Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Mavzu: Multimediyaning texnik ta`minoti


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

 
Mavzu: Multimediyaning texnik ta`minoti. 
Reja: 
1.Multimedia tyumlarining texnik ta’minoti. 
2. CD ROM axborot to‘plagichlar imkoniyati. 
Tayanch iboralar- KompyuterCD ROM , CDROM - compact disk, Partner elektron 
so’zlovchi, Jet Book elektron o‘quv kitobi, 
Multimedia Personal Computer (MPC) standarti. Kompyu- terlarda grafikli va ovozli 
fayllarni saqlash uchun CD ROM dis- kovodlarining qo‘llanilishi kompyuter tizimi 
unumdorligiga nis- batan ma’lum talablarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. CD ROM dis- 
kovodida audio axborotni yozish va uni audioadapter orqali kiritish ham chiqarish - bu 
multimedia (MRS) uchun mo‘ljallangan shaxsiy kompyuterga ega bo‘lishi kerak 
bo‘lgan ikkita majburiy shartdir. 
CD ROM axborot to‘plagichi. Gramplastinkalarga muqobil sifatida yaratilgan optik 
kompakt disklar (CDROM - compact disk read) bu turdagi axborot tashuvchilarni 
qo‘llashiing yangi imkoniyatlarini ochib berdi. 
CD ROM axborot hozirda kompakt disk prrngriva
-
to‘plagichlar maishiy va sanoat 
apparaturalarida audio eshittirishda keng qo‘llaniladi. 
Endilikda CD ROM to‘plagichlar shaxsiy kompyuterda o‘z o‘rniga ega. 
Kompakt disk - bu axborot saqlashda qo‘llaniladigan shaxsiy kompyuter (ShK) hajmi 
uchun standart plastik disk. Axborotlar raqamli kod bilan kodlanadi va diskning orqa 
tomoniga ko‘z ilg‘a- mas ko‘rinishda joylashtiriladi. Bunda disk yuzasi bilan mexanik 
kontakt aloqa yo‘q, uning ishlash muddati katta, boshqa axborot saqlash vositasiga 
qaraganda esa noto‘g‘ri ishlash hollari kam. 
Hozirda kompakt disklarda bir qancha turdagi amaliy dasturlar mavjud. Ularning 
ichida ilmiy axborot va jurnal maqolalari, ko‘p jildli texnik bayonlar, moliyaviy 
hisobotlar to‘plangan ma’lumotlar bazasini topish mumkin. 
Tashuvchi mashinalardagi hujjatlarga endi tayyor rasmlar, matn- lar, audio yozuvlar, 
videofragmentlarni kiritish ancha oson. Multimedia qomuslar, elektron xaritalar va 
o‘rgatuvchi tizimlardan foydalanish mumkin. CD ROM to‘plagichlarning yagona 
kamchiligi 

bu qattiq disklarga nisbatan sekin harakatlanishidir. CD ROM to‘plagich turli 
interfeyslarga ega bo‘lishi mumkin. Interaktiv kompakt disk CD-I texnologiyasi 
bo‘yicha interaktiv multimedia ax- borotini tashuvchilar - bu hozirgi vaqtdagi audio va 
video qurilma- lardir. Ular matnli va grafik axborotni ishlab chiqish imkoniyatini 
kengaytiradi. Bu holatda mazkur turdagi axborotga mo‘ljallangan kompyuter 
dasturlaridan keng foydalanish nazarda tutiladi. 


CD-I texnik nuqtayi nazardan CD ROM texnologiyasiga asos- langan, ammo 
iste’mol mahsuloti nuqtayi nazaridan u CD-DA texnologiyasidan foydalanadi. 
CD-I texnologiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega: 

multimedia ilovani bitta interaktiv diskda foydalanish. U turli xil vositalar bilan 
ta’minlangan; 

kompakt disklarning mavjud ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish; 

diskli tizimlarning mos kelishi. 
CD-I texnologiyasi bo‘yicha tayyorlangan kompakt disklar quyidagi sohalarda 
qo‘llaniladi: 

ta’lim va tayyorlov (masofadan turib o‘qitish va ma’lumotnoma, albom va kitoblar 
yordamida mustaqil o‘qish); 

dam olish: musiqa (musiqa matnlari, nota, rasmlar bilan birga), harakatlanuvchi 
o‘yinlar, o‘yin davomida o‘rgatish; 

dam olishni tashkil etish (chizish va rasm solish, filmlar yaratish, she’rlar yozish); 

sayohat (xaritalar, navigatsiya uchun qurilma, sayyohlik haqida axborot, 
diagnostika va hokazo). 
Tezkor to‘plagichli CD ROM. CD ROM to‘plagichlarini ishlab chiquvchi 
mutaxassislar nafaqat ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirishga, shuningdek, kirishga 
ketadigan vaqtni qisqartirishga ham katta e’tibor bermoqda. 
Virtual kompakt diskni tayyorlash - bu qattiq diskda kompakt disk sharhini 
yaratishdir. Shaxsiy kompakt diskni yaratish uchun ma’lumotlarni shunday tashkil 
qilish, qayta tuzish va qayta indeksatsiyalash kerakki, natijada qattiq diskda 
strukturalashtiril- gan ma’lumotlarga mos kelsin. 
Shundan so‘ng tanlangan hajmda yozish uchun fayllarni qayta nomlash va 
indeksatsiyalash kerak bo‘ladi. Ma’lumotlarni tayyorlagach va optimallashtirgach, 
qattiq diskdan sharhi yoki virtual kompakt disk olinadi. Oxirida barcha kerakli 
tekshiruvlar o‘tkaziladi va disk sharhini yaratish jarayoni boshlanadi. 
Yoziladigan kompakt disklar. Bir necha yil avval bitta kompakt diskni yozish uchun 
bir xona to‘la apparatura, ikki nafar ma- lakali mutaxassis va bir necha soat vaqt talab 
qilinar edi. Bugun esa CD-R yozish to‘plagichda esa Makintosh kompyuteri yordamida 
bitta diskni bir soatda yozish mumkin. 
Bu, o‘z navbatida, vaqtni tejash va bajarayotgan ishni sifatli bajarish imkonini 
beradi. 
Nazorat savollari. 
1
.Multimedia tyumlarining texnik ta’minotiga nimalar kiradi? 
2.CD ROM axborot to‘plagichlar imkoniyatini aytib bering. 
3.Multimedianing amaliy dasturlariga nimalar kiradi? 
4.Partner elektron so‘zlovchi haqida gapirib bering. 
5.Jet Book elektron o‘quv kitobi imkoniyatlarini ochib bering. 
6.Multimedia vositalarining axborot-kutubxonalardagi roli va aha- miyatini aytib 
bering. 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling