Siklogeksanni tor benzin fraksiyalari (68-85°C)dan
ajratib olish
Rossiyada qazib chiqariladigan Suraxan va Emben neftlari naften uglevodorodlarga boy (benzin fraksiyasida 7,4% siklogeksan, 4-6% gacha metilsiklopentan bor). Aluminiy xlorid katalizatorida 80°C da benzin fraksiyasidagi metilsiklopentanni izomerizatsiyalab siklogek- sanga aylantiriladi:
80°C AlCl3
CH3
Benzol, n-geksan, metilsiklopentan va siklogeksan o‘zaro aze- otrop aralashma hosil qilishi bois rektifikatsiya usuli bilan benzin fraksiyasidan toza siklogeksanni ajratib olish imkoniyati yo‘q. Shu sababli siklogeksanni metanol bilan azeotrop haydash orqali (siklo- geksanning tozaligi-91%) yoki suvsiz fenol bilan ekstrfaol haydash yo‘li bilan ajratib olinadi.
Ushbu usullar yuqori darajali toza siklogeksanni olishga imkon bermaydi.
57
Benzoini gidrirlab siklogeksan ishlab chiqarish
Benzoini gidrirlash quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
Jarayon ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi. Jara- yonni sharoitlari tanlash ilk xomashyo benzolning sifatiga bog‘liq.
Koksokimyo benzoli ishlatilganda, tarkibida bir qancha oltingu- gurtli birikmali qo‘shimchalari bois jarayon nikel, molibden, kobalt sulfidlarida olib boriladi. Ushbu katalizatorlar oltingugurtli birikma- lar bilan zaharlanmaydi, ammo ular kam faollikka egaliklari sababli jarayon yuqori temperatura (350-370°C) va bosim (300 atmosfera) da olib boriladi. Ushbu sharoitlarda gidrirlash bilan birga gidrotoza- lash ham ketadi.
Jarayon nikelli va platinali katalizatorlar ishtirokida 150-200°C haroratda hamda 50 atmosfera gacha bosim ostida olib boriladi, bi- roq xomashyoda katalizatorni zaharlovchi oltingugurtli birikmalar bo‘lmasligi shart. Gidrirlashda ishlatiladigan vodorod ham oltingugurtli birikmalardan tozalangan bo‘lishi kerak.
Nikel va platinali katalizatorlarda gidrirlab ajratib olingan siklo- geksanni rektifikatsiya qilinish zarurati yo‘q; u 99% tozalikka ega. Bu juda ahamiyatli, chunki tola ishlab chiqarishda siklogeksandagi qo‘shimchalar miqdori 0,1% dan ortmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |