Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti taktika, umumqo


Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) faoliyatida «muomala» tushunchasi va uning psixologik


Download 0.89 Mb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1560795
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rahmonov H JXTA 1-topshiriq

1. Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) faoliyatida «muomala» tushunchasi va uning psixologik
o‘ziga xosligi.
Insonlar o‘z faoliyati davomida, tabiiyki, boshqa odamlar bilan muloqotda bo‘ladilar. Ushbu jarayonda axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir ko‘rsatadilar, ta’lim beradilar, tajriba almashadilar. Bu jarayon shaxslararo o‘zaro munosabatlarda muloqot, muomala deb yuritiladi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilari (xodimlari) odatiy va alohida sharoitlar (ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan, ommaviy tartibsizliklar va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtlar)da jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda turli toifadagi fuqarolar bilan muloqotga kirishadilar. Ular faoliyatining samaradorligi odamlar bilan muloqotga kirishish, psixologik aloqa o‘rnatish qobiliyatlariga bog‘liq. Muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa bo‘lib, odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Shaxslar o‘zaro munosabatga kirishar ekan, aloqaning eng muhim vositalaridan biri sifatida tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir muhim tomoni shundaki, munosabatga kirishuvchilar muomala jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki xatti-harakatlar bilan ham axborot ayirboshlashadilar. Muloqot jarayoni shaxslarning qiziqishlari, dunyoqarashi, muomala madaniyatiga ham bog‘liq bo‘ladi, chunki shaxslardagi o‘zaro muloqot bu tabiiy ehtiyojdir.
Muomala har bir jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilari (xodimlari) faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham muomalaning har biri turi faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Harbiy xizmatchi (xodim) muomala qonuniyatlariga suyangan holda turli toifadagi shaxslar bilan munosabatga kirishadi. Muloqot jarayonida harbiy xizmatchining (xodimning) barcha kasbiy sifatlari (xotira, diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu jarayonlar harbiy xizmatchining (xodimning) mantiqiy fikrlashiga, voqeani o‘tmishdagi vaziyat bilan bog‘lashiga, o‘zaro solishtirish va qiyoslash, ob’ekt va sharoitni mukammal tarzda idrok etishiga yordam beradi.
Muloqot psixologik jihatdan bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lgan odamlar o‘rtasida u yoki bu vositalar orqali maqsadga muvofiq, bevosita yoki bilvosita aloqani o‘rnatish va saqlab turish jarayonidir.
Muloqotning jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilari (xodimlari) faoliyatida quyidagi turlari mavjud:
1) bevosita;
2) bilvosita;
3) rolli;
4) mazmunli;
5) rasmiy;
6) norasmiy.
Bevosita muloqot «yuzma-yuz» suhbat bo‘lib, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchisi (xodimi) odatiy va alohida sharoitlar (ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan, ommaviy tartibsizliklar va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtlar)da turli toifadagi shaxslarni idrok qiladi, ular bilan aloqaga kirishadi va hamma mavjud vositalarni keng qo‘llaydi.
Bilvosita muloqot ham aloqa vositasi bo‘lib, unda shaxslar, aloqa vositalari va mexanizmlar ishtirok etadi (masalan, ratsiya, telefon orqali gaplashish).
Muloqotning ba’zi turlari ijtimoiy rollar orqali amalga oshirilib, rolli muloqot deyiladi. Ommaviy tadbirlar, ommaviy tartibsizliklar va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi harbiy xizmatchisining harbiy xizmatchilari (xodimlari) shubha uyg‘otgan shaxs bilan muloqotga kirishi bunga misol bo‘ladi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi harbiy xizmatchisining (xodimining) boshqa turli toifadagi shaxslarga o‘z holati, kayfiyati, xohishini mimika, harakat, imo-ishora orqali bildirishi mazmunli muloqot deb ataladi.
Rasmiy muloqot yuridik kuchga ega bo‘lib, davlat va jamiyat manfaatini ko‘zlagan hamda qayd etiladigan muloqot turi (masalan, bayonnoma tuzishidagi holat bo‘yicha so‘roq qilish).
Shaxslararo o‘zaro muloqot jarayonida o‘zini qiziqtirgan u yoki bu ma’lumotga ega bo‘lish norasmiy muloqot hisoblanadi.




Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchi (xodim) nutq madaniyati harbiy xizmatchi harbiy xizmatchi (xodim) muloqotining muvaffaqiyatli bo‘lishida shakllangan shaxsiy-kasbiy sifatlari, ya’ni nutq madaniyatining ahamiyatida ko‘rinadi. Jumladan, harbiy xizmatchining (xodimning) nutq madaniyati (xushmuomalalilik, kamtarlik, insonparvarlik, to‘g‘ri so‘zlilik, vijdonlilik kabilar) yaxshi shakllangan bo‘lsa, turli toifadagi shaxslar bilan odatiy va alohida sharoitlar (ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan, ommaviy tartibsizliklar va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtlar)da jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashlari samarali bo‘ladi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) nutq madaniyati deb ularning o‘z fikrlarini turli toifadagi shaxslarga til vositalari orqali to‘g‘ri, aniq va ta’sirchan qilib yetkaza olishlariga aytiladi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) nutq odobi qoidalari. Harbiy xizmatchining (xodimlarning) nutqi, og‘zaki yoki yozma bo‘lishidan qat’i nazar, quyidagi qoidalarga mos kelishi kerak:
birinchidan, nutq mazmunli bo‘lishi, harbiy xizmatchining (xodimning) fikr yuritayotgan mavzuni har tomonlama chuqur bilishidan darak berib turishi;
ikkinchidan, adabiy va grammatik jihatdan to‘g‘ri, har qanday shevachilikdan xoli bo‘lishi;
uchinchidan, aniq, ravshan, qisqa va tushunarli ifodalanishi;
to‘rtinchidan, mantiqiy izchil, sof, keraksiz so‘z va iboralardan xoli bo‘lishi;
beshinchidan, ifodali, ta’sirchan, yorqin bo‘lishi;
oltinchidan, aniq, sodda, go‘zal bo‘lgani holda nutq mavzuiga mos tushishi;
yettinchidan, turli toifadagi shaxslarning ruhiy-ma’naviy holatini, yoshini, kasbi-korini, jinsini hamda mavjud vaziyatni inobatga olishi kerak.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling