II. Spirtlar ishlab chiqarish
Neftkimyo sanoatida spirtlar eng muhim va ko‘p tonnali mahsu- lotlardan biridir.
Ishlatishni turli oblastlarda spetsifikaga bog‘liq holida keng va turli-tumanligi o‘z navbatida ularni ishlab chiqarish usullarini ham xilma-xilligini taqozo qiladi.
Hozirgi vaqtda spirtlar ishlab chiqarishning asosiy usullari quyi- dagilardir:
Olefinlar (etilen va propilen) ni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya- si.
Olefinlarni sulfat kislota yordamida gidratatsiyasi. Ushbu usul bilan etil spirti va zanjirida C3 dan C4 gacha bo‘lgan ikkilamchi spirtlar olinadi.
Oksosintez usuli. Ushbu usul bilan zanjirida C4-C8 uglerod atomi bo‘lgan izo - va normal tuzilishga ega bo‘lgan aldegidlar va birlamchi spirtlar olinadi.
Aluminiyorganik birikmalar yordamida birlamchi spirtlar olinadi.
Etilenning to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiyasi
Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya qilish 1932-yildayoq o‘rganila boshlagan. Jarayon katalitik. Katalizatorni ikki sinfga bo‘lish mumkin:
Suyuq katalizatorlar:
sulfat kislota (H2SO4), xlorid kislota (HCl), fosfat kislota (H3PO4)
Qattiq katalizatorlar:
CaO+0,5V2O3+3,6N3RO4 (kalsiy oksidi+bor oksidi +fosfat kislota);
Silikageldagi H3PO4;
Alumosilikatdagi H3pO4;
Turli yoyuvchilardagi WO3 (volfram oksidi).
87
Do'stlaringiz bilan baham: |