Axborot tizimini boshqarish turli komponentlardan iborat, jumladan: Dasturiy ta'minot: Bu ma'lumotlar bazasini boshqarish uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to'plamini anglatadi
Download 360.29 Kb.
|
Sessiya
13bilet 1)Ma’lumotlar bazasi – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan ma’lumotlarning nomlangan to‘plami bo‘lib, kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir tuzilmaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’yektning xususiyatini, holatini yoki ob’yektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashgan ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi. Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir tuzilmaga ega bo‘lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug‘diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan zamonaviy kompyuterlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Kompyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo‘lgan muayyan tuzilmali fayl bo‘lib, undagi ma’lumotlar o‘zaro bog‘langan va tartiblangandir. Ma’lumotlar bazasi deganda ma’lum bir tuzilmada saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda MB ma’lum berilgan aniq bir tuzilmaga ega bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo‘lgan fayldir.2) Jamlashtirish relyasion ma’lumotlar bazasi operatorlaridan biri bo‘lib,
jadvallar orasidagi aloqani belgilaydi va ulardan ma’lumotni bitta komanda yordamida ajratishga imkon beradi. Xar xil jadvallarda bir xil nomli ustunlar bo‘lishi mumkin bo‘lgani uchun, kerakli ustun uchun jadval nomi prefiksi ishlatiladi. Jamlashda jadvallar FROM ifodasidan so‘ng ro‘yxat sifatida tasvirlanadi. So‘rov predikati ixtiyoriy jadval ixtiyoriy ustuniga tegishli bo‘lishi mumkin. Jamlashning eng soddasi bu dekart ko‘paytma, uni quyidagicha bajarish mumkin: SELECT Customers.*, Salepeople.* FROM Salepeople, Customers; Lekin bu yerda xosil bo‘lgan jadval keraksiz ma’lumotlarga ega. Keraksiz satrlarni olib tashlash uchun WHERE jumlasidan foydalaniladi. Masalan: berilgan shaxardagi sotuvchilar va buyurtmachilar ixtiyoriy kombinatsiyasini ko‘rish uchun quyidagini kiritish lozim: SELECT Customers.CName, Salepeople.SName, Salepeople.City FROM Salepeople, Customers WHERE Salepeople.City = Customers.City; Jamlashda SQL bir necha jadval satrlari kombinatsiyasini predikatlar bo‘yicha solishtirishdir. Asosan ma’lumotlar ilovali yaxlitlik asosida tekshirilib, ajratib olinadi. Misol: xar bir sotuvchiga mos keluvchi buyurtmachilar ro‘yxati: SELECT Customers.CName, Salepeople.SName FROM Customers, Salepeople WHERE Salepeople.SNum=Customers.SNum; Tenglikka asoslangan predikatlardan foydalanuvchi jamlanmalar, tenglik bo‘yicha jamlanma deb atalib, jamlanmalarning eng umuiy ko‘rinishidir. Shu bilan birga ixtiyoriy relyatsion operatordan foydalanish mumkin 3) MBBT asosiy xususiyatlari — bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar bazasi” deb yuritila boshlandi. Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega: • fayllar to‘plami mantiqiy kelishuvini quvvatlaydi; • ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi; • har xil to‘xtalishlardan keyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi; • bir necha foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlaydi. 2. Ma’lumot modeli tushunchasi. MBBT istalgan foydalanuvchiga ma’lumotlarga kirishga ruxsat etadiki, ularning hech biri amaliy jihatdan quyidagilar haqida tasavvurlarga ega bo‘lmaydi: • ma’lumotlarning xotirada fizik joylashishi va ular ko‘rinishi; • so‘raladigan ma’lumotlarni izlash måxanizmi; • bir xil ma’lumotlarga bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik foydalanuvchilar tomonidan bo‘ladigan so‘rovlar muammosi (amaliy dasturlar bilan); • mumkin bo‘lmagan va ruxsat etilmagan o‘zgarishlarni kiritishdan ma’lumotlarni himoyalashni ta’minlash usullari; • ma’lumotlar bazasini va boshqa ko‘pgina MBBT funksiyalarini aktiv holatda ta’minlash. 4) Bu natijani jamlanma orqali xosil qilish mumkin. Lekin odatda ostki so‘rovlar tezroq bajariladi. Siz ostki so‘rov SELECT jumlasida ustunga asoslangan ifodadan foydalanishingiz mumkin. Bu relyasion operatorlar yordamida yoki IN yordamida amalga oshirilishi mumkin. Siz ostki so‘rovlarni HAVING ichida ishlatishingiz mumkin. Bu ostki so‘rovlar agar ko‘p qiymatlar qaytarmasa xususiy agregat funksiyalaridan yoki GROUP BY yoki HAVING operatorlaridan foydalanishi mumkin Download 360.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling