Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


mavzu. Qadimgi Rim madaniyati va san’ati.(2 soat)


Download 1.76 Mb.
bet47/62
Sana24.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1226415
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62
Bog'liq
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

21.mavzu. Qadimgi Rim madaniyati va san’ati.(2 soat)
Reja:
1.Qadimgi Rima madaniyatining о‘ziga xos xususiyatlari.
2.Qadimgi Rim ilm-fani.
3.Qadimgi Rimliklarning diniy dunyoqarashi.
4.Qadimgi Rimliklarning arxitekturasi va san’ati.
Qadimgi Rim madaniyati antik davr madaniyatining ikkinchi bir qismi hisoblanib, keyingi davr Yevropa xalqlari ijtimoiiy tafakkuri, diniy e’tiqodlari, san’ati va adabiyotining rivojlanishiga kuchli ta’sir kо‘rsatganligi bilan xarakterlanadi.
Qadimgi rimliklar mustaqil madaniyat va sivilizatsiyani yarata olmaganlar, ular davlat, huquq va texnika sohalarida greklar va misrliklarning yutuqlarni qо‘lga kiritganlar xolos, boshqa sohalarda rimliklar ellinizm darajasiga yeta olmaganlar.
Yunonlar huquq poydevoriga asos soldi, rimliklar esa hozirgacha kо‘plab davlatlarda huquqning о‘zagi bо‘lib kelayotgan huquq tizimini yaratdilar. Yunonlar dunyoga komil inson g‘oyasini berdi, rimliklar esa fuqarlik ideali va fuqaroviy qadriyatlar: mardlik, odillik, erkinlik tizimni shakllantirdi.Yunonlar xudolarning ulug‘vor olamni yaratdi. Rimliklar о‘z xudolarini rad etmasdan, boshqa xalqlar xudolariga ham bag‘rikenglik qildilar.(Ergashev SH. Qadimgi sivilizatsiyalar.Toshkent. “O”ZBEKISTON” 2016 yil.271-bet.)
Qadimgi Rim madaniyatining shakllanishiga antik dunyodagi ikki buyuk madaniyat - etrusklar va yunonlar madaniyati an’analari ta’sir kо‘rsatgan. Masalan, Rim ibodatxonalari etrusk ibodatxonalari namunasi asosida qurilgan bо‘lsa, lotin alifbosi ham etrusklarning alifbosi asosida yaratilgan. Qadimgi yunonlarning ta’siri esa, rimliklarning falsafiy tafakkuri hamda badiiy madaniyati – she’riyatida kо‘zga tashlanadi. Masalan, rimliklarning she’riyatida kо‘proq Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridagi she’riy uslub kо‘zga yaqqolroq tashlanadi. Shuningdek, rim falsafiy tafakkurining shakllanishida qadimgi yunon falsafiy tafakkurining ta’isri nihoyatda kuchli bо‘lgan.
Rimliklar kо‘p sohalarda ellinlarga о‘xshar edi.
Agar rimliklar yunonlarni siyosiy jihatdan zabt etgan bо‘lsalar, yunonlar ularni о‘z madaniyatlari bilan zabt etganlar.Yunonlarning ta’siri natijasida Rim respublikasining past darajadagi madaniyati saltanat (imperiyaning) yuksak ma’naviy madaniyati bilan almashindi.
Shu bilan birga ular о‘zlarining qadriyatlari va ideal tizimini yaratganlar. Bular sirasiga ayniqsa vatanparvarlik, fuqarolik burchiga sodiqlik, ma’budlariga e’tiqod Rimda oliy qadriyat sifatiga kо‘tarilgan edi. Rimliklar qonunni alohida qadrlar, unga bо‘ysunishni sharaf deb bilar edilar. Ular uchun ijtimoiy manfaat shaxsiy manfaatdan ustun turardi.
Antik davr falsafiy ta’limotlarining rivojlanishi yangi davr ilmiy va diniy qarashlarining shakllanishiga zamin bо‘lib xizmat qilgan. Keyingi davr ta’lim tizimining, san’ati va adabiyotining taraqqiy etishi ham antik davr madaniy hayotining ikkinchi va sо‘ngi bosqichi hisoblangan Rim madaniyatiga bevosita bog‘liqdir. Shuningdek, hozirgi davr ilm-fani, diniy e’tiqodlari, adabiyoti va san’ati rivoji ham bevosita qadimgi davr Rim imperiyasi madaniyatining ildizlariga borib taqaladi.
Bu davr madaniyatining asosiy xususiyati – diniy madaniyatning ustuvor ahamiyatga egaligidir. Ma’naviy madaniyatning barcha kо‘rinishlari diniy madaniyaga – xudoni mutlaqlashtirishga xizmat qilgan.
Qadimgi Rimliklar madaniyatining shakllanishi va yuksalishida etrusk qabilalari madaniyati muhim ahamiyat kasb etgan. Qadimgi Etrusklar qurilish texnikasini, tasviriy san’atning devorga surat tushirish soxasini, kulolchilikni, kemasozlik, yozuvdan foydalanish, diniy marosimlar va bayramlarni tartib bilan nishonlashni boshqa qabilalarga nisbatan ancha ertaroq egallaganlar Etrusklar toshdan yirik-yirik imoratlar, gumbazlar va arkalar qurishni ancha erta egallaganlar, sopol idish tuprog‘iga qurum aralashtirganliklari sababli ularning idishlari metalldan yasalgandek yaltirab turgan.
Qadimgi Rimliklarning Gretsiyani zabt etishi Rimda greklar ta’sirining kuchayishiga olib kelgan. Rimliklar Gretsiya shaxarlarini bosib olganlaridan sо‘ng, о‘zlaridan madaniy jixatdan ancha ilg‘or bо‘lgan xalqqa nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bо‘lganlar. Hattoki, grek tilini, greklarning ilm-fani va san’atini astoydil о‘rganishga kirishadilar.
Mil.avv. III asr о‘rtalariga kelib о‘z xohishi bilan Rimga kо‘chib kelgan yunonlar о‘zlari bilan asrlar davomida qо‘lga kiritilgan ulug‘ yunon madaniyati mahsullarini olib keladilar va Rim madaniy hayotining barcha soxalariga ta’sir kо‘rsata boshlaydilar. Yunonlarning odatlari va marosimlari, rasm-rusumlari, kiyim-kechaklari, asbob-anjomlari rimliklarning turmushiga singib boradi. Yunonlar badavlat rimliklarning bolalari ta’lim oladigan maktablarga murabbiylik qilishib, falsafa va notiqlik san’atidan saboq beradilar. Endigina rasm bо‘layotgan teatrlarda aktyor bо‘lib xizmat qiladilar, arxitektura, tasviriy san’at va haykaltaroshlikning rivojlanishiga, adabiy jarayonning shakllanishiga bevosita ta’sir kо‘rsatadilar.
Lekin rimliklar ellinlar madaniyatini tо‘la о‘zlashtirib olmaydilar. Ular yunon madaniyatining о‘z madaniyatlari, an’analari-yu, axloq-odobiga mos keladigan tomonlarnigina qabul qiladilar.
Bordi-yu, Italiya xalqining kelib chiqishida muhim rol о‘ynagan qabila- lar tarkibiga e’tibor berilsa, ular urug‘doshlik asosida shakllanganligini kо‘rsatadi. Rimning aholisi 300 ta urug‘dan iborat bо‘lib, ularning har о‘ntasi kuriya3 (lotincha – curia)larga birlashganlar.
О‘nta kuriya - tribun4ni tashkil qilardi. Lotin, sabin va etrusk qabilalariga 3 ta tribun boshchilik qilgan. Tribularning a’zolari teng huquqli fuqarolar-patritsiy5lar edi. Italiyaning boshqa joylaridan Rimga kо‘chib kelgan odamlar va ularning ajdodlarini plebey6lar deb atashgan. Plebeylar orasida ham boy–badavlat kishilar bо‘lgan, lekin ularning orasida kambag‘allar kо‘pchilikni tashkil qilgan. Rim aholisi ichida qullar huquqsiz,“gapiruvchi hayvon” sanalardilar.
Har bir urug‘ning boshlig‘i oqsoqollar kengashiga – senatga a’zo bо‘lib kirgan. Senat sud vazifasini ham bjargan. Rim jamoasi dastlab uch yuzta urug‘dan tashkil topganligi bois, eng qadimgi zamonlarda senat ham uch yuz senatordan iborat bо‘lgan. Milodiy 510 yilda podshoga qarshi kо‘tarilgan qо‘zg‘olon tufayli senat qarori bilan Rimda podsho hokimiyati tugatiladi. Patritsiylar shaharni idora qilishni о‘z qо‘llariga oladilar va saylab qо‘yiladigan boshqarma “umum ishi”(res publica) deb atala boshlangan.
Agar qadimgi rimliklarning diniy e’tiqodlarining shakllanish jarayoniua e’tibor bersak, dastlab etrusklarning diniy e’tiqodlarining kо‘pgina jihatlarini о‘zlashtirib olganliklarini kо‘rsatadi. Ibodatxonalar qurish odati ham rimliklarga etrusklardan о‘tgan.
Qadimgi italiy qabilalari, shu jumladan, rimliklar etrusk qabila-sining oila va rо‘zg‘or homiysi ma’buda Vestani ilohiylashtirganlar. Shu boisdan Vestaga atab Rim forumida ibodatxona qurilgan.
Rimliklar etrusk qabilalarining eng mо‘tabar ilohasi - oila homiysi ma’bud Vestani muqaddas hisoblaganlar. Vesta zodagon oila vakilalari hisoblangan yosh qizlarni tanlaganlar. Ulari vesta ibodatxonalarida xizmat qilishgan. 30 yil mobaynida ibodatxonada xizmat qilish ularning zimmasida bо‘lgan. Vestalkalar barcha uchun eng aziz va hurmatga sazovor vakila hisoblangan. Masalan, vestalkaga jinoyatchi tо‘g‘ri kelib qolsa-yu, vestalka iltimos qilsa jinoyatchining aybi kechirilgan. Vestalka о‘zaro urishayotganlar oldiga kelsa, janjalni darhol tо‘xtatishgan. Ularni о‘choq-olovni saqlovchi homiylar deb hisoblashgan. Vestalkalar xizmat davrida bokiraligini saqlay olishmasa, unda ularni tiriklayin yerga kо‘mishgan.
Shuningdek, qadimgi rimliklar etrusk qabilalarining bosh xudosi Yupiterga ham e’tiqod qilganlar. Sо‘ngra yunonlarning diniy e’tiqodlari ta’siri ostida о‘z xudolari Panteonini yaratadilar. Ular ham qadimgi yunonlar singari tabiatning har bir hodisasi, har bir narsasining о‘z homiysi mavjud degan gasavvurlarga ega bо‘lganlar.
Qadimgi rimliklarning xudolari Panteoni quyidagi kо‘rinishdan iborat bо‘lgan: Avrora - tong yog‘dusi ma’budasi; Amur - sevgi xudosi; Bellona - urush ma’budasi; Vakh - uzumchilik, vino va xursandchilik xudosi; Venera - bahor, sо‘ngra sevgi, gо‘zallik va nikoh ma’budasi; Vesta - oila ma’budasi; Viktoriya - g‘alaba ma’budasi; Vulkan - olov va olov bilan bog‘liq bо‘lgan temirchilik, kasb - hunarlar xudosi; Diana - ov ma’budasi, Neptun oqar suvlar, sо‘ngra dengiz xudosi; Pluton - yer osti dunyosi, о‘liklar saltanati hukmdori; Saturn - ekinlar xudosi, dehqonlar homiysi, Silvan-о‘rmonlar va podalar homiysi; Favn - о‘tloqlar, о‘simliklar va dalalar hukmdori; Flora - gullar va bahor ma’dubasi, Fortuna - taqdir va baxt ma’budasi; Yunona - ayollar homiysi, Yupiter - osmon xudosi; Furiyalar-intiqom va vijdon azobi ma’budalari va h.k.
Mil.avv.II asrdan e’tiboran Rimda Sharq xudolariga sig‘inish ham yoyila boshlagan. Masalan, Kichik Osiyoda keng tarqalgan Kibelaga, qadimgi misrliklarning bosh xudolari Osiris va Isidaga, eronliklarning asosiy xudolaridan biri - Mitraga e’tiqod qilganlar.
Rimliklarda xudolar va ma’budalarga e’tiqod shu darajada kuchli bо‘lganki, ular „xudolarning” biror-bir maslahatisiz hech bir ishga qо‘l urmaganlar. Rimliklar xudolarni madh etuvchi duolar bexato va juda aniq о‘qilganda, qurbonlik qilish urf-odatlari mukammal va bekamu-kо‘st bajarilganda xudolar sig‘inuvchilarning iltijolarini hech ham qaytarmaydilar, deb о‘ylaganlar.
Milodning 60-yillariga kelib, yakka xudolik tо‘g‘risidagi fikrlar rim saltanati hududlarida asta-sekin tarqala boshlaydi. Rimliklarning kо‘p xudolikka asoslangan dini kishilarda shubha uyg‘ota boshlaydi. Ularning tafakkurida о‘zgarishlar yuz berib, kо‘p xudolikka shubha bilan qaray boshlaydilar. Ayniqsa, jabr-zulumning kundan kunga oshib borishi kishilarda inson taqdirinigina emas, balki tabiatning har bir hodisasiga hukmronlik qiluvchi xudolarga bо‘lgan ishonchini susaytira boradi.
Milodning 60 yillariga kelib, Rim imperiyasi og‘ir siyosiy tanazzulni boshdan kechiradi. Ayniqsa, Rim imperiyasining yaxudiylar yashaydigan hududlarida ijtimoiy-siyosiy holat yanada keskinlashadi. Bu davrda yahudiylar orasida xudo Yaxve qiynalganlarni qutqaruvchi xaloskor (missiya) yuboradi, degan umid bilan tо‘la mish-mishlar tarqaladi.
Aslida, xristianlikning vujudga kelishida qadimgi yunonlarning ma’naviy-diniy qarashlari muhim ahamiyat kasb etgan. Mil.avv. VII asrda vujudga kelgan yunon materialistik falsafasi Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari madh etilgan kо‘p xudolikni parchalab tashlagan edi. Bu esa, kо‘p xudolik о‘rniga yakka xudolik tо‘g‘risidagi ta’limotning vujudga kelishiga asos soladi. Aynan, qadimgi yunon faslafasidan kuch olgan Lukretsiy barcha narsalarning yagona moddiy asosi mavjudligi tо‘g‘risidagi g‘oyasi orqali kishilarning tafakkurida о‘zgarish - haqiqatdan ham barcha narsalarning asosida yagona qudratli kuch mavjud emasmikin, degan fikrning vujudga kelishiga ta’sir kо‘rsatadi.
Xullas, yunon va rim falsafiy ta’limotlari va dinlari tizimi xristianlikning vujudga kelishi uchun zamin yaratadi. Bu esa, rim saltana-tiga kiruvchi aholining xristianlikni qabul qilishlari uchun zarur bо‘lgan muhitni yaratib bergan edi.
Milodiy I asrining oxiriga kelib Kichik Osiyoning g‘arbiy kirg‘oqla-ridagi shaharlarda va Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida xudo Yaxve va’da qilgan missiya (xudoning maxsus vakili - grekcha ,,Xristos”) kelibdi degan, xushxabar tarqaladi va bunga ishongan kishilar guruhi paydo bо‘ladi.
Keyinchalik xudo yuborgan vakilni Iyerusalim kohinlari xochga mixlab qatl qilganmish, sо‘ngra u uch kundan keyin tirilib arshi - a’loga chiqib ketganmish, u xudoga aylanibdi, mahshar kuni - qiyomat-qoyimda yana qaytib kelib, adolatni tiklarmish, о‘lganlarni qayta tiriltirib, zolimlarni jazolarmish, degan mish-mishlar tez tarqala boshlaydi. Milodning 30 yillariga kelib voizlik qilib yurgan ,,xudo farzandi” Iusis Xristos (Iso payg‘ambar) tо‘g‘risidagi qissalar” paydo bо‘ladi. Shunday qilib, Rim imperiyasi hududlarida yangi din - xristianlik dini yoyila boradi.
Xristianlikning asosiy mazmunini - xudoning о‘g‘li, afsonaviy xudo odam Iso Masih (Iusis Xristos) ning samodan yerga tushib, odamlarni dastlabki gunohdan halos qilish uchun qiynoqlarga va о‘limga rozi bо‘lganligi, yana tirilib, osmonga kо‘tarilib ketganligi haqidagi ta’limot tashkil qiladi.
Xristianlik ta’limotiga kо‘ra, kelajakda Isoning ikkinchi marta qaytib kelishi va tiriklar-u о‘liklarni sud qilishi kutiladi. Iso muxlislariga Iso о‘gitlariga va uning vasiyatlariga amal qilish, hayot mashaqqatlariga Iso kabi bardosh berish zarurligi, uning evaziga kelajakda narigi dunyoda ajr (mukofot)ga erishajaklari fikri singdirilgan.
Xristosga dastlab qullar, qullikdan ozod bо‘lganlar, mayda hunar-mandlar va mayda savdogarlar e’tiqod qilganlar.
Rim imperatori Konstantin 313 yili diniy-e’tiqodlar erkinligi tо‘g‘risida edikt (qonun) chiqarib xristian dinni davlat diniga (324 yili) aylantiradi. Milodning IV asrida xristianlik keng tarqalgan bо‘lsa-da qadimgi madaniyat va mafkura sо‘nggi Rim imperiyasining madaniy va siyosiy hayotiga kuchli ta’sir kо‘rsatishda davom etadi.
Lekin rimliklar qadimgi diniy e’tiqod bilan chambarchas bog‘liq bо‘lgan azaliy muqaddas diniy tushuncha elementlaridan ham voz kecha olmaganlar. Masalan, qadimgi rimliklar tasavvurida “gloriya” – shon-sharaf, “viktoriya” – g‘alaba, “konkordiya” – bitishuv, ya’ni hamkorlik, “virtus” – jasurlik singari insoniy fazilatlarni ham mо‘tabar deb ilohiylashtirish qoldiqlari uzoq davrlargacha saqlanib qolgan.
Rim davlatining harbiy qudratining oshib borishi va ulug‘ bir davlatga aylanishi jamiyat hayoti, shu jumladan, falsafa, notiqlik, san’at va adabiyotning rivojlanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatmay qolmadi. Hokimiyat tepasiga kelgan aristokratlar о‘z mavqelarini mustahkamlash maqsadida о‘z manfaatlarini himoya qiluvchi yangi mafkurani yaratishga intiladi va qadimgi yunon davlatchiligini mustahkamlashda muhim rol о‘ynagan yunon falsafasiga murojaat qiladilar. Natijada hukmron sinf vakillarining manfaatlarini himoya qiluvchi mafkuraviy ta’limotlar vujudga kela boradi.
Agar qadimgi Rimning sof falsafiy ta’limotlariga e’tibor bersak, qadimgi yunon faylasuflari Demokrit va Epikurlarning atomistik nazariyasini о‘rganish va rivojlantirish boshqa falsafiy ta’limotlarga nisbatan ancha yaqqol kо‘zga tashlanadi. Qadimgi yunon falsafasidagi atomistik nazariyani Rimlik shoir va faylasuf Tit Lukretsiy Kar (mil.avv.99-55 yillar) о‘zining 6 bobdan iborat „Buyumlarning xosiyati” nomli asarida yanada rivojlantiradi.
U о‘z poemasida Demokrit va Epikur falsafasini lotin tiliga she’riy uslubda bayon qilib beradi. Lekin bu ta’limotni oddiy ta’riflab bermaydi, balki dunyoningtuzilishi haqidagi atomistik nazariyaga tо‘xtalish bilan birga falsafaning boshqa masalalarini ham qamrab olishga harakat qiladi.
Lukretsiy о‘z poemasida butun borliqning faqatgina atomlar va bepoyon bо‘shliqdan iboratligi, mangu atomlar hech qachon butunlay yо‘qolib ketmasligi va yangitdan paydo bо‘lmasligi, atomning betо‘xtov xarakat qilishi natijasida murakkab moddalarning paydo bо‘lishi, tabiat muttasil о‘zgarib yangidan-yangi dunyolarning vujudga kelishi, bizning kо‘zimiz kо‘rib turgan kosmik tizimdan, ya’ni yer, quyosh, oy va sayyoralar-u behisob yulduz-lardan tashqari bepoyon fazoda yana boshqa son-sanoqsiz quyosh tizimlari ham mavjudligi, koinotda rо‘y berib turadigan barcha hodisalar о‘z ichki qonuni-yatlari asosida rо‘y berishini ta’kidlab о‘tadi.
Shuningdek asarda ruh va jon masalalariga insonning о‘z sezgilari orqali obyektiv dunyo va uning voqealarini bilib olishi mumkinligiga, yerning paydo bо‘lishi, hayotning tug‘ilishi masalalariga tо‘xtalib о‘tadi. Uningcha, tabiat tarixining dastlabki bosqichlarida paydo bо‘lgan jonivorlarning ba’zi birlari hayotning og‘ir sharoitlariga dosh beraolmasdan halok bо‘lgan, faqatgina baquvvatlari va chidamlilarigina tirik qolgan. Ongli mavjudot hisoblangan insongina barcha jonivorlardan keyin dunyoga kelgan. Dastlabki odamlar о‘zlarining hozirgi avlodlari singari barkamol bо‘lmaganlar, qonun-qoida, oilaning nimaligini bilmagan, hayvonlar singari о‘z holicha hayot kechirganlar, tabiatning hodisalari va о‘zlaridan kuchliroq bо‘lgan hayvonlardan о‘zlarini himoya qila olmaganlar.
Lukritsiy qadimgi yunon faylasufi Epikur (mil.avv. 341-270y)ning axloqiy qarashlariga asoslangan holda о‘zning axloqiy ta’limotini yaratadi. U insonning mukammal bilimga ega emasligini о‘lim va xudo oldidagi qо‘rquviga bog‘liq deb hisoblaydi.
U jamiyat hayotini evolyusion (sifatiy о‘zgarishlar) jarayonlardan iborat deb hisoblaydi. Uningcha, ibtidoiy odamlarni tabiiy ehtiyojlar – boshpanaga, olovga, kiyim-kechakka bо‘lgan ehtiyojlar birlashtirgan. Natijada, ular dastlab birgalikda ov qilishga, sо‘ngra esa mehnat qilishga majbur bо‘lganlar. Aynan, ibtidoiy odamlarning birgalikda faoliyat kо‘rsatishi tilning, davlat va huquqning vujudga kelishiga sabab bо‘lgan. Vaqtlar о‘tishi bilan oila paydo bо‘lgan, olovdan foydalanish vujudga kelgan. Natijada odamlarning turmushi yengillasha borib, birgalikda kun kechirishga majbur bо‘lganlar.
Qadimgi rim ma’naviy madaniyatining asosiy xususiyatlaridan biri – Iusis Xristos vujudidan joy olgan ma’naviy yetuklik g‘oyasining talqin etilishi g‘oyasining ilgari surilishi edi. Mazkur masala, Aleksandriya maktabi vakili Kliment Aleksandriyskiy (150-215) “Rimliklarga vasiyat” nomli asarida talqin qilib beriladi. Uningcha, insonning buyukligi, ya’ni yuksak ma’naviy qiyofaga ega bо‘lishi, uning xudoga qanchalik darajada xizmat qishidadir.
Xristianlik cherkovining kо‘zga kо‘ringan vakili – ilohiyotchi va faylasuf Avreliy Avgustin (z54-430) xudoning birlamchi va boshlang‘ich tamoyilidan kelib chiqib, u jon tandan ustun, iroda va sezgi aqldan yuksak deb hisoblaydi. Uningcha, xudo va ilohiy muhabbatni anglash – inson ruhining yagona mavqsadi, yagona qadriyatidir. Ma’naviy hayotning asosi aql emas, irodadir. Dunyo ilohiy yaratish kabi ahamiyatga ega emas, u faqat sharpadir. Xudosiz hech narsani qilish ham, hech narsani bilish ham mumkin emas. E’tiqod va aql bir-birini tо‘ldiradi. E’tiqod qilish uchun avvalo aqlli bо‘lish zarurligini ta’kidlaydi.
Unigcha, xudo tomonidan yaratilgan dunyoda yaxshilikning bо‘lmasligi mumkin emas. Ikkinchi tomondan esa yomonlik mavjudligi shubhasizdir. Xudo dunyoni yaxshilik manbai qilib yaratgan, lekin uni yovuz iroda zaharlagan. Mutlaq yomonlik yо‘q, mutlaq yaxshilik bor. Hech qanday yaxshi ishlar qilinmayotgan yerda yomonlik yuzaga keladi, yomonlik – oliy maqsadlardan yuz о‘girish, kibr-havodir.
Qadimgi Rim ma’naviy madaniyatining asosiy elementlaridan biri hisoblangan adabiyot birinchi navbatda qadimgi italiy qabilalari xalq og‘zaki ijodi namunalari, asosida, ikkinchi navbatda esa qadimgi yunon adabiyotining ta’siri ostida shakllangan. Kо‘pgina Rim adiblarining asarlarida qadimgi yunon shoirlari va dramaturglarining ta’siri sezilib turadi.
Qadimgi rimliklar qadimgi Gretsiya va ellinistik davlatlarni bosib olganlaridan sо‘ng, serhasham binolar qurishga alohida e’tibor bera boshlaydilar.
Rim imperiyasining birinchi imperatori hisoblangan Oktavian Avgust hukmronligi davri (mil.avv. 27 yili va mil. 14-yillari)da Rim davlatining ,,oltin davri”hisoblanadi. Bu davrda me’morchilik rivoj-lanib, shaharsozlik avj olgan. Jamoat va ma’muriy binolar kо‘plab qurilgan.
Bu davrda imperator Avgust tomonidan „Tinchlik mehrobi”, ,,Avgust maqbarasi”, lashkarboshi Agrippa tomonidan qadimgi rimliklarning barcha xudolariga atab qurilgan ibodatxona-panteon quriladi.
Qadimgi Rimdagi eng ulkan binolardan biri Kollizey amfiteatri hisoblangan. Kollezeyning asosi 188x16 metr bо‘lgan.
Devorlarning balandpigi esa, 48,5 metr bо‘lgan. Gladiatorlarning
jangi uchun mо‘ljallangan bu bino о‘ziga 55 ming tomoshabinni sig‘dira olgan.
Qadimgi Rimda obodanchilik ishlariga alohida e’tibor berilgan
Jamoat bog‘lari bunyod etila boshlangan. Bu bog‘lar atrofiga esa, hammom-
lar qurilgan. Ulkan suv saroylari qurilishiga ham alohida e’tibor berilgan bо‘lib, saroyda issiq suv va sovuq suv tо‘ldirilgan hovuzlar, gimanstika zallari va kutubxonlar bо‘lgan.
Milodning 211-216 yillarida imperator Karakalla tomonidan qurilgan suv saroyi о‘zining mozaika va devoriy suratlari, haykalar va amaliy san’at namunalari bilan bezatilishiga kо‘ra, kishilarni hayratlantirgan. Mazkur suv saroyi 11 gektar yerni egallagan.
Bundan tashqari qadimgi Rimliklar yо‘l qurilishi sohasiga ham alohida e’tibor berganlar. Yо‘llarning yoqalarida ariqlar qazilgan. Har ming qadam (miliya)da yо‘l bо‘yiga aholi yashaydigan shahar va qishloqlarga qancha masofa qolganligini kо‘rsatuvchi belgilar о‘rnatilgan. Yо‘llarga tosh yotqizilgan. Yо‘l qurilishining rivojlanishi natijasida milodning II asriga kelib, Rim imperiyasida jami 80 ming kilometrga chо‘zilgan 371 tosh yotqizilgan yо‘llar mavjud bо‘lgan. Italiyaning asosiy yо‘llari Rimdagi forum (markaziy maydon)dan boshlangan. Shaharning asosiy kо‘chalariga haykallar va dekorativ bezakli ustunlar о‘rnatilgan.
Qadimgi Rimda turli xil mahobatli binolar – sirk, teatr va amfiteatr binolarini qurish avj ola borgan. Bayramlarda bu binolarda turli xil spektalkllar, tomoshlar, shuningdek, gladiatorlar janglari tashkil etilgan.
Qadimgi Rim haykaltaroshligining rivojida dastlab etrusk haykaltaroshligining ta’siri benihoya katta bо‘lgan. Mil.avv. II asrdan boshlab Rimga Sitsiliyadan, Gretsiya va Kichik Osiyodan kо‘plab haykallar keltirilgan. Keyinchalik esa, rim haykaltaroshlari qadimgi yunon haykaltaroshlariga taqlid qilishib, kо‘plab haykallar yarata boshlaganlar. Dastlab haykaltaroshlikning portret janri rivojlangan . Chunki Rim zadoganlari о‘rtasida о‘z uylariga avlod-ajdodlarining portret – haykallarini qо‘yish odatga aylangan. Shuningdek, Rim forumiga, maydon va kо‘chalarga mashhur lashkarboshi va siyosiy arboblarning ham haykallari о‘rnatila boshlangan.
Rimliklar tasviriy san’at va haykaltaroshlikda nafaqat qadimgi etrusklar, shuningdek yunonlarning mashhur tasviriy san’ati va haykaltaroshigidan andoza olganlar.
Haykaltaroshlik san’atida asosiy e’tibor portret janriga qaratilgan. Boy-badavlat kishilar о‘z ajdodlarining ruhini shod qilish maqsadida ularning portret – haykallarini о‘zlarining saroylari yо‘laklariga, xonalari, va hatto, hovlidagi kichik maydonchalariga, о‘z ajdodlarining sag‘analariga о‘rnattira boshlaganlar. Rim forumiga, boshqa maydon va kо‘chalarga lashkar boshilari va siysiy arboblarning haykallarini qо‘ya boshlaganlar.
Qadimgi Rim teatr san’ati ham yunon teatr san’ati ta’siri nati-jasida rivojlanadi. Rim imperatori Pompey qadimgi Gretsiya teatrlari bilan tanishadi va Rimga qaytgach, teatrlar qurdira boshlaydi. Miloddan avvalgi 55-yilda Rimdagi birinch teatr binosini ham imperator Pompey qurdiradi. Asrning oxiriga kelib, Rim imperiyasining kо‘plab boshqa hududlarida ham teatrlar qurila boshlangan.
Rim teatrlarida grek va rim dramaturglarining asarlari sahnalashtirila boshlanadi. Rim teatri vakillari grek teatrining tayyor uslublari va elementlaridan foydalana boshlaydilar. Shuningdek, Rim teatrlarida Gretsiya teatrlaridagi singari kо‘plab xalq marosimlari va bayramlarining an’anaviy saqlanib qolinadi.
Rim teatrlari rivojida juda ham sodda kо‘rinishdagi tomosha-saturalar (lot.,,satura”sо‘zi- „aralash” degan ma’noni anglatib, dialog, mimika, musiqa va raqslarning aralashmasi demakdir) muhim rol о‘ynagan.
Saturalar aslida etrusk qabilalarining diniy marosimlaridagi asosiy elementlardan biri bо‘lgan va fleyta jо‘rligida ijro etiladigan hazil dialog hisoblangan.
Mil.avv.III asr о‘rtalariga kelib, rimliklar qadimgi yunon dramatur-giyasidan keng kо‘lamda foydalana boshlaydilar. Ular qadimgi yunon drama-turglarining asarlarini lotin tiliga tarjima qilishib sahnalashtira boshlaganlar.
Mil.avv.I asrga kelib tragediya va komediyalarni professional aktyor (,,aktyor”sо‘zi lotincha sо‘z bо‘lib, „ijrochi”, „harakatlanuvchi”, „qatnashchi” kabi ma’nolarni anglatgan)lar ijro eta boshlaganlar.
Lekin rimliklarning eng sevimli tomoshasi gladiatorlar jangi bо‘lib qolavergan. Gladiatorlar - (lot. „Gladius” sо‘zidan olingan bо‘lib,,,qilich” degan ma’noni anglatadi) qullar yoki jinoyatchilardan iborat qilichbozlar bо‘lib, Rimning boy-badavlat kishilari ularni tanlab olishib maxsus maktab-qamoqxonalarda nayza, qilich, xanjar va qо‘l jangi qilishga о‘rgatganlar.
Gladiatorlarning jang qilishlari uchun maxsus tomosha joyi- amfiteatrlar qurilgan. Bayram kunlari gladiatorlarning yakkama-yakka olishuvlari yoki butun boshli gladiatorlar otryadlarining о‘zaro janglari tomosha qilingan. Gladiatorlardan biri albatta ikkinchisini о‘ldirishi shart bо‘lgan. Yengilgan gladiatorning taqdiri tomoshabin qо‘lida bо‘lgan. Ularning hohishiga qarab yo omon qoldirgan, yoki о‘ldirilgan. G‘olib gladiator yana qamoq-maktabga qaytarilgan va keyingi jangga tayyorlangan.
Imperator Avgustning buyrug‘i bilan Rim atrofida qullar tomonidan maxsus kо‘lning qazdirilganligi va bu kо‘lda vaqti-vaqti bilan kemalar jangi uyushtirilganligi ham gladiatorlar jangiga e’tibor qanday bо‘lganligini kо‘rsatadi. Ana shunday kо‘l ustidagi janglardan biri 30 ta yirik va kо‘plab kichik kemalarga joylangan 3 ming gladiatorlarning janglari uyushtirilgan.
Gladiatorlar nafaqat о‘zaro bir-birlari bilan jang qilganlar, balki yirtqich hayvonlar bilan ham yakkama-yakka jang qilganlar. Masalan, imperator Trayanning dak(shimoliy frakiyalik qabila)lar ustidan erishgan g‘alabasi sharafiga о‘tkazilgan 123 kunlik bayramda 10 ming gladiator 11 ming yirtqich hayvonga qarshi qо‘yilgan.
Umuman olganda, qadimgi rimliklar sirk о‘yinlari, gladiatorlar jangi, ot va jang aravalari poygalari kabi tomoshalarga о‘ch bо‘lganlar.
Qadimgi rimlar uchun har yili dekabr oyida nishonlanadigan Saturialiya bayrami о‘ta mо‘tabra bayram hisoblangan.Mazkur bayram Saturn ma’budiga atalib о‘tkaziladigan bayram bо‘lib, u karnaval bilan boshlangan, bayram vaqtida tabaqaviy farqlarga rioya qilingan. Kambag‘allarga sadaqalar berilgan, bir- birlariga о‘zaro tuhfalar ulashganlar.
Luperkaliya bayrami esa, chorva homiysi ma’bud Favkaga atab, qadim-gi hosildorlik sehrgarligi bilan bog‘liq bayram bо‘lgan. Bu bayramni har yili fevral oyida о‘tkazishgan. Shu kuni hammani qamchi bilan sekin urib chiqqanlar. Qamchi febritsa deb nomlangan. Aynan ana shu bayram hurmati fabritsa sо‘zidan fevral oyi nomi kelib chiqqan.
Vinaliy bayrami – Yupiterga bag‘ishlangan bayram bо‘lib, yilda ikki marta - aprel va avgust oylarida nishonlangan. Vestaliy – ma’buda Vestaga bag‘ishlab о‘tkazilgan. Kvinkvatrin bayrami – donishmandlik ma’budasi, hunarmandchilik va san’at homiysi Minervaga bag‘ishlab nishonlangan. Konsualiy bayrami – о‘rim-yig‘i bayrami bо‘lib, avgust oyida nishonlangan.
Keyinchalik cherkov bayramlari majusiylarning xudolariga sig‘iniladigan kunlarda о‘tkaziladigan 25dekabr kuni (Mitraning tug‘ilgan kuni sifatida nishonlanadigan bayram) 354 yildan boshlab Iusisning tug‘ilgan kuni (Rojdestvo kuni) sifatida bayram qilina boshlangan.
Mifologiya sohasida Rim bilan bog‘liq miflar, chunonchi, “Rim dunyo markazi”, “Rim -doimiy shahar”, “Rimning dunyo ustidan hukmronlik qilishi” singari g‘oyalar alohida о‘rin tutgan.
Xulosa qlib aytganda, qadimgi rim madaniyati antik davr madaniyati-ning bir qismi hisoblanib, keyingi davr Yevropa xalqlari madaniy hayotining rivojlanishiga kuchli ta’sir kо‘rsatgan. Rim davlatining kuchayishi va kо‘plab hududlarni istilo qilishi eng avvalo lotin tili va italiy xalqlari urf-odatlarining keng tarqalishiga olib kelgan.
Ikkinchidan, Rim imperiyasi tarkibiga kirgan kо‘plab shaharlarda Rim arxitekturasi asosida mahobatli ibodatxonalar, teatrlar, saroylar, amfiteatrlar, sirklar va boshqa kо‘plab me’moriy yodgorliklar qurila boshlangan.
Uchinchidan, lotin tilining keng kо‘lamda yoyilishi natijasida italyan. fransuz, rumin va boshqa zamonaviy tillar yanada boyib borgan. Shuningdek, boshqa Yevropa tillariga turli xil atamalar kirib borgan. Uzoq vaqtgacha lotin tili fan tili hisoblanib kelingan. Yevropaning barcha ma’lumotli kishilari lotin tilida sо‘zlashganlar va yozganlar. Hozirgi paytda ham minerallar, о‘simlik va hayvonlarga fanda lotin tilida nom beriladi. Kasalliklar va dori-darmonlar ham lotincha nom bilan yuritilgan.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling