Axmamat jumayev, surayyo sharipova


Ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi


Download 464.23 Kb.
bet112/118
Sana05.09.2023
Hajmi464.23 Kb.
#1673121
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   118
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

Ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi — ijtimoiy- pedagogik faoliyatning mazmuni, shakl, usul, vositalari va nazorati majmuasi.


  • Ijtimoiy pedagog refleksiyasi — har bir bosqichda o‘z faoliyatini tahlil qilish, uning salbiy va ijobiy tomonlarini aniqlash, olingan natijalarni bola shaxsiyatiga ta’sirini o‘rganish.


  • Ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya — bola organizmining ba’zi buzilgan funksiyalari, uning ijtimoiy maqomining o‘zgarishi va unda og‘uvchi xulq-atvorning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bolaning yo‘qotgan ijtimoiy aloqalarni tiklashga qaratilgan choralar tizimi.


  • Ijtimoiy-pedagogik profilaktika — bolada turli faollik turlarining namoyon bo‘lishiga va bolalarning optimal ijtimoiy rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy tarbiya chora-tadbirlari tizimi.


  • Ijtimoiy-pedagogik faoliyat — bolaga ijtimoiylashuv jarayonida va jamiyatda o‘z-o‘zini anglashi uchun yordam ko‘rsatishga qaratilgan professional faoliyat.


  • Ijtimoiy-pedagogik faoliyat texnologiyasi — rasional va maqsaaga qaratilgan xatti-harakatlar bilan tavsiflanadigan amaliy ijtimoiy-pedagogik faoliyatning metod va usullari majmuasi.


  • Ijtimoiy-pedagogik yordam — bolaning ijtimoiylashuvi va to‘la qonli rivojlanishi uchun psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlar tizimi.


  • Ijtimoiy profilaktika — turli salbiy tavsifdagi ijtimoiy og‘ishlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar va shart-sharoitlarning oldini olish, bartaraf etish yoki neytrallashtirishga qaratilgan davlat, ijtimoiy, ijtimoiy- tibbiy va tashkiliy chora-tadbirlar majmuasi.



  • Ijtimoiy-psixologik yordam — oila va mikro jamiyatda qulay mikroiqlimni yaratishga, uy, maktab jamoasining salbiy ta’sirlarini bartaraf etishga qaratilgan yordam.



  • Download 464.23 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   118




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling