarni uzatish 

tarmog‘i)ni  sanoat  miqyosida  ishga  solish  va 

uni ishlatish bosqichlari davrida zarur muhofaza 

darajasini ta’minlash bo‘yicha ish olib boradi. 



 

xavfsizlik obyekti 

ingl.: security object 

rus.: объект безопасности 

Tizimning 

passiv 

tizimlashgan 



tashkil 

qiluvchisi. 

Unga 

xavfsizlik 



uslubiyati 

qo‘llaniladi. 



 

xavfsizlik siyosati modeli 

ingl.: security policy model 

rus.: модель политики безопасности 

Tizim  uchun  ishlab  chiqilgan  xavfsizlik 

siyosatining  rasmiy  ko‘rinishi.  U  ahamiyatli 

axborotning  boshqarilishi,  taqsimlanishi  va 

muhofazasini  belgilovchi  talablarning  rasmiy 

tavsifini o‘z ichiga olishi lozim. 



 

xavfsizlik subyekti 

ingl.: security subject 

rus.: субъект безопасности 

Xavfsizlikni 

ta’minlashda 

ishtirok 

etish 

huquqlari  va  majburiyatlariga  ega  fuqarolar, 



ijtimoiy tashkilotlar va uyushmalar. 

 

xavfsizlik tarkibiy tuzilmasi 

ingl.: security configuration 

rus.: конфигурация безопасности 

Tanlangan  xavfsizlik  siyosatining  parametrlari 

majmui.  Xavfsizlik  tarkibiy  tuzilmasi  fayllar 

shaklida  (standart  tarkibiy  tuzilialar  mavjud) 

saqlanib,  ularni,  xususiy  tarkibiy  tuzilmalarni 

yaratib  turlash  va  kompyuterlarga  tatbiq  qilish 

mumkin. 

 

xavfsizlik tizimi 

ingl.: security system 

rus.: система безопасности 

1.  Qonunga  muvofiq  xavfsizlikni  ta’minlashda 

ishtirok  etadigan  qonunchilik,  ijrochilik  va  sud 

hokimiyati  organlari,  ijtimoiy  va  boshqa 

tashkilot  va  uyushmalar,  fuqarolar,  shuningdek, 

xavfsizlik  sohasidagi  munosabatlarni  tartibga 

soluvchi qonunlar. 

2.  Xavfsizlik  siyosatini  amalga  oshirishga 

qaratilgan jami tashkiliy choralar, texnikaviy va 

dasturiy vositalar. 



 

xavfsizlik zonasi 

ingl.: security zone 

rus.: зона безопасности 

Microsoft  kompaniyasining  Microsoft  Internet 

Explorer  brouzerida  aniqlangan  mexanizm.  U 

Internet  serverlari  guruhiga  xavfsizlikka  oid 

sozlashlarni  yuklash  imkonini  beradi.  Har  bir 

zona  uchun  turli  xavfsizlik  pog‘onalaridan 

foydalanish  imkoniyati  bor.  Mumkin  bo‘lgan 

harakatlarni  aniqlab,  shu  serverga  (Java-

appletlarini, 

ActiveX 


boshqaruvchi 

elementlarini, 

SSL 

bayonnoma 



bo‘yicha 

muhofazalangan  ulanishni  va  h.k.  ni  ishlatib 

yuborish) 

mos 


keladiganlarini 

ishlatish 

imkoniyatini beradi. 

 

xavfsiz elektron kelis... 



 

319 


xavfsizlik o‘zagi 

ingl.: security kernel 

rus.: ядро безопасности 

Murojaatlar  monitori  tamoyillarini  amalga 

oshiradigan dasturiy va apparat elementlar. Ular 

subyektlarning 

obyektlardan 

erkin 


foydalanishga  barcha  urinishlarini  ajratishlari, 

shakliy 


turlanishlardan 

muhofazalangan 

bo‘lishlari 

va 


o‘z 

vazifalarining 

to‘g‘ri 

bajarilishi tekshiruvdan o‘tgan bo‘lishi zarur.  



 

xavfsizlikni ta’minlash rejimi 

ingl.: security ensuring mode 

rus.: режим обеспечения безопасности 

Hamma  foydalanuvchilarning  barcha  erkin 

foydalanish 

toifalari 

tavsifi. 

tizimda 



saqlanadigan  va  ishlov  beriladigan,  axborot 

muhofazasiga  oid  barcha  toifalar  bilan  bog‘liq 

holda beriladi. 

 

xayoliy voqeiylik 

ingl.: virtual reality 

rus.: мнимая реальность 

Foydalanuvchi 

xayolida 

audiovideotizim 

tomonidan yaratiluvchi xayoliy dunyo. 

qarang: virtual voqeiylik 

 

Xerox korporatsiyasi 

ingl.: Xerox corporation 

rus.: корпорация Xerox 

Nusxa  ko‘chirish  texnikasi  vositalari,  kasbiy 

shaxsiy  kompyuterlar  va  tashqi  qurilmalar 

ishlab chiqaruvchi kompaniya. To‘liq nomi The 

Document  Company  –  Xerox  bo‘lgan  Xerox 

kompaniyasi 

AQSHda 

yaratilgan 



bo‘lib, 

hujjatlardan  nusxa  olish  uchun  mo‘ljallangan 

turli  qurilmalar  ishlab  chiqaruvchi  eng  katta 

kompaniyadir. 



 

xesh 

ingl.: hash 

rus.: хэш 

1. “#” belgisi, ASCII kodi 35. 

2.  Muayyan  kalit  bo‘yicha  farq  qiladigan 

ma’lumotlar  elementlaridan  erkin  foydalanish: 

har  bir  ma’lumotlar  elementi  muayyan  kalitga 

(son  yoki  so‘z)  bog‘liq.  Xeshni  ikki  ustunli 

jadval  sifatida tasavvur  qilish  mumkin:  birinchi 

ustunda  muayyan  kalit  saqlanadi,  ikkinchisida 

esa  –  ma’lumotlar  paketi  manzili  (yoki  ba’zan 

ma’lumotlarning o‘zi). Masalan, kutubxonadagi 

katalog  –  xesh:  undagi  mualliflar  familiyalari 

(kalitlar)  ularning  kitoblari  haqidagi  to‘liq 

axborot bilan birgadir.  

 

xesh-funksiya 

ingl.: hashing function 

rus.: хэш-функция 

qarang: xabar xesh-funksiyasi 

 

XGA 

qisq.: eXtended Graphics Array 

Kengaytirilgan 

grafik 

matritsasi, 



XGA 

videomoslagichi.  IBM  tomonidan  1990  -  yilda 

taklif etilgan grafik nazoratchi standarti. 16 mln. 

ranglar 


bilan 

1024x768 

ajrataolishni 

ta’minlaydi. 



 

XHTML 

qisq.: eXtensible HyperText Markup Language 

Kengaytiriladigan  gipermatnni  belgilash  tili, 

XHTML  tili.  HTML  tilining  rivojlantirilgani. 

XHTML  tilining 1.0  rusumi –  bu aslida  HTML 

tilining  XML  1.0 sintaksisi bilan  birgalikda  4.0 

rusumidir. 



 

xit  

ingl.: hit 

rus.: хит 

Foydalanuvchi  tomonidan  xohlagan  elementni 

(html  hujjati,  grafik  fayl,  java  appleti  va  h.k.) 

yuklab  olish.  Masalan,  sahifangizda  15-grafik 

elementi  mavjud  bo‘lsa,  uning  yuklanishida 

server log fayli 16 xitni qayd qiladi (15-rasm va 

html 


hujjati). 

Agarda 


siz 

tarmoqda 

“serverimiz  oyiga  100  ming  xitga  ega”  degan 

e’lonlarni uchratsangiz, unga darrov ishonmang. 

Bunday  serverning  haqiqiy  tashrifchilari  soni 

aslida o‘nlab marotaba kamroq bo‘lishi mumkin. 



Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling