Elektrokreking usuli
Elektrokreking - tabiiy gaz (metan)ni qayta ishlashda ishlatiladi.
2000-3000°C haroratli elektr yoyi ta’sirida metan 1600°C gacha isishi natijasida atsetilen hosil bo‘ladi:
2CH4 1600°C > CH = CH + 3H2
Elektr energiyaning sarfi xuddi karbid usulidagi singari bo‘ladi. Atsetilenni salmog‘i 50% bo‘ladi.
Regenerativ pechlarda termokreking jarayoni
Regenerativ pechlarda termokreking ikki sikl (davriy jarayon)da olib boriladi:
sikl-pech nasadka (glinozem)larini 1350-1400°C ga metanning yoqish orqali qizdirish:
sikl (kreking fazasi)-qizdirilgan nasadkalar orqali metanni o‘tkazish; bunda metanning krekingi amalga oshib, natijada u soviydi.
Atsetilen salmog‘ini orttirish uchun II siklni 0,2 atmosfera vaku- umda olib boriladi. Atsetilen salmog‘i-35% ni tashkil etadi.
Metanni oksidlab piroliz qilish
Mazkur usulda metan kislorod bilan aralashtirilib, bir qism metan yoqiladi hamda hosil bo‘lgan issiqlik tufayli xomashyo 1600°C gacha qiziydi va atsetilen olish reaksiyasi amalga oshadi:
11CH4+02 ^ 2C2H2+6S0+14H2+C02+6H20
Atsetilen salmog‘i 30-32%.
Jarayonning uzluksizligi va pastroq energetik sarflar tufayli ushbu usul eng ko‘p qiziqish uyg‘otadi, chunki atsetilen bilan bir qatorda sintez-gaz (CO+H2) ham hosil bo‘lib, oksosintez usuli bilan metanol va boshqa spirtlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Oksidlab piroliz qilishni bir turi sifatida uglevodorod gazlarining gomogen pirolizini ko‘rsatish mumkin.
Pech o‘txonasida xomashyo bir qismining kislorod bilan aralash- masi yoqilib, buning natijasida gaz harorati ko‘tariladi ~2000°C ga ega bo‘ladi. Pechning o‘rta qismiga gaz oqimiga avvaldan 600°C gacha isitilgan qolgan xomashyo kiritiladi. Xomashyoning parchala- nishi jarayonida atsetilen hosil bo‘ladi.
46
Mazkur usulning afzalliklari pech ishining ko‘proq xavfsizligi va ishonchliligidir, ammo uni tayyorlashda o‘tga chidamli materiallar kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |