Atsetilen ishlab chiqarish
Atsetilen (CH=CH) vinilxlorid, vinilatsetat (plastmassa olish uchun xomashyo), akrilonitril kislota (tola olish uchun xomashyo), xloropren kauchuklarini olishda ishlatiladi, uning 30% i avtogen svarkada sarflanadi.
Atsetilen olishning bir nechta usullari mavjud:
kalsiy karbididan;
uglevodorod xomashyosidan:
metanni elektrokreking qilish usuli bilan;
regenerativ pechlarda metanni termokreking qilish usuli bilan;
v) metanni oksidlab piroliz qilish usuli bilan.
Kalsiy karbiddan atsetilen olish
XIX asrning oxiridan boshlab kalsiy karbiddan atsetilen olish usuli ishlab chiqilib, hozirgi vaqtgacha ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Atsetilen olishning ushbu usuli ikki bosqichdan iborat:
elektropechlarda 2600-3000°C da kalsiy oksidi va kokslarni ilk bor bir-birida eritish:
CaO+3C ^ CaC2+CO
kaltsiy karbidni suv bilan ishlab, atsetilen va ohak suti olish:
Ca02+2N20 ^ C2N2+Ca(OH)2
Birinchi reaksiya endotermik (issiqlik yutilishi bilan boradi), shu sababli 1 tonna atsetilen olish uchun elektr energiyasining sarfi 10000-11000 kVt-soat bo‘lib, ushbu usulning kamchiligi hisoblana- di.
Xomashyo manbalariga atsetilen ishlab chiqarishning bog‘liq emasligi (kalsiy karbidi transportda oson tashiladi) ushbu usulning afzalligidir.
Karbid usuli bilan olingan atsetilen yuqori tozalik darajasi (99% dan yuqori)ga ega.
Uglevodorod xomashyosidan atsetilen olish
Issiqlik olib kelish usuliga qarab ushbu usullar turlicha bo‘ladi:
45
Do'stlaringiz bilan baham: |