Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Mavzu: Axborot- kutubxona muassasalarida adabiyotlarni targ`ib qilishda


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

Mavzu: Axborot- kutubxona muassasalarida adabiyotlarni targ`ib qilishda 
axborot-kutubxona texnologiyalarining roli va ahamiyati. 
Reja: 
1. Axborot-kutubxona faoliyatidagi islohotlar. 
2. Adabiyotlar targ‘ibotida AKTning roli va ahamiyati. 
3.Axborot kutubxona muassasalarida targ‘ibot qilish vositalari vositalaridan 
foydalanish. 
Tayanch iboralar- Ma`ruza, Ommaviy axborot vositalari, Axborot fondi, Axborot 
targ‘ibot vositalari 
O‘zbekiston Respublikasi tarixiy rivojlanishining barcha davr- larida kitob va uni 
jamiyatda tarqatish yo‘llaridan biri bo‘lmish axborot-kutubxona va kutubxonachilik ishi 
inson madaniyatining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanib kelgan. Madaniy-tarixiy 
davomiylik va vorisiylik jarayonlarida odamlar o‘rtasidagi, ularni hozirgi kuni bilan 
o‘tmishi hamda kelajagi o‘rtasidagi aloqadorlikni ta’minlash- da kitob va kutubxona 
benazir vosita, avlodlar va ajdodlar ma’naviy aloqasining uzviy bo‘g‘inidir. Ijtimoiy 
muloqot usuli sifatida kitob, uni saqlash va mutolaa qilish jarayonlarini ta’minlovchi 
axborot-kutubxona - shaxsni tarbiyalash, uning tafakkurini o‘stirish, shaxsning fikrlash 
tarzini shakllantirish, kasbga yo‘naltirish va uning erkin shaxs bo‘lib voyaga yetishida 
katta ahamiyatga ega. Fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli axborot ko‘lami kundan 
kun ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mutaxassislarning oldiga yangi-yangi 
vazifalarni qo‘ymoqda. Ya’ni kitobxonlarga, foydala- nuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi 
axborot-kutubxona muassasala- rida ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini 
zamonaviy texnologi- yalar asosida aniq va tez qondirishni talab qilmoqda. 
Shu o‘rinda, axborot-kutubxona texnologiyalari mutaxassislar- ga, kutubxonachilarga 
yaqindan yordam beradi. 
Axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni targ‘ib qilish, ularni ki- tobxonlarga 
yetkazishda turli xil usullardan, turli xil texnika vosi- talaridan foydalaniladi. 
Targ‘ibot ishlarida quyidagi axborot texnika vositalarini ko‘ri- shimiz mumkin: 
I. 
Ommaviy axborot vositalari: 

kino-video; 

radio; 

televideniye; 

Internet va boshqalar. 
II. 
Axborot fondi: 

kinofilmlar; 

videofilmlar; 

slaydlar; 

CD-DVD disklardagi axborotlar; 

audiokassetalar; 

elektron darsliklar; 

elektron kitoblar; 

elektron lug‘atlar; 

elektron qo‘llanmalar va boshqalar. 
III. 
Axborot targ‘ibot vositalari: 

ovozni yozib olish va qayta eshittirish texnika vositalari (mag- nitafonlar, musiqa 
markazlari va boshqalar) 



proyeksion texnika vositalari (proyektorlar, videoproyektor- lar, CD-DVD 
proyektorlar); 

ovoz kuchaytiruvchi apparatlar (usilitellar); 

telekommunikatsion vositalar (radio, televideniye, va boshqalar); 

kommunikatsion vositalar (aloqa vositalari, Internet, elektron pochta va boshqalar). 
Axborot-kutubxona muassasalarida texnika vositalaridan foy- dalanib adabiyotlarni 
targ‘ib qilishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Adabiyotlar targ‘ibotida, 
avvalambor, kitobxonlarning yosh xususiyatlari, ularning qiziqishlari, talab va istaklari 
e’tiborga olinadi. Adabiyotlar targ‘iboti ma’lum guruh yoki keng ommaga 
mo‘ljallanadi. Ommaviy targ‘ibotlarda, albatta, texnik vositalaridan foydalaniladi. 
Axborot-kutubxonalarning o‘quv zallarida o‘tkaziladigan ommaviy targ‘ibotlarda ovoz 
kuchaytirgichlar, targ‘ib yo‘nalishiga qarab texnika vositalari tanlanadi. 
Masalan, quyi sinf o‘quvchilari (1-3), asosan, ertak kitoblarni o‘qishga qiziqadilar. 
Shuni hisobga olgan holda ularga ertak-dio- filmlar, ertak-videofilmlar, ertak-slaydlar 
namoyish qilish orqali adabiyotlarni targ‘ib qilish mumkin. 
Faraz qilaylik, diskka yozilgan «Zumrad va Qimmat» ertagi DVD proyektor orqali 
namoyish etilib, shu ertak o‘zbek xalq er- taklarining 1- tomidan olinganligi, axborot-
kutubxonada o‘zbek xalq ertaklarining 2- tomi va boshqa xalq ertaklari (qozoq, uyg‘ur, 
yapon va h. k.) mavjud ekanligini aytib, ko‘rsatib, ertak kitoblarni targ‘ib qilish 
mumkin. 
Yoki yuqori sinf o‘quvchilariga, katta yoshdagi kitobxonlarga yozuvchi A. 
Qodiriyning axborot-kutubxonadagi «O‘tkan kunlar» romani videofilmini namoyish 
qilish orqali, axborot-kutubxona fondidagi A. Qodiriy asarlari haqida og‘zaki tavsif 
berib, boshqa asarlarini yoki yozuvchi G‘. G‘ulomning «Shum bola» asarini namoyish 
qilish orqali, shu asarning va yozuvchining axborot-ku- tubxonada mavjud bo‘lgan 
boshqa asarlarini targ‘ib qilish mumkin. 
Adabiyotlarni texnik vositalar orqali targ‘ib qilishning o‘ziga xos xususiyati va 
ahamiyati shundaki: 
birinchidan, kitobxon o‘qigan kitobini asar namoyishi bilan taqqoslash, mulohaza 
yuritish, fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, dunyoqarashini shakllantiradi; 
ikkinchidan, shu voqelik bo‘yicha axborot-kutubxonada boshqa adabiyotlar haqida 
ma’lumot oladi; 
uchinchidan, asar namoyishi orqali estetik tarbiyasi shakllanadi, ya’ni asar ta’siri 
ostida kulishi, yig‘lashi, ta’sirlanishi mumkin; 
to‘rtinchidan, asardagi salbiy va ijobiy obrazlar orqali axloq tarbiyasi shakllanadi, 
ya’ni ko‘rgan voqelikdagi salbiy obrazlariga nisbatan nafrati ortadi. Ijobiy 
qahramonlarga o‘xshashga harakat qiladi; 
beshinchidan, shu namoyishda ishlatilayotgan texnika vosita- lariga qiziqqan 
kitobxonlarni kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. 
Hozirgi 
kunda adabiyotlarning yakka targ‘ibot usulida zamo- naviy 
texnologiyalaridan 
kompyuter 
vositalari 
alohida 
ahamiyat 
kasb 
etmoqda. 
Kompyuterning global tarmog‘i Internet tizimi orqali axborot-kutubxonalarda mavjud 
bo‘lgan adabiyotlar bilan tanishish, kerakli adabiyotlarni boshqa axborot-
kutubxonalardan qidirib topish, o‘qish, xorijiy mamlakatlarning elektron kutubxona 
resurslaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Buning uchun shu axborot-
kutubxonalarning veb saytlarini bilish lozim bo‘ladi. 
Audiokonferensiyalar, videokonferensiyalar tashkil etib, o‘zaro fikr almashish
adabiyotlar, audikitoblar targ‘ibotini amalga oshirish mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, axborot-kutubxonalarda axborot-kutub- xona texnologiyalari 
orqali adabiyotlarni targ‘ib etish hozirgi kun- ning muhim vazifalaridan biridir. 


 
Nazorat savollari: 
1. 
Axborot-kutubxona faoliyatidagi islohotlarni so‘zlab bering. 
2. 
AKT fani qanday fanlar bilan aloqada? 
3. 
Adabiyotlar targ‘ibotida AKTning roli va ahamiyati nimalardan iborat? 
4. 
Targ‘ibot vositalarini aytib bering. 
NAZARIY O‘QUV MASHG`ULOTINING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling