Ijtimoiy maqom — insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlari bilan tavsiflanadigan mavqei.
Ijtimoiy me’yorlar — inson xatti-xarakatlarini, ularning ijtimoiy hayotini muayyan madaniyat, jamiyat qadriyatlariga muvofiq tartibga soluvchi xulq-atvor me’yorlari.
Ijtimoiy patronaj — shaxs huquqlari va voyaga yetmaganlarning mol-mulklarini himoya qilishning maxsus turi. Patronaj uyda profilaktik, sog‘lomlashtirish, sanitar chora-tadbirlarni o‘tkazishni ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy pedagog — ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta yoki oliy professional ma’lumotga ega, ijtimoiy- pedagogik faoliyatni yuqori saviyada yurita oladigan mutaxassis.
Ijtimoiy pedagogika — shaxs ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganishga, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadidagi samarali metodlar va ijtimoiy pedagogik faoliyat texnologiyalarini joriy qilishga qaratilgan pedagogika sohasi.
Ijtimoiy-pedagogik bashorat — bolani yuzaga kelgan muammo bilan bog‘liq ravishda biror bir ijtimoiy-pedagogik faoliyatga jalb qilish orqali bu muammo natijalarini oldindan taxmin qilish. Ijtimoiy-pedagogik bashorat ijtimoiy-pedagogik jarayonning mantiqi va mohiyati, uning qonuniyatlarini bilishga tayanadi.
Ijtimoiy-pedagogik markaz — ijtimoiy-psixologik markazlar, xududiy guruh va birlashmalar, tarbiya muassasalari tarmog‘i.
Ijtimoiy pedagogning professional maqomi — sub’yektning huquq, majburiyatlari va vakolatlarini aniklab beruvchi shaxslararo munosabatlar tizimidagi o‘rni. Ijtimoiy pedagog maqomi u egallab turgan holatning in’ikosi hisoblanadi: ma’muriy-ijtimoiy pedagog, jamoaviy-ijtimoiy pedagog, oilaviy ijtimoiy pedagog, ta’lim muassasasining ijtimoiy pedagogi. Biroq professional maqom obro‘-e’tiborini aniqlab bermaydi. Ular professional-shaxsiy munosabatlar jarayonida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |