Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti taktika, umumqo
Download 0.89 Mb.
|
Rahmonov H JXTA 1-topshiriq
Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) nutq madaniyatini o‘stirish vositalariga quyidagilar kiradi:
– badiiy asarlarni muntazam ravishda o‘qib borish va ular yuzasidan fikr yuritish; – o‘zbek tilining grammatik qonun-qoidalarini puxta o‘rganish; – har xil lug‘atlar bilan muntazam ravishda ishlash; – gazeta va jurnallarni, ayniqa, ularda e’lon qilingan hikoyalar, maqollar, latifalarni o‘qib borish; – hikmatlar, pandnomalarni qunt bilan o‘qib chiqish; – xizmatdoshlar oldida og‘zaki nutq so‘zlash, har xil axborotlar berib turish; – badiiy asarlar, she’r, monolog, qasida va hokazolarni o‘qish va boshqalar. Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) turli toifadagi shaxslar bilan odatiy va alohida sharoitlar (ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan, ommaviy tartibsizliklar va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtlar)da jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda quyidagi nutq odobi talablarini unutmasliklari kerak: 1) turli toifadagi shaxslar bilan suhbatlashganda harbiy xizmatchi (xodim) shirinsuxan, muloyim va ezgu niyatli bo‘lishi zarur; 2) so‘zlaganda imo-ishoralarni kamroq ishlatish, ayniqsa qo‘lni ko‘tarib do‘q-po‘pisa qilib, qo‘lidagi narsalarni otib gapirmaslik kerak. Suhbat nihoyatda samimiy, odamohunlik bilan tugatilishi lozim; 3) turli toifadagi shaxslar fikrlarini, garchand ularning mazmuni sizga ma’lum yoki yoqmayotgan bo‘lsa ham, diqqat va chidam bilan eshitish kerak; 4) so‘zlashish chog‘ida o‘zi, oilasi to‘g‘risida, shaxsiy g‘am-tashvishlari haqida so‘z ochmaslik, oila sirini saqlash kerak; 5) tilni, so‘zni qadrlash, uni hurmat qilish, tilni tiyish, sergap va vaysaqi bo‘lmaslik, har xil haqorotomuz so‘zlarni aytmaslik lozim; 6) g‘iybatdan, tuhmatdan, mish-mishlardan o‘zni tiyish, suhbat sirini saqlay bilish kerak; 7) turli toifadagi shaxslar bilan bo‘ladigan munosabatda, «til tarozisidir» degan naqlga rioya qilish kerak; 8) harbiy xizmatchi (xodim), egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, jamoasida va fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqotlarda nutqi, xatti-harakatlari, xulq-atvorini nazorat qilib borishi, faqatgina o‘z gapini ma’qullashga urinmay, boshqalarning so‘zlariga ham quloq solishga odatlanishi kerak. Harbiy xizmatchining (xodimning) jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan faoliyatiga fuqarolarning qarama-qarshi munosabatda bo‘lishi ba’zan juda keskin shakllarda kechadigan kurash tusini beradi. Harbiy xizmatchining (xodimning) yo‘liga atayin qo‘yiladigan to‘siqlarni yengish, xavfli vaziyatlarni bartaraf etish zarurati unda turli hissiy va ruhiy zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. Bu esa, o‘z navbatida, harbiy xizmatchidan (xodimdan) doimiy asabiy zo‘riqish va aqliy tafakkurni talab etadi. Natijada harbiy xizmatchi (xodim) doimiy ravishda murakkab aqliy faoliyatni amalga oshirish, o‘z maqsadlarini yashirish, haqiqiy ijtimoiy vazifalarini niqoblashga majbur bo‘ladi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilari (xodimlari) o‘z faoliyatida muloqotning quyidagi qonuniyatlari va mexanizmlariga e’tibor berishi lozim: turli toifadagi shaxslarga fikr sodda, aniq va qisqa ifodalanishi kerak, uning fikrlarini diqqat bilan tahlil qilish; turli toifadagi shaxslar bilan muloqot davrida xushmuomalalik bilan suhbat olib borish; fuqarolar tomonidan berilayotgan fikrlarni tinglash mexanizmini ishlab chiqish; fuqarolar tomonidan berilayotgan ma’lumotga qiziqish bilan munosabat bildirish. Agar harbiy xizmatchiga (xodimga) berilayotgan ma’lumot tushunarsiz bo‘lsa, u holda aytilgan fikrlarni va ba’zi jumlalarni takrorlashni xushmuomalalik bilan so‘rash; suhbat davomida salbiy ta’sir etuvchi omillarga e’tibor qaratmaslik (telefon qo‘ng‘iroqlari va boshqalar); suhbatdoshning mimika, jestlari va ixtiyorsiz reaksiyalariga e’tibor berish, suhbatdosh fikrlarini tugatgan bo‘lsa, olingan ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish, aniq dalillarni oydinlashtirish, zarur bo‘lgan vaqtda dalillar bilan hujumga o‘tish; harbiy xizmatchiga (xodimga) qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bu uning eshitish qobiliyatini shakllantirish hisoblanadi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini muloqotsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu sababli fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida kasbiy mahoratga ega bo‘lishlari lozim. Chunonchi: o‘zida psixologik chidamlilik, bardoshlilikni ishlab chiqishi; salbiy hissiyotlarni bartaraf etish va oldini olishga o‘rganish; ruhiy zo‘riqishni bartaraf etish; muloqotda psixo-pedagogik madaniyatni shakllantirish. Amaliyotdan ma’lumki, ayrim holatlarda harbiy xizmatchining (xodimning) fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqotlarida qandaydir sir va yolg‘on yotadi. Gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi sifatida qo‘lga olingan shaxs jinoiy javobgarlikdan qochish yoki o‘zining g‘ayrihuquqiy harakatlari darajasini pasaytirish maqsadida turli yolg‘onlarni ishlatib, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) chalg‘itishga harakat qiladi. U real faktlarni noto‘g‘ri talqin qilishni boshlaydi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) zamonaviy psixologik bilimlardan unumli foydalanishi shubha uyg‘otuvchi shaxs xulq-atvoridagi nosamimiy va yashirin holatlarni aniqlashda samara beradi. Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida fuqarolar bilan muomala qilish madaniyati qoidalari quyidagilardan iborat: 1) jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilari (xodimlari) xizmat burchini bajarayotgan vaqtda, eng avvalo o‘zining davlat hokimiyati vakili ekanligini, odamlar uning xulq-atvori, xatti-harakati, so‘z ohangi va tashqi qiyofasiga qarab butun huquq- tartibotni muhofaza qiluvchilarga baho berishlarini, uning obro‘si davlat obro‘si ekanligini unutmasligi kerak; 2) fuqarolar jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) yoki, aksincha, harbiy xizmatchi (xodim) fuqarolarga murojaat qilganda, salomlashish qoidalariga to‘liq rioya qilmog‘i, ya’ni harbiychasiga salomlashib, o‘zining lavozimi, unvoni, ism-sharifini aytishi, so‘ngra murojaat qilish sababini va maqsadini diqqat va sabr-toqat bilan eshitishi hamda bayon qilishi kerak; 3) fuqarolarning barcha savollariga, murojaatlariga xushmuomalalik bilan javob berish, yotig‘i bilan tushuntirish, ularga iloji boricha yordamlashishi, iloji bo‘lmaganda maslahatlar berishi zarur; 4) jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) fuqarolar murojaat qilganda, ularning talabiga binoan o‘zining ism-sharifini va ish joyini aytishi hamda xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi shart; 5) harbiy xizmatchi (xodim) fuqarolar bilan muomala qilish chog‘ida: – dimog‘dorlik, qo‘pollik qilish; – kinoyali, dag‘al tarzda tanbeh berishi; – gapirganda inson qadr-qimmatini tahqirlovchi piching va qochiriq so‘zlarni ishlatishi; – fuqarolarga asoslanmagan ayblar qo‘yishi; – tahdid soluvchi hamda fuqarolarning qadr-qimmati va shaxsini tahqirlovchi boshqa xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yishi qat’iyan ta’qiqlanadi; 6) har bir harbiy xizmatchi (xodim) xizmat vazifasini bajarish vaqtida u yoki bu fuqaroning hujjatlarini tekshirib ko‘rishga zarurat sezsa, uning oldiga kelib, harbiychasiga salomlashishi, o‘zining kimligini aytishi, vaqtini olganligi uchun uzr so‘rab, muloyimlik bilan hujjatlarini ko‘rsatishini talab qilishi kerak. Hujjatlar to‘g‘ri bo‘lsa, harbiy xizmatchi (xodim) hujjatni egasiga tezlikda qaytarishi, minnatdorchilik bildirib, xayrlashishi kerak. Bordiyu hujjatlarda biron-bir kamchilik bo‘lsa yoki u shubha tug‘dirsa, bu haqda fuqaroga xushmuomalalik bilan tushuntirishi va qat’iy tarzda undan o‘zi bilan birgalikda yaqinroqdagi ichki ishlar bo‘linmasiga borishni talab qilishi zarur. Bunda, albatta, xushyorlikni unutmaslik kerak; 7) harbiy xizmatchi (xodim) fuqarolarning shaxsiy munozaralariga va bahslariga aralashmasligi kerak. Fuqarolarning hayotiga xavf soladigan jamoat tartibining buzilishiga olib keladigan, jinoyatni keltirib chiqaradigan bahs-munozaralar bundan mustasnodir; 8) bayram va tantanali kunlarda, ayniqsa, xalq sayllari vaqtida fuqarolarga kam ahamiyatli, tasodifiy tartibbuzarliklar uchun imkoni boricha tanbeh bermaslik, bo‘lar-bo‘lmasga bo‘limlarga olib kelmaslik kerak; 9) har bir harbiy xizmatchi (xodim) har qanday fuqaroning hurmat-izzatini o‘rniga qo‘yib gaplashishi shart. Bunda kichik va o‘rta maktab yoshidagi bolalarga «sen», kattalarga esa «siz» deb murojaat qilishi kerak; 10) harbiy xizmatchi (xodim) xizmatdan tashqari hollarda murojaat qilgan fuqarolarga nisbatan befarq bo‘lmasligi kerak. Ularga to‘g‘ri maslahatlar berib, savollariga javob topish uchun imkoni boricha amaliy va ma’naviy yordam ko‘rsatishi zarur; 11) qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish, ularning murojaatlariga quloq solish, yordam berish, oilalarida bo‘layotgan har xil ko‘ngilsizliklarning oldini olishga yordamlashishi zarur. 12) ta’til vaqtida, xizmatdan bo‘sh vaqtlarida xalq bayramlarida, milliy marosimlar, to‘y-hasham, ta’ziya va boshqalarda ko‘pchilik qatori qatnashishi kerak. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling