B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQSH va Kanada 0,9 1,6
- G‘arbiy Yevropa 0,2 0,8
- Butanni ikki bosqichli degidrirlash
- Butanni degidrirlab n-butilenlarni olish
37
Lebedev usuli bo‘yicha etil spirtidan butadien olish S.V. Lebedev etil spirtidan butadien olishni ishlab chiqqan (Ros- siya). Hozirgi paytda ushbu usul bilan 25% ga yaqin butadien olinadi. Ushbu usul yetarli darajada mukammal ishlab chiqilgan. Reaksiya quyidagi tenglama orqali olib borilishi mumkin: 2C2H5OH Zn0/ Reaksiya murakkab yo‘l bilan boradi, butadien bilan birga 30% gacha yonaki mahsulotlar (butilenlar, propilen, etilen, vodorod) ho- sil bo‘ladi. Rektifikatsiya orqali butadien 90-93% konsentratsiyada ajratib olinadi. Butanni degidrirlash Butandan butadien olish eng keng tarqalgan usuldir. Hamdo‘stlik mamlakatlarida etil spirtidan butadien olish usulidagi mos ko‘rsatkichlarga nisbatan butanni ikki bosqichli degidrirlash jarayoni orqali olingan butadienning tannarxi Butanni ikki bosqichli degidrirlash. Butanni bir bosqichli degidrirlash (Gudri usuli) xorijda keng ishlatiladi. Butanni ikki bosqichli degidrirlash Butanni ikki bosqichli degidrirlash yo‘li bilan butadien olish quyidagi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: n - Butanni degidrirlab n-butilenlarni olish. n - Butilenlarni degidrirlab butadien olish. Butanni degidrirlab n-butilenlarni olish n - butanni degidrirlash reaksiyasi quyidagi chizma bo‘yicha ke- tadi: 38
СНЗ-СН2-СН2-СНЗ- n- butan СНз-СН=СН-СНз+Н2-30,1 kkal/mol buten-2 СН2=СН-СН2-СНз+Н2-27,1 kkal/mol buten -1 Reaksiyani issiqlik yutilishi va hajmni ortishi bilan borishi sabab- li, degidrirlash jarayoni uchun yuqori harorat (550-580°C) va quyi bosim (atmosfera) juda ma’qul keladi. Katalizator sifatida quyidagi tarkibli yoyuvchi aluminiy oksidida- gi xrom oksidi ishlatiladi: 40% CrO3, 10% BeO va 50% Al Uglevodorodlarni parchalanish va zichlanish jarayonlari yuqori haroratda katalizator ishtirokida borib, katalizator yuzasida uglerodli moddalar koks yig‘ilishiga olib keladi. Bu esa faollikni pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun katalizator davriy ravishda regenerat- siya qilinib, yuzasidagi ko‘mir moddalar yoqiladi. n-butanni konversiyasi (parchalangan xomashyoni reaktordan o‘tkazilgan miqdoriga nisbati) 35% dan oshmaydi. n-butilenlarni salmog‘i xomashyoni ko‘p marta retsirkulatsiya qilingandan keyin parchalangan butanga nisbatan 80% ga yaqindir. Degidrirlash nati- jasida gazlar tarkibida 25-30% butilenlar mavjud bo‘lib, ular butan- butilen fraksiyasidan suvli atseton yordamida ekstrfaol haydash bilan ajratib olinadi. Bunda butilenlar miqdori 77% gacha ortadi. Butanni degidrirlash jarayoni quvurchali reaktorlar (384 quvur- cha, 050 mm, l = 3m, 27% xromli po‘latdan tayyorlangan)da stat- sionar katalizatorlarda amalga oshiriladi. Yarim reaktorlar degidrir- lashda, qolgan yarmisi esa regeneratsiyada ishlaydi. Usulning kamchiliklari sifatida jarayonni davriyligi, metall sar- fining ko‘pligi, kichik ishlab chiqarish quvvati, katalizatorni yetarli bo‘lmagan bir tekis isishini (ayrim yerlarda katalizatorni isib ketishi- ga olib keladi) sanab o‘tish mumkin. Rossiyada butanni degidrirlash jarayoni «qaynar» qavatli katalizatorda birinchi bo‘lib amalga oshi- rildi. Degidrirlash va regeneratsiya jarayoni alohida apparatlarda olib boriladi. Reaktor va regeneratorlar parallel joylashgan (3-chizma). Reaktor seksiyalashtirilgan. Reaktorning seksiyalashtiriluvchi - katalizator qattiq zarrachalarini intensiv aralashishini kamayishiga, bu esa n-butilenlar salmog‘ining oshishiga olib keladi. 39
Reaktoming texnik xarakteristikasi. Apparatning yuqori qismidagi ortiqcha bosim - 0,3 kgs/sm2. Apparatning quyi qismidagi ortiqcha bosim - 1,35 kgs/sm2. Muhit - kuchli eroziyali, kuchsiz korroziyali. Korpus materiali - uglerodli po‘lat. Ichki futerovka materiali - o‘tga chidamli g‘isht. Ichki sirt materiali - yuqori legirlangan po‘lat. Apparatning maksimal balandligi - 28400 mm. Tashqi korpus bo‘yicha diametr - 6400 mm. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling