Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti taktika, umumqo


Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining (xodimlarining)fuqarolar bilan psixologik muloqot o‘rnatish usullari


Download 0.89 Mb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1560795
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rahmonov H JXTA 1-topshiriq

2. Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining (xodimlarining)fuqarolar bilan psixologik muloqot o‘rnatish usullari


Muloqot turlarining keng ravishda amalga tatbiq qilinishi ushbu jarayonda insonning holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Xohlagan axborotni muloqot jarayonida to‘liq berish, uning to‘g‘ri qabul qilinganligi haqidagi signal qoniqish holatini vujudga keltiradi va muloqot jarayonini faollashtiradi.


Har bir muloqotda bir necha maqsad ko‘zda tutilishi mumkin. Masalan, tergovchi shaxsning voqealarga aloqadorligi qay darajada ekanligidan kelib chiqqan holda dalillarni yana bir marotaba tekshirib ko‘rish, o‘zidagi mavjud dalillarni boyitish maqsadini ko‘zlashi mumkin. Muloqot doimo inson tabiati bilan bog‘liq bo‘ladi, masalan, shaxs janjalkash bo‘lishi mumkin, janjal ziddiyatlar natijasida yuzaga keladi. Bunda shaxsning ziddiyatni keltirib chiqaradigan holatlarini o‘rganish kerak bo‘ladi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) fuqarolar bilan psixologik muloqot o‘rnatishi uchun chuqur bilim va quyidagi ijtimoiy-psixologik fazilatlarga ega bo‘lishi kerak. Jumladan:
– notanish shaxslar bilan tezda muloqotga kirisha olish;
– boshqa shaxslarning gapini eshitish qobiliyatiga ega bo‘lish;
– odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsata bilish;
– muloqot jarayonida psixologik to‘siqlarni bartaraf etish va hokazo.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) kommunikativ faoliyati maxsus jihatlarga ega bo‘lib, u bir qator psixologik xususiyatlarni, birinchidan, ichki muloqotning o‘ziga xos tomonlarini, ikkinchidan, uning qiyinligini ko‘rsatadi.
Ushbu muloqotning muhim xususiyati uning kasbiy yo‘nalganligidir. Zero, harbiy xizmatchilar (xodimlar) shubhali shaxslarni aniqlash maqsadida boshqa shaxslar bilan muloqotda bo‘ladilar. Muloqot jarayonida ob’ektning o‘ziga xos tomonlari borligini ham hisobga olish lozim. Shuni aytish joizki, ko‘p holatlarda jinoyatchi shaxslar jamiyatdagi axloqsiz, odobsiz va vijdonsiz kishilar bo‘ladilar. Natijada muloqot jarayonida har xil psixologik to‘siqlar paydo bo‘lib, ko‘proq ular sun’iy ravishda vujudga keltiriladi.

Muloqot jarayonida quyidagi psixologik to‘siqlar vujudga kelishi mumkin:


1) motivatsion to‘siqlar;
2) aqliy to‘siqlar (intelektual);
3) emotsional to‘siqlar;
4) tarbiyaviy jarayondagi to‘siqlar.
Motivatsion to‘siqlar shaxslarning muloqotga kirishidan bosh tortishi, Muomalani to‘g‘ri, aniq ko‘rinishda olib borilishini xoxlamasligi jarayonida namoyon bo‘ladi.
Aqliy to‘siqlar shaxsni harbiy xizmatchiga (xodimga) nisbatan bilim doirasining kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va huquqiy savodxonligi mazmunan boy bo‘lgan taqdirda amalga oshadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling