Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi
Download 323.5 Kb.
|
Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:
sodda grafik muharrirda sodda chizma va rasmlar hosil qila oladi; grafik muharrir imkoniyatlaridan foydalanib amallar bajara oladi; matn protsessorida shrift, xatboshi va sahifa formatlaridan foydalana oladi; matn ko‘rinishidagi axborotlarni matn muharriri va protsessoriga kiritishni, tahrir qilishni va saqlashni bajara oladi; Darsning turi:aralash dars. Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliy hujum,savol-javob,bahs-munozara. Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, sinf doskasi, bo`r. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash. c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Bunda o`quvchilar bilan savollar beriladi. 1. Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz? 2. Lokal tarmoq qanday vazifani bajaradi va u qayerlarga o`rnatiladi? 3. Fayllar serveri nima? 4. Mahalliy tarmoq deganda nimani tushunasiz? 5. Global tarmoqlar lokal tarmoqlardan nimasi bilan n farq qiladi? 6. Modem nima va undan nima maqsadda foydalaniladi? III.Yangi mavzu bayoni : Eng avvalo internet tarixi haqida to`xtalib o`tish zarur. Bunda internetnng “sovuq urush” mahsuli ekanligini alohida aytib o`tish lozim. So`ngra, o`zgarib va rivojlanib borayotgan olam haqidagi, jamiyatning turli ko`rinishdagi va katta hajmdagi axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig`ilib bormoqda. Bu ma’lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiya vositalarisiz katta mablag` va vaqt talab etadi. Bunday muammolar internet (Xalqaro informatsion tarmoq)ning tashkil etilishi bilan hal etildi. Internet yaratilishida yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo`ljallangan tajribaviy aloqa sistemasi sifatida 1970- yillar boshlarida AQSh Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog`i asos bo`lgan. ARPANet – buzilgan aloqa bo`g`inlarini avtomatik ravishda aylanib o`tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma’lumot almashishiga imkon yaratuvchi kommunikatsiyalar paketidir. WWW – World Wide Web – xalqaro o`rgimchak to`ri. Web-sahifa – WWWning axborotlar joylashadigan maxsus sahifa. Gipermatn – Web-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Web-sahifaga bog`liqligini ko`rasuvchi ilova. Gipermurajaat – Gipermatn yordamida Web-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Web-sahifaga tez va oson o`tiladigan hol. Web-sayt Web-sahifalar majmui. Web-server – Web-sahifa ham Web-sayt ham saqlanadigan Internetga ulangan maxsus kompyuter. Web-sahifa ham Web-sayt ham o`z adresiga ega bo`ladi. Bu adres URL deb ataladi. URL hamisha http:// yozuvidan boshlanadi. Provayderlar – Internetning ba’zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchiga turli xizmatlarni ko`rsatuvchi firmalar. IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Mustahkamlash uchun savol-javob o`tkazish mumkin. V.Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash.Darsda faol ishtrok etgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish,mavzu bo`yicha o`quvchilarni fikr-mulohazalarni tinglash,savollarga javob berish va yakun yasash. VI.Uyga vazifa: 12- darsni o`qib konspekt olish. O’.T.I.B.D.O’: B.R.Sirojeva Sana:_______________ Dars reja Fan: INFORMATIKA va AT.Sana:7a(I)______(II) ______,7b(I)______(II) ______,7v(I)______(II) ______,7g(I)______(II) ______,7d(I)______(II) ______: Mavzu: 13- dars. Intеrnеtdа ishlаshni tа`minlоvchi dаsturlаr. Maqsad: 1.Ta`limiy:O`quvchilarga InterNETda ishlashni ta’munlovchi dasturlar haqida ma’lumot berish va InterNETda ishlashni ta’munlovchi dasturlarda amallar bajarish malakasini hosil qilish. 2.Tarbiyaviy: O`quvchilarga InterNETda ishlashni ta’munlovchi dasturlar haqida ma’lumot berish va InterNETda ishlashni ta’munlovchi dasturlarda amallar bajarish malakasini hosil qilish. 3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga InterNETda ishlashni ta’munlovchi dasturlar haqida ma’lumot berish va InterNETda ishlashni ta’munlovchi dasturlarda amallar bajarish malakasini hosil qilish.
Download 323.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling