B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
Gazlarni tarkibiy qismlarga ajratish
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompression usui
- Sorbsion usui
Gazlarni tarkibiy qismlarga ajratish
Neftkimyo sanoati uchun kreking, piroliz va shu kabi jarayon gazlaridan toza olefinlarni ajratib olish o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. Qator jarayonlar uchun yuqori darajali tozalikka ega bo‘lgan ole- finlar ishlatish talab qilinadi. Masalan, yuqori bosim polietilen olish uchun 99,9% konsentratsiyali etilen, etil spirtini olish uchun esa eti- lenning konsentratsiyasi 97% dan kam bo‘lmasligi kerak. Hozirgi vaqtda sanoatda gazlarni ajratishning quyidagi usullari ishlatiladi:
kompression usul; sorbsion (adsorbtsiya, absorbtsiya, xemosorbtsiya) usul; quyi haroratli rektifikatsiya usuli; kombinatsiyalangan usul. Kompression usui Kompression usul bosim orttirilganda ko‘proq og‘ir komponent- larni suyulishi natijasida uglevodorod gazlari fraksiyalanib ajralishi- ga asoslangan bo‘ladi. Ushbu usul gaz benzinini ajratib olishda keng ishlatiladi, biroq gazlarni aniq fraksiyalarga ajralishini ta’minlay ol- maydi, shu sababli u boshqa usullar bilan birga kombinatsiyada ishlatiladi. Sorbsion usui Turli fraksiyadagi uglevodorod gazlarini ma’lum shart-sha- roitlarda suyuq, adsorbentlar (absorbsiya), qattiq adsorbentlar (ad- sorbsiya) da yutilishiga yoki ayrim uglevodorod gaz komponentlari- ning ma’lum kimyoviy birikmalar bilan ta’sirlashuvi (xemosorbsiya) ga asoslangan. А) Absorbsion usul neftkimyo sanoatida keng ishlatiladi. Suyuq
34
erituvchilar sifatida turli neft distillatlari (yengil S B) Adsorbsion usul - qattiq adsorbentda turli molekular og‘irlik- dagi uglevodorodlarni turlicha adsorbsiyalanishiga asoslangan. Ug- levodorod molekular og‘irligi qancha katta bo‘lsa, u shuncha oson adsorbsiyalanadi. Ko‘pincha adsorbent sifatida faollangan ko‘mir ishlatiladi. Ko‘mirga adsorbsiyalangan quyi molekular uglevodorod- lar kattaroq molekular og‘irlikka ega bo‘lgan uglevodorodlar bilan siqib chiqariladi, oxirgilari o‘z navbatida suv bug‘lari bilan siqib chiqarilishi mumkin. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling