Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.

bet69/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103

 

shovqinsimon signalli radiotarmoq 

ingl.: spread spectrum radio network 

rus.: радиосеть с шумоподобными сигналами 

Shovqisimon  signallar  uzatiladigan  mahalliy 

radiotarmoq.  Bu  tarmoqning  ishlash  tamoyili, 

kodli  ajratishdan  foydalanib  ko‘p  tomonlama 

erkin  foydalanishni  qo‘llashga  asoslangan.  Bu 

tarmoqda  signallarni  uzatishda,  ma’lumotlarni 

har  bir  bloki,  chips  deb  ataluvchi  bitlar  ketma-

ketligi  bilan  kodlanadi.  Chipslar  shovqinsimon 

signalga  tiziladi  va  efir  orqali  uzatiladi. 

Uzatilgan diskret signalni qayta tiklash, maxsus 

protsessor 

yordamida 

amalga 

oshiriladi. 



Shovqinsimon  signalli  radiotarmoq  tizimlari 

ixcham,  arzon  va  elektromagnit  halal  beruvchi 

to‘siqlar ta’sirida ham ishonchli ishlaydi. 

 

shrift 

ingl.: font 

rus.: шрифт 

Alifbo  ramzlarining  to‘plam  shakli.  Shrift 

garnitura  (imlo  elementlari)ning  birlashmasi, 

shakl,  o‘lchamlar,  interval  bilan  ajralib  turadi. 

Masalan,  Times  New  Roman  shrifti,  har  bir 

ramz 


shaklini 

belgilaydigan 

garnituradir. 

Shriftning  o‘lchami  bandlarda  ifodalanadi.  Har 

bir  band  1/72  dyumga  teng.  Yana  shriftlar 

shakli  (to‘g‘ri,  qiya,  kursiv)  va  to‘yinganligi 

(och,  yarimyo‘g‘on,  yo‘g‘on)  bilan  ajralib 

turadi.  Jadvalli  (rastrdan  foydalanuvchi)  va 

konturli  (vektorli)  shriftlar  farqlanadi.  Jadvalli 

shriftlar 

nuqtalar 

matritsasini 

tanlashga 

asoslanadi  masalan,  8x12.  Konturli  shriftlarni 

har 

bir 


belgisini 

shakllari 

matematik 

tenglamalar  yordamida,  chiziqlar  to‘plami 

sifatida  ifodalanishi  bilan  ajralib  turadi.  Bu 

maqsadlar  uchun  PostScript  tili  va  boshqa 

tillardan 

foydalaniladi. 

Buning 

evaziga 


printerga  ekranda  tasvirlangan  ramzni  xuddi 

o‘zginasini  chiqarish  mumkin  bo‘ladi.  Konturli 

shriftlar matnlarni samarali ifodalash usulidir. 

 

shrift nisbatlari 

ingl.: font proportions 

rus.: пропорции шрифта 

Bir  xil  belgilarning  bitta  garnitura  chizmasida 

o‘ta nozik turdan o‘ta keng belgilarga o‘zgarish 

ko‘rsatkichi. 



 

shrift to‘yinganligi 

ingl.: font saturation 

rus.: насыщенность шрифта 

Turli chizishlarda bir xildagi belgilarning asosiy 

va  bog‘lovchi  chiziqlarining  kengligi  bilan 

belgilanadi.  Bitta  garnitura  doirasida  to‘liqlik 

eng ochdan to eng to‘qqacha o‘zgarishi mumkin 

(light – ultra bold). 



 

shrift chizmasi 

ingl.: font type face 

rus.: начертание шрифта 

Kichik  va  katta  belgilar,  raqamlar,  tinish 

belgilari,  maxsus  belgilar  majmui.  Xohlagan 

garnituradagi  shrift  chizilishi  rang  to‘liqligi, 

nisbatlar,  kontrastlik  va  belgilarning  egilishi 

bilan  farq  qiladi  (och,  yarim  yirik,  kursiv  yoki 

egilgan, normal, nozik yoki keng). 

 

shtabel 

ingl.: stack 

rus.: штабель 

OSI  asosiy  etalon  modeli  OSI  sohasining  yetti 

pog‘onasini  belgilaydi.  Bunga  mos  ravishda, 

ko‘rib  chiqishga  yetti  guruh  bayonnomalari 

kiritiladi.  Bayonnomalar  ustma  –  ust  joylashib 

taxlangan  tartibni  hosil  qiladi.  Axborot  tizimi 

oldiga  qo‘yilgan  vazifaga  ko‘ra,  uning  taxlami 

OSI  sohasining  barcha  pog‘onalarini  yoki 

ularning  ayrim  qismini  o‘z  ichiga  olishi 

mumkin.  Misol  uchun,  abonent  tizimining 

taxlangan  tartibi  barcha  yettita  pog‘onalardan 

iborat  bo‘lsa,  uzib-ulash  maqsadlari  uchun 

qayta 

uzatish 


tizimi 

ko‘pincha 

ikki-uch 

pog‘onadan iborat taxlam ega. 



 

shtrixli kod 

ingl.: bar code 

rus.: штриховой код 

Ma’lumotlarni 

tez 

o‘qib 


olish 

uchun 


mo‘ljallangan  mashina  o‘qiydigan  kod.  Shtrixli 

kod  raqamlardan  va  ularni  kodlaydigan  turli 

qalinlikdagi  chiziqchalardan  iborat.  Birinchi 

uch raqam, tovar ro‘yxatga olingan mamlakatni 

bildiradi.  Keyingi  4  raqam  tovarni  ishlab 

Sh

shtrixli kod 

 


 

336 


chiqaruvchi  korxona  kodini  bildiradi.  Undan 

keyingi  5  raqamni  korxona  o‘z  tovarlariga 

raqam  qo‘yib  chiqish  uchun  foydalanadi. 

Shtrixli  kodning  so‘ngi  raqami  nazorat  uchun 

ajratilgan  bo‘lib,  uning  qiymatini  kompyuter 

beradi. 


Shtrixli 

kod 


savdoda 

tovarlarni 

tamg‘alash  uchun  keng  foydalaniladi.  Shtrixli 

kodlarga tegishli  standartlar  1977  yildan buyon 

mavjud. 

 


 

337 


Ch ch

 

 

chala funksional ixtisos 

ingl.: collapse functional profile 

rus.: коллапсный функциональный профиль 

qarang: chala funksional profil 

 

chala funksional profil 

ingl.: collapse functional profile 

rus.: коллапсный функциональный профиль 

Bir  yoki  bir  necha  pog‘onalar  yetishmaydigan 

soxta  to‘la  funksional  profil.  Chala  profilda 

yetishmagan pog‘onalar funksiyalari shunchalik 

soddalashganki, 

ular 


boshqa 

pog‘onalar 

vazifalari tarkibiga kiritilgan. 

Chala profillar paydo bo‘lishi juda sodda va tez 

ishlaydigan 

mahalliy 

tarmoqlar 

yaratish 

imkonini  ochdi.  Tabiiyki,  bu  afzalliklar  o‘zaro 

ishlash  sohasidagi  qator  funksiyalarni  o‘ta 

soddalashtirish evaziga yuzaga kelgan. 

Shu  munosabat  bilan,  bunday  profillarning 

imkoniyatlari 

ma’lumotlarni 

berishda 

va 


seanslar 

o‘tkazishda 

cheklangan. 

Bundan 


tashqari,  bu  holda  kommunikatsiya  tarmog‘i 

orqali ma’lumotlar uzatish soddalashtirilgan. 



 

chaqiriqlarga ishlov berish markazi 

ingl.: call centre 

rus.: центр обработки вызовов 

Ma’lumotlarni 

xilma-xil 

turlarini 

uzib-

ulaydigan  va  bir  qator  xizmatlarni  taqdim 



qiladigan  axborot  tizimi.  Markaz  telefoniya 

xizmati  bilan  bog‘langan  bo‘lib  va  korporativ 

tarmoq  tizimlari  bilan  o‘zaro  ishlaydi.  Markaz 

bajaradigan asosiy vazifalar: 

-  hududiy  va  mahalliy  tarmoqlardan  kelayotgan 

telefon  chaqiriqlarini  qabul  qilish  va  ularga 

ishlov berish; 

-  MB,  bo‘lim  va  xodimlar  orasida  chaqiriqlarni 

yo‘naltirish; 

-  abonentlarni,  shu  jumladan  ularning  ismlarini 

aynanlash; 

- nutqiy javobni ta’minlash; 

- faksimil aloqa bo‘ylab xabarlar uzatish. 

Chaqiriqlarga 

ishlov 

berish 


markazlari 

biznesning  muhim  tarkibiy  qismi  bo‘lib 

qolmoqda. 

Ularni 


yaratishda 

moliya 


tashkilotlari  bilan  sayyohlik  byurolari  oldinda 

borishmoqda. 



 

chastota 

ingl.: frequency 

rus.: частота 

 

Vaqt  birligi,  masalan,  bir  soniya  ichida  davrlar 

yoki  tugallangan  o‘zgarishlar  soni.  Umuman 

olganda  chastota  ma’lum  vaqt birligida  ma’lum 

hisobni 

bildiradi. 

Hulq-atvor 

tahlilida 

chastotaning  eng  tarqalgan  o‘lchovi  bu  bir 

daqiqaga javoblar soni. 



 

chastotani 

taqsimlash 

bilan 

ko‘p 

tomonidan erkin foydalanish 

ingl.: Frequency Division Multiple Access (FDMA) 

rus.:  множественный  доступ  с  разделением 

частоты 

Kanalda  mantiqiy  kanallarni  hosil  qiluvchi 

chastota  polosalari  guruhlaridan  foydalanishga 

asoslangan  ko‘p  tomonli  erkin  foydalanish. 

FDMAdan  foydalanganda  kanalning  keng 

o‘tkazish  polosasi  muhofaza  polosalari  bilan 

ajratilgan  bir  necha  tor  polosalarga  bo‘linadi. 

Har  bir  tor  polosada  mantiqiy  kanal  hosil 

qilinadi. Tor polosa o‘lchamlari turli xil bo‘lishi 

mumkin. 


Ushbu 

kanallardan 

uzatiladigan 

signallar  turli  tashuvchilar  ustiga  qo‘yilishi 

uchun chastota sohasida bir-biri bilan kesishishi 

mumkin emas. 



 

chat 

ingl.: chat 

rus.: чат 

Kompyuter 

tarmog‘i 

yordamida 

voqeiy 

vaqtdagi muloqot. 



 

cheklangan foydalanishdagi tarmoq 

ingl.: limited use communication network 

rus.: сеть связи ограниченного пользования 

Cheklangan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar 

guruhiga  aloqa  xizmatlarini  ko‘rsatish  uchun 

mo‘ljallangan elektr aloqasi tarmog‘i. 



 

chekli avtomat 

ingl.: finitee-state machine 

rus.: конечный автомат 

Axborotga ishlov berishga mo‘ljallangan, chekli 

xotira  qurilmasi  modeli.  Chekli  avtomat, 

axborotga ishlov berish qurilmalarini yaratishda 

keng  ishlatiladigan  model  bo‘lib  hisoblanadi. 

Chekli  avtomatlarning  ikki  snnfini,  ya’ni, 

sinxron  va  asinxron  turlarini  farqlashadi. 

Ch

chekli avtomat 

 


 

338 


Asinxron 

avtomat 


asosida 

yaratilayotgan 

qurilmalar  amallar  bajarishda  yuqori  tezlikka 

ega. 


Ammo, 

sinxron 


avtomatlar 

qisqa 


muddatlarda  ishlab  chiqiladi,  yengil  sozlanadi 

va  takomillashtiriladi.  Sinxron  avtomatlar 

sinxron  qurilma  bo‘lgan  kompyuterlar  bilan 

oson  tutashtiriladi.  Chekli  avtomatlar  integral 

sxemalar asosida yaratiladi. 

 

chertish 

ingl.: click 

rus.: клик 

Reklama  banneriga  yoki  matnli  murojaatga 

bosish 

(sichqoncha 



tugmachasini 

keltirib 

chertish). 

 

chip 

ingl.: chip 

rus.: чип 

Integral  sxema  o‘rnatilgan  yarimo‘tkazgich 

moddaning  (odatda  silikon)  kichik  bo‘lagi. 

Oddiy 


chip 

millionlab 

elektron  tarkibiy 

qismlardan  (tranzistorlardan)  iborat  bo‘lishi 

mumkin.  Kompyuterlar  choplangan  sxemaviy 

plata 


deb 

nomlangan 

elektron 

asosga 


o‘rnatilgan ko‘plab chiplardan iborat. 

 

chipset  

ingl.: chipset 

rus.: чипсет 

Protsessorni  o‘rab  olgan  mikrosxemalar.  Tizim 

(ona)  platasida  joylashgan  mikrosxemalar 

to‘plami. 



 

chiqindi tozalash 

ingl.: garbage clean 

rus.: убирать мусор 

Qoldiq  ma’lumotlar  ichida  nozik  axborotni 

topish maqsadida ruxsatsiz izlash. 

 

chit 

ingl.: cheat 

rus.: чит 

Asosan kompyuter o‘yinlarida o‘yinni sinovdan 

o‘tkazish  uchun  qo‘llaniladigan  maxsus  kodlar. 

Ushbu  kodlar,  masalan,  qahramon  o‘lmasligi 

uchun,  keyingi  bosqichlarga  o‘tish  uchun 

imkoniyatlar beradi. Odatda chitlarni Internetda 

osonlik bilan topish mumkin. 

 

chiziqli printer 

ingl.: line printer 

rus.: линейный принтер 

Bir  paytning  o‘zida  butun  qatorni  chop  etuvchi 

yuqori  tezlikka  ega  bo‘lgan  printer.  Tezkor 

chiziqli  printer  daqiqaga  3000  qatorgacha  chop 

etishi 

mumkin. 


Chiziqli 

printerlarning 

kamchiligi ularning grafikani chop etaolmasligi, 

past  chop  etish  sifati  va  ish  paytida  qattiq 

shovqinlar bo‘lishidir. 

 

chop etgich ajrataolishi 

ingl.: printer resolution 

rus.: разрешение принтера 

qarang: printer ajrataolishi 

 

chop etish rusumi 

ingl.: print version 

rus.: версия для печати 

Veb-sayt 

sahifasining 

“arxitektura 

isrofgarchiliklari”siz, 

ya’ni 


qog‘ozga 

chiqarilgan  sahifada  o‘rinsiz  bo‘lgan  dizayn 

elementlarisiz 

xili. 


Chop 

etish 


uchun 

rusumlarning  mavjudligi  Internet  OAV  va 

umuman kontent saytlari uchun tavsiflidir. 

 

chop etuvchi 

ingl.: printer 

rus.: принтер 

qarang: printer 

 

choplama 

ingl.: listing 

rus.: распечатка 

Ma’lumotlarni  yoki  dasturlarni  printer  orqali 

taqdim  etish.  Choplamaning  mohiyati,  biror-bir 

narsa 


ro‘yxatini 

tuzishdadir 

(yaratishda). 

Informatikada  bu,  avval,  printer  yordamida 

matnlarni,  dasturlarni,  kodlarni  choplash  bilan 

bog‘liq  bo‘lgan.  So‘ngra,  choplama  deb 

ixtiyoriy choplangan hujjatni atay boshladilar. 

 

cho‘ntak shaxsiy kompyuteri 

ingl.: palmtop personal computer 

rus.: карманный персональный компьютер 

qarang: kissa shaxsiy kompyuteri

chertish 

 


 

339 


Cc

 

 



C# tili 

ingl.: C# language 

rus.: язык C# 

Ingliz  tilida  «see-sharp»  deb  talaffuz  qilinadi. 

Microsoft  NET  maslagi  uchun  obyektga-

yo‘naltirilgan  dasturlash  tili.  Ci  va  C++ 

tillarining 

chatishmasi 

bo‘ladi. 

Microsoft 

kompaniyasi  tomonidan  Sun  kompaniyasining 

Java tiliga raqobatdosh sifatida ishlab chiqilgan. 

Microsoft 

kompaniyasining 

mutaxassislari 

aytishlaricha,  C#  o‘zida  C++  tilining  quvvatini 

va 

Visual 


Basic 

muhiti 


soddaligini 

mujassamlantirgan. 

C# 

veb-qo‘llanmalarni 



ishlash  tezligini  va  samaradorligini  oshirishga 

yo‘naltirilgan. 

Til 

qat’iyan 



statatik 

namunalashgan 

bo‘lib, 

qat’iy 


obyektga-

yo‘naltirilgan  dasturlash  tili  emas  (obyektlar 

turlaridan tashqari ma’lumotlar turlariga ega). U 

polimorfizm, 

operatorlarning 

ortiqcha 

yuklanishi,  ko‘p  oqimli  hisoblar,  vakil  - 

funksiyalar,  hodisalar,  xossalar,  istisnolar  va 

XML  formatidagi  sharhlarni  quvvatlaydi  va 

chiqindilarni  avtomatik  tarzda  yig‘adi.  C#  ilk 

bor  2000  yilda  chiqqan,  uning  so‘nggi  rusumi 

bo‘lib C# 2.0 hisoblanadi. 



 

C++ tili 

ingl.: C++ language 

rus.: язык C++ 

Bell  Labs  kompaniyasida  Bjarne  Stroustrup 

tomonidan  ishlab  chiqilgan  yuqori  pog‘onadagi 

dasturlash  tili.  C++  tili  C  tilini  obyektga-

yo‘naltirilgan  funksiyalar  bilan  to‘ldiradi.  C++ 

tili, 


Windows 

va 


Macintosh 

muhitida 

ishlaydigan  grafik  qo‘llanmalarni  yaratish 

uchun mo‘ljallangan eng ommaviy tillardan biri 

bo‘lib hisoblanadi. 

 

C1 

qisq.: C1 security 

C1  xavfsizlik  pog‘onasi.  Tizimdan  ruxsat 

etilmagan 

erkin 


foydalanishdan 

muhofazalanganligi  pog‘onasi  uchun  NSA 

standarti. 

Tizimdan 

erkin 

foydalanish 



tartibotlariga rioya qilishni talab qiladi, guruhiy 

identifikatorlarni ishlatishga yo‘l beradi. 



 

C2 

qisq.: C2 security 

C2 


xavfsizlik 

pog‘onasi.Tizimdan 

ruxsat 

etilmagan 



erkin 

foydalanishdan 

muhofazalanganligi  pog‘onasi  uchun  NSA 

standarti. 

Foydalanuvchilarni 

muvofiqlash 

uchun faqat shaxsiy identifikatorlarni ishlatishni 

hamda audit vositalari bo‘lishini talab qiladi. 



 

C2B 

qisq.: Customer To Business 

Istyemolchi biznes uchun – elektron tijorat turi, 

unda 

istyemolchiga 



kompaniyalar 

taklif 


qilayotgan turli tovarlar va xizmatlarga mustaqil 

ravishda narx qo‘yish imkoni beriladi. Shunday 

qilib  talab  shakllanadi,  lekin  bu  so‘ralgan 

narxda  sotuv  yuz  berishini  anglatmaydi. 

Sotuvchi  joriy  so‘rovlar  natijalariga  ko‘ra, 

yakuniy qaror qabul qiladi. 



 

C2C 

qisq.: Customer To Customer 

Istyemolchi istyemolchi uchun - elektron tijorat 

turi,  uning  mohiyati  istyemolchilar  orasida 

tovarlar  va  xizmatlar  sotilishida.  Bu  holda  sayt 

sotuvchi  va  xaridor  orasidagi  vositachi  o‘rnida 

harakat  qiladi.  Misol  tariqasida,  yetakchi 

Rossiya  auksionlaridan  biri  www.molotok.ru  ni 

keltirish mumkin, unda har bir xoxlovchi sotishi 

yoki xarid qilishi mumkin. 

 

CA 

qisq.: Computer Associates 

Computer  Associates kompaniyasi.  AQSH  dagi 

dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi. 

 

Cabletron Systems korporatsiyasi 

ingl.: Cabletron Systems corporation 

rus.: корпорация Cabletron Systems 

Axborot  tarmoqlari  uchun  jihozlarni  yetkazib 

beruvchi 

kompaniya. 

AQSHda 

yaratilgan 



Cabletron  Systems  kompaniyasi  tarmoqni 

boshqarish 

maslagini 

yaratish 

uchun 

mo‘ljallangan 



dasturlar 

majmuini 

ishlab 

chiqqan. 



Kompaniya 

tafakkurga 

ega 

to‘plagichlarning 



yetakchi 

yetkazib 

beruvchisidir. 

 

CAD 

qisq.: Computer-Aided Design 

CAD 


 

 

340 


qarang: kompyuterlashgan loyihalash 

 

CADDIF 

qisq.: CAD Data Interchange Fopmat 

CADDIF  formati.  CAD-tizimlari  orasidagi 

ma’lumotlar almashish formati. 

 

CAE 

qisq.: 

1.  Computer-Aided  Engineering  -  Muhandislik 

mehnatini kompyuterlashtirish. Modellashtirish, 

sxemotexnika  va  mahsulotlar  sinashga  oid 

muammoli 

masalalar 

yechadigan, 

kompyuterlashgan 

loyihalashning 

mustaqil 

sohasi. 

2. 


Common 

Application 

Environment 

Ko‘rsatmalarning umumiy muhiti. 



 

CAI 

qisq.: Computer-Aided Instruction 

Kompyuter yordamida o‘qitish. Maxsus o‘qitish 

dasturini ishlatib o‘qitish. 

 

CALS 

qisq.: Computer-Aided Logistics System 

qarang: kompyuterlashgan logistik tizim 

 

CAM 

qisq.: Computer-Aided Manufacturing 

qarang: kompyuterlashgan ishlab chiqarish 

 

Canon korporatsiyasi 

ingl.: Canon corporation 

rus.: корпорация Canon 

Turli  xil  kompyuterlashtirilgan  qurilmalarni 

yaratish 

va 


ishlab 

chiqarish 

bilan 

shug‘ullanuvchi 



kompaniya. 

Canon 


kompaniyasi  o‘zining  lazer  printerlari  va 

purkovchi  printerlari  tufayli  keng  keng  shuhrat 

qozongan. 

 

CAS 

qisq.: Computer-Aided System 

qarang: kompyuterlashgan tizim 

 

CASE 

qisq.: Computer-Aided Software Engineering 

qarang:  kompyuterlashgan  dasturiy  ta’minot 

ishlab chiqish 



 

CAST 

qisq.: Computer-Aided Software Testing 

Dasturiy ta’minotni avtomatlashtirilgan testlash. 



 

CATV 

qisq.: CAble TeleVision, Cable TV 

Kabelli teleko‘rsatuvlar. 



 

CAV 

qisq.: Constant Angular Velocity 

O‘zgarmas burchak tezligi. 



 

CBR 

qisq.: Constant Bit Rate 

Ma’lumotlar oqimining o‘zgarmas tezligi. 



 

CC 

qisq.: Carbon Copy 

Ko‘chirma 

nusxa 

(ko‘chirma). 



e-mail 

xabarlarda 

xabar 


ko‘chirma 

nusxasi 


yuboriladigan manzil. 

 

CCD 

qisq.: Charge Coupled Device 

Zarad aloqali qurilma. 



 

CCITT 

qisq.:  Consultative  Committee  for  International 

Telegraph and Telephone 

Telegrafiya  va  telefoniya  bo‘yicha  xalqaro 

maslahat 

qo‘mitasi. 

Bu 

Xalqaro 


Telekommunikatsiya  Ittifoqi (ITU)  qo‘mitasi, u 

o‘z  navbatida,  BMT  ning  qismidir.  Bu  qo‘mita 

vazifalariga  xalqaro  xabarlar  uchun  standartlar 

ishlab chiqish va tasdiqlash kiradi. 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling