Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti taktika, umumqo


Muomala vositasi va kammunikativ tasir etish usullari


Download 0.89 Mb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1560795
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rahmonov H JXTA 1-topshiriq

Muomala vositasi va kammunikativ tasir etish usullari

Jamoat xavfsizligini ta’minlashda harbiy xizmatchi (xodim) muloqot orqali o‘z xizmat burchini bajaradi va ushbu muloqot qonun asosida tartibga solinadi. Jamoat xavfsizligini ta’minlashda nafaqat «til», balki mimika va imo-ishoralar ham muhim hisoblanadi.


Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) muloqoti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) bevosita kasbiy vazifani bajarishga yo‘naltirilganligi;
2) huquqiy jihatdan tartibga solinganligi;
3) maxsus ob’ektning mavjudligi;
4) psixologik to‘siqlarning mavjudligi;
5) jinoyatchilarning maxsus tili hisoblanmish jargon va tatuirovkalarni bilish va hokazo.
Har qanday muloqot doimo ob’ekt bilan sub’ektning bir-biriga moslashish jarayonini qamrab oladi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlashda ko‘p holatlarda muloqot shaxslar uchun majburiydir, ya’ni ayblanuvchi, guvoh va gumon qilinuvchi muloqot qilishga majburdir. Muloqotdagi har bir fakt shaxs ongi orqali amalga oshadi, eng asosiysi, bu faktlar shaxslarda ba’zi bir narsalarni bo‘rttirib ko‘rsatish yoki yashirishga olib kelishi mumkin. Ba’zan muloqotga kirishayotgan shaxs o‘z aybini yoki maqsadini yashiradi, ma’lum bir vaqtdan keyin uning bu yolg‘oni fosh bo‘lishi mumkin. Jamoat xavfsizligini ta’minlashda muloqot ikki yoki bir necha (ko‘p) kishilik bo‘lishi mumkin. Muloqot maqsadidan kelib chiqqan holda har xil tugashi, ya’ni keskin, agressiv holatda yoki muloqotni qayta davom ettirish yoxud butunlay muloqotga qaytmaslik ham mumkin.
Muloqotda ta’sir etish usullarining quyidagi turi farqlanadi:
Ishontirish – isbotsiz tasdiqlanadigan yoki inkor etiladigan xabarlarni tanqidiy qarashsiz qabul qilishga qaratilgan kommunikativ ta’sir ko‘rsatish usuli. Ushbu psixologik hodisa haqidagi bilimlar rivojining hozirgi bosqichida «ishontirish mantiqiy isbotlashsiz shakllangan ishonchga tayanadi va individdan individga, jamoadan shaxsga beriladi yoki aksincha, aniqroq aytganda, avtomatik tarqaladi», degan qoidaga asoslaniladi. Inson ishontirish ta’siriga ixtiyorsiz tushib, o‘zi anglamagan holda harakat qila boshlaydi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilari (xodimlari) ta’sir etishning ushbu usulidan juda ehtiyot bo‘lib foydalanishlari kerak.
Ishontirish jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) fuqarolarga ko‘rsatadigan asosiy ta’sir usuli bo‘lishi kerak. Undan foydalanishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog‘liq:
– ta’sir ko‘rsatuvchi harbiy xizmatchining (xodimning) shaxsiy ishonchi;
– uning tayyorgarligi va bilimi;
– xabar berilayotgan faktlar, hodisalar, harakatlarning to‘g‘riligi, aniqligi va ishonchliligi;
– foydalanilayotgan faktlarning xarakterli, tipik bo‘lishi;
– turli toifadagi shaxslarni o‘ziga nisbatan moyil qilish, ularning ishonchini qozonish;
– ta’sir ko‘rsatuvchi harbiy xizmatchining (xodimning) talabchanligi, uning vazminligi va odobi.



    1. Download 0.89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling