B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Olefinlarni aldegidlar va ketonlargacha oksidlash


Download 0.74 Mb.
bet40/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

Olefinlarni aldegidlar va ketonlargacha oksidlash

Sanoatda ishlab chiqarilayotgan hamma aldegidlar ichida ishlab chiqarish ko‘lami bo‘yicha atsetaldegid birinchi o‘rinni egallaydi.

AQSHda 2000-yilda 5630 ming tonnaga yaqin atsetaldegid ishlab chiqarilgan.

72


Yaqin paytlargacha uni olishning quyidagi usullari ma’lum edi: etil spirtini oksidlab degidridlash, mis katalizatorida etil spirtini de- gidrirlash, Kucherov usuli bo‘yicha atsetilenni gidratatsiya qilish, etilen oksidini izomerlash.

1959-yili Shmidt tomonidan palladiy xloridi katalizatoridan foy- dalanib suv yoki suv bug‘i ishtirokida olefinlarni karbonil birikma- larga oksidlash jarayoni ishlab chiqildi. Bir bosqichda ushbu usul bo‘yicha etilen oksidlanganda atsetaldegid hosil bo‘ladi:

Oksidlash 100-200°C haroratda palladiy xloridni suvli eritmasi- da 3-10 atmosfera bosim ostida olib boriladi. O‘tkazilgan etilenga nisbatan atsetaldegidning salmog‘i 90-95% ga yetadi, shu bilan bir- ga 1-1,5% sirka kislotasi va 1-1,3%ga yaqin xlorli hosilalar hosil bo‘ladi.

Etilenni atsetaldegidga oksidlash reaksiyasi turli usullar bilan olib borilishi mumkin: bir va ikki reaktorli jarayonni suyuq katalizator vositasida va qattiq katalizator ishlatish orqali.

Birinchi holida reaktorga hamma komponentlar kiritiladi. Ikki reaktorli sxemada metallik palladiyni palladiy xloridga aylantirish, ya’ni katalizatorni regeneratsiyasi alohida apparatda amalga oshiri- ladi.

Statsionar katalizator ishlatilganda promotorlar va katalizator qat- lamlari orqali etilen hamda suv bug‘i aralashmasi o‘tkaziladi.

Atsetaldegid hosil bo‘lish reaktsiyasi ekzotermikdir, shuning uchun reaktor yaxshi sovutishni talab qiladi.

1970-yili xorijda atsetaldegid ishlab chiqarish 2 mln. t/yiliga (1,03 mln t. AQSHda, 550 ming t./yildan G‘arbiy Yevropa va Yapo- niyada) dan ortib ketdi.

1965-yildayoq Yaponiyada ishlab chiqarilgan hamma atsetaldegidning 68% etilen asosida bo‘lgan. GFRda etilen asosga o‘tish sekinroq amalga oshgan (atsetilenda ishlagan qurilmalarning ko‘p sondaligi bois). AQSHda ishlab chiqarishning ko‘pchiligi etanol asosda edi, biroq 2000-yili etilen usulining ulushi 54% ni tashkil

73

Mamlakat

Etilen

Atsetilen

Etanol

Boshqalar

Yaponiya


93

7

-

-

AQSH

54

6

28

12

GFR

69

31

-

-

Italiya

54

46

-

-

Fransiya

30

31

39

-


Etilen xomashyoga o‘tish 100-150 ming t./yil quvvatli yirik qu- rilmalar qurish imkoniyatini beradi.

Atsetaldegid sirka kislotasi, etilatsetat, n-butil spirtlari olishda ishlatiladi.

Etilenni oksidlab atsetaldegid olish analogik sharoitlarida propilen va n-butilenlarni oksidlab mos holida atseton va metiletilketon- lar olinadi:


CH3 - CH = CH2 +1 /2O2 PdCY 80-100 0C3am >CH3 - C(O) - C(3


CH3 - CH2 - CH = CH2 +1 / 2O2 1-3 atm > CH3 - CH2 - C() - CH3

ya’ni, yuqoriroq molekular olefinlar oksidlaganda aldegidlar emas, balki ketonlar hosil bo‘ladi; oksidlash tezligi va maqsadga muvofiq mahsulotlarning salmog‘i ilk olefinlarni molekular og‘irligi ortishi bilan tushadi: o‘tkazilgan atsetaldegidni salmog‘i 95% ga yetadi, at- setonniki - 90%, metiletil ketonniki - 80%.

Olefinlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri oksidlab ketonlar olish jarayoni iqti- sodiy jihatdan manfaat keltiradi. Turli usullar bilan olingan atseton- ning nisbiy tannarxi texnik - iqtisodiy hisobi, quyidagicha (%): Izopropil spirtini degidrirlab - 100%

Kumol usuli bilan - 50-60%

Propilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri oksidlash bilan - 35%

Ushbu jarayon bir bosqichda, reaksiya yuqori selektivlikda (yo- naki mahsulotlarning salmog‘i uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda) amalga oshadi.


74


Xomashyo sifatida propan-propilen va butan - butilen fraksiya- lari qo‘llanilishi mumkin.

Atsetaldegid olishdagi kabi jarayonni bir yoki ikki reaktorli sxe- ma bo‘yicha olib borish mumkin. Birinchi variant tozaroq ilk xomashyo talab qiladi, ikkinchisi esa kamroq konsentrlangan olefinlar uchun qo‘llanilishi mumkin.





      1. Download 0.74 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling