Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti taktika, umumqo


Muloqotga kirishuvchilarning psixologik va emotsional


Download 0.89 Mb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1560795
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rahmonov H JXTA 1-topshiriq

Muloqotga kirishuvchilarning psixologik va emotsional irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (agressivlik, qo‘rquv, asabiylashish, xo‘rlanish va boshqalar).
Tarbiyaviy jarayonlardagi to‘siqlar jamoat xavfsizligini ta’minlash harbiy xizmatchilari (xodimlari) tarbiyasi qiyin o‘smirlar, nosog‘lom oilalar va muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik chora tadbirlar olib borayotgan vaqtda uchraydi.


Muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, harbiy xizmatchida (xodimda) ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo‘lsa (xushmuomalalik, kamtarlik, insoniylik, to‘g‘ri so‘zlik, vijdonlilik kabilar), muloqot jarayoni ham yaxshi o‘tadi. Chunki harbiy xizmatchi (xodim) muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun samimiy bo‘lishlari lozim.
Har bir muloqotdan bir nechta maqsad ko‘zlanadi:

  • faktlarni va shaxsning bu faktlarga munosabatini aniqlash;

  • tarbiyaviy maqsad, ya’ni qonun ustuvorligini ta’minlash;

  • ziddiyatli holatlarda muloqot o‘rnatish, bunda ikkala tomonning fikri bir joydan chiqmasligi natijasida muloqot yuzaki, rasmiy bo‘lib qolishining oldini olish.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilari (xodimlari) shubha uyg‘otuvchi shaxs bilan aloqaga kirishishida kerakli so‘zlarni tanlab olish katta ahamiyatga ega. Shubha uyg‘otuvchi shaxslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chaqirish psixologik noqulaylik holatini keltirib chiqaradi va birinchi taassurot omilining susayishi va salbiy bo‘lishiga olib keladi.
Demak, tanishish uchun ishlatiladigan dastlabki so‘zlar qanchalik tabiiy va tushunarli bo‘lsa, muloqot shunchalik tez o‘rnatiladi va oson rivojlanadi. Buning uchun harbiy xizmatchi (xodim) sof ko‘ngil, o‘ta sezgir bo‘lishi lozim. Qiziqtirayotgan shaxs bilan psixologik aloqa o‘rnatishda birinchi navbatda harbiy xizmatchi (xodim) avval o‘zi haqida ijobiy taassurot qoldirishi lozim. Bunda:

  • uning tashqi qiyofasi;

  • ekspressiv reaksiyalari (mimikasi, harakatlari, yurish-turishi va hokazo);

  • ovoz ohangi, nutqi yuqori darajada bo‘lishi lozim.

O‘zaro yoqtirish jihatlari ijobiy munosabatlar orqali vujudga keladi. Shuning uchun harbiy xizmatchi (xodim) psixologik aloqani o‘rnatish va rivojlantirish paytida ob’ekt tomonidan o‘ziga tegishli yoqish hissiyotini uyg‘otishi lozim.
Harbiy xizmatchilar (xodimlar) xizmat jarayonida va xizmatdan tashqari paytda so‘zlashish odobiga, muomala madaniyatiga alohida e’tibor qaratishlari lozim. Har bir so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llash, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish insonning mavqeini yuksaltiradi, uning jamoadagi va jamiyatdagi o‘rni hamda obro‘sini belgilab beradi.
Harbiy xizmatchi (xodim) fuqarolar bilan samimiy munosabatda bo‘lishi, ularning murojaatini diqqat bilan eshitishi, vakolati doirasida ko‘rib chiqishi va masalasini hal qilishga intilishi zarur. Shu bilan birga, fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarning qonunga zidligini tushuntirishi hamda zarur hollarda qonunda belgilangan chorani qo‘llashi lozim.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilari (xodimlari) el-yurt osoyishtaligi posboni sifatida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan muloqotga kirishishda qaddi-qomatini tik tutgan holda, ochiq chehra bilan ularning bergan savollariga aniq va lo‘nda javob berishlari va ular bilan iloji boricha tarjimon orqali muloqotga kirishishlari kerak.


XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilari (xodimlari) odatiy va alohida sharoitlar (ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan, ommaviy tartibsizliklar va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtlar)da jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda turli toifadagi fuqarolar bilan muloqotga kirishadilar. Ular faoliyatining samaradorligi odamlar bilan muloqotga kirishish, psixologik aloqa o‘rnatish qobiliyatlariga bog‘liq.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari harbiy xizmatchi (xodim) nutq madaniyati harbiy xizmatchi harbiy xizmatchi (xodim) muloqotining muvaffaqiyatli bo‘lishida shakllangan shaxsiy-kasbiy sifatlari, ya’ni nutq madaniyatining ahamiyatida ko‘rinadi. Jumladan, harbiy xizmatchining (xodimning) nutq madaniyati (xushmuomalalilik, kamtarlik, insonparvarlik, to‘g‘ri so‘zlilik, vijdonlilik kabilar) yaxshi shakllangan bo‘lsa, turli toifadagi shaxslar bilan odatiy va alohida sharoitlar (ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan, ommaviy tartibsizliklar va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtlar)da jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashlari samarali bo‘ladi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling