B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
Gazlarni quritish
Gazlardan suv bug‘larini ajratib olish zaruriy operatsiya bo‘lib, bunda gazlarni komponentlarga ajaratish jarayoni ko‘pincha juda past haroratda (- 100°C da) amalga oshiriladi. Suv ayrim katalizator- larni zaharlaydi, u uglevodorodlar bilan quvurlarga tiqilib qoluvchi kristallogidrad hosil qiladi. Quritish suyuq va qattiq qurituvchilar yordamida amalga oshiriladi. Suyuq qurituvchilar sifatida ko‘p atomli spirtlar - di va tri- etilenglikollar ishlatiladi. Quritish jarayoni qarama-qarshi oqimda harakatlanuvchi gaz va qurituvchi vositasida kolonnada amalga oshi- riladi. Jarayon normal sharoitda olib boriladi. Q‘uritilgan gaz ko- lonnalarning yuqorisidan qattiq adsorbentlarda oxirigacha quritish uchun yo‘naladi, qurituvchi esa regeneratsiyaga yuboriladi. Suyuq qurituvchilarning ishlatilishi yetarli darajada yaxshi quritilgan gaz olishga imkon bermaydi, undan tashqari, suyuq qurituvchilar agres- sivdirlar. Hozirgi vaqtda tobora keng doirada qattiq adsorbentlar aluminiy oksidi, alyumogellar, silikagellar, turli tabiiy va sintetik ayumosili- katlar ishlatila boshladi. Quritish jarayoni gaz oqimini adsorbent bilan to‘ldirilgan ko- lonnadan o‘tkazish orqali odatdagi yoki yuqoriroq haroratda amalga oshiriladi. Regeneratsiya tabiiy adsorbentlar uchun 140°C haroratda, sintetik adsorbentlar uchun esa 270-300°C da issiq metan- vodorod aralashmasi oqimi bilan amalga oshiriladi. Ushbu adsorbentlar kamchiliklari sifatida ularning past o‘tkazish qobiliyati, yu- qori bo‘lmagan namlik sig‘imi (5-8%) va C 33
merlash qobiliyatini ko‘rsatish mumkin. Keyingi vaqtlarda moleku- lar elaklar yoki seolitlar deb nomlangan sorbentlar muvaffaqiyatli ishlatila boshlandi. Bundan tashqari, seolitlar 100°C haroratgacha ishlash va ular regeneratsiyasini adsorbent strukturasini 400°C haroratgacha buzmay o‘tkazish mumkin. Seolitlarning katta afzalligi H2S va C0 Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling