Axmamat jumayev, surayyo sharipova


Download 464.23 Kb.
bet115/118
Sana05.09.2023
Hajmi464.23 Kb.
#1673121
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

Tibbiy-ijtimoiy yordam — ta’lim-tarbiya jarayonida sog‘liqni tiklash yoki mustahkamlashga qaratilgan chora- tadbirlar.


  • Shaxslararo munosabatlar — ommaviy ijtimoiy-psixologik hodisalar bo‘lib, bir guruhda bo‘lgan va birgalikdagi faoliyat hamda muloqot jarayonida bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda namoyon bo‘ladi.


  • Shaxslararo muomala — insonlar orasida aloqalar o‘rnatishning murakkab jarayoni. Pedagogik jamoada shaxslararo muomalaning quyidagi xususiyatlari korreksiyalanishga muhtoj: ba’zi pedagoglarning sabrsizligi, irodasizligi, kasbdoshlarini tinglay olmasligi, o‘z maqomini oqlash. Ijtimoiy-pedagogik treninglar, boshlang‘ich pedagogik o‘qishlar orqali sabr-matonat, tinglash madaniyati kabi xislatlarni shakllantirish mumkin.


  • Shaxsning hayot tarzi — maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat turlari va hayot yo‘llari tizimi.


  • Shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishi — bu insonning o‘z hayotiy faoliyatining sub’yektiga aylanishi. Sub’yektlik insonning hayotdagi faol, mustaqil holati va maqomi. U inson tug‘ilishidanoq unga xos bo‘lib, uning ilk psixologik namoyon bo‘lishi - bolaning jonlanishi hisoblanadi. Yosh o‘tgan sari u o‘z shakllarini o‘zgartiradi — insonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo‘zg‘atuvchi sabablar paydo bo‘ladi. Inson o‘z-o‘zini anglash, muomala va faoliyat sub’yektiga aylanadi. Bu faollik ham shaklan, ham mazmunan o‘zgaradi. Insonning qanchalik yoshi o‘tsa, u shunchalik ko‘proq o‘z-o‘zini rivojlantirish sub’yekti bo‘ladi.


  • Homiylik — alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan oilalar, muhtojlarga ko‘rsatiladigan yordam. Voyaga yetmaganlarning (boshqa toifa insonlarning ham) shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish shakli. Homiylikda vasiylikka qaraganda, ancha keng toifadagi bolalar huquqlari himoya qilinishi mumkin.


  • Huquqbuzarlik — biror-bir huquqni buzuvchi xatti-harakat. Huquqbuzarliklar ijtimoiy xavfli harakat va jinoyatlarga bo‘linadi.



  • Download 464.23 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling