Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Download 1.76 Mb.
bet49/62
Sana24.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1226415
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   62
Bog'liq
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdullayev N. San’at tarixi. Toshkent. San’at. 2001 yil.
2.Abdurahmonov M., N.Rahmonov. Madaniyatshunoslik. О‘quv qо‘llanma. 2011 yil.
3.Gorelov, A.A. Istoriya mirovoy kulturi: uchebnoye posobiye. M.: Flinta, 2016.
4. Dobroxotov, A.L. KulturologiY. M.: Forum, 2010.
Drach, G.V. KulturologiY. Uchebnoye posobiye. - SPb.: Piter, 2013. - 384 s.
5.Istoriya Zarubejnogo teatra. M.Prosvesheniye.1971.
Istoriya mirovoy kulturi. Spravochnik shkolnika. M., 1997.
6.Ergashev SH.Qadimgi sivilizatsiyalar. Toshkent. O”ZBEKISTON/ 2016 yil,
7.Qayumov O. Chet el adabiyoti tarixi. Toshkent. О‘qituvchi. 1979.
8. Qosimov A. Xо‘jayev S. Jahon adabiyoti: Antik davrdan XVII asrgacha. – Farg‘ona, 2016.


Nazorat uchun savollar.
1.Nima sababdan О‘rta asr Yevropa mamlakatlari ma’naviy hayoti din ta’siriga tushib qolgan?
2.О‘rta asr Yevropasida necha xil о‘quv maskanlari mavjud bо‘lgan?
3.Qaysi mavzular О‘rta asr Yevropasi teatr san’atining asosiy mavzusi hisoblangan?
4.Nima uchun о‘rta asr kishilarining dunyoqarashini diniy aqidalar qamrab olgan?
5.О‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropa tasviriy san’ati qaysi mavzularni qamrab olgan?
6.G‘arbiy Yevropaning arxitektura yodgorliklari qaysi uslubda yaratilgan?
7.Vizantiya san’ati qaysi mavzularga bag‘ishlangan?
8.Vizantiya san’ati qaysi jihati bilan antik davr san’atidan ajralib turgan?
9.IX-XIII asrlarda G‘arbiy Yevropa arxitekturasi asosan qaysi uslublar asosida bunyod etilgan?
10.О‘rta asrlarda Yevropada qanday yangi shaharlar paydo bо‘lgan?


23-mavzu.Yevropa Uyg‘onish davri madaniyati va san’ati.(2 soat)
Reja:
1.“Renessans” tushunchasi.
2.Yevropa Renessansining vujudga kelishiga ta’sir kо‘rsatgan omillar.
3.Yevropa Uyg‘onish davri ilm-fani taraqqiyoti.
4.Yevropa Uyg‘onish davri san’ati.
ikkita yirik voqea Yevropada sodir bо‘ldi: reformatsiya deb nomlangan diniy inqilob yuz berib, nasroniylar Papaning diniy hokimiyatiga qarshi isyon kо‘tarish bilan e’tiqod va ibodat erkinligi uchun kurashdilar. Ular Rim papasi rahbarligidagi katolik cherkovi bilan aloqalarini uzarkanlar, hamma yerda о‘z cherkovlarini bunyod etib, ular о‘zlarini protestantlar, deb atay boshladilar.
XV asr oxiriga kelib G‘arbiy Yevropada shunday madaniy jarayon sodir bо‘ldiki, mazkur jarayon g‘arbliklar tafakkurida yangicha dunyoqarash, yangicha iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va о‘zgacha madaniy-ma’naviy munosabatlarning vujudga kelishiga, insoniyat tomonidan yaratilgan qadimiy ilm-fanni, diniy e’tiqodni qaytadan kо‘rib chiqishga rag‘bat uyg‘otdi. Bu harakat shunday harakatga aylandiki, insoniyat tarixi buningdek jarayonga duch kelmagan edi. Bu harakat shunday harakat tusini oldiki, gо‘yo kishilar qattiq uyquga ketganlaru, vaqt о‘tib qayta uyg‘ongandek taassurot qoldirgandi. Mazkur jarayonga shu darajada qiziqish kuchaydiki, bu harakat rennesans yoki fanda uyg‘onish nomini oldi.
Dastlab portugaliyaliklar tomonidan yangi qit’a – Amerika qit’asi kashf qilindi. Keyinroq ispanlar, ular ketidan esa inglizlar dunyoni kashf etish maqsadida butun yer kurrasi bо‘ylab izg‘idilar. Bularning hammasi yevropaliklarning о‘zlariga ishonchini oshirib, dunyoqarashlarini kengaytirdi. Osiyo va Amerikada istilochilikni avj oldirdirishib, qudratli harbiy-dengiz kuchlariga ham ega bо‘ldilar.
Uyg‘onish davri antik yoki о‘rta asrlarga nisbatan ancha qisqa muddat davom etgan bо‘lsa-da, fan va madaniyatda ulkan yutuqlarga ega bо‘ldilar, keyinchalik insoniyat bu jarayonni alohida bir bosqich sifatida e’tirof etdilar.
Uyg‘onish davri - bu eng avvalo ijtimoiy taraqqiyotda ishlab chiqarish
munosabatlarining ham, ma’naviy hayotning ham yangi bosqichga о‘tish davridir, ya’ni eski ishlab chiqarish munosabatlari va ma’naviy hayotning yangisiga о‘tishdir.
“Uyg‘onish davri madaniyati” tushunchasi bizningcha, birinchidan muayiyan millat yoki xalqning ma’naviy maxdudlikdan ozod bо‘la borishi, milliy qobiqdan chiqib dastlab hududiy, sо‘ngra, umumjahon ma’naviyatiga ta’sir kо‘rsata borishi, ikkinchidan, tanazzulga yuz tutgan yoki boshqa kuchliroq xalqlar ma’naviyati tazyiqiga uchragan, tarix sahnasidan tushib ketishga mahkum etilgan millat, elat yoki xalqning milliy madaniyatini qaytadan jonlashtirish, tiklash rivojlantirish va yuksak darajaga kо‘tarilishini anglatadi.
Agar, “Uyg‘onish” davrlari madaniyatiga xos bо‘lgan umum mushtarak tomonlarga e’tibor bilan qarasak, mazkur davr, birinchidan, Sharq va G‘arb uyg‘onish davrlari madaniy taraqqiyoti boshida о‘sha davr hukmdorlarining
о‘zlari turganliklari va madaniy jarayonning rivojlanishiga imkoniyat
yaratib berganliklarini anglab yetamiz. Masalan Sharq uyg‘onishi davri (IX
XII asrlar) madaniyati rivojlangan paytda о‘sha davrning hukmdorlari - xalifa Xorun ar-Rashid, uning о‘g‘li Ma’mun, Somoniylar, Qoraxoniylar va boshqa sulolalarning vakillari mazkur jarayonning boshida turganlar. Ular islomning mustahkamlanishiga, ma’rifatning tarqalishiga, turli xil fan sohalarining rivojlanishiga boshchilik qilganlar. О‘zlarining poytaxtlariga о‘sha davrning kо‘zga kо‘ringan olimlari, fiqhshunoslari, muhaddislari, tarixchilari shoirlari, me’morlari, san’atkorlarini tо‘playdilar. Maxsus ilm markazlari, kutubxonalar, madrasalar barpo etadilar, ularni mablag‘ bilan ta’minlab turadilar. Shu boisdan ham IX asrdan boshlab ilm-fan, adabiyot va san’at, me’morlik va teologiya yuksak darajada rivojlana boshlaydi.
О‘z navbatida G‘arb Uyg‘onish davri madaniy taraqqiyoti boshida ham о‘sha davrning boy-badavlat kishilari - Florensiyada shaharning eng boy-badavlat kishisi, bankir Kozima Medichi, sо‘ngra uning nevarasi Lerendo turgan. Kozimo Medichi Florensiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini boshqarishni о‘z qо‘liga oladi. О‘z atrofiga mashhur olimlar, san’at-korlarni tо‘playdi, ularni ish bilan ta’minlaydi, ularga homiylik qiladi. Natijada Florensiya XV asr davomida Italiyaning madaniy jihatdan eng yuksalgan, Uyg‘onish davri san’atining vataniga aylanadi. Bu yerda antik dunyo san’ati yodgorliklarini о‘zida mujassamlashtirgan birinchi badiiy muzey tashkil etiladi. Falsafa akademiyasi, haykaltaroshlik, tasviriy san’at ustaxonalari tashkil etiladi.
G‘arb Uyg‘onish davri madaniyatining yana bir muhim xususiyati - turli fan sohalarida demokratik jarayonning rо‘y berganligidir. О‘sha davrning buyuk siymolari - ilm-fan fidoyilari millati, diniy e’tiqodlari qanaqa bо‘lishidan qat’iy nazar, yagona maqsad - fanlarni rivojlantirish uchun kurash olib boradilar.
Bu davrning donishmandlari insonning о‘ziga, atrof-muhitga, о‘tmish madaniy merosiga bо‘lgan munosabatlarini о‘zgartirishga alohida e’tibor beradilar. Inson, uning taqdiri, kelajagi, orzu- umidlari, his-tuyg‘ulari fan va san’atning asosiy mavzusiga aylanadi. Madaniy va ma’naviy ta’sir real insonga qaratiladi. Natijada kishilarning dunyoqarashi, о‘tmishga bо‘lgan bahosi, axloqiy va estetik qarashlari о‘zgara boshlaydi.
Umuman olganda, Uyg‘onish davri madaniy taraqqiyotining eng muhim xususiyati - ijtimoiy ma’naviy taraqqiyotda muayyan etnik birliklarning milliy madaniyatni, milliy qadriyatlarni qayta tiklash va yuksaltirishga bо‘lgan yuqori darajadagi bunyodkorlik intilishlari bilan xarakterlanadi.
Bizningcha, Sharq va G‘arb uyg‘onish davrlari madaniyatlarining bir-biridan farqlanib turadigan jihati mavjud bо‘lib, Sharq Uyg‘onish davrida asosiy e’tibor inson ma’naviyatini yuksaltirishga, uning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bо‘lsa, G‘arb Uyg‘onish davrida inson moddiy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish alohida vazifa qilib qо‘yilgan.
XV asr oxiri va XVI asr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida
feodalizm yemirilib, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi. Bu davrni odatda Renessans yoki Uyg‘onish davri deb ataydilar. Madaniyat tarixida Renessans nomi bilan yuritiladigan bu harakat dastlab Italiyada yuzaga kelib va kо‘p о‘tmay Yevropaning qolgan mamlakatlariga ham tarqala boshlaydi.
,,Renessans”(Uyg‘onish)terminini birinchi bо‘lib italyan gumanist
lari, xususan, rassom va san’atshunos J.Vazari (1511-1574) tomonidan muomalaga kiritilgan. J.Vazari mazkur atamani Italiyada san’at о‘rta asrdan sо‘ng yana qaytadan «uyg‘onganligi» sababli ishlatgan va asosan, rassom Jotto ijodiga nisbatan qо‘llangan edi. “Uyg‘onish” atamasi ruscha “Vozrojdeniye”, italyancha “Chinkvichento”, о‘zbekcha “Uyg‘onish” nomi bilan yuritiladi.
Shuningdek, “Renessans” badiiy uslub hamdir. Fanda esa bu atama XVIII asrlardan boshlab ishlatila boshlangan. Bu atama shu davr madaniy yuksalishining ijtimoiy- iqtisodiy mohiyatini ochib berolmaydi va yangi madaniyatning mazmunini faqat antik merosni ,,tiril-tirish”bilan cheklab qо‘yadi.
Yevropada Uyg‘onish harakatining ilk vatani Italiyadir. XVI asrning ikkinchi choragidanoq Italiyada kapitalistik sanoatning dastlabki shakli manifaktura yuzaga keladi. О‘rta yer dengizi sohillarida joylashgan va о‘sha davrda ilg‘or mamlakat hisoblangan Italiya Sharq bilan G‘arb о‘rtasidagi savdo aloqalarining rivojlanishda muhim rol о‘ynaydi. Shu sababli Italiya shaharlari tez о‘sib, feodal hukmronlari ta’siridan ham ozod bо‘la boshlaydi. Mustaqillikka erishgan shahar-davlatlarda respublikachilik tartiblari hukmron edi. Bu esa jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotning ildamlab ketishiga va gullab yashnashiga turtki bо‘ldi. Italiyaning Venetsiya va Genuya shaharlari savdo bilan shuhrat qozonadi. Bu yerda jun va ipakchilik sanoati avj oladi. Ishchilar bir korxonaga birlashtiriladi va ularni ekspluatatsiya qilish kuchayadi. Binobarin, u davr dastlabki kapital tо‘plash davri edi.
“Renessans” atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-ma’naviy yuksalishga nisbatan qо‘llanilgan va uni о‘rta asrchilik turg‘unligidan yangi davrga о‘tish bosqichi deb baholaganlar.
Yevropa uyg‘onish davri о‘zining quyidagi alomatlari bilan, birinchidan, tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizmni, jaholat va mutaassiblikni yorib о‘tib, insonni qadrlash, uning iste’dodi, aqliy-ijodiy qobilyatlarni yuzaga chiqarishi, ikkinchidan, antik davr (yunon-rim) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitishga qaratilgan harakati bilan, uchinchidan, cherkov sxolastika (diniy aqidalarga falsafiy nuqtai nazardan yondoshuv)sidan qutulib, adabiyotda va san’atda dunyoviy gо‘zallik, inson erki, hurfikrlilik uchun kurashi bilan boshqa davrlar madaniyatidan ajralib turadi.
Buning natijasi о‘laroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulug‘vor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, dunyoviy ilm -fanlar rivojlandi. Italiyada shoirlar F.Petrarka, A.Dante, rassom B.Jotto, adib va mutafakkirlar J.Bokkachcho, L.Ariosto, J.Tasso Renessans g‘oyalarining jarchilari bо‘lib maydonga chiqdilar. Keyinchalik B.Mikelanjelo, S.Rafael, V.Shekspir, M.Servantes kabi gumanist allomalar Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar.
Uyg‘onish davri vakillari о‘z oldilariga miloddan avvalgi grek va rim madaniyati, falsafiy qarashlari, fanlari yutuqlarini qayta tiklash, qayta tiriltirishni maqsad qilib qо‘ysalar-da, amalda esa batamom yangi yо‘nalish – fan va madaniy taraqqiyotining yangi bosqichi yuzaga keladi.
Vizantiya yiqilgan paytda saqlanib qolgan qо‘lyozmalar, Rim xarobalaridan qazib olingan antik haykallar G‘arbning kо‘zi oldida yangi dunyo – qadimgi grek dunyosini gavdalantiradi; unin porloq obrazlari oldida о‘rta asrning sharpalari kо‘rinmay ketadi. Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaladi. Italiya, Fransiya va Germaniyada yangi davr – hozirgi zamon adabiyoti vujudga keldi. Cherkovning ma’naviy diktaturasi sindirildi. Ayni payt qadimgi va yangidan kashf etilgan yunon falsafasi bilan sug‘orilgan Yevropa falsafiy tafakkuri vujudga keldi.
Uyg‘onish davrining iqtisodiy-siyosiy hayoti о‘rta asrchilik diniy sxolostikasi, mistika (qayri tabiiy kuchlarga ishonish), idealizmga qarama-qarshi о‘laroq yangi g‘oyalar – materializm, siyosiy va aqliy erkinlik, gumanizm, san’atda realizm kabi g‘oyalarni yuzaga keltirdi. Ijtimoiy hayotdagi yangi tendensiyalar reaksiyasiga, cherkov va mistikaga qarshi dahshatli kurash, hamma narsaning markaziga insonni qо‘yish, bilim va aql kuchiga ishonish о‘sha davrlarda yashagan turli kasbda va turli ijtimoiy mavqedagi kishilar – shoirlar, filologlar, atoqli san’atkorlarni ijod qilishga ilhomlantiradi. Ular о‘zlarining tadqiqot obyektlari markaziga insonni qо‘yadilar. Insonni tabiatning ajralmas bir qismi va uning mukammal mahsuli sifatida tushunadilar. Inson, uning kechinmalari, ichki dunyosi va hayoti adabiyot va san’atning asosiy mavzusiga aylanib qoldi. Shuning uchun ham bu davr mutafakkirlari о‘zlarini gumanistlar (insonparvarlar) deb ataganlar. Gumanistlar yangi dunyoni qaror toptirishda antik merosga murojaat qiladilar.
Ular qadimgi qо‘lyomalarni izlab topadilar va antik merosning tiklanishi va tarqalishi xususida kо‘p ish qiladilar. Ular qadimgi qо‘lyozmalarni izlab topadilar va antik merosning tiklanishi va tarqalishi xususida kо‘p ishlarni amalga oshiradilar. Bunda gumanistlar, shubhasiz, Sharqning, jumaladan О‘rta Osiyoning qadimgi davrdagi madaniyatidan ham keng foydalandilar. Uyg‘onish davrini g‘oyaviy jihatdan tayyorlashda arab tilida vujudga kelgan О‘rta va Yaqin Sharq ilg‘or falsafiy ta’limotlari, Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd asarlari muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. Bu mutafakkirlar asarlari XII asrdan boshlab lotin tiliga tarjima qilinib, ulardan keng foydalanganlar. Ular orqali yunon faylasuflari asarlari Yevropaga kirib keladi.
Biroq, Uyg‘onish davri madaniyati shunchaki antik madaniyatga qaytish emas edi. Antik madaniyatni tiklash yangi madaniyat taraqqiyotida asosiy vosita, manba bо‘lib xizmat qilgan. Antik madaniyat yangi tarixiy sharoitdan kelib chiqib, yangicha rivojlantirildi. Gumanistlar о‘zlarining ilg‘or fikrlarini asoslash va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash uchun о‘tmishning ulug‘ siymolari ijodiga murojaat qiladilar. О‘rta asr jaholatparastligi, feodal-cherkov mustabidligiga qarshi kurashda qadimgi davrning dunyoviy xarakterdagi adabiyoti va san’ati katta madad bо‘ladi.
Gumanistlar umuman antiklikni emas, balki uning rivoj topgan klassik davri, Rim respublikasining oxiri va imperatorlik tartiblarining maydonga kelishi davridagi madaniy merosni har tomonlama о‘rganadilar. Ular Grek va Rim adabiyoti janrlarining turli uslub va shakllarigagina emas, balki ularning tarixiy manbalari, g‘oyaviy mazmuniga ham о‘z diqqatini qaratadilar.
Italyan olim va yozuvchilari, shu jumladan, birinchi gumanist Bokachcho unutib yuborilgan qо‘lyozmalarni qidirib topishga kirishadilar. Xristian dini ma’nosini atayin buzib kо‘rsatgan asarlarning asl matnlarini tiklab, ularning mazmunini izohlaydilar. XV asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran qadimgi grek va Rim shoirlari Vergeliy va Gomer poemalari, Aristotel va Platonning asarlarini nashr eta boshlaydilar.
Gumanizm tarafdorlari о‘z zamonasining taraqqiyparvar kuchlari bо‘lgan. Ular inson huquqi va oliyjanob fazilatlar, ilm-ma’rifat va hurriyat, kishilarning har tomonlama erkin rivojlanishi uchun kurash olib bordilar. Gumanizmning atoqli namoyandalari F.Petrarka, T.Kampanella, Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Sandro Botichelli (Italiya), M.Monten, F.Rable (Fransiya), T.Mor, F.Bekon (Angliya), N.Kopernik (Polsha) va boshqalar edilar.
Uyg‘onish davrida ilmiy tadqiqot erkinligi huquqi e’lon qilinadi. Dunyoviy fan, dunyoviy adabiyot va san’at vujudga keldi. Yeropa mamlakat-larida kitob bosishning yuzaga kelishi (XV asr) hamda tarqalishi antik merosning tiklanishi va yangi gumanistik qarashlarning yoyilishida katta rol о‘ynaydi.
Yevropa Uyg‘onish davrining asosiy xususiyatlaridan yana biri – ijtimoiy munosabatlarni baholashning yangi mezoni – insoniylik g‘oyasining asosiy mezon sifatida olib qarash shaklida kо‘zga yaqqol tashlanadi. Insonparvarlik ajdodlar yaratgan madaniy-ma’naviy merosni о‘zlashtirish qobiliyati bilan belgilandi, olamning asosida diniy aqida emas, balki inson, uning taqdiri va manfaatlari turishi masalasi birinchi о‘ringa chiqa boshladi.
Insonparvarlik ― insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqligi tо‘g‘risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart–sharoitlar yaratib berish haqida g‘amxо‘rlik qilishni ifodalaydi. Gumanistik dunyoqarashga kо‘ra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida g‘amxо‘rlik insonparvarlikning asosiy masalasidir.
Aslida, insonparvarlik g‘oyalari uzoq tarixga ega. Ular baxt-saodat va adolatga erishish orzulari tarzida qadimdan xalq og‘zaki ijodida, adabiyotda, diniy va falsafiy ta’limotlarda о‘z aksini topib kelmoqda. Sharq falsafasi va ijtimoiy tafakkurida insonparvarlik g‘oyalari azaldan keng tarqalgan. Insonparvarlik g‘oyalari Yevropa о‘rta asrlarda insonning kamsitilishiga, uni xudo va din nomidan haqoratlab inkvizitsiya gulhanida yondirgan diniy fanatizmga qarshi, inson huquqlari uchun murosasiz kurash sifatida namoyon bо‘ldi.
Renessans madaniyatining xronologik chegarasi va uning tarqalish darajasi turli mamlakatlarda turlicha kechadi. Uning paydo bо‘lishi va erkin ifodasi Italiya bilan bog‘liq.
Niderlandiya, Gremaniya, Fransiya, Chexiya san’ati XV asrda gotika uslubining davomidek rivojlanadi. Uyg‘onish madaniyatining Fransiya, Niderlandiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida tarqalishi, avvalambor, shu mamlakatlardagi milliy taraqqiyot bilan bog‘liq bо‘lsa, ikkinchi tomondan, Italiya gumanistik madaniyati yutuqlari ham ta’sir kо‘rsatgan. Italiya Yevropa gumanizmining chinakam “maktabi” bо‘lib qolgan.
G‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davri burjua madaniyatining paydo bо‘lishi bilan tavsiflanadi. Yemirilib borayotgan feodalizm tartiblari о‘rniga burjua munosabatlari yuzaga kela boshladi. Biroy Uyg‘onish davrida hali burjua jamiyatining ziddiyatlari zaif edi. О‘sha zamonning ilg‘or kishilari mehnat taqsimoti va kapitalistik tartiblarning halokatli ta’siriga duchor bо‘lmagan edilar. Shuning uchun Uyg‘onish davri gumanistlari о‘z asarlarida cherkov va feodal tuzumi iskanjasida ezilgan keng mehnatkash ommaning istak-orzularini ham ifoda qiladilar. Mamlakat madaniy hayotida misli kо‘rilmagan yangiliklar yuz bera boshlaydi. XIII-XVI asrlar mobaynida Italiya shaharlarida 22 universitet ochiladi. Ularda ilohiyot ilmi emas, balki huquqshunoslik, meditsina fanlari antik davr tarix, adabiyot va san’atini о‘rganish dunyoviy fanlarning rivojiga, jiddiy ta’sir kо‘rsatadi. Bu о‘zgarishlar XV-XVI asrlarda buyuk geografik kashfiyotlarni keltirib chiqaradi. Matematika, fizika, astronomiya fanlari sohasida erishilgan qator yutuqlar Uyg‘onish davrida faqat gumanitar bilimlar emas, balki tibbiyot fanlarining ham rivojlanganligidan darak beradi.
Bu davr tabiiy fanlarining eng muhim xususiyati san’at bilan uzviy bog‘liqligidadir. О‘rta asr diniy-mistik aqidalarini bartaraf etish jarayoni ayni vaqtda ham fanda, ham san’atda namoyon bо‘lib, kо‘pincha bir shaxs ijodida uyg‘unlashib ketgan. Masalan: Leonardo da Vinchi buyuk haykaltarosh, arxitektor va rassomgina bо‘lib qolmay, mashhur matematik, mexanik va injener ham edi. Albert Dyurer rassom, haykaltarosh, arxitektor, matematik edi.
Tabiatshunoslikda, ayniqsa, astronomiya soxalarida yirik muvaffa-qiyatlarga erishildi. Buyuk geografik kashfiyotlar (X.Kolumb, Vasko de Gama, Fernan Magellan va boshqalar sayohati) amalda Yerning sharsimonligini isbotladi, quruqlikning katta qismini tasvirlashga imkon berdi.
XVI asr о‘rtalarida polyak astronomi N.Kopernikning geliotsetrik nazariyani kashf qilishi, fanda inqilobiy tо‘ntarish bо‘ldi. Ispan olimi Migel Servet organizmda qonning doiraviy aylanishini ochishga yaqinlashdi. Mexanika, matematika, xususan algebrada bir qancha kashfiyotlar qilindi.
Buyuk kashfiyotlar faqat geografiya sohasida emas, balki geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya bо‘yicha ham yangi ma’lumotlar berdi.
Uyg‘onish davrida adabiyoti davr g‘oyalari, ayniqsa gumanizm dunyoqarashi bilan chambarchas bog‘liq edi. XIII asr oxiri va XIV asrning boshida Italiyada Aligeri Dante, Franchesko Petrarka ijodi adabiy til rivojiga katta hissa qо‘shdi. Germaniyada va Niderlandiyada Erazm Rotterdamskiy, Fransiyada Mishel Monten, Fransua Rable va boshqalar ijodida erksevarlik, insonparvarlik, g‘oyalari publitsistik ruhda ifodalandi, sxolastika fosh etildi, yuksak insoniy tuyg‘ular tarannum qilindi.
Yevropa uyg‘onish davrining buyuk ijodkorlari о‘zlarigacha yaratilgan adabiy-madaniy yutuqlarni о‘rganib-о‘zlashtiradilar. Ular о‘zlarining durdona asarlarida davr ruhini uyg‘onish davrining omilkorligi, jamiyat va inson hayotidla sodir bо‘layotgan ma’naviy о‘zgarishlarni о‘z asarlariga singdirib yubora boshladilar.
Italyan shoiri A.Dante о‘sha davr ruhini nihoyatda noziklik bilan his qila olgan, jamiyat va inson ma’naviydunyosida sodir bо‘layotgan tub о‘zgarishlarni butun qalbi bilan his qila olgan buyuk ijodkor edi. Buyuk Gyote, “Dante bizga buyuk bо‘lib kо‘rinadi, ammo, uning ortida necha asrlarning madaniyati yotibdi,” deb bejiz aytmagan.
“Ilohiy komediya” Dante ijodining kamolotga erishgan davridagi siyosiy, falsafiy va adabiy faolityaining yakuni sifatida bunyodga kelgandan о‘rta asrchilik an’analari, ba’zan sxolastika, eski tushuncha va qarashlar bilan birga insoniy erk uchun kurash, aqliy parvozlar davrini boshlab bergan yangi zamon nafasi ufurib turadi. Unda birgina Italiya yoxud G‘arbiy Yevropa hayotigina emas, ayni paytda, kо‘p asrli qadimiy Sharq madaniyati, adabiy-ilmiy an’analari ham о‘z aksini topgandir. A.Dante bu ikki ulkan madaniy oqimni birlashtirdi, umumbashariy merosni qabul qilib, uni yangi yuksak badiiy chо‘qqiga olib chiqdi.
“Ilohiy komediya”ning “Dо‘zax” qismi tо‘rtinchi qо‘shig‘ida A.Dante о‘quvchini insoniyat ma’naviyati kamoliga beqiyos hissa qо‘shgan bashariy tafakkurning ulug‘ namoyandalari bilan yuz kо‘rishtiradi. Nasroniy diniga mansub bо‘lmaganliklari uchungina dо‘zaxga hukm qilingan bu aziz zotlarga shoir jahannam azobini ravo kо‘rmaydi. Dantening о‘zi dо‘zaxda Gomer, Esxel, Sofokl, Aristotel, Platon, Suqrot, Pifogor, Geraklit, Demokrit kabi qadimgi dunyoning boshqa donishmandlari davrasida Sharqning buyuk allomalarini ham uchratadi. U “Ilohiy komediya”da shunday deb yozadi.
Kо‘zimni uzoqqa yugurtdim shunda:
Hisobdon Ekvlid, Batlimus, Galen,
Gippokrat, Abu Ali ibn Sino,
Ibn Rushd paydo – bо‘ldi shu damda,
Yangi g‘oyalarni targ‘ib etgan chin. (“Dо‘zax”, IV, 142. A.Oripov tajrimasi)
Sharqning ikki buyuk mutafakkiri – Abu Ali ibn Sino va Ibn Rushd shoir salaflari majlisi – “bazm”ning aziz mehmonlaridirlar. A.Dante Platonni faylasuf sifatida ulug‘lab, uning asarlarida ham yunon mutaffakkiri yonida Abu Ali ibn Sino va Ibn Rushd nomini sanaydi.Abu Ali ibn Sino bilan Ibn Rushd nomlarining “Bazm” va “Ilohiy komediya” asarida ham dunyo donishmandlari qatorida tilga olinishi bejiz emas.
J.Bokachcho о‘zining ,,Dekameron”asari bilan Uyg‘onish davri madaniyatida о‘chmas iz qoldirdi. Hikoyanavis bu asarda ilgari surgan yangicha g‘oyalari bilan kishini tabiatan „gunohkor” deb kо‘rsatuvchi katolik cherkovi diniy aqidalarini fosh etdi.
Sо‘nggi Uyg‘onish davrida kо‘pgina Renessans ideallari va meyorlari Italiyaning о‘zida ham, undan tashqarida ham о‘zgarishlarga uchradi. Keskin sinfiy kurash, ayrim mamlakatlardagi feodal-katolik reaksiyasining, boshqasida protestantizmning g‘alabasi sharoitida Renessans gumanizmida krizis boshlandi. Gumanistlarninginsonningerkin rivojlanishi uchun imkon beradigan yangi jamiyat haqidagi optimistik va hayotiy ishonchlari puchga chiqdi.
Uyg‘onish davri madaniyatida aristokratik yondoshuv kuchayadi. Bu manyerizm (san’atdagi о‘ziga xos uslub) va shunga о‘xshash turli xil oqimlarning paydo bо‘lishiga ta’sir kо‘rsatdi. Sо‘nggi uyg‘onish gumanizmining yirik vakillari - Shekspir, Servantes, Mikelanjelo ijodida hayot о‘z ziddiyatlari (“tragik gumanizm”) bilan aks ettirildi, yomonlikka qarshi kurashda fojiaviy motivlar paydo bо‘la boshladi.
Uyg‘onish davri falsafiy qarashlarida ham juda katta siljishlar yuzaga kelgan. Uyg‘onish davri falsafiy tafakkurining asosiy yutuqlaridan biri-ilohiyotga bо‘ysunishdan ozod bо‘lgan naturfilosofiya (tabiat falsafasi)ning paydo bо‘lishidir. Uyg‘onish davrida dinga qarshi fanni olg‘a surgan bir necha olimlar: Nikolay Kopernik, Jordano Bruno, Nikolay Kuzanskiy, Galelio Galileylar о‘zi yaratgan nazariyalari bilan sxolastik falsafaga qaqshatkich zarba berdilar, shu bilan birga, ular yaratgan kashfiyotlar materialistik dunyoqarashning umumiy rivojiga tabiiy-ilmiy zamin bо‘ldi.
Uyg‘onish davri kishilik jamiyati va uning tarixiga, davlat va huquq-shunoslikka yangicha qarash bilan ham ajralib turadi. Uyg‘onish davrida teatr arxitektura va tasviriy hamda professional musiqa san’atlari rivojlandi. Masalan, teatr san’ati Ispaniya, Italiya, Angliyada ayniqsa keng rivoj topdi. Ispaniyada Servantes, Lope de Vega (XVI asrning2-yarmi XVII asrning boshlarida) Angliyada Shekspir dramaturgiyasi teatr san’ati rivojida katta rol о‘ynadi. Musiqa san’atida kantata, oratoriya, opera kabi yangi musiqa janrlari takomillashdi. Arxitektura va tasviriy san’atda N.Pizano, Jotto, Mazachcho, Sandro Bottichelli, Leonardo da Vinchi, Rafayel, Mikelanjelolar borliqni real aks ettirib, ibratli va о‘lmas asarlar ijod qildilar.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Uyg‘onish davri Yevropa mamlakatlarining madaniy va g‘oyaviy hayotida katta progressiv rol о‘ynadi. Bu davrda jahon madaniyatining eng nodir va bebaho asarlari yaratildi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling