B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
Olefin uglevodorodlarni oksidlash
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olefin oksidlarini olish
- Etilen oksidini olish
- Propilen oksidi olishning turli usullari
Olefin uglevodorodlarni oksidlash
Kislorod saqlovchi mahsulotlarning turli aralashmasini ho- sil bo‘lishiga olib keluvchi parafin uglevodorodlarni oksidlashga qarama-qarshi o‘laroq olefinlarni oksidlash selektiv jarayondir. 68
Quyi olefin uglevodorodlar - etilen va propilanlarni oksidlash sanoatda katta ahamiyat kasb etadi; shu bilan birga olefin oksidlari, akrolein, atsetaldegid va boshqa qimmatli mahsulotlar olinadi. Olefin oksidlarini olish Etilen oksidi juda yirik ko‘lamda ishlab chiqarilmoqda. AQSHda uni ishlab chiqarish 1965-yilda 300 ming tonna bo‘lsa, 2010-yili 14 mln.t ga yetgan va keyingi sur’atlar bundan ham jadallashgan. Etilen oksidini olish Hozirgi vaqtda etilen oksidi ikki usul bilan olinadi: etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri va xlorgidrin usuli bilan oksidlash. Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri oksidlash Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri oksidlash jarayoni kumush katalizatori- da 220-280°C temperaturada va 7-10 atmosfera bosimda ketadi: CH2=CH2+1/2O2 - CH2-CH2 O Oksidlash uchun 98% li etilen ishlatiladi. U havo bilan aralash- tirilib, reaksion aralashmadagi uning kontsentratsiyasi 3% ni tashkil etadi. Katalizator bilan kontakt vaqti 1,5 sekund. Oksidlash jarayoni, odatda, statsionar katalizatorda, kamroq - «qaynar» qatlamda ham olib boriladi. Jarayon prinsipial texnologik sxemasi quyidagidan tarkib topgan: etilen va havo tozalagichlardan o‘tib, aralashtiriladi, issiqlik almash- tirgichdan o‘tib (u kontakt gazlar issiqligi hisobiga isiydi) reaktor- ga boradi. Reaktor-quvurchali (d=25mm, L=3-9 m). Quvurchalar oralig‘ida reaksiya issiqligini olib ketadigan issiqlik tashuvchi ayla- nib harakat qiladi. Oksidlash mahsulotlari reaktordan chiqishi bilan issiqlik almashtirgichda va sovutkichda sovutiladi hamda absorberga jo‘natiladi. Absorbsiyani 7-10 atmosfera bosimi ostida olib boriladi, ush- bu sharoitda etilen oksidi suvda eriydi. Absorberdan chiqayotgan 1,5% ga yaqin etilen saqlovchi gazlar oksidlashni ikkinchi bosqi-
69
* Etilen 1968-yilgacha boshqalar tarkibiga kirgan. 70
Xorijda etilen oksidining eng yirik iste’molchisi etilenglikol (60% gacha, umumiy iste’molga nisbatan) hamda sirt faol moddalar (13% gacha) ishlab chiqarishlardir. AQSHda etilen oksidini iste’mol strukturasi 8-jadvalda keltirilgan. Propilen oksidi olishning turli usullari Hozirda propilen oksidi xlorgidrin usuli bilan olinmoqda. Ushbu usul bo‘yicha jarayon etilen oksidi olish kabi olib boriladi. Propi- lenni to‘g‘ridan to‘g‘ri oksidlab propilen oksidi olish jadal sur’atlar bilan ishlab chiqilayapti. So‘nggi vaqtlarda propilen oksidini olishning bir nechta yangi usullari taklif qilindi. Ular Prilejayevning ma’lum reaksiyasiga asos- langan: olefinlar gidroperoksidlar bilan o‘zaro ta’sirlashib olefinlar oksidi hosil bo‘ladi. Gidroperoksidlar sifatida nafaqat alifatiklari, aromatiklari ham ishlatiladi. Hamdo‘stlik mamlakatlarida (R.F) akademik Emanuel va uning hamkorlari propilen oksidini atsetaldegid va propilenlarni o‘zaro bog‘lanishli oksidlash orqali olishni taklif etdi. Birinchi bosqichda atsetaldegidni nadsirka kislotasiga oksidlash reaksiyasi ketib, hosil bo‘lgan kislota ikkinchi bosqichda kislorodini propilenga berib yu- boradi. Bunda ikki qimmatli mahsulot - propilen oksidi va sirka kis- lotasi hosil bo‘ladi.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling