Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Download 1.76 Mb.
bet45/62
Sana24.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1226415
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62
Bog'liq
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

Arxaika davri madaniyati.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlar, ya’ni antik quldorlik shahar-davdatlarning shakllanishi hamda mustahkamlanish davri arxaik davri deb yuritiladi.
“Arxaika” sо‘zi grekcha “arxayos” sо‘zidan olingan bо‘lib, “qadimgi” degan ma’noni anglatadi. Arxaika davrida qadimgi yunonlar zudlik bilan О‘rta Yerdengizi sohillarida о‘rnashib oladilar. Shaharlar barpo etishib, Kichik Osiyo, О‘rta Yer dengizi qirg‘oqlaridagi davlatlar, va ayniqsa Misr madaniyati yutuqlaridan foydalanishib, о‘zlarining takrorlanmas san’at asarlarini yaratadilar.
Bu davrga kelib Gerklarning siyosiy-iqtsodiy va madaniy ta’sir doirasi О‘rta Yer dengizi bо‘ylari, Marmar va Qora dengiz qirg‘oqlarigacha kengayadi. Greklarning vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘usi ustun kela boshlaydi. Shu boisdan, “fanlarning fani” hisoblangan filasafa, diniy e’tiqod va san’ti qayerda bо‘lmasin va qaysi sharoitga tushmasin, yunoncha ruhini saqlab qolgan. Qadimgi yunonlar barcha yerda va har qanday holatda о‘zlarining grek ekanliklarini, tashqi dunyoga ta’sir qila oladigan, barcha mavjudotlardan aql jihatidan ustunlik qilishini unutmaganlar.
Qadimgi yunonlar qо‘shni davlatlar bilan amalga oshirgan madaniy aloqalari natijasida о‘zlaridan boshqa barcha xalqlardan ustun turish hissini uyg‘ota olganlar. Bu hissiyot natijasida о‘sha davr kishilari aql bovar qila olmaydigan san’atlarini yaratib, bunyodkorlik ishlarini amalg oshirishgan, aqliy-ma’naviy tafakkur mahsuli hisoblangan turli fan sohalariga asos solganlar, mukammal diniy-axloqiy tizimni yuzaga keltirganlar.
Greklardagi vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda maktablarni roli beqiyos katta bо‘lgan. Shu boisdan, Gretsiyaning turli shaharlarida maktablar tashkil etilgan. 7 yoshga tо‘lgan har bir о‘g‘il bolaning maktabga qatnashi shishart bо‘lgan. Badavlat kishilarning 18 yoshga tо‘lgan farzandlari gimanaziyalarda о‘qishni davom ettirganlar. Hunarmandlar va dehqonlarning farzandlari о‘qish va yozishni bilish bilan chegaralangan.
Arxaika davrida puxta о‘ylangan arxitektura uslublari vujudga keladi. Bu davr me’morchilik san’ati shaharlarning qurilishi bilan bog‘liq bо‘lgan. Xudo va ilohiylashtirilgan qahramonlarga atab qurilgan ibodatxona oldidagi maydonlar shaharlarning muhim ijtimoiiy markazi hisoblangan. Bu maydonlarda muntazam ravishda xalq yig‘inlari va bayramlar о‘tkazib turilgan. Shaharlarning tepalik (akropol) qismida polis (shahar davat)ning xaloskori hisoblangan ma’budaga atalgan ibodatxona, akropol yonbag‘rida esa turar joy binolari qurilgan. Grek me’morchiligida bir necha order (lotincha “ordo” – “tuzilish”, “tartib” degan ma’nolarni ifodalaydi) ayniqsa, doriy, ioniy korinf orderlaridan foydalanilgan.
Dorny orderi Shimoldan kо‘chib kelgan doriy qabilalari arxitektu-rasining asosiy elementi hisoblaigan. Ioniya orderi esa, kichik Osiyo sohillarida yashagan qabilalar arxitekturasi uslubi hisoblangan.
Ion orderi mil.avv. VII asr oxirlarida paydo bо‘lgan va doriy orderidan о‘zining nafisligi, bejirimligi va hamda tag tomonidan tosh asosga qо‘yilgan tagkursining mavjudligi bilan ajralib turgan. Ion orderida tarnovchali usutnning kapitel (muqarnas) qismini ikki tomonga buralib turgan jingalak sochni eslatuvchi shakl tashkil etgan.
Korinf orderi bir muncha kechroq-klassika davrida paydo bо‘lgan
U ion va doriy orderiga nisbatan jimjimador va kо‘rkam kapiteli akanf daraxti barglaridan tashkil topgan buketni eslatadi. Qadimgi yunon arxitekturasining ana shu uchchala orderlari nafaqat antik dunyo arxitek-turasida, balki Uyg‘onish va yangi davr Yevropa me’morchiligida ham keng qо‘llanilgan va rivojlangan.
Taxminan mil.avv. VII asrga kelib grek haykaltaroshligi taraqqiy etadi va unga о‘ziga xos haykaltaroshlikda haykalning bо‘shliqdagi kо‘lami, ya’ni joylanishi, a’zolarining mutanosibligi va harakatning tabiiyligi kabi uch о‘lchovga qat’iy amal qilish asosiy tamoyilga aylanadi. Dastlabki haykallar turli musobaqalar g‘oliblari sharafiga yaratilgan bо‘lib, dastlab stadionlar va gimnasiyalar hovlilariga о‘rnatilgan. Bu davr haykaltaroshligida odam gavdasini alohida tasvirlash bila birga vokealarni aks ettiruvchi kompozitsiyalar, masalan, olishuvlar kо‘rsatilgan. Qadimgi yunon pahlovonlari Persey va Gerakllarning qahramonliklariga, xudolar hamda gigantlar jangiga bag‘ishlangan kompozitsiya haykallar ana shu davrda yaratilgan
Greklarning polis-shahar - davlat fuqarosi tо‘g‘risidagi tasavvurlari kiyimsiz holda tasvirlangan kuroslar - yigitlar obrazida namoyon bо‘lgan. Dastalbki yaratilgan kuroslar haykallari kam harakatli va bir muncha qotib qolgan tarzda tasvirlangan bо‘lsa, keyinchalik kuch va jasoratni aks ettiruvchi san’at asariga aylana borgan Gavda, tana, bosh, qо‘l, oyoq nisabatlari tо‘g‘ri olina boshlagan.
Arxaika davri plastikasining kiyimda tasvirlangan qizlar - koralar xaykalida namoyon bо‘ladi. Koralar haykallari о‘zining his-tuyg‘uga boyligi, ayollarga xos latofat, iffat va nazokatni ifoda etganligi bilan ajaralib turgan. Kiyimlarning jimjimali va buklanib turishlari, ularga xamoxang bо‘lgan sochlarning taralishi haykallarning tabiiyligini yanada oshirgan. Kuroslar va koralar haykallariga jamlangan gо‘zallik va ulug‘vorlik qadimgi greklarning axloqiy ideali tо‘g‘risidagi tasavvurlarini ifodalagan.
Qadimgi yunonlar о‘z shaharlari, ibodatxonalari, saroylari va turar-joylarini turli xil haykallar bilan bezashga harakat qilganlar. Haykallarni yog‘och, marmar va bronzadan yasaganlar. Sо‘ngra inson tanasi rangida bо‘yaganlar yoki fil suyagi bilan qoplaganlar. Yunon haykaltarosh-lari birinchi haykalga inson tanasining tabiiy kо‘rinishini berishga a’tibor berganlar.
Mil avv. VII asr oxiri va VI asr boshlarida grek san’atida realistik tasvirga intilish yanada kuchayadi. Tasviriy san’at asarlarida insonparvarlik g‘oyalari kо‘zga tashlana boshlaydi. Insonni ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan takomillashtirish san’atning asosiy maqsadiga aylanadi. Inson obrazining madh etilishi ichki kechinmalarining tashqi qiyofada ifodalanishi qadimgi yunonlar xarakterining shakllanishiga yordam beradi.
Mil. avv. VII asrning boshlariga kelib Ellada tuprog‘ida shaxsiy his-tuyg‘ular va ichki kechinmalarni, sevgi-muhabbat va hayet quvonchlarini ifodalovchi lirik poeziya maydonga kelgan.
Lirik poeziyaning vujudga kelishi Elladaning ijtimoiy-siysiy va iktisodiy hayotidagi tub о‘zgarishlar bilancham barchas bog‘liqdir. “Lirika” sо‘zi о‘sha davr yunon musiqa asboblarining “shohi” deb hisoblanuvchi lira musiqa asbobi nomidan olingandir. Chunki, she’riy asrlar ana shu lira asbobi jо‘rligida deklamatsiya qilingan. Mashhur Arxilox qadimgi yunon lirikasining asosichilaridan biri bо‘lib, keyingi davr lirik asarlarning rivojlanishiga kuchli ta’sir kо‘rsatgan va she’riy qofiyaga asos solgan. Lirik poeziyaning rivojiga ulkan hissa qо‘shgan mashhur shoira Sapfo esa maktab ochib, yosh qizlarni musiqa, ashula, raqs hamda she’r tо‘qishga о‘rgatadi.
Qadimgi shahar madaniyatining rivojlanishi savdo-sotiq va hunar-
mandchilikning taraqqiy etishiga olib keladi. Shaharda maxcvc bilim va kasb bilan shug‘ullanuvchi kishilar guruhi paydo bо‘lgan Bu guruh vakillari insonni qurshab turgan tashqi dunyo tо‘g‘risida boshqacha fikr yurita boshlaganlar Bu holat mil.avv. VII -VI asrlarga kelib yunon falsafasida yangi bir yangi bir yо‘nalish materialistik falsafaning paydo bо‘lishiga olib kelgan. Bu ilk falsafiy tafakkurlar stixiyali yoki sodda materialistik falsafa hisoblanadi. Sodda materialistik falsafa vakillari tashqi olam, unda joylashgan narsalar va hodisalarning asosiy manbai, kelib chiqish sabablarini aniqlashga intilganlar. О‘zlarining.
falsafiy fikrlarini ilgari surishlarida sharqda mavjud bо‘lgan falsafiy tafakkurga suyanadilar.
Agar dastalbki yunon falsafasining shakllangan geografik о‘rniga e’tibor bersak, u qadimgi Gretsiyada emas, balki uning tasarrufidagi Kichik Osiyo - Ioniyada vujudga kelganligini kо‘ramiz. Ioniya (О‘rta Yer dengizining sharqiy hududpari, hozirgi Turkiyaning О‘rta Yer dengizi qirg‘oqlari) geografik qulay joyda, hunarmandchilik va savdo-sotiq dastlab paydo bо‘lgan hudud hisoblanib, Eron shohlarining Kichik Osiyoni bosib olganlaridan sо‘ng Sharq bilan madaniy-iqtisodiy aloqalari kuchayib ketgan. Natijada Sharq madaniyati, sharq falsafiy tafakkuri Ioniya hududida keng tarqala bordi. Ikkinchi tomondan Ioniya zardushtiylik dini tarqalgan Midiya davlati bilan ham iqtisodiy-madaniy aloqa qilib turgan. Demak, Eron va Midiyada keng tarqalgan zardushtiylik dini, uning kosmogonik (olamning paydo bо‘lishi va tuzilishi tо‘g‘risidagi) tasavvurlari Ioniyaning madaniy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan Milet va Efes kabi shaharlarida keng tarqalgan bо‘lishi ehtimoldan uzoq emas.
Milet va Efes falsafa maktablarining vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimen va Geraklitlar falsafiy tafakkuri asosida dunyoning moddiy asosi va uni tashkil etuvchi elementlar (unsurlar) tushunchasi markaziy о‘rinni egallaydi. Ularning olamning asosini tashkil etuvchi elementlar-suv (Fales), nomuayyan modda-appeyron (Anaksimandr), havo (Anaksimen), olov ( Geraklit) tо‘g‘risidagi fikrlari zardushtiylik ta’limotida e’zozlangan asosiy elementlar (suv, tuproq, havo va olov) bilan bir xildir.
Milet va Efes falsafa maktablari vakillari sharq falsafiy tafakkuriga asoslanishib, olamning asosi moddiy elementlardan tashkil topganligini isbotlashga harakat qiladilar. Masalan, Milet falsafa maktabining asoschisi astronom, fizik, matematik va faylasuf Fales (mil. avv. 624-574 yillar) suv barcha narsalarning moddiy asosi deb hisoblaydi, ya’ni barcha narsalar suvdan kelib chiqqan va yana suvga aylanadi. Shuningdek Fales dunyoning jonli va ilohiyligi tо‘g‘risidagi fikrni ham ilgari suradi. Jonni esa nozik modda - efirdan iborat deb qaraydi.
Anaksimandr (mil. avv. 610-547 yil.) borliqning cheksiz fazoda paydo bо‘lganligini va uning asosi harakatlanuvchi nomuayyan modda apeyrondan tashkil topganligini kо‘rsatib о‘tadi. Uningcha, cheksiz fazoda bizning yerimizga о‘xshash dunyolar kо‘p. Anaksimandr ilgari surgan materialistik fikrlardan yana biri - barcha jonivorlarning namlikdan paydo bо‘lganligi va odamlarning ham hayvonot olami evolyusiyasi natijasida paydo bо‘lganligi tо‘g‘risidagi fikrlaridir.
Maktabning yana bir vakili Anaksimen (mil. avv. 585- 528) bizni qurshab turgan dunyodagi barcha narsalar havoning siyraklanishi (olov paydo bо‘ladi) va zichligi (shamol, bulut tuman suv, yer va boshqa jismlar) natijasida paydo bо‘lganligi tо‘g‘risidagi tasavvurlarni ilgari suradi. Yer havoda turadi, u butun mavjudotga singib boradi. Butun olam havoning quyuqlashuvidan paydo bо‘lgan.
Milet maktabi namoyondalari ruhiy hodisalarni ham materiyaning kо‘rinishlaridan biri deb hisoblaydilar. Shu sababli Fales hatto magnitning joni borligini isbotlashga urinadi. U о‘zining bu fikrini magnitning temir buyumlarni tortib olishi orqali isbotlamoqchi bо‘ladi.
Efes falsafa maktabi asoschisi Geraklit (mil. avv 544-475 yillar) ning fikricha, olamdagi barcha narsalar olovdan paydo bо‘lgan va yana qaytadan olovga aylanadi. Dunyodagi barcha narsalar doimii harakatda, qotib qolgan narsalar yо‘q. Dunyodagi barcha о‘zgarishlar kuch va harakatning bir-biriga qarama-qarshi bо‘lganligi natijasidir. Uning fikricha, olamdagi barcha narsa va hodisalar qarama-qarshiliklardan iborat. Qarama-qashiliklar о‘zaro о‘rin almashib turadi, hamma narsa о‘zgarishda, о‘zgarmay-digan narsa yо‘q. ,,Bir daryoning suviga ikki marta tushib bо‘lmaydi chunki undan doimo yangi-yangi suvlar oqib turadi”,-deb yozadi.
Albatta arxaika davri falsafiy ta’limotlarining vujudga kelishida diniy ta’limotlarning ta’siri ham muhim bо‘lgan. Ioniya falsafa maktablarning vakillari qadimgi yunonlarning xudolari tо‘g‘risidagi tasavvurlaridan, ya’ni har bir xudoning tabiat hodisalari va narsalariga hukmronlik qilishidan kelib chiqqan holda olamning vujudga kelishida xudolarning ishtirok etganligini tan oladilar. Masalan, Fales „tabiatdagi hamma narsalarda xudolarning ishtiroki bor”, deb ta’kidlaydi.
Mil. evv. VI asrga kelib qadimgi Yunonistonda materialistik falsafa bilan bir qatorda idealistik falsafa, ya’ni barcha narsa va hodisalarning asosini ideya (g‘oya)lar tashkil etishini isbotlashga uringan falsafiy oqimlar ham vujudga keladi. Masalan yunon matematika fani asoschisi Pifagor inson tafakkuri hosilasi hisoblangan son (g‘oya)larni barcha narsalarning asosi deb hisoblaidi. Uningcha, tashqi dunyo sonlar dunyosiga asoslanadi
Eley (Kichik Osiyodagi shahar) falsafa maktabi vakillaridan Parmenid borliqni birlamchi deb ta’kidlasa-da, u moddiy emas, deb tushuntiradi. U olamni xarakatsiz, shar shaklida tasavvur qiladi. „Haqiqat ta’limoti” va ,,Fikr ta’limoti” tо‘g‘risidagi falsafiy fikrlar Parmenid falsafasining asosini tashkil etadi. Uningcha, „Haqiqat ta’limoti” hisoblangan haqiqiy borliq yagona, abadiy, harakatsiz, bо‘linmas bо‘lib, ,,Fikr ta’limoti” natijasida paydo bо‘ladi va undan о‘tib turadi. ,,Fikr ta’limoti”gina harakatlanadi, qismlarga bо‘linadi, bir-biridan ajratilgan qismlardan iboratdir. Parmenid о‘zining bu fikrlari bilan insonning о‘z his-tuyg‘ulari va aqli orqali ish yuritishiga alohida e’tibor beradi.
Umuman olganda, arxaika davri falsafiy tafakkuri keyingi davr yunon falsafasi, ayniqsa, Demokrit, Platon, Aristotel, Epikurlarning falsafiy ta’limotlariga kuchli ta’sir kо‘rsatgan.
Xulosa qilib aytganda, arxaika davri ijodkorlarining dunyoqarashi ruxiy holatlari, his-tuyg‘ulari va kechinmalarini, hatto, ijtimoiy hayot voqealarini aks ettiruvchi falsafiy tafakkur, san’at va adabiyotning yangidan-yangi yо‘nalishlarining shakllanishiga turtki beradi. Birgina diniy dunyoqarashning sistemalashuvi о‘ziga xos ilmiy dunyoqarash - materalistik dunyoqarashning paydo bо‘lishiga olib keldi. Bu esa о‘z navbatida qadimgi yunon fani asoslarining shakllanishi va taraqqiy
etishiga kuchli turtki berdi.
Grek demokratiyasi yoki klassik davr madaniyati
Miloddan avvalgi V asr Yunonistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan eng yuksak taraqqiyot bosqichiga kо‘tarilgan davri hisoblanadi. Bu davr haqiqatdan ham yunon elining „oltin asri” deb atashga arziydigan davridir. Miloddan avvalgi V asrga kelib aristokratlar va demokratlar о‘rtasidagi siyosiy kurash avj oladi. Bu kurashda Perikl boshliq demokratlar g‘alaba qilishadi. Perikl davrida Anaksagor, Suqrot (Sokrat) Demokrit kabi buyuk faylasuflar, „Tarix fanining otasi” Gerodot hamda Sofokl, Esxil, Evripid kabi buyuk tragiklar, mashhur haykaltarosh Fidiy va boshqalar yashab ijod etganlar.
Perikl davrida birinchi marta davlat lavozimlariga maosh tо‘lash
joriy qilinadi. Maxsus teatr puli joriy qilingan, ya’ni teatrga borgan kun uchun ham haq tо‘langan. Chunki, teatr Afinaning ongli fuqarosini tarbiyalashning asosiy vositasi hisoblangan.
Notiqlik san’ati keng quloch yoygan. Natijada sud notiqligi, harbiy
notiqlik va siyosiy notiqlik yuksak darajaga kо‘tarilgan. Bundan tashqari, notiqlik san’atining rivoji adabiy tilning shakllanishi hamda notiqlik nazariyasi hisoblangan „Ritorika” ilmining taraqqiy etishiga turtki bergan.
Perikl zamonasida ilmiy-falsafiy ta’limotlar yuqori taraqqiyot darajasiga kо‘tarilgan. Ilmiy tafakkur egalari о‘z asarlarida tabiat hodisalari va ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini ochib bergan. Ularni ilmiy jihatdan izohlashga intiladilar.
Klassik davr falsafasining asosiy xususiyatlaridan biri- pantezm, ya’ni ilohiy kuchlarni koinot hodislaridan axtarib kо‘rish insonni eng aqlli va qudratli kuchga ega bо‘lgan mavjudot sifatida tan olish, uning kelajagiga umid bilan qarashdan iboratdir.
Bu davr falsafasining kо‘zga kо‘ringan vakillaridan biri Periklning ustozi Anaksagor (mil. avv. 500-428 yillar) bо‘lgan. U - obyektiv borliqni bitmas-tuganmas zarralardan tarkib topgan va abadiy mavjud deb hisoblaydi. Barcha jismlar mayda zarralardan. havo eng mayda havo zarrachalaridan, daraxt eng mayda yog‘och zarrachalaridan gо‘sht eng mayda gо‘sht zarrachalaridan tug‘ilgan, deb ta’kidlaydi. Shuningdek, barcha narsalarning kelib chiqishini qudartli kuch -“olamiy aql” bilan bog‘lab kо‘rsatadi.
Uningcha Quyosh va Oy iloxiy kuchlar emas, balki abadiy porlab, yonib turadigan jismlardir.
Ibtidoiy materializmning asoschisi hisoblangan Demokrit (mil. avv. 460-370 iillar) butun koinot, shu jumladan yerimiz ham undagi barcha narsalar, odamlar, hayvonlar va о‘simliklar ham modda jihatidan bir xil, lekin shakl va hajm jihatidan turli xil bо‘lgan eng mayda zarrachalar-atomlardan iboratdir, deb ta’kidlaydi. Uningcha, atomlar abadiy va о‘zgarmasdir. Koinot behisob atomlardan tashqari bepoyon bо‘shliqdan ham iboratdir. Atomlar ana shu bо‘shliqda abadiy harakat qiladilar. Butun borliq, bizning fikr, sezgi va hislarimiz ham ana shu atomlarning harakati natijasida paydo bо‘ladi. Hech narsa yо‘qlikdan paydo bо‘lmaydi va hech narsa izsiz yо‘qolmaydi, tabiatdagi barcha о‘zgarishlar atomlarning bir holatdan ikkinchi bir holatga о‘tishi oqibatidir bо‘shliqdagi atomlarning harakati obyektiv zaruriyat qonuni asosida rо‘y beradi, hech qanday tasodifiy hodisa bо‘lmaydi. Uningcha, har qanday inson fikr yuritish orqali о‘zini qurshab turgan olamni bilishi va haqiqatga erishishi mumkin
Sukrot (Sokrat) - (mil. avv. 471-399 yillar) о‘zining butun umri davomida birorta ham asarlar yozmagan bо‘lsa-da uning falsafiy qarashlari shogirdlari asarlari, shuningdek, xalq donishmandligi orqali keyingi avlodlarga yetib kelgan.
Suqrotning fikricha, haqiqatni bilishning birdan bir yо‘li muayyan metod-yо‘ldan foydalanishdir. Uningcha, bu metod insonning о‘z-о‘zini bilishdan iboratdir. Shuninguchun ham u doimo „men hech nimani bilmasligimni bilaman” deb ta’kidlagan. Uningcha, bilim eng avvalo insonning о‘zini sinchiklab о‘rganishdan boshlanadi. Inson о‘z ruhiy holatini chuqur tahlil qilgandan sо‘nggina, о‘zi yashayotgan hayotning turli-tuman muammolarini hal qila oladi ya’ni mutlaq haqiqatni tushunib yetadi. Haqiqat esa bahs-munozaoa orqali aniqlanadi.
Suqrotning kо‘zga kо‘ringan shogirdlaridan biri Platon (mil avv. 43/-347 yillar) antik davr obyektiv idealizmining asoschisi hisoblanadi. U Afina shahrida Platon akademiyasi nomi bilan mashhur bо‘lgan falsafa maktabiga asos soladi. U insonni о‘rab turgan narsalar-ni abadiy о‘zgarmas olamiy ruhlardan tug‘ilgan, deb hisoblaydi.
Uningcha, olam ikkiga „ruhlar” va „soyalar” dunyosiga bо‘linadi. „Soyalar dunyosi” о‘tkinchi, ya’ni vaqtincha dunyo bо‘lib, „ruhlar dunyosi” ning soyasidir, ya’ni aksidir. „Ruhlar dunyosi” makon va vaqtga bog‘liq emas. U abadiy harakatsiz va о‘zgarmasdir. Inson yashayotgan dunyo о‘tkinchi va aldamchi dunyo bо‘lib, undagi barcha narsa va hodisalar „ruhlar dunyosi”- dagi narsa va hodisaparning soyasidir. Masalan, „ruhlar dunyosida”gi turli narsalar, predmetlar va hodisalar aslida ideya shaklida mavjud bо‘lib, „soyalar dunyosi”dagi narsalar, predmet va hodisalarda gavdalanadi.
Shuningdek, Platon moddiy dunyo va undagi narsa va hodisaparni
"hissiy bilishning birdan-bir manbai deb hisoblaydi. Lekin hissiy bilish orqali kishilar real narsalarni bila olmaydilar, chunki u orqali haqiqat - ruhni emas, balki noreal narsalar - moddiy predmetlarni sezadilar, ular tо‘g‘risidagi notо‘g‘ri, yolg‘onchi tasavvurlarga ega bо‘ladilar. Platon ham ,,dialektika”ni (baxs yuritish)ni bilishning birdan-bir yо‘li-metodi deb hisoblaydi.
Platonning davlat va siyosat tо‘g‘risidagi tushunchalari asosida
,,uch tabaqa” nazariyasi yotadi. Uningcha, birincha tabaqaga faylasuflar kiradi va ularning asosiy vazifasi davlatni boshqarishdir. Ikkinchi tabaqaga harbiylar kiradi. Ularning asosiy vazifasi davlat va uni boshqaruvchi faylasuflarni qо‘riqlashdan iboratdir. Uchinchi tabaqaga dehqonlar va kosiblar kiradi. Ularning asosiy vazifasi davlatni boshqaruvchi faylasuflar, hamda ularni qо‘riqlayotgan harbiylarni boqishdir. Platon qullarni hatto odamlar qatoriga kiritmaydi ham. Platon davlatni boshqarishning uch usuli: a) Monarxiya (bir kishi tomonidan boshqarish); b). Aristokratiya (oliy tabaqa-ozchilik tomonidan boshqarish); v) Demokratiya (kо‘pchilik-xalq hokimiyati) kabilarni kо‘rsatib о‘tadi.
Ulug‘ faylasuf Aristotel (mil. avv. 334-322 yillar) falsafiy
masalalarni hal etishda materializm va idealizm о‘rtasida ikkilanadi. U о‘zining falsafiy qarashlarini ilgari surarkan, о‘z ustozi Platonga qarshi boradi, ya’ni Platon falsafasini rad etadi. Masalan, Platonning „Ruhlar” nazariyasini rad etib, moddiy dunyoning haqiqiy dunyo ekanligini, uning hamisha mavjudligi va obyektiv xarakterga egaligini, Platon ,,ruhi”ga muhtoj emasligini ta’kidlab о‘tadi.
Aristotel olam besh elment - suv, olov, tuproq, havo va ilohiy efirdan iboratligini kо‘rsatib, osmon va yulduzlarni „ilohiy efir” deb ta’kidlaydi. Uningcha, moddiy dunyo obyektivdir. Undagi barcha narsalar bir-biriga tо‘xtovsiz о‘tib turadi va ularning asosida faqat materiya yotadi. Tabiat doim harakatda. Moddiy dunyo inson bilimlarining asosiy manbaidir. Inson о‘z sezgilari orqali uni his qiladi va uning mavjudligini anglab yetadi.
Aristotel о‘zining davlat tо‘g‘risidagi fikrlarini ilgari surib, uning monarxiya (bir shaxs idora qiluvchi), aristokratiya (ozgina shaxslar idora qiluvchi) va demokratiya (xalqning idora qilishi)ga asoslanuvchi davlat tuzumlarining mavjudligini kо‘rsatib о‘tadi. Shuningdek u, har qanday davlat tipizararli, aynigan davlat tipiga ham aylanishi mumkin. Chunonchi, monarxiya aynib tiraniyaga, ya’ni bir shaxsning nazoratsiz hukmronligiga, aristokratiya aynib oligarxiyaga, barcha noz-ne’matlarni о‘ziniki qilib olgan shaxslar hukmronligiga aylanib ketishi mumkin. Demokratiya aynib oxlokratiyaga, ya’ni olomonning – qora xalqning tartibsiz hukmronligiga aylanib ketishi mumkin.
V asrning ikkinchi yarmiga kelib, Ellada ijtimoiiy hodisalarni о‘rganishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan ijtimoiy-falsafiy oqim paydo bо‘ldi. Bu oqim vakillari о‘zlarini “sofistlar”, (“sofist” dastlab “donimand”, “bilimdon”, “olim” kabi ma’nolarni anglatgan, sо‘ngra bu ibora falsafa muallimlariga nisbatan laqab sifatida ishlatilgan) deb ataganlar. Sofistlar о‘z davrining bilimdon kishilari bо‘lib, о‘z zamondoshlarining zehnini boyitish va ilmli-ma’rifatli bо‘lishlarida katta rol о‘ynaganlar. Ular yoshlarga nafaqat astranomiya, geometriya, musiqa, mantiq, falsafa kabi fanlardan ilm berganlar, balki insoniy hayot muammolaridan, davlatning vujudga kelishi va tuzilishi, siyosiy hayotni tashkil etish masalalaridan ham saboq berganlar.
Sofistlar nafaqat falsafa ilmida faoliyat kо‘rsatadilar, balki fanning turli sohalarida ham ijod qiladilar. Masalan, ilmiy meditsinaning asoschisi Gippokrat (mil.avv. 460-375 yillar) muolaja san’ati masalasini yorituvchi asarlar ham yaratadi. U meditsina sohasini mustaqil fan sohasiga aylantiradi.
Gippokratning fikriga kо‘ra, vrach kasallikni emas, balki bemorni davolashi kerak. U tashqi muhit – iqlim, tuproq, suv, kishilarning yashash sharoitlari, mamlakat qonunlari va boshqa omillarning inson jismoniy va ruhiy holatlarining shakllanishiga ta’sir kо‘rsatishini asoslab beradi.
Gippokrat kasalliklar etnologiyasi (kasallikning kelib chiqish sabablari) va uni aniqlash (daognostikasi)ni hamda kasallikni davolash tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, vrach xulq-atvori qoidasi (“qasamyodi”) matnini amalga kiritadi.
Qadimgi yunon teatri va dramaturgiyasining paydo bо‘lishida diniy bayramlar, turli xil marosimlar va rasm-rusumlar muhim rol о‘ynagan. Yunon dramaturgiyasining barcha turlari – tragediya, komediya hamda satirlar dramasi ana shu diniy bayramlar, rasm-rusumlar, va ayniqsa Dionisga bag‘ishlangan marosimlar asosida maydonga kelgan.
Qadimgi yunon dramaturgiyasining asosiy janrlaridan biri hisoblangan tragediya ham, komediya ham kelib chiqishiga kо‘ra, Dionis bayramlariga bog‘liqdir. Masalan, Aristotel о‘zining “Poetika” asarida “tragediya” iborasining о‘zi ham Dionis shaxsi bilan bog‘liqdir, bu atama “trago” va “oide” sо‘zlaridan tashkil topgan bо‘lib, “taka qо‘shig‘i” degan ma’noni anglatadi, deb yozadi. Qadimgi yunonlar Dionisni ham taka qiyofasida tasavvur qilganlar.
Aristotelning ta’kidlab kо‘rsatishicha, “komediya” sо‘zi ham masxarabozlarning qо‘shiqlari va harakatlariga bog‘liq bо‘lib, “como” va “oide” , “masxarabozlar qо‘shig‘i” sо‘zlaridan olingan.
Qadimgi yunon teatri hozirgi zamon teatriga umuman о‘xshamagan. Birinchidan, qadimgi yunon teatri hajm jihatidan benihoya ulkan bо‘lgan. Ikkinchidan, tomoshalar kunduz kuni ham ochiq havoda kо‘rsatilgan. Qadimgi Afina teatrlari hozirgi zamon stadionining yarmi kо‘rinishida bо‘lib, 17 minggacha tomoshabinni sig‘dirgan.
“Teatr” sо‘zining asl ma’nosi “kо‘rish”, “kuzatish” degan ma’nolarni anglatgan. “Teatr” atamasining butun teatr binosiga nisbatan ishlatilishi taxminan milodiy V asrlarga kelib iste’molga kiritilgan.
Yunon teatrlari kо‘pincha tog‘lik, qiyalik, tepalik yonbag‘rilarida qurilgan. Aktyorlar tomosha kо‘rsatadigan joy sahna (ssena gr. “skena” sо‘zidan olingan bо‘lib, “chodir” legan ma’noni anglatadi.) Haqiqatan ham aktyorlar tomosha о‘tkaziladigan joyning orqa tomoniga qurilgan chodirdan kiyinish va niqoblarni almashtirish joyi sifatida foydalanishgan. Pasta – sahna oldida xor joylashgan. Xorning vazifasi sahnada rol ijro etayotgan aktyorlarning ijro uslubini yanada kuchaytirish hamda Dionisga atab yozilgan yoki ijro etilayotgan tomoshalardagi voqealar rivojini yanada kuchaytirishdan iborat bо‘lgan. Xor joylashgan sahnaning pastki qismi “orxestro”(hozirgi “orkestr” sо‘zi) deb nomalangan.
Qadimgi yunon aktyorlari rol ijro etishganda yuzlariga niqob kiyib olganlar. Chunki, teatrlar benihoya katta bо‘lganligidan, aktyorlarning yuz ifodalari tomoshabinlarga yaxshi kо‘rinmagan. Bu kamchilik о‘rnini turlicha yuz ifodalari tushirilgan niqoblar tо‘ldirib turgan. Niqobning yana bir xususiyati – bitta aktyor turli-tuman rollarni, hatto ayollar qiyofasida ham chiqishi mumkin bо‘lgan. Aktyorlar foydalanadigan niqoblar turg‘un bir ruhiy holatni ifodalagan va chinakam insoniy kechinmalarni yashirib turgan. Shuningdek, aktyorlarning о‘zlari baland ovoz bilan deklamatsiya qilishlari, xorning butun tomosha davrida bir joydan qimirlamasdan turishi tomoshalarning hayotiyligiga putur yetkazgan.(Qarang. Istoriya zarubejnogo teatra. M. Prosvesheniye. 1971. str. 15)
Shunga qaramasdan qadimgi yunon teatrlarining umum insoniy ma’naviy taraqqiyotiga, shu jumladan hozirgi teatr san’atining rivojiga ulkan ta’sir kо‘rsatgan.
Qadimgi yunon teatrining shakillanishi va rivojlanishi jarayoni о‘z navbatida buyuk dramaturglarning paydo bо‘lishiga olib kelgan. Qadimgi yunon tragediyasining titanlaridan biri „tragediya otasi Esxil (mil.avv. 525-456 yillar) 90 taga yaqin tagediya yaratgan. Bizgacha uning faqat yettita tragediyasi „Eroniyilar”, “Fivaning yetti dushmani”, “Iltijogо‘ylar”, „Zanjirband Prometey”, „Orestiya” trilogiyasiga kiruvchi “Agomemnon”, “Xoyeforlar”, “Evmenidalar” kabi tragediyalari yetib kelgan.
Esxil asarlarida taqdir bilan qahramonning irodasi yonma-yon qо‘yiladi. Esxil mashhur Prometey obraziga о‘ziga xos tarzda yondashadi.
U Prometeyni ulug‘ titan, insoniyatning homiysi, odam zotini halokatdan qutqaruvchi buyuk rahnamo sifatida tasvirlaydi Prometey odam bolasiga uy-joy qurishni, kema yasashni, о‘qish-yozishni, hisob ilmini, dehqonchilik ishlarini, eng muhimi Olimp tog‘idan olovdan о‘g‘irlab olib kelib undan foydalanishni hamda boshqa turli xil hunarlarni о‘rgatadi. Prometeyning bu xizmatlari tufayli inson bolasining hayoti yengillashib, turmush kechirishi osonlashadi.
Esxil haqiqatan ham tragediyaning otasi hisoblanadi. Chunki u tragediyani barkamollik bosqichiga kо‘tara oladi. U birinchi bо‘lib, tragediyaga ikkinchi aktyorni kiritadi. Uning bu yangiligi dramaturgiya janrida ulkan о‘zgarish yasaydi. Aristotel о‘zining “Poetika” asarida bu xususda shunday deb yozadi: “Esxil birinchi marta aktyorning sonini ikkitaga kо‘paytiradi, xorning rolini qisqartiradi va shu bilan birga dialogning rivoj topishiga zamin hozirlaydi”. (Qarang: Aristotel. Poetika. Toshkent. 1980. 13-bet.)
Qadimgi yunon tragediyanavislaridan biri Sofokldir (mil.avv. 496-406 yillar). U 120 dan oshiqroq asar yozgan bо‘lib, bizgacha atigi yettitasi-gina yetib kelgan. Sofokl о‘z tragediyalarida qahramonlarning ruhiy holatlariga alohida e’tibor beradi va asar mazmunining hayotiyligiga erishadi. Xorning vazifasini qisqartirish orqali bir tomondan voqealar-ning keskinlashuviga erishsa, ikinchi tomondan asarga uchinchi aktyorni kiritadi. Sofokl islohotlari dramaturgiya janrining mavjud imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Shuningdek u dramaga dekoratsiyani kiritgan..Sofoklning “Shoh edip”, “Edip Kolonda”, “Antigona” kabi tragediyalari jahon adabiyoti oltin xazinasidan munosib о‘rin egallaydi.
Dramaturg Fespid mil.avv. VI asr oxirlarida о‘z asarlariga birinchi aktyorni kiritadi. Ungacha teagr san’atida asosiy vazifani xor bajargan Fespid qadimgi yunonlarning birinchi dramagurgi sanaladi. Er.avv. 534 yilda uning birinchi tragediyasi sahnalashgiriladi Ana shu yil jahon teatr san’atining tug‘ilgan yili hisoblanadi.
Qadimgi yunon tragediyanaviligining uchinchi vakili Yevripid (er. av. 480-406 yil)dir. U qadimgi yunon tragediyanavislaridan farqli о‘laroq, о‘z tragediyalarida tasvirlayotgan voqealarni demokratik nuqtai nazardan tasvirlashga harakat qiladi. U voqealarni bо‘rttirmasdan, realistik tarzda yoritib berishga intiladi. О‘z davrining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axlokiy masalalarini yoritib berish, bu masalalarni hal qilishni tomoshabin hukmiga havola etishga intilish Evripid ijodining asosiy xususiyati hisoblanadi. Uning asarlaridagi personajlar falsafiy fikr-mushohada qilishi, voqea va hodisalarni falsafiy tahlil qilishi bilan ajaralib turadi. Shu bosidan ham о‘sha davr kishilari Yevripidni “sahnadagi faylasuf” deb ataganlar. (Istoriya Zarubejnogo teatra. M.Prosvesheniye.1971. str.17.)
Buyuk tragediyanavis hisoblangan Yevripid о‘z asarlarining markaziga
tirik odam obrazini qо‘yadi. Shuning uchun ham Evripid qahramonlari Esxil, Sofokl qahramonlaridan farqlanib turadi. Aristotel о‘zining “Poetika” asarida yozishicha, Sofokl о‘z asarlari bilan Esxil asarlari о‘rtasidagi tafovutni tan oladi, va shunday deb yozadi: “U (Sofokl) odamlarni qanday bо‘lishi kerak bо‘lsa, shunday tasvirlagan. Yevripid esa qanday bо‘lsa shunday tasvirlagan” (Aristotel. Poetika. Toshkent. 1980. 53-bet.)
Mil avvalgi V-IV asrlar nafaqat qadimgi yunon teatr va daramaturgiyasining rivojlangan davri hisoblangan, balki bu davrda proza janri, ayniqsa, uning tarixiy proza janri ham taraqqiyot bosqichini bosib о‘tgan.
Tarixiy prozada qalam tebratgan buyuk mutafakkirlardan biri “tarix otasi” deb tan olingan Gerodotdir (mil.avv 485-425). Gerodot Misr, Eron, Bobil, Finikiya davlatlarini, Qora dengizning shimoliy qirg‘oqlaridagi yunon mustamlakasi hisoblangan Skifiyani kezib chiqadi va bu hududlarda yashovchi xalqlar tarixini, marosimlari va diniy qarashlarini о‘rganadi. U о‘zining “Tarix” asarida qadim ajdodlarimiz yashagan hududlarga oyoq bosmagan bо‘lsa-da, ularning hayotini tasvirlashga qarakat qiladi.
Gerodotning ta’kidlashicha, Kaspiq dengizi sohillaridan boshlab, Sirdaryoning о‘rta oqimiga qadar chuzilib ketgan keng sarhadlarda massaget kо‘chmanchi qabilalari yashagan. Ular hech qanday ekin ekmaganlar, faqat chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Mehnat qurollari asosan, misdan yasalgan. Ayollari erkaklar singari jasur bо‘lganlar va erkaklar bilan bab- baravar janglarda qatnashganlar, hatto qabila boshlig‘i bо‘lib saylangan-lar. Qadim ajdodlarimiz qahramonliklari va vatanparvarliklarini madh etuvchi ,,Tо‘maris va ,,Shiroq haqidagi qissa hamda afsonalar ham Gerodot-ning ana shu asari orqali bizgacha yetib kelgan.
Klassik davrga kelib tasviriy san’at, arxitektura va haykal- taroshlik yuqori rivojlanish bosqichini bosib о‘tadi. Bu davr san’ati-da kо‘proq realistik tasvir yaqqolroq kuzga tashlanadi. О‘sha davr ijod-korlari о‘z e’tiborlarini inson obrazini ravshanroq tasvirlashga qarata boshlaydilar. Obyektiv dunyo voqealarini realistik tarzda san’at asarlariga singdirishga intiladilar va san’at tarixida birinchi marta insonni hayratlantira oladigan me’moriy yodgorlik-lar va insonning yorqin obrazini tasvirlovchi haykallar yaratadilar
Klassik davrning boshlari (mil.avv.490-450 yillar)da kо‘plab me’moriy binolar yaratilib, Eron-yunon urushida vayronaga aylangan ayrim shaharlar qayta tiklanadi. Bu davrda qurilgan kо‘pgina ibodat-xonalar doriycha uslubda qurilgan. Periklning buyrug‘iga kо‘ra, Afinaning ichki qal’asi - Akropolda hunarmandchilik va shahar homiysi hisoblangan Afinaga bag‘ishlab qurilgan ibodatxona – Parfenon quriladi. Ibodatxona о‘rtasida faqat fil suyagi va oltindan yasalgan Afinaning о‘n tо‘rt metrlik haykali о‘rnatilgan. Tarixiy ma’lumotlarga kо‘ra, haykalga sarflangan mablag‘ о‘sha davr Afina shahrining 20 iillik byudjetiga tо‘g‘ri kelgan. Parfenondan tashqari Akropolda Attikaning afsonaviy podshohi Erexteyga atalib qurilgan Ereyteyon ibodatxonasi va yana bir qancha binolar qurilgan.
Akropolning hovli sahni gulzorlar, daraxtlar bilan bezatila-di, marmar va bronzadan haykallar о‘rnatilgan. (Qarang:Alimuhamedov A. Antik adabiyot tarixi. Toshkent О‘qituvchi. 1969. 101-bet.)
Qadimgi yunon haykaltaroshlari va arxitektoralari hamkor-likda ikkala san’atni sintez qilish natijasida о‘ziga xos mahobatli va nihoyatda gо‘zal san’at asarlarini yaratganlar. Arxitektura yodgor-liklarida haykallardan ustun sifatida foydalanish, bino devorlari, kapitel-muqarnasning tepa qismi va binoning boshqa ayrim joylariga relefli haykaltaroshlikdan, shuningdek, binoning fronton (bino-ningengyuqori chо‘qqisi) qismiga haykallar о‘rnatish binoga о‘ziga xos gо‘zallik va salobat baxsh etgan.
Qadimgi yunonlar ibodatxonlarning ustunlarini ba’zan sharqcha kiyingan ayollar – kariaditalar (binoning ayollar gavdasi shaklidagi tayanch ustunlari) haykallari bezab turgan. (Qarang: Ergashev SH.Qadimgi sivilizauiyalar. Toshkent. O”ZBEKISTON/ 2016 yil, 238-bet.)
Haykaltaroshlikning rivojlanishi yuqori klassik davriga kelib, nihoyatda yuksak darajaga kо‘tarilgan. Haykaltaroshlar odam qomati va yuz tuzilishini tо‘g‘ri tasvirlabgina qolmay, о‘z asarlarida murakkab harakat-larni ham ifodalashga, kompozitsiya yechimining hayotiy bо‘lishiga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Bu davrning eng buyuk haykaltaroshlaridan biri Miron hisoblanadi. Uning mashhur asarlaridan biri ,,Diskabol” (,,Disk uloqtiruvchi”) haykalidir. U „Diskabol” haykali orqali о‘zini boshqara oladigan, har qanday holatda о‘zini tuta biladigan odam qiyofasini gavdalantirib, qadimgi yunonlarning ideal inson tо‘g‘risidagi tushunchasini ifodalab beradi.
Agar buyuk haykaltarosh Miron о‘z asarlarida kuchli va keskin harakatlarni tasvirlash va bu bilan insonning ma’naviy gо‘zalligini ifodalashga intilgan bо‘lsa, shu davrning yana bir buyuk haykaltaroshi, Peloponnes maktabining vakili Poliklet xotirjam, tinch holatda turgan inson qiyofasida uning ichki ma’naviy olamini ochib berishga intiladi. Uning ,,Dorifor” (“Nayzabordor”) asari uning shu davrdagi izlanishlarini namoyish etadi. Bu asarda harakat va osoyishtalik bir-biri bilan uyg‘un-lashib ketadi.
Mashhur yunon haykaltaroshi Fidiy о‘z asarlarida greklarning jasurligini, eronliklar ustidan qozonilgan g‘alabani aks ettiruvchi haykallar ishlagan. Uning ilk asarlari oltin va fil suyagidan yasalgan.
V asrning 70 yillarida afinaliklar buyurtmasiga kо‘ra, Fidiy Marofon jangini ulug‘lovchi kо‘p figurali kompozitsiyani yaratgan.
Mil.avv.460 yillarida Appolonning bronzadan yasalgan yirik haykalini, mil.avv.460-450 yillarda esa mashhur jangchi ayol Afina haykalini yaratadi.
Fidiy bir qator monumenttal haykallarningham muallifidir. Uning Akropoldagi oltin va fil suyagidan yasalgan Afina haykallari, Olimpiadadagi Zevs haykali о‘ta mashhur asarlar hisoblanadi.
Yetti iqlimning yetti mо‘jizalaridan biri-Zevs haykali ibodatxona ichida joylashgan bо‘lib, uning (ibodatxonaning) uzunligi 64 metr, eni 28 metr, xonaning ichki balandligi 20 metr bо‘lgan. Ulkan zalning oxirida taxtda о‘tirgan holdagi Zevs haykali savlat tо‘kib turgan. Zevsning boshi binoning shipiga tegib turgan. Zevsning badanini pushtirang fil suyagidan ishlangan plastinka yopib turgan. Kiyimi oltin qoplamadan yasalgan. О‘ng qо‘lida g‘alabalar va yutuqlar ma’budasi Nikaning oltindan yasalgan haykalchasi, ikkinchi qо‘lida asoni ushlab turgan. Zevs о‘tirgan taxt fil suyagidan bо‘rtma holda va oltindan ishlangan haykalchalar bilan bezatilgan.
Keyinchalik Vizantiya imperatori Feodosiy Zevs haykalini Konstantinopol(hozirgi Stambul)ga kо‘chirtiradi. Ular xristian diniga sig‘ingan bо‘lsalar-da, Zevs haykalini buzib tashlashga hadlari sig‘maydi. Milodning V asrida imperator Feodosiy II ning saroyiga о‘t ketadi. Ulkan haykalning yog‘och qismi butunlay kulga aylanadi, oltindan yasalgan qismlari esa erib, yaltiroq bо‘laklarga aylanadi.
Sо‘nggi klassika davri haykaltaroshlari о‘z qobiliyati, dunyoqarashi va imkoniyatlaridan kelib chiqishib, inson ma’naviy olamining turli qirralarini ochib berishga harakat qiladilar. Bu davrning mashhur haykaltaroshi Praksitel qadimgi yunon haykaltaroshlari ichida birinchi bо‘lib, ideal ayol qiyofasini, ya’ni ishq-muhabbat va gо‘zallik ma’budasi Afrodita obrazini aks ettirib beradi.
Grek klassikasi bilan ellinistik davr chegarasida yashab ijod etgan buyuk haykaltaroshlardan biri Lisipp edi. U о‘z haykallarida kо‘proq jismoniy baquvvat va irodasi kuchli shaxslarni e’zozlaydi va ularni kо‘proq charchagan va dam olayotgan holda tasvirlagan.
Umuman olganda bu davr san’atining asosiy xususiyati shunda ediki, san’atkorlar insoniyat tarixida birinchi marta о‘z ijodlarini qat’iy aniq ilmiy asosga qurib, odam bolasining tanasidagi hatto eng kichik a’zolarini ham aniq mutanosib uyg‘unlikda tasvirlaganlar va abadiy barhayot gо‘zallik yaratib qoldirganlar.
Ellinizm davri madaniyati
Miloddan avvalgi 336 yilda Makedoniya podshohi Aleksandr Makedonskiy yunon tuprog‘ini zabt etib, ellin xalqidan tashkil topgan yirik qо‘shin bilan Sharq mamlakatlariga qarshi urush boshlaydi. Tez orada eron shohi Doro III ni mag‘lubiyatga uchratadi. Aleksandr Makedonskiy о‘zining istilochilik yurishlarini davom ettirib, Hindiston chegaralarigacha bо‘lgan ulkan hududlarni, shu jumladan Markaziy Osiyoning kо‘pgina joylarini bosib olib о‘zining ulkan imperiyasi tarkibiga kiritadi. Mazkur imperiya tarkibiga kiruvchi xalqlarning yagona madaniyati va madaniy hayoti keyinchalik ellinistik madaniyat nomi bilan atalgan. Ellinistik davr о‘z ichiga mil.avv. III-I asrlarni qamrab olgan bо‘lib, bu davr madaniyatining xarakterli jihati uning grekcha tus olganligi edi.
Mil.avv.1 asrga kelib greklar о‘rtasida yangi dunyoqarash paydo bо‘ladi va ellinizm davriga kelib keng kо‘lamda tarqala boshlaydi. Keyinchalik bu dunyoqarash falsafiy shaklga kiradi. Bu dunyoqarash ,,kosmopolitizm” (rp.,,kosmoplites) -,,dunyo grajdani’” degan ma’noni anglatadi)deb nomlanib, turli hududlarni о‘zining vatani yoki turli davlatlar manfaatlarini о‘z manfaatlari sifatida qarovchi grajdanlar ,,kosmopoliteslar”deb atalgan.
Kosmopolitizm hukmron sinf mafkurasining muhim belgisi bо‘lib u butun ellinistik dunyoga yoyilib ketgan nisbatan oz sonli ellinlarning yoki ellinlashgan hukmron sinflarning mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Turli xalqlar ustidan qilinadigan hukmronlik bora-bora ichki ziddiyatlarning keskinlashuviga, sо‘ngra buyuk imperiyaning parchalanishiga olib keladi. A.Makedonskiy о‘limidan sо‘ng (mil.avv.323 yil) buyuk imperiya parchalanib ketadi. Bu esa jamiyatda turli xil ichki ziddiyatlarning keskinlashuviga sabab bо‘ladi. Siyosiy va ijtimoiy huquqlarning barbod bо‘lishi, maslaksizlikning kuchayishi, vatanparvarlikning sо‘nishiga olib keladi.
Bu ijtimoiy о‘zgarishlar natijasida paydo bо‘lgan siyosiy loqaydlik beparvolik va umidsizlik kayfiyatlari kiniklar, stoiklar va epikurchilik kabi falsafiy oqimlarning vujudga kelishiga olib keladi.
Kiniklar mil.avv. IV asrda qadimgi Yunonistonda sokratchilar maktabining vakillari sifatida vujudga kelgan falsafiy oqimdir.
Kiniklar deganda asosan mil.avv.435-370 yillarda yashab ijod etgan Sokrotning shogirdi bо‘lgan Antisfenning izdoshlari hisoblangan fayla-suflar tushunilgan. Kiniklar Sokrat maktabini yanada rivojlantiradilar va faqat ayrimlik haqidagi bilimnigina haqiqat hisoblaydilar. Ular Platonning ideyalar, ya’ni mustaqil suratda mavjud bо‘lgan umumiy tushun-chalari haqidagi ta’limotini tanqid qiladilar va faqat ayrim narsalar-ning mavjudligini tasdiqlaganlar. Ular ijtimoiy meyorlarga nafrat bilan qarashni, bilimdon, shon-shuhratdan va barcha hissiy qoniqishlardan voz kechishni baxt deb hisoblaydilar.
Stoiklar falsafasi esa kо‘p jihatdan Epikur falsafasiga yaqin turadi. Bu oqimga asos solgan Zenon (mil.avv.335-265 yillar) о‘zining mashg‘ulotlarini Afinadagi peshayvon taxlit binoda о‘tkazgan. Yunoncha ,,stoya”sо‘zi ,,peshayvon”ma’nosini anglatadi. ,,Stoya”sо‘zi keyinchalik mazkur oqimning nomiga aylanib qolgan. Stoiklar asosan, shafqat, sahovat g‘oyala-rini targ‘ib qilganlar. Ularning fikriga kо‘ra odam bolasi ehtiroslarning ta’sirini yengib, takdirning izmi, tabiat qonunlari asosida ma’naviy erkin hayot kechirmog‘i zarur. Insonning baxt-soadati uning ruhiy holatla-riga bog‘liqdir. Tashqi dunyo ikir-chikirlariga parvo qilmasdan, qalb amriga quloq solib yashagan kishiga hayotning alam-sitamlari, hatto qullikning qismatlari kor qilmaydi, hech qanday musibatlar uning shaxsiy erkinligini, ruhiy halovatlarini buza olmaydi.
Ruhiy erkinlikni boy bermasdan, hayvoniy ehtiroslarga qul bо‘lmaslik uchun har bir odam turmushning shodliklarini ham xо‘rlik, qashshoqlik va xastalik alamlarini beparvolik bilan tortmog‘i zarur. (Qarang: Alimuhamedov A. Kо‘rsatilgan asar. 219-220-betlar.)
Stoiklar barcha narsalarni, shu jumladan fikr, sо‘z, olov kabilarni jism deb ataydilar. Ular butun olamni uzluksiz rivojlanib turadigan olov deb hisoblaydilar. Ularning tasavvuriga kо‘ra, koinot olovdan paydo bо‘lgan va keyinchalik ham uni olov yutadi va yana qayta boshdan olovdan vujudga keladi.Qaytadan paydo bо‘lgan koinotda ilgari mavjud bо‘lgan narsalar qaytadan takrorlanadi. Olamda yuz berib turadigan barcha narsalar qonuniy va zaruriy holatda rо‘y berib turadi. Stoiklar bu qonuniyatlarni taqdir va qismat deb ataydilar.
Epikurchilik falsafiy ta’limoti ham ellinistik davr falsafiy ta’limoti sifatida keng tarqalgan. Uning asoschisi Epikur (mil.avv. 341-272 yillar) koinotning mohiyati va qonuniyatlarini Demokritning atomistik nazariyasiga asoslangan holda izohlaydi. Epikur koinotni bо‘shliqda harakatlanuvchi behisob atomlarning birga qshilishidan iborat deb tushungan.
Epikurning ta’limotiga kо‘ra, odamlar ham barcha mavjudotlar kabi atomlarning bir-biriga qо‘shiluvi natijasidir. Shu boisdan ham odamda ruh mavjuddir. Odamlarda ruh mavjud bо‘lganligi bois uzluksiz rivojlanib turadigan tashqi dunyoni bilib boradilar. Inson sezgilari mazkur olamni tо‘la va ishonarli tarzda qabul qiladi. Sezgilarning yig‘ilishi natijasida insonda umumiy tushunchalar hosil bо‘ladi.
Ellinizm davri madaniyatining asosiy jihatlaridan biri yunonlarning ilk bor Sharq madaniyati bilan chuqurroq tanishishlari va о‘z tafakkur doirasini yanada rivojlantirib, fan taraqqiyotiga kuchli ta’sir kо‘rsatganliklaridir.
Bu davrda yashagan olimlardan Evklid va Arximed matematika ilmini, Aristarx va Gipparxlar astranomiyani, Erotasfen geografiyani yuqori darajaga kо‘tarib, jahon ilm-fanining kelgusi taraqqiyotiga keng yо‘l ochib berdilar. Shuningdek, bu davrda mexanika, optika, tabobat, botanika kabi bir qator fanlar ham ulkan yutuqlarga erishadi.
Albatta, fan taraqqiyotiga о‘sha davrning ayrim hukmdorlari ham о‘zlari tomonidan yaartib berilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlari bilan ulkan hissa qо‘shadilar. Masalan, Misrda hukmdorlik qilgan Ptolemey hukmdorlari Aleksandriya shahrida hozirgi zamon fanlar akademiyasiga о‘xshash maxsus ilmiy markaz – “muzey”, ya’ni muzalar (homiy farishtalar) koshonasini talkil qiladi. Ellinistik dunyoning turli burchaklaridan chaqirilgan olimlar mazkur markazda ma’ruzalar о‘qib, laboratoriyalarda turli xil tajriba ishlarini olib borganlar. Muzey huzuridagi ulkan kutubxonada о‘sha davrning eng nodir qо‘lyozmalari saqlangan.
Iskandariya olimlari matematika, tabiiyot va texnika fanlari sohasida ham ulkan yutuqlarga erishadilar. Mashhur matematik Yevklid (mil.avv.III asr)о‘zining ,,Negizlar”nomli asari orqali matematika va geometriyaning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatgan bо‘lsa, Museyon (muzey)
kutubxonachisi Erotasfen (mil.avv.272-208 yillar) esa, yer shari aylanasining uzunligini kо‘p darajada aniqlik bilan hisoblab chiqib, geografiyaning fizika-matematika asoslarini yaratadi. „Geografiya” terminini ham birinchi bо‘lib Erotasfen qо‘llagan.
Ellinistik dunyo madaniyatining rivojida nafaqat Aleksandriya shahri muhim rol о‘ynagan, balki Orantdagi Pergam va Antioxiya kabi shaharlar ham fan va madaniyatningyuksalishiga о‘z hissasini qо‘sha olgan. Ellinistik dunyoning kо‘zga kо‘ringan olimlaridan Teofrast Afina shahrining, Arximed Sirakuza shahrining dong‘ini atrof javonibga tarata olishgan. Injener-ixtirochi hisoblangan Arximed nazariy mexanikaning, gidrostatika-ning, sferik geometriya va trigonometriyaning asoslarini yaratib bergan. Shuning uchun Arximed katta sonlarni hisoblab chiqishning arifmetik uslublarini takomillashtiradi va oliy matematikaning hisoblash uslublarini yaratishda dastlabki ilmiy izlanishlarni amalga oshiradi. U Misrda dalalarni sug‘orish uchun chig‘iriq - Arximed parragini yasaydi.
Quldorlik jamiyati sharoitida texnikaning yuksalishi ellinistik madaniyatining yana bir xususiyati edi. Qadimgi Sharq va qadimgi yunonlar tajribasiga suyanish mehnat qurollari, hunarmandchilik va hayvon kuchi bilan xarakatlanuvchi nomurakkab mexanizmlarning takomillashuviga olib keladi. Harbiy va binokorlik texnikasida katta yutuqlarga erishiladi.
Ellinizm davri san’atiga tо‘xtaladigan bо‘lsak, bu davr hukmdorlari о‘zlarining saltanatlarini muhtasham binolar, ajoyib san’at namunalari bilan boyitishga harakat qiladilar. Bu davrda san’atning yangidan-yangi janrlari yuzaga kelib, Park- bog‘ san’ati bilan bog‘liq bо‘lgan dekorativ haykaltaroshlik keng tarqaladi. Ijtimoiy binolar, teatr, hukmdorlarning saroy va qasrlari, turli park va bog‘lar, sport maydonlari va savdo markaz-lari vujudga keladi hamda ular о‘zining serhashamligi va serfayzligi bilan ajrapib turadi.
Bu davr me’morlari devorga yopishib turgan ustun va yarim ustunlardan binoni bezash maqsadida foydalana boshlaydilar. Qadimgi Gretsiyada ibodatxona shahar markazi rolini о‘ynagan bо‘lsa, endilikda katta ma’muriy bino oldidagi maydon yoki savdo uchun mо‘ljallangan maydonlarga alohida e’tibor berila boshlanadi.
Xulosa qilib aytganda, qadimgi Sharq va yangi davr Yeropa madaniyatining bir-biri bilan bog‘lab turuvchi antik davr yunon madaniyati о‘z ahamiyati jihatidan umuminsoniy madaniyatning bir bо‘lagi hisoblanadi. Birinchi navbatda qadimgi yunon fani va falsafasi keyingi davr insoniyat ilmiy va falsafiy tafakkuri taraqqiyoti uchun zamin bо‘lib qoldi. Chunki eng qadimgi sodda materialistik falsafa olam va uning hodisa hamda voqealariga yangicha ilmiy-moddiy tafakkur nuqtai nazaridan turib yondoshishni boshlab berdi. Ikkinchidan, qadimgi yunon yozuvi kо‘pgina Yevropa xalqlari yozuvining shakllanishiga asos bо‘lib xizmat qildi. Uchinchidan, qadimgi gresiya teatr va dramaturgiyaning vatani hisoblanadi. Turtinchidan, qadimgi yunon arxitekturasi, haykaltaroshligi va tasviriy san’ati keyingi davrlar san’atining umumtaraqqiyotiga kuchli ta’sir kо‘rsatdi. Beshinchidan, hozirgi paytda xalqlar va millatlar о‘rtasidagi dо‘stlik aloqalarini о‘rnatishda muhim rol о‘ynayotgan Olimpiada о‘yinlari ham dastlab ana shu qadimgi yunonlarning eng sevimli bayram va sport musobaqasi hisoblangan. Oltinchidan, qadimgi yunonlarning matematika, geometriya, astranomiya, fizika, geografiya, tarix va boshqa fanlari umuminsoniyat tomonidan erishilgan fan-texnika taraqqiyotiga samarali ta’sir kо‘rsatgan.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling