Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti taktika, umumqo
Download 0.89 Mb.
|
Rahmonov H JXTA 1-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent 2023 MAVZU
- Xulosa: Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari: KIRISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTI TAKTIKA, UMUMQO‘SHIN TAYYORGARLIGI VA GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI “JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH ASOSLARI” fanidan R E F E R A T Toshkent 2023 MAVZU: Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo’linmalari xodimlarining aholi bilan muomala qilish madaniyati. REJA: Kirish: Asosiy qism: 1. Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) faoliyatida «muomala» tushunchasi va uning psixologik o‘ziga xosligi. 2. Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining (xodimlarining)fuqarolar bilan psixologik muloqot o‘rnatish usullari. Xulosa: Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari: KIRISH Jamoat xavfsizligini ta’minlash inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash kabi chora-tadbirlaridan iboratdir. “Jamoat xavfsizligini ta’minlash asoslari” fani qonuniylik, jamoat manfaatlarining ustuvorligi, jamoatchilik yordamidan foydalanish, manfaatlar to‘qnashuvi, jamoat tartibiga rioya qilish majburiyati singari asosiy prinsiplarning mazmun-mohiyati asosida jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etuvchi organlar va ularning vakolatlarini, jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonuniy talablarni, jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida jismoniy kuch ishlatish, maxsus kuch va vositalarni hamda o‘qotar qurolni qo‘llash asoslarini, jamoat xavfsizligini ta’minlash shakllari va usullarini, jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorlik masalalarini o‘rganadi hamda ular yuzasidan kursant va tinglovchilarga chuqur bilimlar beriladi. Ushbu fanda nazarda tutilgan nazariy tushunchalar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga, fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish hissini singdirishga qaratilgan. Shuning uchun ushbu fanning ahamiyati va o‘rni bugungi talabidan kelib chiqib, shubxasiz hayotiy zarur bo‘lgan bilimlar manbai hisoblanadi. Ushbu fanni o‘qitish oliy harbiy ta’lim muassasalarining barcha mutaxassisliklarida o‘rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. O‘quv dasturida fan, texnika, texnologiyaning yangi yutuqlari, oliy harbiy ta’lim rivojlanishining jahon tendensiyasi hisobga olinib, respublikada joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining ta’lim turlari o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling